Q uyi darajadagi dasturlash tillari kompyuter qurilmalari bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, buyruqlar maxsus raqamlar (kodlar) yordamida yoziladi.
Dastur tuzishni osonlashtirish maqsadida inson tiliga yaqin bo‘lgan buyruqlar tizimini tuzish va qo‘llash masalasi qo‘yildi va hal etildi. Bu kabi dasturlash tillari o‘rta darajadagi dasturlash tillari (ba’zan assemblerlar) deb yuritila boshlandi. Bunday tillarga AVTOKOD-BEMSH, AVTOKOD-MADLEN va boshqalar kiradi. Ular BESM-6, Minsk-22, Minsk-32, IBM-360 elektron hisoblash mashinalarida ishlatildi.
Yuqori darajali dasturlash tillaridagi ko‘rsatmalar inson tiliga yaqin bo‘lgan so‘zlar majmuidan iborat. Ular yordamida amallarni bajarish quyi darajadagilaridan ko‘ra yengil bo‘lib, biror maxsus ko‘rsatma bo‘lmasa, dasturchidan adreslar, qurilmalar bilan bevosita bog‘liq axborotlarni bilish talab etilmaydi. Bu tilda tuzilgan dasturlarni translyatorlar deb nomlanuvchi maxsus dasturlar kompyuterlar bajara olishi uchun raqamli ko‘rinishga o‘tkazib beradi.
Quyidagi jadvalda dasturlash tili rivojlanishi tarixidan qisqacha ma’lumot berilgan.
Dasturlash tili
|
Yaratilgan yili
|
|
Dasturlash tili
| Yaratilgan yili |
Plankalkyul
|
1946
|
|
PL/1,Beysik
|
1964
|
Qisqa kod
|
1949
|
|
Algol W
|
1965
|
Assembler «Edsak»
|
1950
|
|
Logo
|
1967
|
AO
|
1950
|
|
Algol 68
|
1968
|
Avtokod «Madlen»
|
1953
|
|
APL
|
1969
|
Tezkor kodlash
|
1955
|
|
Paskal
|
1970
|
A-2, Flou-metik
|
1956
|
|
Fort
|
1971
|
IPL-1, Mat-metik
|
1957
|
|
Prolog, Si
|
1972
|
Fortran
|
1958
|
|
Ada
|
1972
|
Algol 58
|
1959
|
|
Smoltok
|
1980
|
APT, LISP, Kobol, Algol-60
|
1960
|
|
|
|
Bugungacha yaratilgan dasturlash tillaridan keng tarqalgani va ko‘p foydalanilayotgani Paskal dasturlash tilidir.
Mavzuni mustahkamlash va yakunlash:
O‘quvchilarga darslikdagi savollar orqali murojaat etiladi va interfaol usulda mavzu mustahkamlanadi.
Uyga vazifa: 1. Darslikdagi 1-, 3-mashqlar.2*. Darslikdagi 2-mashq.
Tasdiqlayman O`IB direktor
o`rinbosari________________________
Sana _____________IX- sinflar
____ dars. Paskal dasturlash tili va uning alifbosi
Dars maqsadi:
O’quvchilarga Paskal dasturlash tili va uning alifbosi, dasturlashning integrallashgan muhiti haqida tushuncha berish.
Darsning ta`limiy vazifasi: O`quvchilarga mustaqil fikrlashni o`rgatish
Darsning tarbiyaviy vazifasi: O`quvchilarning vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash:
Darsning rivojlantiruvchi vazifasi: O’quvchilarni kompyuter savodxonligini oshirish
Uslub: Ma’ruza va amaliyot.
Shakl: Savol – javob, kichik guruhlarda ishlash.
Vosita: Elektron resurslar, darslik va ko’rgazmalar
Usul: slayd materiallari
Nazorat: og’zaki, savol-javob va kuzatish.
Baholash: Rag’batlantirish, 5 ballik reyting tizimi asosida.
Asosiy tushunchalar:
Dasturlash tilining alifbosi, konstanta (o’zgarmas), o’zgaruvchi, algebraik ifoda, operator, funksiya va protsedura, nishon, modul. Integrallashgan muhit.
Tashkiliy qism:
salomlashish
davomatni aniqlash
siyosiy daqiqalar
O’quvchilar bilan o’tgan mavzuni savol javob va test usulida takrorlash, uyga berilgan topshiriq va vazifalarni tekshirish hamda baholash
Do'stlaringiz bilan baham: |