«tasdiqlayman» № O’quv ishlari prorektori prof. A. Soleev


Psixologiya fanida esda olib qolishning quyidagi turlari mavjud



Download 3,2 Mb.
bet36/111
Sana22.06.2023
Hajmi3,2 Mb.
#952919
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   111
Bog'liq
18db1e231903ebe1d381a4510dc3a2c5 EKSPERIMENTAL PSIXOLOGIYA VA PRAKTIKUM FANIDAN

Psixologiya fanida esda olib qolishning quyidagi turlari mavjud:

  • Ma'lumot, xabar, taassurot, axborot va materiallarni eshitish orqali idrok qilish hamda esda olib qolish.

  • Egallash yoki o’zlashtirish zarur bo’lgan materiallarni ko’rib idrok qilish yordamida esda olib qolish.

  • Materiallarni harakat yordamida va eshitish orqali idrok qilish hamda esda olib qolish.

  • Aralash holatda esda olib qolish, eshitish, ko’rish, harakat kabilar orqali idrok qilish va esda olib qolish yoki bir nechta ta'sir etuvchilar yordamida aks ettirish.

Mana shu yo’llar orqali eshitish, ko’rish, eshitish harakat, kombinotorlashtirilgan (aralash) turlari yordamida xotiraning qaysi turi ustunroq yoki qaysi biri bo’sh ekanligini aniqlash mumkin.
Esda olib qolishda assosiasiyalarning ahamiyati muhimdir. Buning uchun esda olib qolish jarayonining bog’lanishlari paydo bo’lish sur'atini aniqlash maqsadida ular xususiyatlariga binoan quyidagi:

  • Sabab oqibat bog’lanish.

  • Bo’lak va yaxlit munosabati.

  • Qarama-qarshilik munosabati.

  • Inkor etish holati.

  • Adekvat yoki aniqlik turlarga ajratiladi.

Esda olib qolish inson faoliyatining xususiyatiga bevosita bog’liqdir. A.A.Smirnov, P.I.Zinchenko tajribalari shuni ko’rsatadiki, esda olib qolish u yoki bu faoliyatdagina samarali bo’lishi mumkin. A.A.Smirnovning tajribalarida tekshirishlarga qaraganda ikki xil faoliyat taklif qilinsa, birinchi holda ular ma'noli matnni esda olib qolish nazarda tutiladi. Sinaluvchilar matnni yodlar ekanlar, materiallar ustida hech qanday faol ish olib bormaganlar. Ikkinchi holda esa esda olib qolish vazifasi qo’yilmaydi-yu, lekin matn ustida muayyan ish olib borish unda uchraydigan ma'noviy xatolarni aniqlash taklif etiladi. Ikkinchi holda esda olib qolish ancha samarali bo’lganligi aniqlangan.
Maxsus vositalar va oqilona usullarni qo’llash orqali esda olib qolish sohasidagi yondashishdan iborat tashkiliy faoliyat alohida ahamiyatga ega. A.A.Smirnov o’tkazgan tajribasida shuni ko’rsatadiki, matnni maxsus tuzib chiqilgan rejaga asoslangan holda yodlash rejasi, pala-partish esda olib qolishdan ikki barobar samaraliroq ekan, psixolog olimlarning tavsiyasiga binoan yodlash jarayonida materialni takrorlash bilan uni faol esga tushirishni o’zaro almashtirib turish yuqori natijalar beradi. Kuzatishlar va tajribalar shuni ko’rsatadiki, o’quvchilar va talabalar bu usullarni mustaqil ravishda egallay olmaydilar, odatda ularni muallimning rahbarligida egallashadi. Aks holda o’quv faoliyati ishtirokchilari materialni bevosita ixtiyorsiz esda olib qolish bos?ichida qotib qolishi mumkin, bu hol aqliy o’sishga qarama-qarshidir.
Shu narsani alohida ta'kidlab o’tish kerakki, o’quv materiallarining ma'nosiga tushunib esda olib qolish yo’li oqilona yo’l bo’lib qolmasdan, balki u mexanik esda olib qolish jarayonidan o’zining samaradorligi bilan keskin darajada ajralib turadi.
Esda olib qolish jarayoni deganda sezgi, idrok, tafakkur, ichki kechinmalarni xotirada saqlanish xususiyati tushuniladi. Kundalik hayotimizda kitob, jurnal, gazeta o’qiyotganimizda materialni esda olib qolish uchun shu materialning ma'nosiga tushunib olishga harakat qilamiz. Jamiki narsa insonga yetarli darajada tushunarli bo’lmasa, u taqdirda ularni esda olib qolish jarayoni juda qiyin kechadi. O’rganilayotgan materialning mazmuni va ma'nosiga tushunib olish uchun odam uni tahlil qilishga, umumlashtirishga harakat qiladi. A.A.Smirnov ta'kidlaganidek, materialni o’zlashtirib olish xuddi shu jarayonga yaqqol misoldir. Mualliflarning shaxsiy fikriga ko’ra o’zlashtirayotgan materiallarni esda olib qolish qiyinligi sababli ularni tushuna olmaslikdir. Tushunib olishning esda olib holishdagi ahamiyati xuddi shu bilan tavsiflanadi.
Jahon psixologiya fani to’plagan ma'lumotlarga qaraganda o’zlashtirilayotgan materialni mexanik tarzda egallashga nisbatan uning ma'nosini tushunib o’zlashtirish bir necha marta mahsuldordir.
Esda olib qolish jarayonida o’zlashtirilayotgan materialning ma'noga ega bo’lishi yoki bo’lmasligi muhimdir. Assosiativ psixologiya maktabining vakili, taniqli psixolog G.Ebbingauz jahon psixologiyasida birinchi bo’lib 1885 yilda oliy ruhiy jarayon bo’lgan xotirani, 1888 yilda intellektni ilmiy tajriba metodi negizida tekshirdi va keng ko’lamda turmushga tatbiq etdi. U xotira jarayonini tajriba orqali tekshirishning asosiy yo’nalishini ishlab chiqdi. Xotirani "sof" ko’rinishda o’rganishga harakat qilib ma'no kasb etmaydigan bo’g’inlardan foydalandi. Uning bu tadqiqoti kishining mantiqiy xotirasi emas, balki mexanik xotirasiga nisbatan qo’llanishiga xos to’g’ri yo’nalishdir.
G.Ebbingauzning bu tadqiqoti psixologiyada introspektiv (o’z-o’zini kuzatish yoki ichki kuzatish) metodiga qarama-qarshi qo’yilgan ilmiy tajribaviy metod yutuqi sifatida ilmiy-amaliy ahamiyatga egadir. U xotira jarayonini tekshirishda o’z oldiga 38 ta ma'no anglatmaydigan bo’g’inlardan tuzilgan materialni esda olib qolishni maqsad qilib qo’ygan. Bu materialni o’zlashtirish o’rtacha 55 marta takrorlashni talab qiladi. Esda olib qolish uchun 38-40 so’zdan, 11 ta so’z o’zaro bog’liq bo’lmagan so’zlardan foydalangan. Bu materialni o’zlashtirish 6-7 marotaba takrorlashni talab etgan, umumiy hisob esa 9 1 nisbatga to’g’ri keladi.
Rus psixologlari tadqiqotlarining natijalari ma'noga ega bo’lgan materialni o’zlashtirishda esda olib qolish uchun turli xil yo’nalish, ko’rsatma berish muhim ahamiyat kasb etadi, degan fikrni tasdiqlaydi. A.N.Leontev, S.L.Rubinshteyn, P.A.Ribnikov va boshqalar bolalarning xotira faoliyatini o’rganganlar. Shuningdek, ular o’qish faoliyatiga asoslangan holda maktab o’quvchilarida tekshirish ishlarini olib borganlar.
I.P.Zinchenko, M.N.Shardakov, A.I.Lipkinalar tadqiqot ishlarining aksariyati shunga bag’ishlangan bo’lib, turli materialni esda olib qolishda tushinishning ahamiyati muhimligini tasdiqlashga intilgan. Bu materialni esda olib qolishga to’g’ri yo’nalish berilishining natijasida material mazmunini tushunib olgan hamda esda olib qolish tezligi, aniqligi, mustahkamligi va to’liqligi ta'minlanadi.
A.A.Smirnovning ta'kidlashicha, shu davrgacha hech kim hech bir ilmiy adabiyotlarda bolalarga va quyi sinf o’quvchilariga ahamiyatli bo’lgan materialni mexanik tarzda esda olib qolishlari ko’rsatilmagan.
Nemis psixologi Vilyam Shtern (1871-1938) fikricha, bolalarda ham katta yoshdagi odamlarda ham ma'nosiga tushunib o’zlashtirishga nisbatan mexanik egallash kam miqdordir. Bu mulohaza haqiqatdan ham to’g’ri, Meymon fikriga ko’ra, inson ulg’ayishi bilan ma'nosiz materialni esda olib qolish kamayib boradi va kam samara beradi, lekin ma'noga ega bo’lgan bilimlarni esda olib qolishi esa sezilarli darajada rivojlanib boradi. Shunga o’xshash omillar boshqa psixologlar tomonidan ham to’plangan bo’lib, bu haqda boy materiallar umumiy psixologiya xrestomatiyalarida o’z aksini topgan.
A.A.Smirnov ma'no anglatmaydigan bo’g’inlarda va ma'no kasb etuvchi so’zlardan tuzilgan material asosida tekshirish o’tkazgan. Katta va kichik yoshdagi ixtiyoriy va ixtiyorsiz esda olib qolishni alohida tekshirish har ikkala yosh davrida mazmunli va mazmunsiz materiallarni esda olib qolishning munosabatini tekshirish maqsad qilib qo’yilgan.
Ma'no kasb etgan materialni esda olib qolish yosh bolalarga nisbatan kattalarda ustunligi lekin, ma'nosiz materialni esda olib qolish kichik yoshdagi bolalarga qaraganda kam samara bermasligi aniqlangan. Ma'nosiz bo’g’inlar nafaqat kichik yoshdagi bolalarda, balki katta yoshdagilarda ham yaxshi o’zlashtiriladi.
A.N.Leontev tadqiqot ishlarida katta yoshdagilarning ma'nosiz bo’g’inlardan tuzilgan materialni yaxshi, puxta esda saqlab qolishi ta'kidlangan. Katta yoshdagilar ma'nosiz bo’g’inlarni qandaydir mazmun bilan tez va oson bog’lay oladilar. Shuning uchun ularda bolalarga nisbatan kuchliroq ma'no kasb etadi. Shuningdek, ma'no anglatmaydigan materialni o’zlashtirish jarayoni tez ko’chadi, mahsuldorroq bo’ladi. Ma'nosiz materiallarni egallash uchun iroda kuchi, irodaviy sifatlar muhim ahamiyatga egadir.
Esda olib qolishga hech qanday yo’nalish berilmay, materialni yaxshi olib qolinishi kishining jadal faoliyati bilan bog’liq. Ixtiyorsiz esda olib qolish faol irodaviy kuch sarflash hisobiga amalga oshadi. A.A.Smirnov ma'noli materialni esda olib qolishning bolalar uchun yengil ko’chishi ularning yosh xususiyatlariga bog’liq narsa emasligini ta'kidlab o’tadi. Chunki bolalar hali tushunib olmagan materialni go’yo ma'nosi yashirinib yotgandek qabul qiladilar. Matn ma'nosining noma'lumligi unga nisbatan qiziqish, bilishga intilish mazmunini izlashga talabchanlikni uyg’otadi. Odatda ma'nosiz so’zlarni laboratoriya sharoitiga qaraganda kundalik turmushda puxtaroq eslab qolinadi.
Qator psixolog olimlarning mulohazalariga binoan: 1) materialni esda olib qolish darajasi yosh davrlari xususiyatiga ega emas, balki uning yakkahol shaxsiy xususiyatlariga bog’liqdir; 2) mexanik esda olib qolishning odat tusiga kirib qolishi ham yosh davrlarining xususiyati emasdir; 3) so’zlarni esda olib qolish, mexanik esda olib qolishning biron-bir xususiyatidir.

Download 3,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish