Tasdiqlayman” o ’quv ishlar bo’yicha prorektor V b. R. G’. Jumayev


Afrosiyob tasviriy san’ati va ornamenti



Download 3,37 Mb.
bet35/84
Sana03.01.2022
Hajmi3,37 Mb.
#314014
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   84
Bog'liq
MAJMUA

7.3. Afrosiyob tasviriy san’ati va ornamenti.

Afrosiyob - Samarqandning qadimgi shahri bo’lib, mazkur qadimgi nom miloddan avvalgi VIII-VII asrlarda Turon davlatini boshqargan harbiy sarkarda va mashhur davlat arbobi Afrosiyob nomidan kelib chiqqan. Turkiy manbalarda u  Alp Er To‘nga, forsiy manbalarda  Afrosiyob nomi bilan tilga olinadi. Ko‘pchilik mutaxassislar  Afrosiyobni hozirga qadar afsonaviy timsol sifatida e'tirof etadi. Ammo Abu Rayhon Beruniy, Mahmud Qoshg’ariy, Alisher Navoiyning asarlarida va yana ko‘plab boshqa manbalarda u real tarixiy shaxs ekani qayd qilinadi.  Afrosiyob nomi tarixiy manbalarda qadimgi Samarqandga nisbatan XVII asrdan boshlab qo‘llaniladi.  Afrosiyob hozirgi Samarqandning shimoliy chegarasiga tutash keng tepaliklardan iborat bo‘lib, uning maydoni 219 gektarga teng. Tepalikning shimoli Siyob arig’i bilan chegaralangan. Janubiy tomondan “eski shahar” deb atalgan qismi Samarqandga qo‘shilib ketgan. Shaharning dastlabki tarixi haqida yozma manbalarda ma'lumotlar juda kam uchraydi. Asosiy ma'lumotlar ko‘hna shaharda o‘tkazilgan arxeologik qazishmalar natijasida qo‘lga kiritilgan. Arxeologik qazishmalar qalin madaniy qatlamlarning qanday bo‘lganiga aniqlik kiritish bilan birga, boylar va kambagallarning uylarini, hunarmandlarning ustaxonalarini, savdogarlarning do‘konlarini, ko‘cha va maydonlarni, shohona saroylar va ibodatxona, masjid va madrasalarni, mudofaa inshootlarini, shaharning suv bilan ta'minlanish tizimini aniqlashga yordam beradi. 1930 yillarga qadar Afrosiyobda olib borilgan arxeologik qazishmalar qadimgi Samarqand tarixiga oid juda kam ma'lumot bergan. Ikkinchi jahon urushidan keyin O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix va arxeologiya instituti olimlaridan A.I.Terenojkin tomonidan Afrosiyobda  jiddiy dala tadqiqotlari o‘tkazildi. Natijada uning eng pastki qatlamidan miloddan avvalgi VI-V asrlarga taalluqli buyumlar, uy-joy xarobalari topildi. Ya.G‘.G‘ulomov (1967-1970) va V.A.Shishkin (1958-1966) rahbarligida olib borilgan keng ko‘lamli arxeologik qazishlar natijasida qadimgi madaniy qatlam namunalari Afrosiyobning boshqa joylaridan ham topildi. 1966 yil 13 iyulda Afrosiyobni arxeologik jihatdan komlleks o‘rganishni tashkil etish maqsadida respublika hukumatining maxsus qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra,  Afrosiyob “arxeologik qo‘riqxona” deb e'lon qilinib, uni o‘rganish ishiga Toshkent va Samarqand davlat universitetlari hamda Madaniyat vazirligining San'atshunoslik instituti olimlari safarbar etildi. Aniq ilmiy reja asosida boshlangan arxeologik tadqiqotlar tufayli nafaqat shaharning ko’p asrlik yoshi, balki uning har xil davrlardagi tarixiy topografiyasi, shahar tarkibi, shahar hayotining rivojlanish bosqichlari, bosqinlar tufayli yuz bergan bo‘hronlar davri aniqlandi. Samarqand ixshidlarining shohona saroyi ochildi. Afrosiyobda topilgan arxeologik materiallar Samarqand miloddan avvalgi VIII-V asrlarda Sug‘diyonaning markaziy shahri sifatida vujudga kelganligini ko‘rsatadi. Miloddan avvalgi 329 yilda shahar Aleksandr Makedonskiy qo‘shinlari tomonidan vayron etilgan, uning izlari hozirgacha shahar mudofaa inshootlarida saqlanib qolgan. Miloddan avvalgi III-I asrlarda shahar hayotida yana yuksalish yuz bergan. Miloddan avvalgi III asrda shahar qo‘shaloq mudofaa devori bilan o‘rab olingan. U davrlarga oid qalin madaniy qatlam Afrosiyobning shimolida, uning arki joylashtan qismida yaxshi saqlangan. Arxeologik materiallarning guvohligi hamda yozma manbalarda ta'kidlanishicha, o‘sha davrda Samarqand orqali Buyuk ipak yo‘li o‘tgan, ichki va tashqi savdo, hunarmandchilik rivoj topgan. Ilk o‘rta asrlarda Samarqand Sug‘diyonaning bosh shahri sifatida nufuzli mavqega ega bo‘lib, shaharning ijtimoiy va iqtisodiy hayotida tub o‘zgarishlar yuz bergan. Badavlat dehqon xo‘jaliklari kuchayib, xuddi shu kezlarda ularning qasrlari joylashgan Afrosiyobning shimoliy qismi mudofaa devori bilan o‘rab olingan. Bu holat Movarounnahr va unga qo‘shni viloyatlarda ham yuz bergan. Bu davrda Samarqand hukmdorlari “ixshid” deb atalgan. 712 yilda arab sarkardasi Qutayba ibn Muslim qo‘shin tortib kelganda, Samarqandning mudofaa devorlari mustahkam bo‘lib, atrofi suv to‘la xandaq  bilan o‘rab olingan edi. Qutayba Samarqandga Farg‘ona, Shosh va turklardan yordamga kelgan lashkarlarni yenggach, ko‘maksiz qolgan Sug‘d hokimi Gurak noiloj u bilan sulh tuzadi, shaharning ichki qismini (shahriston) arablarga bo‘shatib berishga  majbur bo‘ladi. Arxeologik topilmalar islomga zid bo‘lgan haykal va devoriy rasmlarning ataylab qilich bilan chopilganini isbotlaydi. IX asrning ikkinchi choragidan Movarounnahrda hokimiyat somoniylar qo‘liga o‘tgan. Buxoro ularning markaziga aylangan. Shu davrda Samarqand iqtisodiy va madaniy jihatdan tez rivojlangan. Afrosiyobda somoniylar davrida o‘ymakor ganch naqshlar bilan bezatilgan saroylar, badavlat dehqon xonadonlari, masjid va madrasalar, hammom va quvurlar, tosh ko‘chalar topilgan. Shahar aholisining suvga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida shahar hayotining dastlabki yillaridayoq Darg’om tomonidan kanal qazib, suv keltirilgan. Ana shu kanal izlari hozirgi shahar xiyobonining janubida, Alisher Navoiy haykali qad ko‘tarib turgan maskanda ochib o‘rganildi. Bu kanal Registon maydoni orqali Hazrati Xizr masjidi tomon cho‘zilib ketgan. Tarixiy manbalarga ko‘ra, Afrosiyobga janubdan kiraverishda shaharni o’rab turgan xandaq ustiga pishiq g‘ishtlardan ravoqli suvayrig‘ich qurilib, uning tepasidan katta ariq o‘tkazilgan. Bu ariqni “Juyi arziz” (“Qo‘rg‘oshin ariq”) deb ataganlar. Ariq shu yerda uchga bo‘lingan va shahar oralab Siyob arig‘iga qadar borgan. X asrning oxirida Movarounnahrda hokimiyat qoraxoniylar qo‘liga o‘tganda ham Samarqandda savdo, hunarmandchilik, obodonchilik ishlari davom etgan. Shaharda hunarmandchilik rivojlanib, zodagon dehqon qasrlari endi shahar tashqarisida, ularning dala hovlilarida markazlashgan. 1220 yilda Chingizxon qo‘shinlari “Juyi arziz” to‘g‘onini buzib, shaharni suvsiz qoldirdi. Shahar mudofaachilari tengsiz jangda taslim bo‘ldilar. Bosqinchilar shaharning devor va darvozalarini vayron qilib, saroy, masjid va madrasalarga, aholi xonadonlariga o‘t qo‘ydilar. Aholining katta qismi jangda qirildi, hunarmandlar Mo‘g‘ilistonga haydab ketildi. Shaharning so‘nggi mudofaachilari Jome masjidida yashirinib, qarshilikni davom ettirdilar. Ularning olovda yongan tanalari jang kiyimida saqlanib qolgan bo‘lib, arxeologik qazishlar chog‘ida topilgan. Shundan keyin “Qo‘rg‘oshin ariq” qayta tiklanmagan. Afrosiyobda suvsiz qolgan aholi Siyobdan charxpalakda suv chiqarib, kun ko‘rgan, keyinchalik aholi Afrosiyobni butunlay tashlab ketgan. Kimsasiz xarobaga aylangan qadimgi Samarqand avvallari “Hisori ko‘hna”, “Qal'ai Hisor” deb atalib, XVII asrdan boshlab aholi orasida “Qal'ai Afrosiyob” yoki “Afrosiyob” deb atala boshlagan. 1989 yildan boshlab Afrosiyobni arxeologik jihatdan tadqiq etish ishiga fransuz arxeologlari - Pol Bernar, Frani Grene va boshqalar jalb etilgan. Fransuz arxeologik missiyasi O‘zbekiston arxeologlari bilan birga Afrosiyobni o‘rganishda qatnashmoqda. O‘zbek va fransuz olimlarining hamkorlikda olib borgan tadqiqot natijalari qadimgi Samarqand tarixiga oid qator masalalarga aniqlik kiritdi, ya'ni miloddan avvalgi VI-V asrlarga taalluqli shahar mudofaa devorlari ostidan guvaladan qurilgan yanada qadimgi devor qoldiqlari ochilib, Samarqandning yoshi miloddan avvalgi VIII asrning o‘rtalariga oid ekanligini isbotladi: shaharning ark qismidan miloddan avvalgi VIII asrga oid murabba shaklidagi Samarqand ixshidlarining mahobatli saroyi qoldiqlari ochildi. Afrosiyobda arxeologik qazishmalar natijasida dastlabki mahobatli rangtasvirning noyob namunalari arxeolog V.Vyatkin tomonidan topilgan (1913). Keyingi qazishmalar davrida (1965-1968) o‘zbek arxeologlari 30 ga yaqin saroy xonalarini ochishga muvaffaq bo‘lganlar, bu xonalarning ko‘plari devoriy rasmlar, naqshlar bilan bezatilgan. Shulardan katta va kichik xonalardagi rasmlarda bir necha erkak va ayol ark oldida o‘tirgan holda tasvirlangan. Katta xona devorlariga ishlangan rasmlar detallarga boyligi, sug‘d yozuvlarining saqlanib qolganligi bilan ahamiyatga ega. Xona devorlariga ishlangan rasmlarda to‘y marosimi, Sug‘d hukmdorining xorijiy davlatlarning elchilarini qabul qilishi, bu elchilarning yo‘ldagi sarguzashtlari, yirtqich hayvonlar bilan olishuv, ov manzaralari, afsonaviy maxluqlar tasvirlangan. Saqlanib qolgan rasmlar tahlili o‘rta asr mahobatli tasviriy san'atining g‘oyaviy-badiiy yo‘nalishi, musavvirning ish usul va vositalari haqida, tafsilotlarga boy maishiy sahnalar, etnik ko‘rinishlar o‘sha davr haqida fikr yuritish imkonini beradi. Afrosiyob devoriy rasmlari yagona mazmunga bo‘ysundirilgan: markazda Sug‘d hukmdori Varxumon turadi, an'anaga ko‘ra, rassom uni boshqalarga nisbatan yirik ko‘rinishda (butun devor balandligida, 5-6 m) tasvirlab, hukmdorning buyukligini e'tirof etadi, unga abadiylik, qahramonlik baxsh etadi. Afrosiyob devoriy rasmlari O‘rta Osiyoda arablar istilosiga qadar mahobatli rangtasvir san'ati yuksak darajada rivojlangani, Samarqand esa uning markazi bo‘lganidan dalolat beradi.


Download 3,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish