– 164 –
qiyin emas, asosiysi hech nimani qoldirmaslik. Bundan tashqari
tarmoqning bo‘lajak foydalanuvchilari komp’yuterdan foyda-
lanishni bilsa yaxshi bo‘ladi. Va yana tarmoq adapteri turiga
va tez ishlashiga bog‘liq. Yaratiladigan tarmoq standarti ni tan-
laganda kerakli tarmoq adapterlari turini miqdorini hisoblash
imkonini e’tiborga olish kerak.
Tarmoq qurilmalarini miqdorini hisoblab bo‘lgandan
keyin, yaratiladigan tarmoq foydalanuvchilarning har biri bi-
lan gaplashish va ular haqida maksimal ma’lumot bilish, yan-
gi hosil qilinadigan mahalliy tarmoq kompyuetrlarida hujjat
yoki ma’lumotlar bazasi bilan yaxshi ishlay olishlari kerak.
Agar tarmoq ofisda rejalashtirilsa foydalanuvchilarni albatta
ma’muriyat tomonidan o‘qitish va ishga tayyorlash kerak.
So‘ngra bu ishda yana qanday qurilmalari va daturiy
ta’minotlar tarmoq uchun kerak bo‘lishini tasavvur qilish.
Masalan, agarda siz uy uchun tarmoq hosil qilishni rejalashtir-
mayotgan bo‘lsangiz keyingi jarayonni yaxshi o‘ylab olishingiz
kerak.
agar mahalliy tarmoq yaratilsa, demak deyarli internet
●
tarmog‘iga umumiy ruxsat berishni tashkillashtirish;
bugalteriya yo‘nalishi bo‘yicha ertami kech bir necha
●
odam ishtirok etadi, bularni boshqarish uchun sizga
umumiy ma’lumotlar bazasi hamda dasturi kerak bo‘ladi;
agarda tashkilot kengayib borsa demak tashkilotga tez
●
orada huquqshunos ishga olinadi, unga esa doimiy
yangilanib turadigan huquqiy ma’lumotlar bazasi kerak
bo‘ladi;
ehtimol tarmoqqa domen tuzilmasi ko‘proq mos kelar;
●
markazlashgan ma’lumotlarni saqlash va arxivlashni
●
qanday tashkil qilish;
qaysi korporativ virusga qarshi paketlarni avtomat
●
ravishda yangilanib boruvchi baza va tuzilmalarini
o‘rnatish.
Bu savollarga javoblarni yon daftarchaga belgilab qo‘yish
kerak. So‘ngra olingan ma’lumotlarni tahlil qilish mumkin.
– 165 –
Sizning vazifangiz ulanishi mumkin bo‘lgan yangi ish joylari
va turli xildagi serverlarni hamda boshqa qurilmalarni aniq-
roq hisoblab chiqish. Ulanishi mumkin bo‘lgan qurilmalarni
miqdorini aniqlangandan so‘ng ishlatiladigan daturiy ta’minot
uchun tarmoqdagi taxminiy trafikni tasavvur qilish kerak.
Xomaki hisobga yaqin natijani olish uchun quyidagi jara-
yonlarni qo‘llash mumkin: foydalanuvchi ishlatadigan huj-
jatlarni hajmini maksim biga ko‘paytirish. Miol uchun huj-
jatning maksimal hajmi 300 al aniqlash va foydalanuvchilar
hioKbayt, tarmoqdagi foydalanuvchilar soni 30 ta bo‘lsin,
natijada 30*300=9000 Kbayt bu taxminan 9 Mb yoki 72 Mbit
bo‘ladi.
Agarda hamma foydalanuvchilar bir vaqtning o‘zida
o‘zlarining hujjatlariga murojaat qilishsa u holda 72 Mbit/s
trafik hosil bo‘ladi. Albatta hisob taxminiy, ammo bu yerda
ma’lumotlar bazasi, internet, tizim paketlarini yangilash va
foydalanuvchilarning virusga qarshi tekshiruv trafiklari hisobga
olinmagan. Bundan xulosa shuki, foydalanuvchilar tarmoqda
noqulayliklar bo‘lmasligi va zarur dasturiy ta’minotlarni ish-
latishlari uchun tezlik 72Mbit/s dan kam bo‘lmasligi kerak.
Shunday qilib kelajakda tarmoqni kengayishi va tarmoq stan-
dartini hisobga olgan holda tezlik 72Mbit/s emas balki 100
Mbit/s bo‘lgani maqadga muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: