Tasdiqlayman” o ’quv ishlar bo’yicha prorektor V b. R. G’. Jumayev


XIX-XX asr O’rta Osiyo me’morchiligi va tasviriy san’ati



Download 3,37 Mb.
bet42/84
Sana03.01.2022
Hajmi3,37 Mb.
#314014
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   84
Bog'liq
MAJMUA

8.6. XIX-XX asr O’rta Osiyo me’morchiligi va tasviriy san’ati.

1885-yilda O’rta Osiyo yerlari butunlay rus qo’shinlari tomonidan bosib olindi. Chor hukumati bosib olgan yerlardagi harbiy qal’a va qarorgohlarini mustahkamlash va kengaytirishga e’tibor berdi. 1898 yili temir yo’l qurilgandan so’ng Rusiyadan ko’chib keluvchilar soni yanada ortdi.

Ruslarning kirib kelishi natijasida shahar va qishloqlarning turmush tarzi o’zgardi. Qishloqlar shaharlarga aylana bordi. Shaharlar esa kattalashib, eski va yangi shahar qismiga ajrala boshladi. Eski shahar asosan mahalliy aholi istiqomat qiladigan joy yangi shaharlar esa bosqinchilar tomonidan barpo etilgan ma’muriy va madaniy binolar hamda ruslar yashaydigan kvartallardan tashkil topdi. Yangi shaharlar reja asosida qurila boshlandi. Keng ko’chalar, katta maydon va xiyobonlar, ko’p qavatli turar-joylar XIX asr oxiri XX asr boshlarida O’rta Osiyo shaharlari qiyofasini o’zgartirib yubordi. Toshkent shahrining qurilishi ham o’zgarib, “Kichik Peterburg” deb nom oldi. Rus davlatining poytaxti Peterburg shahriga o’xshatib qurilgan bu shahar ko’chalari va xiyobonlari o’z vaqtida kelgan sayyohlarni ham hayratga soldi. Shahardagi amaldorlarning uylari, turli ma’muriy binolar, favvorali istirohat bog’lari shaharga Yevropa tusini berdi. Shahar ko’chalarida, yo’llarga tosh, temir yo’l izlarning yotqizilishi, foytunli ot va fonuslarning paydo bo’lishi ham shahar qiyofasiga yangi davr ruhini kiritdi.

Bu davrda qishloqlarning shaharlarga aylanish jarayoni tezlashdi. Almata, Bishkek, Ashxabod, Samarqand, Farg’ona kabi qator shaharlar o’zining yangi davrini boshladi.

Me’morchilik, tasviriy va amaliy san’atda ham yangi jarayonlar ro’y berdi. Bosma kitoblarni paydo bo’lishi xattotlarga bo’lgan talabni kamaytirib yubordi, sanoat korxonalarida ishlab chiqarilgan maishiy buyumlar keng ko’lamda bu yerlarga kirib kelishi esa mahalliy kustar ishlab chiqarishini sindirib bordi.

Me’morchilikda Yevropa uslublaridan foydalanish boshlandi. Sharq va G’arb san’ati an’analari qorishmasi yuzaga keldi. Tasviriy san’at asarlarida milliy rasm chizish uslubida Yevropa rasm chizish uslubi bilan uyg’unlashtirishga intilish paydo bo’ldi. Bu xususiyat ayniqsa, buxorolik mutafakkir, rassom Ahmad Donish ishlarida bilinadi. Uning Alisher Navoiyning Layli va Majnun dostoniga ishlagan kompozisiyalarida shu holni ko’rish mumkin. 

XIX asr o’rtalaridan boshlab O’rta Osiyoda birin-ketin bosmaxonalar tashkil etila boshlagan. Rus va mahalliy tillarda turli gazeta, jurnal va kitoblar nashr etilishi san’at rivojiga ta’sir eta borib rassomlar safini kengaytirdi. Bu dastlabki kitobat san’ati bilan bog’liq rasmlar o’ziga xos, sodda va ko’p hollarda harf va geometrik shakllar kombinasiyasi, milliy naqshlarning yangi davrga moslab ishlangan variantlari tarzida ko’rinadi. Kitoblarga illyustrasiyalar kiritish rivojlana bordi. Birinchi mahalliy rassomlar shu san’atda o’z ijodlarini boshladilar. 1908 yili Toshkentda nashr qilingan Sa’diyning “Guliston” hamda “Go’ro’g’li” dostoniga Sirojiddin Maxsum Siddiqiy illyustrasiyalar ishladi. Bu illyustrasiyalarda rassomlar mahalliy miniatyura san’ati an’analaridan ham foydalanishga intilganligi sezilib turadi.

XIX asr ikkinchi yarmidan boshlab O’rta Osiyoda toshbosma uslubida kitoblar nashr etilishi grafika san’atida asarlar paydo bo’lishiga olib keldi. Kitoblar uchun ishlangan rasm va grafik kompozisiyalar grafika san’atining jonlanishi natijasi edi.

XX asr boshlarida O’rta Osiyo hududida Toshkent, Samarqand shaharlarida taniqli rus rassom, me’mor, etnograf va arxeologlarining katta qismi yashab ijod etar edi. Ular arxeologik ishlar olib bordilar, mahalliy aholining hayoti, me’morchilik obidalari va tabiatini o’rgandilar, shaharsozlik va me’morchilik loyihalarini ishladilar. Jumladan, arxeolog olimlarning Afrosiyobda qazishma ishlarni boshlaganliklari, Bibixonim yodgorligi devoriy rasmlarini o’rganish, ulardan ko’chirmalar olishga e’tibor berilganligini, Ulug’bek madrasasining og’a boshlagan minoralarini tiklash masalalari kun tartibida qo’yilganligini e’tirof etish mumkin.

XIX asr oxiri - XX asrning birinchi choragida O’zbekiston me’morchiligi uslub va yo’nalishlar rang-barangligi va shu bilan birga shakllanib kelayotgan yangi jarayonlar mavjudligi bilan xarakterlanadi. Buxoro amirligi va Xiva xonligi me’morchiligida an’anaviy milliy me’moriy uslub yetakchi o’rinni egallasa ham, yangi davr unga o’z o’zgarishlarini kirita boshladi, davr taqozosi bilan yangi tipdagi binolar - pochta, telegraf, vokzal va boshqa binolar paydo bo’la boshladi, yangi qurilish materiallari keng ko’lamda hayotga kirib kela borishi ham (masalan, toshoyna, turli kafellar, tunika va boshqalar) shu davr me’morchiligi ko’rinishida o’z ifodasini topa bordi.

XIX asr oxiri XX asr boshlarida Buxoro me’morchiligi an’anaviy uslubi shu davrda qurilgan jamoat va ijtimoiy binolar, guzar, machitlar, xonaqoh va maqbaralarda (Bolohovuz, Arkdagi Juma machiti va b.) o’ziga to’q xonadonlarning uylarida o’z aksini topgan. Bu davr Buxoro me’morchiligining o’ziga xos yodgorliklaridan biri, so’zsiz amirning yozgi saroyi Sitorai Mohi Xossa bo’lib, milliy bezak san’ati bilan birga Yevropa bezak san’atidan ham foydalanilgan. Sitorai Moxi-Xosa qurilishi Amir Abdullahadxon davrida boshlangan eski saroy va keyingi davrda qurilgan yangi saroydan iborat bo’lib, mahalliy va Yevropa san’ati an’analariga asoslangan. Bu saroyni qurishga rahbarlik qilgan usta Xo’ja Hofiz ish boshlashdan avval Peterburg va Yalta shaharlarida bo’lib, ruslarning bino qurish san’ati bilan chuqur tanishgan.

Bino qurilishida turli uslublar, jumladan, klassik san’at uslublaridan foydalanilgan. Amir Sayyid Olimxon davrida qurilgan yangi saroyda ham milliy qurilishi uslubi va bezagi bilan birga Yevropa me’morchiligi uslubidan foydalanilgan. Saroyning "Oq zali" bezaklari xalq ustasi Usta Shirin Murodov rahbarligida bajarilgan. Bu zal o’zining yorqin va nafisligi bilan ajralib turadi. Bezatishda ishlatilgan xrustal va oltindan foydalanib ishlangan va lyustrali bezak alohida go’zallik kashf etgan. Saroyning oshxona qismi deyarli Yevropacha ko’rinish olgan. Tunuka, cherepitsa bilan yopilgan bu xona o’z ko’rinishi bilan Yevropa intererlaridan qolishmaydi. Keng va ko’rkam hovli, hovuz va gullarga o’ralgan bog’ bilan o’ralgan bu saroy yanada betakror va go’zallik kashf etadi. Saroy xonalarining ketma-ketlikda joylashuvi, golland kafeli bilan pardozlangan isitgich pechlar, turli boshqa me’moriy unsurlar (karniz, osma lyustra, toshoyna va boshqalar) saroy ko’rinishiga yangi davr ruhini kiritadi. Saroyning dahlizi naqqosh Usta Hasanjon tomonidan islimiy naqsh va gullar bilan bezatilgan. Saroyga kirish eshiklari oldida Abdurahim toshtarosh tomonidan ishlangan sherlar haykali o’rnatilgan.

Agar XX asr boshlarida Buxoro va Xiva me’morchiligida an’anaviy me’moriy uslub yetakchi o’rinni egallasa, O’rta Osiyoning katta qismini egallagan Turkiston general-gubernatorligi hududida turli yevropacha me’moriy uslublar yetakchi o’ringa chiqdi. Ayni shu hududda asr boshlarida yevropa va milliy me’morchilik uslublar mutanosibligi masalasida izlanishlar kurtak ota boshlagan edi. Gubernatorlik poytaxti bo’lgan Toshkent, muhim shaharlardan Samarqand, Almata, Farg’ona, Qo’qon, Andijon, Bishkek kabi shaharlarida barpo etilgan ijtimoiy-madaniy, ma’rifiy, diniy binolarda hamda boylarning shaxsiy uy va qo’rg’onlarida shu davr me’morchilikda sodir bo’lgan jarayonlar o’z ifodasini topdi. Bu ishlarda Turkistonda yashab ijod etgan rus me’morlari G.Svarichevskiy, K.Tiltin, I.Markevich, L.Voronin, L.Benua, V.Geynselman, Lidval kabi ijodkorlar sezilarli iz qoldirdilar. Toshkentda Knyaz Romanov qarorgohi, diplomat Polovsev uyi, Zobitlar uyi, Shopito sirk binosi, universal shaxsiy do’konlar, apteka kabi zamonaviy binolar qad ko’tardi. G.M.Svarichevskiy arxitektorligida Toshkentda qurilgan “Xiva kino teatri” (1912-1916) binosi Sharq va G’arb me’morchilik uslublari uyg’unlashgan Xiva hamda Buxoro me’morchiligini eslatadi. Bu teatr binosi 1966 yili Toshkent zilzilasidan keyin buzib tashlangan.

XX asr boshlarida amaliy bezak va xalq san’ati bir tomondan yangi turlar bilan boyib borsa, ikkinchi tomondan uning ayrim turlari muomaladan chiqib keta boshladi. Xalq amaliy san’at ustalari yaratgan buyumlarga nafaqat ichki bozorda, balki tashqi bozorda ham talab paydo bo’ldi. Gilamdo’zlik, zardo’zlik, kandakorlik buyumlar tashqarida ham o’z xaridorini topdi. Charmdo’zlik hamda Buxoro zardo’zligiga talab yuqori edi. Kulolchilikda turli idish tovoqlardan tashqari har xil o’yinchoqlar, mayda haykalchalar ishlandi.

XIX asr oxiri - XX asr boshlarida tasviriy san’atda ham jonlanish ro’y berdi. Taraqqiyparvarlar tasviriy san’atga e’tibor bilan qarab, uning imkoniyatlaridan targ’ibot va ma’rifat ishlarida foydalanishga intildilar. Rasm chizishni mustaqil o’rganib, undan o’z yozgan maqola, she’rlarini bezashda, o’z tasavvurlarida paydo bo’ladigan turli manzaralarni qog’ozga tushirishga harakat qildilar. Jumladan, Ishoqxon To’ra Junaydullaxo’ja Sunnatullaxo’ja o’g’li (1862-1937) turli afsonaviy timsollar ustida ish olib bordi, ularning tasvirini ishladi, Sirojiddin Siddiq Xondaliqiy (1884-1934) esa “Ming bir kecha”, Sa’diyning “Guliston” asariga rasmlar chizdi, shuningdek portretlar yaratdi. Mahalliy tadbirkorlar A.Navoiy, Firdavsiy asarlarini toshbosmada chop ettirib ularni rasmlar bilan bezatdilar. 1915 yili “Go’ro’g’li” dostoni chop etilib rasmlar bilan bezatildi.

XX asr boshlariga kelib haykaltaroshlik san’atida ham asarlar paydo bo’la boshladi. Arab istilosidan keyin (VIII asr) butunlay to’xtatilib qo’yilgan bu san’at XIX asr oxirlaridan yana jonlandi. S.To’xtaxo’jaev, Usta Shirin Murodov, Abdurahim toshtarosh, Toshpo’lat Arslonqulov va boshqalar ijodida uning ilk namunalari yaratildi, dastlabki favvoralar ishga tushdi. Dam olish va hordiq chiqarish maskanlari va xiyobonlarga turli haykallar o’rnatish odati kengayib bordi. Shu davrda ishlangan kiyik, it, sher haykallari bugun ham Toshkent va Buxorodagi saroy bog’ va yo’laklarini bezab turibdi. Knyaz Romanov hovlisiga o’rnatilgan kiyik va it haykallari, Buxorodagi Mohi Xossa darvozasi oldidagi sherlar haykali shular jumlasidandir.

1917 yilgi Rossiyadagi fevral va oktyabr inqilobi mamlakatning ma’naviy, siyosiy, iqtisoday va madaniy hayotiini tubdan o’zgartirib yubordi. 1920-1930 yillar o’zbek milliy tasviriy san’at shakllanish yillari bo’ldi. Milliy uslub rivojlanib bordi. O’zbek zamonaviy san’ati o’zining bir tomonida O’rta Osiyo milliy san’atiga xos uslub ham, Yevropa realistik san’ati uslubi, yangi shakllanib kelayotgan avangard ko’rinishlariga tayangan holda shakllandi. U yoki bu uslubni aynan qaytarib yoki tahlil qilib emas, balki davr talabi, g’oyaviy yo’nalishi va ijodkorning shaxsiy qarashi va professional mahorati asosida ishlanib o’ziga xos qaytarilmas joziba kasb eta bordi. Bu xususiyat, ayniqsa yubileylar o’tkazish, jahon adabiyoti vakillarining asarlarini o’zbek tiliga tarjima qilish va chop etish munosabati bilan keng rivoj topdi.

Shu yillarda birinchi bor buyuk mutafakkir Alisher Navoiyning ikonagrafik portretiga tanlov e’lon qilindi. Uning g’olibi O’zbekistonga 1920 yilda ko’chib kelgan Vladimir Kaydalov bo’ldi.

XX asrning 20-30 yillarda o’zbek grafika san’atining tur va janrlarining kengaydi. 1938 yilda Toshkentda grafika ustaxonasi tashkil etildi. Rassomlarning turli qurilish va ob’ektlariga borib surat chizishlari hayot bilan yaqinlashishlariga, turli mavzuda asarlar yaratishlariga imkoniyat berdi. Ular grafikani hamma tur va janrlarida xalq hayotiga bag’ishlangan suratlar yaratdilar, yozuvchi va shoirlarining yaratgan asarlariga bezak va illyustrasiyalar ishladilar. Shu paytdan boshlab kitob bezovchi va illyustrasiya ishlovchi rassomlar mustaqil ijod qila boshladilar. O’zbek adabiyoti she’riyat va prozada erishilgan yutuqlari - tasviriy san’atning kitob grafikasi rivojida sezilarli iz qoldirdi. Milliy o’zbek kitob grafikasi shakllana boshladi.

1930 yillardan o’zbek portret san’atining shakllanish va rivojlanish davri bo’ldi. Bu yillarda milliy portretchilar A.Siddiqiy, O’rol Tansiqboev, keyinroq Bahrom Hamdamiy, Latif Nasriddinov, Sh.Hasanova kabi mahalliy rassomlar portretlari bilan tanildilar. Bahrom Hamdamiy (1910-1943) birinchilardan bo’lib zamonaviy o’zbek rangtasvirga kirib kelgan rassom va pedagoglardan hisoblanadi. Toshkentda tavallud topgan bu rassom shu yerda tasviriy san’at asoslarini egallab 1930-yillarda ijod borasida tez ko’zga ko’rina bordi. Rassomning “Quvonchli xabar”, “Kolxoz” (1933) kabi asarlari kundalik turkumni aks ettirishga qaratilgan. B. Hamdamiy industrial mavzuga ham murojaat qilib, “To’qimachilar korxonasini qurilishi” (1933), “Laganstroy qurilishida ish tugadi” (1940) kabi suratlarni yaratdi. Bu yillarda mahalliy yoshlardan Latif Nasriddinov, Hakim Rahimov, Dilbar Abdullaeva, Zarifa Saidnosirova, Sobir Azimov, Akrom Toshkenboev badiiy hayotda o’z ishlari bilan qatnashib e’tiborga tushdilar.



Download 3,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish