– 136 –
lan tashkil qilinishi turli xil bo‘lishi mumkin, shuning uchun
adapterning ish unumdorligi va ishonchliligi ayniqsa ekstremal
holatlarda turlichadir.
Fast Ethernet adapterlari bir tezlikli (100 Mbit/s), shu-
ningdek, ikkita tezlikli (10 Mbit/s va 100 Mbit/s) qilib ishlab
chiqariladi. Ikki tezlikli platalar (ularni odatda «10/100» deb
belgilashadi) birmuncha narxi qimmat bo‘ladi, shunga yarasha
ular hech qanday muammosiz har qanday tarmoqda Ethernet/
Fast Ethernet ishlashi mumkin.
Hamma tarmoq adapterlari sertifikatsiyalangan bo‘lishi
kerak. FCC A-klassdagi sertifikat adapterlarni biznesda ish-
latish huquqini beradi, FCC V-klassidagi sertifikat adapter-
larni uy sharoitida ishlatishga huquq beradi. Standart tarmoq
adapterining xavfsiz elektromagnit nurlanishi hisobga olingan.
Adapter tanlashda eng muhimi, diqqatni uning drayveri
bilan tarmoq dasturiy ta’minotining mos tushishiga qaratish
kerak. Tarmoq dasturiy vositalarini hamma ishlab chiqaruv-
chilari (Novell, Microsoft va boshqalar) drayverlarni serti-
fikatsiyalash bo‘yicha ish olib boradi. Agarda shunday sertifikat
bo‘lsa, xavotirga o‘rin qolmaydi. Boshqa tomondan, hamma
tarmoq dasturiy vositalar drayverga testlangan to‘plam holda
haridorga yetkaziladi. Agarda xarid qilingan plata drayveri
shu to‘plamga kirsa, u holda ham moslik bo‘yicha muammo
bo‘lmasligi kerak.
Tarmoqda axborot almashish tezligining haqiqiy qiymati
o‘rtacha keltirilgan ko‘rsatkichlarga kiradi. U faqat adapterga
bog‘liq emas, komp’yuterga ham bog‘liqdir (protsessor va disk
tezligiga, xotira sig‘imiga), axborot uzatish muhitiga, dasturiy
vositalarga, tarmoq yuklanganlik darajasiga bog‘liqdir. Shu ning
uchun eng tez ishlaydigan (va qimmat) adapterni tanlagan
holda ham axborot almashuvida sezilarli tezlikka erishmaslik
mumkin. Masalan, 8 razryadli ISA adapteridan 16 razryadli-
giga o‘tilsa yoki ISA adapteridan 32 razryadli PCI adapteriga
o‘tilsa, amalda tezlik oshmasligi ham mumkin. Shunga qara-
may tizimda adapter tezlik ko‘rsatkichi bo‘yicha eng nozik qism
– 137 –
bo‘lib qolish hollari ham kam emas va uni almashtirish ish
unumdorligini keskin oshirishga sabab bo‘lishi mumkin. Qaysi
adapter o‘z funksiyalarini protsessor ishtirokisiz, o‘z resurslari
yordamida amalga oshirsa o‘sha adapter tez ishlaydiganidir.
Ish unumdorligining haqiqiy ko‘rsatkichlarini butun tar-
moqni testlash natijasida bilish mumkin. Buning uchun qator
testlash dasturlari mavjud, ulardan taniqlilari Novell firmasi-
ning Perform 3 mahsuloti va Ziff-Davis firmasining Netbench
3.0 maxsuloti. Har qanday testlash dasturlari ham tarmoqdagi
aniq vaziyatga baho bera olmaydi, lekin turli tarmoq adapter-
larni real holda o‘zaro taqqoslash imkoniyatini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: