К ONSENTRATOR (HUB)
ingliz tilida : concentrator (HUB)
Кomp’yuterlarni mahalliy tarmoqqa ulash uchun ishlatiladi. Odatda signal kuchaytiruvchisi bilan birlashtiriladi. Xab yordamida bog’langan komp’yuterlar muloqoti “bittasi uzatadi – barcha eshitadi” tamoili bo’yicha amalga oshiriladi. Eng oddiy xablar ko’p portli takrorlovchilardir (povtoritel’). Xablar BNC, RJ-45, AUI ulash uyalari to’plamiga ega bo’lib, manbadan qabul qiluvchiga uzatish uchun kabel tanlashni ta’minlashi mumkin. Xab portiga alohida bog’lama ham, boshqa xab ham ulanishi mumkin. Turli xil portlar to’plamiga ega bo’lgan xablar turli kabel tizimli tarmoq qismlarini birlashtirish imkonini beradi.
S WITCH - (UZIB-ULAGICh)
ingliz tilida: switch
rus tilida: kommutator
Uzib-ulagich. Кomp’yuterlarni mahalliy tarmoqqa birlashtirish qurilmasi. Bunday tarmoqda komp’yuterlarning juftlangan kommunikasiyasi hamda bir necha ma’lumotlar oqimlarining bir paytning o’zida mavjud bo’lishi mumkin. Xab yordamida qurilgan tarmoqdan farq qiladi.
Ya’ni, bu erda uzib-ulash ma’lumotlarga birorta ishlov bermasdan amalga oshiriladi. Uzib-ulagich buferga ega emas va ma’lumotlarni yig’a olmaydi.
Lokal xisoblash tarmoqlari topologiyalari
Topologiya – lokal hisoblash tarmog’idagi komp’yuterlarning joylashishini ifodalovchi termin
Topologiya tarmoqning umumiy tarkibiy tuzilmasidir. Tarmoq topologiyasi komp’yuter, kabel va tarmoqning boshqa tarkibiy qismlarini jismoniy joylashuvini ifodalaydi. Har bir topologiya aniq shartlarni qo’yadi. Turli topologiyalar komp’yuterlarni tarmoqda aniq o’zaro ishlash usuliga ham talab qo’yadi.
Asosiy topologiyalarga
Shina- (shina, bus )
Yulduz- (zvezda, star )
Halqa- (kol’so, ring) topologiyalari kiradi.
Agar komp’yuterlar bir kabel (segment) bo’ylab ulangan bo’lsa, bunday topologiya shina deb ataladi.
8.4-rasm. Shina toplogiyasi ko’rinishi
Agar kompyuterlar bir nuqtadan chiqqan segmentlarga yoki to’plagichga ulangan bo’lsalar, bunday topologiya yulduz deb ataladi.
8.5-rasm. Yulduz toplogiyasi qo’rinishi
Agar kompyuterlar ulangan kabel halqa qilib ulangan bo’lsa, bunday topologiya halqa deb ataladi.
8.6-rasm. Xalqa topologiyasi ko’rinishi
Bunday tarmoqlar shina tarmog’idan keskin farq qiladi. Har bir komp’yuter qabul qilingan signallarni kuchaytiradi va ularni navbatdagi komp’yuterga uzatib repiter vazifasini bajaradi. Yulduz tarmog’idan esa tarmoqdagi komp’yuterlar orasida uzluksiz aloqa bulishini talab qiladi. Shu sababli biror komp’yuterning ishdan chiqishi butun tarmoqning ish faoliyatini to’xtatib qo’yadi.
Yuqoridagi topologiyalarning qiyosiy harakteristikalari8.2-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |