HTML-hujjat – “html” yoki “htm” kengaytmali matnli fayl bo‘lib, u oddiy matn muharririda teglar qo‘llab yozilgan matn. HTML-hujjat va teglari orasida yozilgan bo‘ladi. HTML-hujjat hotiraga yuklansa, u ekranda web-brauzer yordamida web-sahifa ko‘rinishida aks etadi.
HTML-hujjat, odatda, ikkita bo‘limdan iborat bo‘ladi. Birinchi bo‘lim HEAD (bosh qism yoki sarlavha) bo‘limi bo‘lib u tegi bilan boshlanib tegi bilan tugaydi. Ikkinchi bo‘lim BODY (tana) bo‘limi bo‘lib, unda hujjatni mazmuni aks ettiradi va u tegi bilan boshlanib juft teglarini yozish tavsiya etiladi, lekin majburiy emas.
Web-sahifaga kiritilishi lozim bo‘lgan yana bir element – web-sahifa nomi bo‘lib, nom kiritish uchun tegi qo‘llaniladi. Web-sahifada bu teg bir marta ishlatiladi. Web-sahifa nomi web-brauzerning sarlavha satrida aks etib, web-sahifaning o‘zida ko‘rinmaydi. Shu sababli uni web-sahifaning istalgan joyiga yozish mumkin. Ammo web-sahifa nomini web-sahifa boshiga yozish maqsadga muvofiq. Web-sahifa nomi tegi bilan yakunlanadi. Web-sahifaga istalgan nom, masalan, o‘z ismingizni berishingiz mumkin.
H TML tili muttasil rivojlanib bormoqda. O‘z navbatida web-brauzerlar ham yangilanib turibdi. Hozirgi kunda web-sahifa tayyorlash uchun asosan HTML-4 tilidan foydalaniladi. Uning ba’zi buyruqlarini “eski” web-brauzerlar (Internet Explorer-3, Internet Explorer-4) bajara olmaydi. Bundan tashqari turli web-brauzerlar, masalan, Internet Explorer va Netscape ham bir biridan bir oz farq qiladi. Shu sababli bitta HTML-hujjat turli web-brauzerlarda biror farq bilan aks etishi mumkin.
Eng sodda web-sahifa faqat matndan iborat bo‘ladi. Biz ham web-sahifa tayyorlashni unga matn joylashtirishdan boshlaymiz. Buning uchun Windowsning Bloknot matn muharririni ishga tushiramiz (boshqa matn muharriridan foydalansa ham bo‘ladi). Web-sahifa, odatda, matnlar kabi sarlavhadan boshlanadi. Bu bizning birinchi web-sahifamiz bo‘lgani uchun, unga “Bu mening birinchi web-sahifam” – deb, sarlavha yozamiz. Buning uchun Bloknot dasturining ishchi maydoniga 1-rasmdagi matn kiritiladi.
B u matnda , , , , , , , - ma’lumotlar bo‘limi boshlanishini, (tana) juft tegi (yakunlash tegi mos ravishda Text (matn) yoki Bgcolor (background color, ya’ni fon rangi) parametrlari bilan birga qo’llaniladi. Bu parametrlardan keyin “=” belgisi va qo’shtirnoq ichida rang kodi yoki rangning ingliz tilidagi nomi qo’shtirnoq ichida yoziladi. Rang kodi “#” belgisi bilan boshlanadi. Shuni ta’kidlash joizki, matn rangini o’zgartirish tegi shrift rangi boshqacha tanlangan qismga ta’sir etmaydi. Web-sahifada matn va fonga rang berish quyidagi misolda ko’rsatilgan:
M S Word dasturida fonga rang berish yoki fonga rasm joylashtirish mumkin edi. HTML tilida fonga rasm joylashtirish uchun juft tegi bilan Background parametri birga ishlatiladi. Bu holda tenglik belgisidan keyin rasmning to’liq manzili qo’shtirnoqsiz yoziladi. Agar rasm web-hujjat joylashgan katalogda bo’lsa, shu rasmning to’liq nomi (masalan, Gul.jpg) yoziladi.
Rasmning kengaytmasi, odatda, web-sahifaga yuklanishi tez bo’lishi uchun JPEG yoki GIF formatiga mos bo’lishi kerak, ammo BMP formatli rasm ham ishlatilishi mumkin. Bu haqida keyingi darslarda ma’lumot beriladi.
Mavzuni mustahkamlash va yakunlash:
O‘quvchilarga darslikdagi savollar orqali murojaat etiladi va mashqlar yechish asosida mavzu mustahkamlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |