Tarjimonlar: dilfuza vohidova maftuna mahmudjonova


-bob  MOVIY SEVGILISI ILA KUNDA IKKI SOAT



Download 0,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/12
Sana30.03.2022
Hajmi0,57 Mb.
#518202
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Faqat ahmoqlargina sakkiz soat uxlaydi (1)

4-bob 
MOVIY SEVGILISI ILA KUNDA IKKI SOAT 
Kattagina xonaning oʻrtasida turardilar. Atrof yoyilib yotardi. 
Xonada bir-biriga birlashtirilgan uchta stol kattaligidagi ish stoli bor edi. 
Uning usti elektron sxemalar, kabellar va yana koʻpi inson uchun 
keraksiz deb hisoblanadigan mayda-chuyda narsalarga toʻla edi. Kumush 
patnis ichida hafsala bilan tayyorlangan, ammo qoʻl ham urilmagan 
dasturxon, stol ustidagi ichida kerosin boʻlgan kir tunuka idishning 
yoniga qoʻyilgandi. Shundayin bir dasturxon u yagʻir idish yoniga hech 
ham yarashmasdi. Shubhasiz uni "Och emasman" deya kimdir oʻsha 
yoqqa surib qoʻygandi. Stoldan uzoqroq bir burchakda odatiy 4-5 stul, 
tartibsiz shaklda sochilib yotardi. Devorda keragidan ortiq kerosin lampa 
bor edi. Ularning hammasi yoniq, odamda "dunyodagi eng yorugʻ makon 
shu yer boʻlsa kerak" degan fikr uygʻotardi. 
Kendin atrofni tomosha qilarkan, Jin ham Kendinni kuzatib turardi. 
Atrofda hech kimsa yoʻq. Qayerdandir arra ovozi eshitilardi. Koʻzlari 
ovoz kelayotgan tomondagi eshikka tushdi. Eshikka yaqinlashganlari sari 
ovoz ham kuchayib bordi. Ichkariga kirdilar. Moviy koʻrpasiga oʻrangan 
bir odam hech gʻam-tashvishi yoʻqdek hurrak otib uxlab yotardi. 
- Adashib boshqa yerga keldik shekilli!, - dedi Kendin. Yuz ifodasidan 
xuddi Jinning bir xatosini topgandek edi. Jin eslatdi: 
- Sabrli boʻlishing kerak edi. 
... Kutdilar. Biroz oʻtib u odam uygʻondi. Shoshilinch toʻlashi kerak 
boʻlgan bir qarzi esiga tushgandek yotogʻidan sapchib turdi, qoʻshni 
xonadagi stol ustiga kelib tezlik bilan ishlay boshladi. Bir oz avval hurrak 
otib uxlab yotgan inson u emasdek edi goʻyo. Stolning ustidagi narsalarni 
bir-biriga ishqalab, nimadir qilishga urinardi. Birini boshqasining uchiga 
ulab, soʻng uni yana boshqa narsaga mahkamlar, bazan toʻxtab, 
qimirlamasdan uni shunchaki kuzatardi. Bu kuzatish ham tanaffussiz 
davom etgan ishning bir qismi edi.
- Bu kim, Xudo haqqi, jinni-pinni emasmi?, - soʻradi Kendin. Jin javob 
bermasdan Kendinning oʻzi yana: 


- Bu bir inson, - dedi. Jin boshini qimirlatib tasdiq ishorasini berdi va 
yana bir qum soatini koʻrsatib turib: 
- Bu 6 soatlik, - dedi. Kendin va Jin oʻzaro suhbatlashib, u insonni 
kuzatishardi. Biroz oʻtib nima boʻldi-yu, u hamma ishini tashlab yana 
narigi xonaga kirib ketdi. Qum soatiga qaradilar. Uning ishlashni 
boshlaganiga 3 soat boʻlgandi. Xonaga kiriboq, takror moviy koʻrpasiga 
oʻranib, pishillab uxlab qoldi. Jin: 
- Koʻrdingmi? Yana uxladi, - dedi. Kutdilar, 15 daqiqa oʻtib yana 
uygʻondi, shoshilinch toʻlashi kerak boʻlgan bir qarzi esiga tushib 
qolgandek yotogʻidan sapchib turdi, - bilaman, bu jumlani bir oz avval 
ham tuzgandim. Lekin u odam har safar shunday uygʻonsa, menda nima 
ayb? - va takror ish xonasidagi stol oldiga keldi.
Biroz oʻtib xonaga bir ayol kirdi va stol ustidagi patnisdan 15-20 sm 
uzoqroqqa yangi patnis qoʻydi. Eskisini olib, kelgan eshigiga tomon 
yurdi. Bir-ikki qadam yurib, u odamga "Oʻlib qolasan-ku, yetar endi!" 
demoqchi boʻlgandek bir alfozda, ammo uni ranjitmaslik uchun buni 
aytmagani sezilib turgan ifoda bilan:
- Qani, biroz dam ol, nimadir yeb ol!, - dedi. Odam javob bermadi. Ayol 
tarvuzi qoʻltigʻidan tushib xonadan chiqib ketdi. Ayol ham 
koʻrinmasmikin, ajabo, u inson hatto javob bermadi. Kendin xayolidan 
kechgan bu savolni Jinga berdi. 
- Yoʻq, - dedi Jin. 
Ular gaplashib turganida, odam taomlar solingan kumush patnisni 
avvalgisining oʻrniga itarib qoʻydi.
- Ayol koʻrinadi, albatta. Lekin u oʻz ishiga shu qadar bogʻlanganki, koʻzi 
boshqa narsani koʻrmaydi, - soʻzida davom etdi Jin, ammo uning 
aytadigan yana koʻp narsalari bor edi: 
- Bu inson hayotini har uch soatda bir marta 15 daqiqa uxlab oʻtkazdi. 
Yaʼni kunda umumiy 2 soat uxlaydi. Oradan vaqtlar oʻtadi, biz bu inson 
haqida Edison deya gapiramiz. Dunyoni yorugʻlikka toʻldirgan, uxlash va 
ovqat yeyishga ham aytarli vaqt topa olmagan buyuk dohiy.
Kendin sham va kerosin chiroqni, oqshomni nurga toʻldirib, tarixga 
koʻmgan insonni koʻrib turgani uchun hayajonlandi. Bu orada Edison 


yana hamma narsani tashlab, takror moviy sevgilisiga oʻranib, uyquga 
ketdi. 



Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish