III bob Chosonning tashqi aloqalari
Qadimgi Choson Koreya yarim orolishimoli-g'arbida va Xitoyning Lyaodunva Lyaosi mintaqasida joylashgan.Ichki va tashqi nizolar ta'sirida qadimgi Chosonning chegarasi o'zgarib turgan. Afsonaga ko'ra, davlat poytaxti Vangomson (Pxenyan) bo'lgan. Dastlab, bu shahar Lyaodun hududida bo'lgan va poytaxt eramizgacha bo'lgan IV asrda xitoyliklar hujumlari natijasida ko'chirilgan. Biz "qadimgi chosonliklar" haqida to'xtalganimizda shuni nazarda tutishimiz kerakki, "qadimgi chosonliklar" turli qabilalar birlashmasi hisoblangan.
3.1 Qadimgi Choson va Xitoy
Sharqiy Chjoy zamonida qadimgi Choson bilan 7 ta Xitoy davlati (Si, Sin, Chjao,Chu, Vey, Xan va Yan) orasida Yan podsholigi (eramizgacha bo'lgan IV asr - 222 yil) chegaradosh bo'lgan. Xitoy podsholari orasidagi o'zaro kurashlar qadimgi koreys davlatiga ham ta'sir qilgan. Turli davrlarda Yan podsholigi bilan sodir boMgan urushlar, ayniqsa, ularning harbiy muvaffaqiyati Chosonning hududiy yaxlitligiga doimiy xavf solib turgan Bu orinda eramizgacha bolgan IV asrning oxirgi choragida Choson hukmdorining Yan podshosiga hujum qilmaslikshartini ilgari surib, elchilarini yuborishi ham o 'z - o'zidan bo'lmagan. Biroq, 283 yilga kelib Sin hukumati 6 podsholik ortasida ittifoqning tuzilishi va Si podsholigining mag'lubiyatga uchrashi Yan podshosining Chosonga bostirib kirishi bilan yakunlangan. Natijada, Choson g'arb tomondan o'zining katta yerlaridan mahrum bo'lgan. oz navbatida, eramizgacha bo'lgan 222 yilda Yan podsholigini Sin bosib oldi. Xitoy hududini o'z tasarrufiga olgan Sin hukumati Chosonning boshqa yerlariga ham egalik qildi. Lekin, Xitoy hududini birlashtirgan birinchi Sin imperatori Sin Shi Xuan vafotidan so'ng eramizgacha bo'lgan 209 yilda taxt uchun kechgan kurashlardan foydalangan Choson sobiq Yan podsholigining sharqiy yerlarini bosib olgan. Eramizgacha bo'lgan III - II asrlarda Chosonning g'arbiy tumanlariga Xitoy aholisi (Yan, Sin va Chjaodan) kochib o'tgan. Ko'chib otganlar asosan qochoqlar va oddiy fuqarolar bolgan Chosonning hukmdori bolgan Van Chun g'arbiy chegaralarni kengaytirish orqali uni mustahkamlash tarafdori bolgan eramizgacha bolgan 195 yili Yandan ko'plab aholi ko'chib otgan. Ularni Vey Man (koreyscha Vi Man) boshqarib, Choson hukumatiga o'zining xizmatini taklif qilgan. Van Chun uni sarkarda etib tayinlagan va unga Xitoydan koThib kelgan qochoqlar yashagan g'arbiy yerlarni boshqarishni taklif etgan. Eramizgacha boTgan 194 yili Vi Manning kuch-qudrati oshib, Van Chunga qarshi qo'zgolon koTargan va uni hokimiyatdan ag'darib tashlagan. Aynan shu davrdan boshlab Vi Man yangi sulolaga asos solgan. Keyinchalik uning davomchisi 0'g'illari va nabiralari bo'lgan. Vi Man okcho, chinbon, imdun kabi koreys qabilalarini o'ziga bo'ysundirgan.
Ba'zi vaqtlarda Choson va Xan sulolasi orasida vassallik asosida tinchlik o'matilgan. Biroq, Xitoyni bunday vaziyat qoniqtirmagan. Xitoyning asosiy maqsadi Choson hududini bosib olish bo'lgan. Bu maqsadga qaratilgan separatistik harakatlarni qo'llab quvvatlagan Chunonchi, eramizgacha bo'lgan 128 yilda Xan imperatori homiyligida mahalliy hukmdorlardan biri Chosondan ajralib chiqib, alohida xanlar tasarrufidagi viloyatni tashkil qilgan. Vaqt o'tgan sari Choson va Xitoy o'rtasidagi o'zaro munosabatlar yomonlashib borgan. Eramizgacha bolgan 109 yili Xitoy imperatori Udi Chosonga qarshi 50 minglik o'z qo'shinini yuborgan.
Biroq u jangda yengilgan. Eramizgacha bo'lgan 128 yili Xitoy o'z harbiy yurishlarini boshlab, Vongomsonni qamal qilgan. Qamalda qolganlar orasida betartiblik boshlangan va ayrim Choson zodagonlari xanlar tomoniga otgan; mamlakat hukmdori Van Ugo (Vi Man nabirasi) o'ldirilgan va Qadimgi Choson poytaxtida yong'in boshlangan Xanlar bosib olgan hududda 4 ta harbiy viloyat: Lolan (koreyscha Annan), fiyuantu (koreyscha Xyontxo), Lintun (koreyscha Im dun) va Chenfan (koreyscha Chinbon) tashkil qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |