Tasdiqlayman” o ’quv ishlar bo’yicha prorektor V b. R. G’. Jumayev


Mo’g’ullar davri ornamenti va tasviriy san’ati



Download 3,37 Mb.
bet39/84
Sana03.01.2022
Hajmi3,37 Mb.
#314014
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   84
Bog'liq
MAJMUA

8.2. Mo’g’ullar davri ornamenti va tasviriy san’ati.

Chingizxon bosib olgan mamlakatlarini tiriklik paytidayoq o’g’illariga bo’lib bergan edi. Amudaryoning sharqiy tomonlari va Mavorounnahr uning ikkinchi o’g’li Chig’atoyga tegdi, lekin hokimiyatni aslida mahalliy zodagon Mahmud Yalavoch boshqardi. Bu hududning poytaxti etib, Qo’hna Urganch belgilandi. Mavorounnahr yerlariga o’rnashgan mo’g’ullar asta-sekin o’troqlashib, mahalliy xalq urf-odatini qabul qila boshladilar. Ular mahalliy aholi bilan yaqinlashgan sari turmush tarzi ham o’zgarib bordi. Mo’g’ullar bosib olgan yerlaridagi muhit ularning tillarida ham ifodasini topdi. Chunki, mo’g’ullarning O’rta Osiyoga kirib kelishlari bilan bu yerda turkiylashuv yanada oshdi. Mo’g’ullar o’zlarining madaniy-ma’naviy rivojida bosib olgan xalqlar, jumladan, O’rta Osiyo xalqlariga nisbatan orqada edilar. Ularning o’ziga xos san’ati mavjud bo’lsa ham, lekin uning bosib olgan yerlariga ta’siri deyarli yo’q, tasviriy san’at va me’morchilikda esa tasir etishdan ko’ra ta’sirlanishga moyillik kuchliroq edi.

Mo’g’ul xonlari boshqargan dastlabki yillarda O’rta Osiyo yerlarida buddaviylik ibodatxonalari barpo etilgan. Marvda (Turkmaniston) shunday ibodatxona qoldiqlari ochilgan bo’lib, Uzoq Sharq va mahalliy san’at an’analari uyg’unligida yaratilgan, bezak san’atida esa O’rta Osiyo girix va koshinlar qo’llanilgan. Mo’g’ullar o’troqlashib mahalliy urf-odatlarni o’zlashtirganlari sari o’zlari ham san’at buyurtmachisiga aylanib bordilar. 1321 yili mo’g’ul xoni Tarmashirin islom dinini rasmiy din sifatida qabul qildi. Shu davrdan boshlab din bilan bog’liq binolar ko’paya boshladi.

Mashhur sayyoh Ibn Batuta mo’g’ul xoni Tarmashirin davrida Qo’hna Urganchda bo’lib u yerdagi yog’ochdan qurilgan saroyda ko’p xonalar va ikkita qabulxona bo’lganligini, boy zodagonlarning uylarining xonalari turli gilam va palaklar (so’zanalar) bilan bezatilganligini, devor sathida juda ko’p tokchalar, ularda turli idishlar qo’yilganligi haqida yozgan.

Bu davrda mo’g’ul xonlari machit, madrasa, maqbaralar qurishga homiylik qildilar, mablag’ ajaratganliklari davr yodgorliklarida o’z ifodasini topgan. Jumladan, mo’g’ul xoni Munkening (1251-1259) onasi mablag’iga Xoniya madrasasi qurilgan, Duvaxon (1282-І306) Andijon shahriga asos soladi, Kebekxon (1306-1326) esa qadimgi Nasaf shahri yonida hashamatli saroy qurdiradilar. Keyinchalik bu saroy atrofida Qarshi shahri vujudga kelgan. Bu davrda eski shaharlar ta’mirlanadi, yangi shaharlar qurildi. Hunarmandchilik va savdo-sotiq ishlari jonlana boshladi. Istilo davridagi madaniy jonlanishda mahalliy zodagonlar ham ishtirok eta boshladilar. Jumladan, Mahmud Yalavochning o’g’li Ma’sudbek (1238-1289) epchil, ishbilarmonligi bilan tanildi. Uning davrida katta qurilishlar amalga oshirildi. Qurilishda me’morchilikning mo’g’ullar kelgunga qadar O’rta Osiyoda shakllangan me’morchilik uslubi yetakchi o’rinni egallab mazmunan boyidi. Peshtoqli gumbazli binolar, sirli koshin va bezaklar bilan pardozlandi. Bu davrdan yana koshinsozlik, me’morchilik bezaklarini ishlash san’ati rivojlana boshladi. Ma’sudbek qurdirgan binolar ichida so’zsiz, Masudbek madrasasi alohida o’rinda turadi.

Tarixchilarning yozishicha, bu madrasa o’z vaqtida 1000 dan ortiq talabalar o’qigan. Bu davrda qurilish murakkablashib borganligini qo’sh gumbazli, chodir gumbazli va markaziy peshtoq gumbazli binolarda ham ko’rish mumkin. Mo’g’ul xonlari, ayniqsa, Qutlug’ Temur davrida Xorazm poytaxti Urganch gullab yashnadi. Uning jo’g’rofiy o’rnining qulayligi, Sharqni Yevropa bilan bog’lovchi Buyuk Ipak yo’li ustiga joylashganligi shu rivojda muhim bo’ldi. Bu shahar sergavjum va go’zal edi. Keng ko’chalar, gavjum bozorlarda turli mamlakat odamini uchratish, xohlagan molni xarid qilish mumkin edi.

Bu davrda fan va madaniyat ham jonlana boshladi. Mahalliy zodagonlarning rolini ortib bordi, mo’g’ul istilosi davrida yashab ijod etgan Najmiddin Kubro (XIV asrning 30-yillari, Turkmaniston), To’rabek xonim (XIV asrning 60- yillari, Turkmaniston, Qo’hna Urganch), Jalodiddin Rumiy, Burxoniddin Rabg’uziy, Sayfi Saroyi uchun maqbaralar qurildi. Qo’hna Urganchdagi minora mo’g’ul xoni Qutlug’ Temurning xotini To’rabek xonim machitiga taaluqli. To’rabek xonim minorasida Qutlug’ Temur va O’zbekxon nomi yozilgan. Minoraning balandligi 62 metr bo’lib, bu minora O’rta Sharqdagi dastlabki eng katta minoralardan hisoblanadi. Minoraning bezak yechimi ham o’ziga xos. Unda g’ishtning terishda turlicha yo’nalishda olinganligi hamda minorani o’rab turgan o’rama bezaklar mavjudligi shu o’ziga xoslikni hosil qilgan. Minoraning tepa tomon sari torayib borishi unga mustahkam ko’rinish bergan. XIII-XIV asrlarda me’morchiligida bir qator uslubiy o’zgarishlar sodir bo’ldi. Me’morchilik kompozisiyasida hajm va fazoviy kenglik yechim murakkablashdi. Murakkab me’moriy majmualar barpo etildi. Maqbaralarda ziyoratxona, darveshlar zikr tushadigan xona va xo’jalik uchun kerak bo’lgan binolar qurildi. Bu xususiyatlar shu davrda qurilgan Bayonqulixon, Sayyid Alovuddin, Shayx Muxtor Vali maqbaralari majmuasida ko’rish mumkin. Shu bilan birga bu asrlarda me’moriy bezak san’atining o’rni ortib bordi. Handasiy va islimiy naqshlar kitobalar bilan uyg’unlikda qurilgan majmualarning ko’rinishini belgilab yangi estetik muhitni yarata boshladi. Binoning tashqi va qisman ichki pardozida rang yetakchi o’ringa chiqa boshladi. Shu davrda Shohi zinda me’moriy majmuasi shakllana boshlandi, bezakdor maqbaralar yaratildi. Shunday yodgorliklardan biri Sayfiddin Boharziy maqbarasidir. Baland peshtoqli, tuxumsimon qo’shgumbazli bu maqbara shu tomonlari bilan avvalgi davr yodgorliklaridan ajralib turadi. XIV asrda Samarqand, Xiva shaharlarida, Qozog’iston, Tojikiston, Turkmaniston yerlarida ham muhim yodgorliklar bunyod etildi. Shulardan Buxorodagi Bayonqulixon, Qo’hna Urganchdagi To’rabekxonim maqbaralari va ularning badiiy yechimi,Tojikistondagi Duvaxon maqbaralari mashhur.

Shuni ta’kidlash kerakki, XIII asr oxri XIV asr boshlarida me’morchilik san’ati bir qator yangi uslub va texnologik jarayonlar bilan boyib mukammallashdi. Qubbali, qo’shgumbazli va chodirsimon gumbazli binolar qurildi.

XIII asr oxiri XIV asrlar boshlaridagi tasviriy san’at haqida gapirish qiyin. Bu san’atga oid muhim asarlar hozircha chuqur tahlil etilmagan, lekin amaliy bezak san’ati jonlangani hamda bu san’at shakl va rang jihatidan boyib borganligini e’tirof etish mumkin. Jumladan, bu davrda me’morchilik uchun sirli koshinlar ishlash, ularning yuzasiga islimiy va handasiy naqshlar chizish shu davrdan bizgacha yetib kelgan sopol parchalari va koshinlar keng uchraydi. Bu topilmalarda sopol yuzasiga sir berishda rang tuslanishiga katta e’tibor berilganligi ko’rinadi. Shu davrga mansub sopol tovoqchalarning parchalarida saqlanib qolgan turli qush va hayvonlarning rasmlari, bronza idishlarning yuzasiga ishlangan bo’rtma tasvirlar ham shu davrda tasviriy san’at kishilar muhitining ajralmas qismi bo’lganligini ko’rsatadi. Bu davrdan xattotlik va miniatyura san’ati ham rivojlana boshladi. Islom dinini rasmiy din sifatida qabul qilinishi bu rivojga ijobiy ta’sir qildi. Chunki dinni o’rganish va targ’ib qilish uchun zarur bo’lgan kitobot san’ati shunga mos keldi. Saroy va machitlar qoshida xattotlar va miniatyura rassomlari - musavvirlar to’plana boshladi. Xattotlik va u bilan bog’liq kichik hajmli tasvirlar - miniatyuralarga talab ortib bordi, raqobat paydo bo’ldi. Raqobat esa san’atni rivojlanishida kuchli turtki bo’ldi.


Download 3,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish