Tarjimonlar: dilfuza vohidova maftuna mahmudjonova



Download 0,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/12
Sana30.03.2022
Hajmi0,57 Mb.
#518202
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Faqat ahmoqlargina sakkiz soat uxlaydi (1)

8-bob 
UYQU MUHTASHAMDIR 
Kimsasiz yerda gaplashib yurib ketishardi. Kendin bu voqealardan 
shu qadar taʼsirlangan ediki, birdan: 
- Uxlashdan nafratlanaman!, - deb yubordi.
- Hoy, hoy, hoy!..., - Kendinning gapini boʻldi Jin.
- Aslo bunday deya koʻrma. Uyqu muhtasham mexanizmdir. Agar u 
boʻlmasa, oʻrgangan narsalaring hech qachon yodingda qolmasdi, chunki 
sen yangi oʻrgangan maʼlumotlaringni eng koʻp uyqung davomida 
mustahkamlab olasan. Uxlayotganingda tanangdagi butun fiziologik va 
psixologik jarayonlar amalga oshadi. Yaʼni dam olishing, oʻzingni ertangi 
kun uchun tayyor deb his qilishing va hayotingni davom ettirishing uchun 
mutlaqo uxlab olishing kerak. 
Kendin hayratda edi. 
- Sen emasmiding uxlashimga qarshi chiqqan? 
Jin anglashilmovchilik boʻlganidan xavotirlanib darhol soʻz boshladi:
- Men aslo uxlashingga qarshi emasman. Faqatgina koʻp uxlashingga 
qarshiman. Koʻp uxlashdan murod 8 soatdan ortiq emas, balki 4 yoki 6 
soatdan ortiqdir. Yaʼni "Ideal uyqu davomiyligi 8 soat boʻlishi kerak" 
deya quduqqa otilgan oʻsha toshga jahlim chiqadi meni. Zotan 
sayohatimizning butun maqsadi ham aslida u toshni quduqdan chiqarib, 
yoʻq qilish va "Ideal uyqu davomiyligi inson eng kam uxlay oladigan 
muddatdir" toshini miyangga mustahkam oʻrnatishdir. Shunda sen bilan 
birga butun insoniyatning bu bemaʼni xurofotdan qutulishini taʼmin etgan 
boʻlaman. Agar hech uxlamasang oxiri yoʻq muammolar ichida 
yashaysan. Bundan kelib chiqadiki, nafas olish, suv ichish, ovqatlanish 
qanday zarurat boʻlsa, uxlash ham xuddi shunday majburiyatdir. Endi esa 
senga ajoyib syurprizim bor: Dunyodagi hech bir inson hanuz tanishib, 
gaplashmagan biri bilan seni tanishtiraman. U uyqu qiroli. Koinotda hech 
bir maxluqot uyqu mavzusida undan koʻra ilmli emas... 
Kendinning koʻzlari katta-katta ochildi va ketma-ket savollar yogʻdira 
ketdi: 


- Kim u, oʻzi qanaqa, necha yoshda, nima yeb, nima ichadi?... 
- Sen bilan tengdosh, juda sadoqatli va itoatgoʻy, sening miyangda 
yashaydi. Ismi Gipotalamus. Sen uchun bir uchrashuv belgiladim. 
- Qanday?, - dedi Kendin hech nima anglamay. Jin tushuntirishda davom 
etdi: 
- Zoʻrgʻa koʻndirdim. Sendan hafa ekan. Gaplashishni xohlamadi; ammo 
ozgina bosim oʻtkazgandim qabul qildi. 
Kendinning fikrlari qorishib ketgandi. 
- Yaxshi, lekin uning miyamda yashashini aytding. U bilan qanday qilib 
koʻrishamiz? Ochiqroq gapirsang-chi, xayollarim chalkashib ketdi.
- Ah Kendin! Haliyam inson kabi oʻylayapsan. Unutib qoʻyding shekilli, 
biz hozir mutlaqo boshqa olamdamiz. Supermen misoli istagan har 
joyimizga bora olamiz, xohlagan joyimizga kira olamiz. Zamon, makon, 
umuman, hech narsa biza toʻsqinlik qilolmaydi, - dedi Jin. Kendinni 
Gipotalamusning oldiga olib borishdan avval oʻzlaridagi kuchga 
ishondirish maqsadida borish nihoyatda qiyin boʻlgan bir joyga olib 
borishga qaror qildi. Mana shunda, unda hech qanday shubha qolmasdi. 
Kendin nafaqat miyaga, balki igna teshigidagi tuyaning oʻrkachiga ham 
kira olishlariga ishonishi kerak edi. Agar Gipotalamus bilan ichidagi 
shubha-yu gumonlarni yoʻqotmay turib uchrashsa, bu uchrashuvning 
hech qanday foydasi boʻlmasdi. 



Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish