– 152 –
yaqin bo‘lgan taqdirda ham o‘z vazifasini bemalol bajaradi
(yarim dupleks ish tartibida-30-40 % dan ko‘p emas). Ayniqsa
bu ish tartibi yuqori tezlikda ishlovchi server va yuqori unumli
ish stansiyalari uchun qulay sharoit yaratadi.
Bundan tashqari SCMA/CD usulidan voz kechishlik av-
tomatik ravishda tarmoq o‘lchamiga qo‘yiladigan chegara-
lash shartlarini olib tashlaydi. Bu esa Fast Ethernet va Gigabit
Ethernet tarmoqlar uchun muhimdir. To‘liq dupleks ish re-
jimida, axborot almashinuvi olib borishda, har qanday tar-
moq uzunligiga chegara qo‘yish faqat signalni aloqa muhitida
so‘nishigagina bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun, masalan, Fast
Ethernet va Gigabit Ethernet tarmoqlarida shisha tolali seg-
mentlarning uzunligi 2 km va undan ham ko‘p bo‘lishi mum-
kin. Standart yarim dupleks ish tartibida va SCMA/CD usu-
li qo‘llangan holda amaliy jihatdan bu ko‘rsatkichga erishib
bo‘lmaydi, chunki signalni ikki hissa tarqalish vaqti Fast Eth-
ernet uchun 5,12 mks dan oshmasligi kerak, Gigabit Ethernet
uchun esa 0,512 mks dan oshmasligi lozim (eng kam paket
uzunligi holatida esa 512 bayt-4,096 mks).
To‘liq dupleks ish tartibini aktiv yulduz topologiyasiga ya-
qinlashishdek ko‘rish mumkin. Xuddi aktiv yulduzdagidek, bu
holda ham konfliktlar bo‘lishi mumkin emas, lekin markazga
bo‘lgan talab (tezligi va ishonchliligiga) nihoyatda qattiq. Xuddi
aktiv yulduzdagi kabi, ko‘p abonentli tarmoq qurish masalasi
ancha qiyin, chunki ko‘p markaz hosil qilish masalasi mavjud.
Xuddi aktiv yulduzdagi kabi, qurilmalarning narxi ancha yuqo-
ridir, chunki tarmoq adapteri va ulash kabellaridan tashqari yana
tez ishlovchi va qimmat kommutatorlar ham bo‘lishi kerak.
Shunday qilib, hozirgi vaqtda ulovchi konsentratorlar
(kommutator) ana’naviy ko‘priklar bajaradigan vazifalarni
ham ko‘proq bajarmoqda. Shuning uchun bir tarmoq doirasida
yoki bir xil o‘lchamli paket ishlatiladigan bir turdagi tarmoq-
larda (Ethernet va Fast Ethernet) kommutatorlar ko‘pincha
ko‘priklarni siqib chiqarmoqda, chunki ular ancha arzon va
tezligi yuqoridir. Ko‘priklarning vazifasi faqat har xil turdagi
– 153 –
tarmoqlarni ulashgina bo‘lib qolmoqda, bu hol ko‘p uchra-
maydi. Bunday tendensiya elektronikaning boshqa sohalarida
ham ko‘rinmoqda: tor masalaga yo‘naltirilgan tezligi yuqori
qurilmalar, tezligi kam lekin universal qurilmalarni siqib
chiqarmoqda. Universal qurilmalar (komp’yuterlar, univer-
sal kontrollerlar) asosan murakkab ishlov berish algoritmli
masalalarni va bu masalalar aniq obyektlarning shartlari asosi-
da o‘zgaradigan masalalarni hal qilishda saqlanib qolmoqda.
Bu qurilmalarning yana muhim afzalliklari, masala o‘zgarishi
bilan dasturiy moslashish va apparat moslashish imkoniyati
yuqori darajada (san’at darajasida) bo‘lganligi uchun ichki
qurilmalarida o‘zgartirishlar lozim emas.
Do'stlaringiz bilan baham: