Tarjimonlar: dilfuza vohidova maftuna mahmudjonova



Download 0,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/12
Sana30.03.2022
Hajmi0,57 Mb.
#518202
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Faqat ahmoqlargina sakkiz soat uxlaydi (1)

11-bob 
UZUMNING TAQDIRI
 
"Chanoqqal'a urushi"ga guvoh boʻlgan Kendin beixtiyor oʻzining 
harbiy xizmatda o’tgan kunlarini xotirladi. Armiyada bir kunda bor-
yoʻgʻi 2 soat uxlab 22 soat davomida jang qilgandi. Bu naq 1 yil davom 
etgandi. Terror avj olgan zamonlar edi. Kendin minglab askarlar bilan bir 
safda kecha-kunduz tinmay terrorchilarni taʼqib qilgandi. Shular esiga 
tushib Jinga: 
- Bilasanmi, Jin? Men ham naq bir yil davomida kunda bor-yoʻgʻi 2 soat 
uxlab 22 soat jang qildim. Yurtim uchun jang qildim. Yolgʻiz emasdim, 
albatta. Mingdan ortiq edik. Sira uyqumiz kelmasdi... Uyga qaytgan 
chogʻlarim esa Jahon chempioni boʻlgan kurashchi singari kuchli va 
sogʻlom edim. Armiyaga ketishdan avval baʼzi kamchiliklarim bor edi. 
Qaytganimda esa ularning baridan xalos boʻlgandim.
Jin Kendinning gapini davom ettirdi: 
- Soʻngra uyga qaytding. Anchagacha shu tarzda yashading, toʻgʻrimi?
- Ha, aynan shunday boʻldi. Yarim tunda oʻz-oʻzimdan uygʻonib ketar, 
qaytib uxlay olmasdim.
Jin kulib davom etdi: 
- Lekin koʻrdingki, hamma uxlayapti, uygʻoq boʻlishning hech bir foydasi 
yoʻq. "Yaxshisi men ham uxlay qolay, tartib buzilmasin!" deya uxlashni 
davom ettirding. Yaʼni, uzum uzumga qarab qorayadi. 
Kendin voqealar rivojidagi bir detal esiga tushgandek: 
- Hatto uyga qaytgan ilk kunlarim uyqum kelmasa ham yotoqqa kirib 
uxlashga harakat qildim, oʻzimni 8 soat uxlashga majbur qilish uchun 
anchagacha ovora boʻldim, - dedi.
- Demak, armiyadan qaytganingda insonlarning tabiati buzilib, 15 soat 
uxlashni boshlagan boʻlsalar, sen ham shuncha uxlagan boʻlarding, 
yolgʻonmi?
Kendin hijolat boʻlib, javob berdi:
- Oʻylashimcha, rost... 


- Endi esa aksini tasavvur qil! Agar xizmat qilgan oʻsha joyingda 
tugʻilganingda necha soat uxlagan boʻlarding? 
Jinning aytmoqchi boʻlgan fikrini tushungandi Kendin: 
- Ikki.
- Bu sen uchun normal uyqu muddati boʻlardi. Harbiyda kam uxlarding; 
chunki tepangda oʻlim dahshati turardi, ammo sira oʻylab koʻrmading! 
Sen ogʻir vaziyatlarda ikki soat uxlay olasan, bu esa sening normal 
zamonda ham buni amalga oshira olishingni isbotlaydi. 
Jin Kendinga yanada yaqinlashib, ishning asl sirini oshkor qilmoqchi 
boʻlgandek bir alfozda davom etdi: 
- Inson ikki tuygʻudan biri bilan qarshilashganida, toki ular tugab 
bitmaguniga qadar uyqusini Mariana botigʻining eng chuqur yeriga 
koʻmadi. Biri "oʻlim qoʻrquvi" boʻlsa, boshqasi "ishq"dir. Aslida ikkisini 
umumiy qilib "ishq" desak ham boʻladi. Chunki "oʻlim qoʻrquvi" 
deganing hayotga boʻlgan muhabbatdan boshqa bir narsa emas. Xulosa 
qilib aytamanki, buyuk bir ishq domiga tushsang, ikki soat uyqu ham 
senga yetadi. Ammo senda bunday ishq boʻlmagani sababli yana ikki soat 
qoʻshaman: jami 4 soat boʻldi.
Kendin Jinni qiziqish bilan tinglardi. 
- Shundan boʻlishiga qaramay, siz uyalmasdan bu muddatga yana 4 soat 
qoʻshib, normal uyqu muddati 8 soat deya daʼvo qilasiz. 8 soat uxlay 
olmagan kuningiz "Bugun rosa charchadim, yaxshi uxlay olmadim" deb 
boʻlmagʻur bahonalar keltirasiz. 
Jin gapirarkan, Kendin uning aytganlari haqida fikr yuritardi. Jin 
tamoman haq edi. Kendinning har kuni 8 soat uxlashi oddiygina bir 
xurofot natijasi edi. Jin soʻradi: 
- Hozir boshingga toʻpponcha tirab, "Bundan keyin 2 soat uxlaysan, agar 
3 soat uxlasang otib tashlayman!" desam, ishonaver, kunda faqatgina 2 
soatlik uyqu bilan umringning oxirigacha yasharding. Xoʻsh, unda bir 
kun kelib bu dunyoni tark etishingni va vaqtni aslo ortga qaytara 
olmasligingni bila turib, bu qurolga ehtiyoj sezayotganing haqida hech 
oʻylab koʻrmaysanmi?


Savolning toʻliq tushunilishi uchun Jin biroz sukut saqladi. Kendin javob 
qaytarmay jim tinglardi. Jin yana davom etdi: 
- Faqatgina bir oy umring qolgan boʻlsa, yana bir kunda 8 soat uxlay 
olarmiding? Umringni soʻnggi oyidasan... Menimcha bilmasang kerak, 
ammo oʻlim istalgan vaqt kelib qolishi mumkin.
- ... 
- ... Har oningni eng soʻnggisi kabi qabul qilishing kerak. Choʻpon yoki 
prezident ekanliging hech nimani oʻzgartirmaydi. Nima ish qilsang qil, 
ammo qilgan har ishingni eng soʻnggisi deya qabul etishga oʻrgan. 
Oʻlganingda kimdir senga "Eng oxirgi daqiqada nima qilayotganding?" 
desa, "Uxlayotgandim!" deyish seni hijolatli ahvolga solmaydimi? 
Qilayotgan har bir ishingni oxirgi marta qilyapman deb oʻyla va shunday 
yasha! 
- Turk harbiylarining bir odati bor, balki eshitgandirsan. Qoʻmondonlari 
aytadi: "Oʻlimdan soʻng yana bir qadam tashlashing kerak!" Endi esa shu 
insonni tasavvur qil, oʻlganidan soʻng unga biri "Eng oxirida nima 
qilayotganding?" desa, "Jang qilayotib oʻldim" deyish oʻrniga "Oʻlgandan 
soʻng ham jang qildim!" deb javob beradi. Shunday ekan, har on goʻzal 
oqibat uchun kurashasan. Nay chalasanmi yoki davlat ishi bilan 
mashgʻulmisan, sen hamisha finaldasan. Qoʻylar tushunmasa ham naying 
soz holatda boʻlishi kerak; chunki bu qoʻylarning emas, sening finaling... 



Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish