Tarmorlarni rejalashtirish 12 bob indd


OSI modeli qachon va kim tomonidan taklif qilingan?



Download 1,61 Mb.
bet20/56
Sana12.02.2022
Hajmi1,61 Mb.
#445336
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   56
Bog'liq
TARMORLARNI rejalashtirish

OSI modeli qachon va kim tomonidan taklif qilingan?

  • OSI modelining yetti bosqichini sanab bering.

  • Amaliy bosqich vazifasi nimadan iborat?

  • Prezentatsiya bosqich vazifasi nimadan iborat?



    Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

    1. M.M. Musaev, A.A.Qaxxorov, M.M. Karimov. Komp’yuter tarmoqlarini yig‘ish (Arxitekturasi, qurilmalari, uskunalari). Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma. Toshkent, «Ilm-ziyo» 2006. — 160 b.

    2. M.M. Musaev M.M. Musaev, A.A.Qaxxorov, M.M. Ka­rimov. Komp’yuter tarmoqlarini yig‘ish (Arxitekturasi, quril­malari, uskunalari). Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma. 2-nashr «Ilm-ziyo» 2009. — 160 b.

    4-mavzu: Asosiy protokollarning tahlili


    Reja :

    1. ISO/OSI modeli

    2. Bog’lash

    3. Net Bios/SMB

    ISO/OSI modelining hamma bosqichlarining ishlashini tashkil qilishga javobgar protokol steklaridir. Protokol stekla- rining ishlatilishining foydali tomoni shundan iboratki, stekka kiruvchi hamma protokollar bitta ishlab chiqaruvchi tomoni- dan yaratilgan, shuning uchun ular yuqori tezlikda va samarali ishlash imkoniyatiga ega. Tarmoqlar yaratilgan vaqtdan beri bir necha turdagi protokol steklari yaratilgan, ular ichida eng ko‘p ishlatiladiganlari: TCP/IP, IPX/SPX, Net BIOS/SMB, Novell Ware, DECnet va boshqalar.
    Protokollar stek tarkibida bo‘lib, ISO/OSI modelining turli bosqichlarida ishlaydi. Lekin odatda uchta protokol turi alohida ta’kidlanadi: transport, tarmoq va amaliy.
    Protokol steklaridan foydalanishning ijobiy tomoni shun- dan iboratki, quyi bosqichda ishlaydigan protokollar anchadan beri ishlatiladigan va taniqli Ethernet, FDDI va boshqa tar­moq protokollaridir. Bu protokollarning apparat vositalar yordamida bajarilishi sharofati evaziga bir xil qurilmalarni turli tarmoqlarda ishlatish imkoni mavjud bo‘ladi. Shu tufayli qurilmalarning moslashuv imkoni hosil bo‘ladi.
    Yuqori bosqich protokollari xususida esa har bir stek o‘z afzalliklariga va kamchiliklariga egadir va «bir protokolga — bir bosqich» tushunchasidek aniq bog‘lanish yo‘qdir, ya’ni bir pro­tokol birdaniga ikki-uch bosqichlarda ham ishlashi mumkin.
    Bog‘lanish
    Tarmoq qurilmalarining ish faoliyatida asosiy hol protokol- larni bog‘lanishidir, xususan tarmoq adapteri uchun. Amaliyotda bir tarmoq adapteriga xizmat ko‘rsatishda protokollarning turli steklaridan foydalanish imkonini beradi. Masalan, bir vaqtning o‘zida TCP/IP va IPX/SPX steklardan foydalanish mumkin bo‘ladi, agarda birinchi stek yordamida adresat bilan aloqa o‘rnatishga urinishda xatolik ro‘y bersa, avtomatik ravishda keyingi stek protokolidan foydalanishga o‘tish ro‘y beradi. Bu holatda asosiy hol bog‘lanish navbatidir, chunki u yoki boshqa protokolni turli steklardan foydalanishiga albatta ta’sir etadi.
    Komp’yuterga qancha tarmoq adapteri o‘rnatilishidan qat’i nazar, bog‘lanish esa birdaniga bir necha adapterga bir pro­tokol stekini bog‘lash mumkin va aksincha bir necha steklarni bir adapterga bog‘lash mumkin.
    TCP/IP
    TCP/IP protokol steklari (Transmission Control Proto- col/Internet Protocol) bugungi kunda eng ko‘p tarqalgan va fundamentaldir. U har qanday o‘lchamdagi mahalliy tarmoq- larda ishlaydi. Undan tashqari protokollardan Internet global tarmog‘ida ishlash imkonini beruvchi yagona protokoldir.
    TCP/IP protokollar stekiga turli bosqichlarda ishlovchi ko‘p protokollar kiradi, lekin o‘z nomini u ikkita TCP va IP protokollar nomidan olgan.
    TCP (Transmission Control Protocol) — transport pro- tokoli, TCP/IP protokollar stekidan foydalanib tarmoqda ax- borotlarni uzatishni boshqarish uchun xizmat qiladi.
    IP (Internet Protocol) — tarmoq bosqich protokoli, turli tarmoqdan iborat bo‘lgan tarmoqlarda axborotlarni yetkazish uchun transport protokollarining biridan foydalanadi, masalan, TCP yoki UDP.
    TCP/IP stekning quyi bosqichi axborot uzatishning stan- dart protokollaridan foydalangani uchun uni har qanday tar- moq texnologiyasi qullanganda va har qanday operatsion ti- zimli komp’yuterlarda ishlatish mumkin bo‘ladi.
    Azaldan TCP/IP protokoli global tarmoqlarda foydala- nish uchun loyihalashtirilgan, aynan shuning uchun u mak- simal ravishda moslashuvchandir. Xususan paketlarni qism- larga ajratish imkoni bo‘lgani uchun ham aloqa kanalining sifati e’tiborga olinmasa ham, axborot albatta o‘z manziliga yetkaziladi. IP — protokolining mavjudligi uchun ham turli segmentli tarmoqlar o‘rtasida ham axborot uzatish mumkin bo‘ladi.
    TCP/IP — protokolining kamchiligi shundan iboratki, tar­moqda ma’murlashtirish murakkablashadi.


    IPX/SPS
    IPX/SPS (Internetwork Packet Exchange/Seguenced Packet Exchange) protokollar steki Novell kompaniyasining loyihasi va mulkidir. U Novell Net Ware operatsion tizimi uchun mo‘ljallab yaratilgan, u tizim yaqin kungacha server operatsion tizimlari o‘rtasida etakchi o‘rinlardan birida edi.
    IPX/SPS protokollari ISO/OSI modelining tarmoq va transport bosqichlarida ishlaydilar, shuning uchun a’lo dara- jada bir-birini kamchiligini to‘ldiradi.
    Afsuski IPX/SPS protokoli steklari azaldan uncha kata bo‘l- magan tarmoqlarga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan, shu tufayli uni katta tarmoqlarda ishlatish kam samara beradi.

    Download 1,61 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   56




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish