Tarjimonlar: dilfuza vohidova maftuna mahmudjonova


-bob  KICHIK FONUSNING ICHIDAGI BUYUK INSON



Download 0,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/12
Sana30.03.2022
Hajmi0,57 Mb.
#518202
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Faqat ahmoqlargina sakkiz soat uxlaydi (1)

5-bob 
KICHIK FONUSNING ICHIDAGI BUYUK INSON 
Ikki qavatli 20 ta krovat qator joylashtirilgan yotoqxonaga 
oʻxshagan bir joyda edilar. Oʻrtada uyoqdan buyoqqa yurgan odamlarni 
koʻrishlari bilan tushundilar: bu yer qamoqxona edi. Baʼzilar yotoqda 
uxlab yotar, uygʻoq boʻlganlar esa u yerdan bu yerga yurib nimanidir 
kutishardi.
- Shularni bir kuzataylik, - dedi Kendin. Gapini tugatishga ulgurmay, 
boʻlmaning temir eshigi oldida yuzlari bujmaygan bir odam paydo boʻldi. 
Hayoti davomida hech ham kulmagan odamning jiddiyligi bilan: 
- Tushliiik..., - deb baqirdi. Bitta odamdan tashqari qolgan barcha 
tushlikka ketdi.
Katta boʻlmada yolgʻiz qolgan u inson oldidagi gʻijim daftarga 
nimalarnidir yozardi. Vaqti-vaqti bilan orqa sahifalarga koʻz yugurtirib, 
bir narsalarni tekshirar, soʻngra yana kelgan joyidan davom etardi. 
Yozish davomida baʼzan jilmayib qoʻyar, baʼzan gʻamgin boʻlib qolar, 
baʼzan yigʻlamoqdan beri boʻlib, xoʻrsinib qoʻyardi. Qalbidan nimalar 
oʻtardi, bilib boʻlmasdi, ammo yozayotganlari oʻta muhim narsalar ekani 
ayon edi. Qalam bilan oldidagi daftarga tinmay yozar, nigohi dunyodagi 
eng buyuk qoʻshinni boshqarayotgan sarkardaning qarashlarini eslatardi. 
U qoʻshinni idora qilib turganida, boshqalar ovqatdan qaytib, yotoqdagi 
joylarini egalladilar. 
Ikki kishi xat yozish uchun stolga yaqinlashdi, biri koʻzlarini uzmay 
qoʻlida mahkam ushlab turgan qizchaning suratiga qarab turardi. Yana 
ikki kishi esa goʻyo shu orqali kimdandir qasos olayotgandek tez-tez 
uyoqdan buyoqqa yurardilar. Toʻxtaydigan yoki ortga qaytadigan 
joylarini koʻrmasangiz, bemor otasiga zudlik bilan qon olib borish uchun 
yugurayotgan xayrli farzand deb oʻylardingiz ularni. Qolganlar esa 
krovatga choʻzilib, uxlab qoldilar. Ularni butun diqqati bilan 
kuzatayotgan Kendinning bekorga vaqt yoʻqotishiga monelik qilish 
maqsadida Jin shoshqaloqlik bilan gapira boshladi: 
- Bu uxlayotganlarni kuzatib turishing shart emas! Ular faqat ovqat vaqti 
uygʻonadilar, qolgan vaqtlarini esa uxlab oʻtkazadilar. Shu usulda goʻyo 
jazo muddatlarining tezroq tugashiga ishonadilar. Uygʻoq boʻlganlarida 


esa ozodlikka chiqqach, hech qachon uxlamaslikka ont ichadilar. Ammo 
bilmaydilar yoki bilsalarda tushunmaydilarki, ichkarida yohud tashqarida 
boʻlish oʻrtasida hech qanday farq yoʻq. Chunki har bir inson hayotini bir 
fonus ichida yashab oʻtkazishga majbur. Fonusni kattalashtiradigan faqat 
miyadir, inson oʻzi sigʻgan har qanday fonusga miyasi ham sigʻadi, 
shubhasiz. 
Kendin Jinni diqqat bilan eshitar, soʻzlari uni oʻziga sehrlab qoʻygandi. 
Goʻyoki u hamma narsani bilardi, butun universitetlardagi ilmni oʻzida 
jam qilgandek tuyuldi. Jin davom etdi: 
- Agar borar yeringning chegarasi boʻlsa, agar qoʻlingdan kelgan 
ishlarning chegarasi boʻlsa, agar bir kun kelib umring bitsa, demak 
umring davomida bir fonus ichida yashaysan. Bu oʻrinda "Inson u 
fonusning ichida har doim eng afzali boʻlish uchun yashaydi" deya 
bemalol ayta olamiz. Yaʼni zindonda yoki ozodlikda boʻlishning farqi 
yoʻq. Shunday ekan, qayerda boʻlsa-da, qanday boʻlsa-da, inson doimo 
qoʻldan kelgan eng afzal ishni qilishi kerak.
- Tushundim, - dedi Kendin. Jin yozayotgan odamga oʻgirilib: 
- Hozir shu fonusning ichida boʻlgan bir inson eng yaxshisi boʻlish 
yoʻlida harakat qilyapti. Oradan yillar oʻtib, har bir inson unga oʻxshashni 
orzu qiladi, chunki u insoniyatning eng afzallaridan biriga aylanadi. 
Shuni bilgani uchun ham uning ishtahasi yoʻq, shuning uchun uyqusidan 
voz kechdi, shuning uchun u faqatgina bir martagina mahbus boʻlib 
yashaydi, - dedi. 
Kendin oyogʻining uchida turdi va Jinning chap yelkasiga osilib, yozib 
oʻtirgan odamga tikildi. Jin: 
- Yaxshiroq qara! Uni taniysan, - dedi. Kendin u insonni tanidi. Uni 
bilmagan inson dunyoda bormikin? Axir, u Dostoyevskiy edi! 



Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish