Tasdiqlayman” 48-maktab direktori: A. Maxmudov



Download 0,62 Mb.
bet25/151
Sana13.07.2022
Hajmi0,62 Mb.
#786476
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   151
Bog'liq
8-sinf-Adabiyot maktabim.uz

Dars shiori: Adabiyotga e’tibor – kelajakka, ma’naviyatga e’tibor. (I.A.Karimov)
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1) «Adabiyot» 8-sinf uchun darslik.
2) 8-sinf «Adabiyot» darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu: LUTFIY (1366 -1465)
Lutfiy — XV asr ikkinchi yarmigacha bo‘lgan o‘zbek adabiyotining eng mashhur lirik shoiri. Shuning uchun ham zamonasining ahli adabi va ahli fuzalosi uni «malik ul-kalom», ya’ni «so‘z podshosi» deb e’zozlagan. Manbalarda taxallusi oldidan «ulug‘ ustod» ma’nosidagi «Mavlono» sifatining qo‘shib tilga olinishi ham shundan. Obro‘yi va shuhrati shu darajaga yetgan ediki, Alisher Navoiy uni o‘zining ustozlaridan biri deb biladi. Buni shoirlar haqidagi «Majolis un-nafois» tazkirasidagi shu ulug‘ shoir haqida aytilgan quyidagi iliq so‘zlar ham isbotlaydi: «Mavlono Lutfiy o‘z zamonasining malik ul-kalomi erdi, forsiy va turkiyda naziri yo‘q erdi va turkcha devoni mashhurdur».
Navoiyning «Nasoyim ul-muhabbat min shamoyim ul-futuvvat» degan avliyolar to‘g‘risidagi tazkirasida esa Lutfiyning uzoq umr ko‘rgani va qabri haqida qimmatli ma’lumot beriladi: «...To‘qson to‘qqiz yoshida olamdin o‘tdi. Qabri Dehikanordadur, o‘z maskani erdi».
Bundan shoir Hirotda tug‘ilib-o‘sgani, o‘zi yashagan Dehikanor degan qishlog‘ida esa dafn etilganini bilib olamiz. Aniq bo‘ladiki, u milodiy 1366-yili tug‘ilib, 1465-yili vafot etgan. Lutfiy dunyodan o‘tganda Alisher Navoiy 24 yoshda edi.
XV asrning birinchi yarmida o‘zbek tilida yaratilgan “Gul va Navro‘z” dostoni uzoq yillar Lutfiyning asari sifatida xato taxmin etib kelingan edi. Ammo keyingi tadqiqotlar bu doston o‘sha davrda yashab, ijod etgan Haydar Xorazmiy qalamiga mansub ekanini ko‘rsatdi.
«Nasoyim ul-muhabbat...»dan keltirilgan parcha shunchalar qimmatli ma’lumot hisoblanadiki, Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi xalqaro jamg‘arma uyushtirgan ilmiy-ijodiy ekspeditsiya a’zolari aynan shu ko‘rsatma asosida Dehikanor qishlog‘ini, u yerdagi qabristondan Lutfiyning qabrini izladi va topdi. Qabr toshidagi yozuv orqali bu aynan Lutfiyning mozori ekani isbotlandi. Jamg‘arma 2006-yilning may oyida bu muqaddas qadamjoga o‘zbek milliy an’analari asosida maqbara o‘rnatib qaytdi.

Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish