– 162 –
VIII bob.
TARMOQNI TANLASH VA
LOYIHALASHTIRISH
Mahalliy tarmoqni qurishda tarmoqni loyihalashtirish va
tanlash eng muhim jarayon hisoblanadi. Bu tanlashdan kel-
gusida tarmoqning barcha texnik imkoniyatlari hosil bo‘ladi,
ulardan eng muhimlari quyidagilar:
tarmoqning yaratilish narxi;
●
axborotlarni uzatish tezligi;
●
ulanadigan kesimlar soni;
●
aktiv va passiv tarmoq qurilmalarining soni;
●
oson ulanish va mijozga xizmat ko‘ratish nuqtalari;
●
buzilishlarga barqarorligi va buzilishlarni bartaraf qi-
●
lishning osonligi;
ishlashning xavfizliligi;
●
tarmoqning marshrutlashtirish murakkabligi;
●
keyinchalik kengayish imkoniyati;
●
ma’lumotlarni uzatish usuli va boshqa topologiyalar
●
segmenti bilan ulanish imkoniyati;
Tarmoqni tanlash va loyihalashtirishga katta ma’suliyat bi-
lan yondoshish kerak. Shoshilmaslik kerak, noto‘g‘ri tanlovni
har doim ham tuzatishning oson imkoniyati mavjud emas.
Tarmoqni tanlash va loyihalashtirish turli holatlarda turli-
cha bo‘ladi. Shunday qilib, gap katta tashkilot uchun mahalliy
tarmoq tuzish ustida borsa, hamma mas’uliyat professional
darajada mahalliy tarmoq hosil qiladigan va yaxshi ishlashiga
kafolat beradigan tarmoq yaratuvchi firma zimmasiga tusha-
di. Katta bo‘lmagan mahalliy tarmoq ya’ni kichik tashkilot,
ofis yoki uy sharoiti uchun tanlash va loyihalashtirish bir-
ikki kishining ishtirokida amalga oshiriladi. Ofis yoki tashkilot
uchun mahalliy dasturchi yoki mutaxassis boshqaruvchi, uy
– 163 –
sharoitida esa albatta uning egasi yoki do‘stlari bo‘lishi mum-
kin. Shuningdek, tarmoqni tanlash va loyihalashtirishga keta-
digan sarf-xarajat jarayonga jalb etilgan kuchga bog‘liq.
Har qanday mahalliy tarmoqni tanlash va loyihalashtirish
odatda quyidagi tartibdan iborat:
1. Bo‘lajak tarmoq ishtirokchilarining soni aniqlanadi. U
tarmoq standarti hamda ulanish uchun zarur bo‘lgan qurilma-
lar soni va mahalliy tarmoq ishini tashkil qilishga ta’sir etadi.
2. Foydalanuvchilarni talablari haqida ma’lumotlar yig‘ilib
tahlil qilinadi. Bu esa u yoki bu masalani aniqlashda, axborot
almashish tezligi, qurilmalarni bir-biriga mosligi, tarmoq stan-
darti tanlashda keraklidir.
3. Optimal tarmoq standartini tanlash tarmoq hosil qilish
va loyihalashtirish uchun foydalidir. Tarmoq standartini tan-
lashning bosh ko‘ratgichi ma’lumotlar uzatish tezligi va ularni
tarmoq ishtirokchilariga tarqatish hamda tarmoqni kengayti-
rish kabilar bo‘lishi mumkin.
4. Tarmoq loyihasi hosil qilinadi va qurilmalar soni ham-
da turi aniqlanadi. Loyiha qanchalik aniqlikda hosil qilingan
bo‘lsa, shuncha aniqlikda kerakli qurilmalar sonini hisoblash
mumkin. Bu bosqichda asosiy e’tiborni passiv qurilmalarga,
shuningdek, ularning sifatiga, ishni to‘liq va tez bajarishiga
qaratiladi.
Bu yerda qiyin topshiriqni o‘zi yo‘q, shuning uchun
yuqoridagi tartibni o‘zgartirish kerak emas. Aks holda kutil-
magan holatlarga tushib qolish mumkin, bu holatdan chiq-
ish esa ortiqcha xarajat va asab buzishga olib keladi. Shuning
uchun barcha bosqichlar bilan batafsil tanishib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: