1-labaratoriya ishi
Bajardi: 651-19- guruh talabasi Mashrabov Mashhurbek
Qabul qildi: Po’latov G’iyos
Mavzu: Birnechta kompyuterlar yordamida LAN hosil qilish
LAN, MAN va WAN tarmoq texnologiyalari va topologiyalarining asosiy konseptsiyalari, NoC (Network-on-Chip) arxitekturalari uchun tarmoq texnologiyalari, tarmoq protokollari, fizik pog’ona, uzatish muhitlari va texnologiyalarining asosiy jihatlari, kanal pog’onasida xatoliklarni aniqlash va to’g’rilash asoslari, kanallar va paketlar kommutatsiyasi, Ethernet (Ethernet, Fast Ethernet, Gigabit Ethernet, 10 Gigabit Ethernet) texnologiyalari, CSMA (carrier-sense multiple-access networks) asoslari haqida asosiy bilimlarga ega bo’ladi.
Simsiz va mobil aloqa tarmoqlari, mobil IP, Wi-Fi va sotali aloqa texnologiyalari, simsiz kirish muhitlari, IEEE802.11 a/b/g/n texnologiyalari, LTE, 4G tarmoq arxitekturalari kabi sotali tarmoq konsepsiyalari, mobil IP xususiyatlari, simsiz MAC protokollari haqida tushunchalarga ega bo’ladi.
Tarmoq pog’onasida ulanish o'rnatiladigan (connection-oriented) va ulanish o'rnatilmaydigan (connectionless services) xizmatlarni taqqoslash, tarmoq protokollarining sintaksisi, semantikasi va vaqtiga bog'liq o'lchamlarda contrast, IPv4, IPv6, va TCP/UDP kabi protokollarni o’rganish, tarmoq texnologiyalarning funksiyasi, turli tarmoq arxitekturalarini solishtirish, marshrutlashda foydalaniladigan muhim texnologiyalarni tushunish kabi muhim bilimlarga ega bo’ladi.
Klient-server ilovalari va ularning vazifalari, turli klient-server ilovalarini joriy etish uchun samarali yo’nashuvlar, veb ilovalari, dasturiy ta’minot texnologiyalari, veb serverlar, email serverlar, peer-to-peer va gibrid modellar va ularning arxitekturalari haqidagi asosiy tushunchalarga ega bo’ladi.
Avvalo LAN hosil qilish uchun bir nechta kompyuter va 2 ta switch qurilmasinin cisco paket tracer dasturining ish stoliga joylashtirdim.
Keyin esa LAN hosil qilish uchun kabellar yordamida qurilmalarni bir biriga uladim.
So’ng har bir kompyuterga static usulda IP adres va Mask berip chiqtim.
Hosil qilingan LAN nin testlash maqsadida o’zaro malumotlarni almashish jarayoni hosil qildim
Natijaga ko’ra men hosil qilgan LAN to’gri ishladi.
Xulosa: Men bu labaratoriya ishida Switch orqali LAN hosil qilishni o’rgandim va uni testlab ko’rdim. Natijada o’zim istagan local tarmoqni hosil qila oldim.
Do'stlaringiz bilan baham: |