Lokal xisoblash tarmoqlari (LXT)
Personal komp’yuterlar asosida qurilgan LXT, oddiy arxitekturasi va asosiy qurilmalarining arzonligi sababli barcha soxalarda tadbiq qilinmoqda. Jumladan tijorat va bank tizimlarini avtomatlashtirishda, boshqarish tizimlarida va boshqalar. Uning asosiy komponentlariga quyidagilar kiradi:
8.1-rasm. Lokal xisoblash tarmoqlari asosiy komponentlari
LXTlari ikki turga ajratiladi:
1.Yagona rang arxitekturasi - har bir abonent tizimi bir xil ko’lamda resurslarni taqdim va iste’mol qilishi mumkin bo’lgan, axborot tizimining konsepsiyasi. Yagona rang arxitektura shu bilan tavsiflanadiki, unda hamma abonent tizimlari teng huquqli va ularning bir birlarini resurslariga murojaatlari simmetrik bo’ladi. Buning evaziga, foydalanuvchi ma’lumotlarni taqsimlangan ishlovini bajarishi, amaliy dasturlar, tashqi qurilmalar, shu jumladan, ixtiyoriy tizimlarda joylashgan fayllar bilan ishlashi mumkin. Yagona rang arxitekturasi, tarmoq vositalarining oddiy yuklanishi, engil kengaytirilishi bilan tavsiflanadi.(Odnorangovыe- peer-to-peer ).
8.2-rasm. Yagona rang arxitekturasi asosida qurilgan LXT
Bu turdagi tarmoqlarda xech qanday ierarxik struktura mavjud emas, har bir terminal ishchi stansiya yoki server vazifasini o’tashi mumkin. Bu tarmoqda xech qaysi kamp’yuter tarmoqni boshqarishga javobgar emas.
Ishchi guruxlar – bu guruxga bir maqsadda jamlangan ishchi stansiyalar kiradi. Shu sababli odatda bunday tarmoqlarda (peer-to-peer) 10 dan oshmagan komp’yuterlar jamlanadi.
Bu tarmoqlar kam harajatli xisoblansada, ularni qurishda ishlab chiqarish ko’rsatkichi yuqori, samarali, tezkor va qimmat komp’yuterlar ishlatiladi.
Operasion sistemaga kelsak, ularda MS Widows NT for Workstation; MS Widows 95/98, Widows 2000 va Widows XR dasturlari ishlatilishi mumkin.
2.Server asosida qurilgan LXT (server based).
Tarmoqda joylashgan fayllar va boshqa resurslardan erkin foydalanishni taqdim etuvchi tarmoqdagi komp’yuter. Internetda server deganda, veb-sahifalar joylashgan va veb-brauzerlari so’rovlariga javob beruvchi komp’yuter tushuniladi.
8.3-rasm. Server asosida qurilgan LXT
Tarmoqdagi komp’yuterlar soni 10tadan oshib ketsa u xolda ishlab chiqarish ko’rsatkichi kamayib boradi. Shu tufayli tarmoqlar yagona server asosida boshqarilishi kerak bo’ladi.
Agar tarmoqning xajmi yanada oshib ketsa u xolda bir emas balki bir nechta serverlardan foydalanish kerak bo’ladi.
Server mashinalarining xizmat turlari kupligi sababli serverlarni xam ma’lum bir xizmat uchun ishlatish mumkin.
Misol uchun:
Fayl serveri – Mahalliy tarmoqdagi ko’p sonli foydalanuvchilar uchun fayllarini boshqarish va saqlash funksiyalarini ta’minlaydi. U apparat va dasturiy vositalar majmuasi. Fayllarni fayl serverida saqlash bir faylning nusxalar to’plamini ayrim kompyuterlarda saqlash zaruriyatidan halos qiladi. Bu bilan disk makoni tejaladi, fayllarni ma’murlash va yangilash jarayoni engillashadi hamda fayllarni muhofazalash ishonchliligi oshadi
Dastur serverlari – bu serverlarda “klient-server” dasturlari ishlatiladi va foydalanuvchilar barcha ma’lumotlarini mana shu serverlarda saqlab qayta ishlash imkoniga egadir.
Pochta serverlari – pochta serveri Foydalanuvchilarning shaxsiy xatlarini qabul qilib olish va uzatishni hamda ularni yo’naltirishni ta’minlovchi server. Pochta serverini tashkil qilish uchun shaxsiy komp’yuterga tegishli dasturiy ta’minotni o’rnatish lozim. Pochta – Internetda muloqot qilishning asosiy vositasi.
Serverlar asosida qurilgan tarmoqlarda tarmoq arxitekturasiga mos keluvchi operasion sistemalar ishlatiladi.
Bunday sistemalarga;
NetWare 4.0 va undan yuqorilari (Novell firmasining maxsuloti)
Unix
Windows NT 4.0 va undan yuqorilari (Microsoft firmasining maxsuloti), xamda xozirgi kunda keng qo’llanayotgan Windows 2000/2003 Server kabi sitemalar qo’llanilishi mumkin
8.1-jadval
Server vazifasini bajaruvchi shaxsiy komp’yuterlarga qo’yiladigan talablar
Do'stlaringiz bilan baham: |