Tarmorlarni rejalashtirish 12 bob indd


-mavzu: Paketlar va ularning tuzilishi. Paketlarni manzillash



Download 1,61 Mb.
bet24/56
Sana12.02.2022
Hajmi1,61 Mb.
#445336
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   56
Bog'liq
TARMORLARNI rejalashtirish

5-mavzu: Paketlar va ularning tuzilishi. Paketlarni manzillash
Reja :

  1. Mahalliy hisoblash tarmoqllar

  2. Paketning tarkibi

  3. Paaketni manzillash

Mahalliy hisoblash tarmoqlarda axborot odatda, alohida qism, bo‘laklarda uzatiladi, ularni turli manbalarda turlicha paket, kadr yoki bloklar deb ataladi. Paketlarni ishlatilishining asosiy sababi shundan iborat, tarmoqda odatda bir vaqtning o‘zida bir necha aloqa seansi amalga oshiriladi («Shina» va «halqa» topologiyalarida), ya’ni turli juft abonentlar o‘rtasida bir vaqt oralig‘ida ikki va undan ham ortiq axborot uzatish jarayoni kechishi mumkin. Faqat paketlargina axborot uzatayotgan abo­nentlar o‘rtasida tarmoq vaqtini taqsimlay olishi mumkin.
Agarda hamma zarur axborot birdaniga uzluksiz, paketlarga bo‘linmasdan uzatilganda edi, bu holda uzoq vaqt davomida bir abonent tomonidan tarmoq vaqtini butkul ravishda egallab turishga olib kelar edi. Boshqa hamma abonentlar barcha ax­borot uzatilib bo‘lishini kutishga majbur edi, qator hollarda o‘nlab sekundlar va hatto minut zarur bo‘lar edi (masalan, qat- tiq diskda yozilgan barcha axborotni ko‘chirish uchun). Abo- nent huquqlarini birdek qilish uchun, shuningdek, tarmoqqa bog‘lanish vaqtini taxminan tenglashtirish uchun va barcha abo- nentlar uchun axborot uzatishning integral tezligini tenglashga aynan paketlardan (kadrlar) foydalaniladi. Paket uzunligi tar­moq turiga bog‘liq, lekin u odatda bir necha o‘nlab baytdan to bir necha kilobaytgacha tashkil topgan bo‘lishi mumkin. Ya’ni muhimi shuki, katta axborot massivi uzatilayotganda to‘siq va uzilishlar sababli xato qilish ehtimoli yuqoridir. Masalan, ma­halliy tarmoqlarga xos bo‘lgan bittali xato bo‘lish ehtimolining kattaligi 10-8 ni, paket uzunligi 10Kbit bo‘lgan 10-4 xatolikka yo‘l qo‘yilishi ehtimoli bilan, 10 Mbit uzunlikdagi massiv esa 10-1 ehtimoli bilan uzatiladi. Shuningdek, bir necha megabaytli massivda xatolikni topish bir necha kilobaytdan tashkil top- gan paketda xotolik topishga qaraganda ancha murakkab. Xato topilganda butun massiv axborotini qaytadan uzatish kerak bo‘ladi, bu esa ixcham paketni uzatishga qaraganda bir muncha murakkabdir. Katta massiv axborotni qaytadan uzatganda yana xatolikka yo‘l qo‘yish ehtimoli yuqoridir va bu jarayon katta massiv bo‘lsa cheksiz davom etishi mumkin. Boshqa tomondan olib qaraganda, baytlab (8 bit) yoki so‘zlab (16 bit yoki 32 bit) axborot uzatishga qaraganda, paketlab axborot uzatish afzal- liklarga ega, ya’ni tarmoqdan foydali axborot o‘tishi orqali, xiz- matchi axborotlarni kamayishi hisobiga erishiladi. Bu bir necha baytga ega bo‘lgan uzunliklardagi paketlarga ham taalluqlidir. Chunki tarmoqdagi uzatilayotgan har bir paket tarkibida albat- ta tarmoqda axborot almashinuviga tegishli bo‘lgan, shuning­dek, bitlar bor (axborot almashinuvini boshlash biti, manzil bitlari, paket turi va nomerini ko‘rsatuvchi bitlar va hokazo). Kichik paketlarni tarmoqdan uzatilganda xizmatchi axborot- laming nisbati keskin oshib boradi, bu vaziyat tarmoq abo- nentlari o‘rtasidagi axborot almashinuvining integral tezligini (o‘rtacha) kamaytirishga olib keladi. Paketlarning qandaydir optimal uzunligi mavjud (yoki paketlar uchun optimal uzunlik oralig‘i), bunday paketlar tarmoq orqali uzatilganda tarmoq- ning o‘rtacha tezligi maksimal darajasiga etadi. Bu uzunlik o‘zgarmas uzunlik emas, u axborot almashinuvini boshqarish usuliga, tarmoqdagi abonentlar soniga, uzatilayotgan axborot ko‘rsatkichlariga va bundan tashqari ko‘p faktorlarga bog‘liq.
Paketning tuzilishi, avvalambor, tarmoqdagi barcha quril- malar xususiyatiga, tanlangan tarmoq topologiyasiga va ax­borot uzatish muhitining turiga, shuningdek, sezilarli darajada ishlatiladigan protokolga bog‘liqdir (axborot almashinuvining tarkibi). Xulosa qilib aytganda har bir, tarmoqda paket uzunli- gi o‘zgachadir. Lekin paket uzunligini aniqlashning qandaydir umumiy prinsiplari mavjud, bu har qanday mahalliy tarmoq- dagi axborot almashinuvining xususiyatlaridan kelib chiqadi.
Ko‘pincha paket tarkibi asosiy maydon qismlaridan tashkil topadi (3.1-rasm):

Download 1,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish