bilan ushladik.
43. (Ey, Makka ahli,) sizlarning kofirlaringiz ana ulardan yaxshiroqmi yoki sizlar uchun (samoviy)
kitoblarda oqlov (vasiqasi) bormi?!
44. Balki, ular: "Biz yenguvchi jamoatdirmiz", - deyishar?!
45. Yaqinda o'sha jamoat yengilib, ortlariga qarab qochib qolurlar.
Izoh: Bu musulmonlarning Badr jangida erishajak g'alabalari haqida bashorat edi.
46. (Bugina emas,) balki ularga va'da qilingan vaqt Qiyomatdir. Qiyomat esa yanada halokatli va
achchiqdir.
47. Albatta, jinoyatchilar gumrohlik va nodonlikdadirlar.
48. Ular yuz tuban hollarida do'zax sari sudraladigan Kunda (ularga): "Do'zax ta'sirini totib
ko'ringlar!" - (deyilur).
49. Albatta, Biz har bir narsani o'lchov bilan yaratdik.
50. Bizning farmonimiz faqat birgina ("Bo'l", - degan so'z)dir. (Muddati) ko'z yumib ochgunchadir.
51. Biz sizlarning o'xshashlaringizni halok qildik. Bas, eslatma oluvchi bormi?
52. Ular qilgan har bir narsa bitiklarda (nomai a'mollarida)dir.
53. Har bir kichik va katta (ish Lavhul-Mahfuzda) bitilgandir.
54. Albatta, taqvodorlar jannatlarda va daryolar uzra
55. qodir Podshoh huzuridagi sadoqat maqomida bo'lurlar.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
370
AR-RAHMON SURASI
Ar-Rahmon - Allohning go'zal ismlaridan biri. Surada Alloh taolo insoniyat va jinlarga bu dunyo va oxiratda
ato etgan va etajak ne'matlaridan ba'zilarini eslatib, o'ttiz bor: "Bas, Rabbingizning qaysi bir ne'matlarini inkor
etasizlar?!" - deb ularga xitob etgan.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
1. Mehribon (Alloh)
2. Qur'onni ta'lim berdi.
3. (U) insonni yaratdi.
4. Unga bayonni (nutqni) ta'lim berdi.
5. Quyosh ham, oy ham (aniq) hisob bilan (joriydirlar).
6. Poliz ekinlariyu daraxtlar ham (Allohga) sajda qilur (bo'yin sunur).
7. Osmonni baland qilib qo'ydi va tarozini joriy qildi.
8. Toki, tarozida haddan oshmagaysizlar.
9. (Ey, insonlar, muomalada) vaznda adolat o'rnatinglar va tarozidan urib qolmanglar!
10. (U) Yerni odamlar uchun (tekis qilib) qo'ydi.
11. Unda meva va g'unchali xurmo daraxtlari bor.
12. Yana somonli donlar va rayhon (gullari bor).
13. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!
14. U insonni (Odamni) sopol yangliq quruq loydan yaratdi.
15. Jin (va shaytonlarni) esa olovdan yaratdi.
16. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!
17. (Alloh) ikki mashriqning (ya'ni, kun va oy chiqadigan tomonlarning) ham, ikki mag'ribning (kun va
oy botadigan tomonlarning) ham Parvardigoridir.
18. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!
19. U ikki dengiz (daryo)ni bir-birlari bilan uchrashadigan qilib (yonma-yon) oqizib qo'ydi.
20. (Ammo) u ikkisining o'rtasida bir to'siq bo'lib, ular (o'sha to'siqdan) oshib o'tmaslar.
Izoh: Adan ko'rfazi bilan Qizil dengiz tutashgan Bob al-Mandab bo'g'ozida va Atlas ummoni (Atlantik okeani)
bilan Oq (O'rta Yer) dengiz tutashgan Jabali Toriq (Gibraltar) bo'g'ozida ikki dengiz suvi bir-biriga
aralashmagan holda oqar ekan. Bu haqda 14 asr avval zikr qilinganligini bilgach, mashhur sayyoh kapitan
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
371
Kusto ham Qur'oni Karimning ilohiy mo''jiza ekanligini tan oldi.
21. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!
22. U ikkisidan (dengizdan) marvarid va marjon chiqur.
23. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!
24. Uning dengizda (yelkanlari) tog'lar kabi baland ko'tarilgan kemalari ham bordir.
25. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!
26. (Yer) yuzidagi barcha mavjudot foniydir.
27. Ulug'lik va ikrom sohibi bo'lmish Rabbingizning "yuzi" bog'liy qolur.
28. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!
29. Osmonlar va Yerdagi (barcha) jonzot (hojatlarini) Undan so'rar. U har kuni faoliyatdadir.
Izoh: Alloh taolo kecha va kunduzning har bir daqiqa va soniyasida biror ishni qilib turgan bo'ladi. Masalan,
birovni kechiradi, birovning hojatini chiqaradi, kimningdir darajasini ko'taradi, kimnidir pastlatadi, nimanidir
yaratadi, kimlarnidir dunyoga keltiradi, kimlarnidir vafot ettiradi. Bu oyati karima Alloh shanba kuni yoki
yakshanba kuni dam oladi deydigan qavmlarning aqidasi qanchalik puch ekanligiga dalildir. Zero, Alloh taolo
mabodo bir lahza dunyoni tasarruf etishdan to'xtasa, yeru osmon vayron bo'lib ketgan bo'lur edi.
30. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!
31. Yaqinda (Qiyomatda) sizlar(ni hisob-kitob qilish) uchun foriq bo'lajakmiz, ey, insu jinlar!
32. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!
33. Ey, jin va ins jamoasi! Agar sizlar (Allohning jazosidan qochib) osmonlar va Yer hududlaridan o'tib
ketishga qodir bo'lsangizlar, o'tib ketaveringizlar! Sizlar kuch-qudratsiz sira o'tib keta olmassizlar!
34. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!
35. (U Kunda) ustingizga olovdan iborat bir alanga va tutun yuborilurki, sizlar (unga qarshi) yordam
topa olmassizlar.
36. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!
37. Bas, qachonki, (Qiyomat qoyim bo'lgach,) osmon yorilib, (jahannam haroratidan) yog'kabi qizarib
qolganida,
38. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!
39. Ana o'sha Kunda na ins va na jindan (qilib o'tgan) gunohi to'g'risida so'rab o'tirilmas.
40. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
372
41. (Balki) jinoyatchi (osiy) kimsalar o'z belgilaridan tanilib, peshona sochi va oyoqlaridan tutilurlar (va
jahannamga tashlanular).
42. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!
43. Jinoyatchi (osiy)lar yolg'on deydigan jahannam mana shudir.
44. Ular o'sha (jahannam) bilan o'ta qaynoq suv o'rtasida aylanib tururlar.
45. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!
46. Parvardigori (huzurida) turishdan (so'ralishdan) qo'rqqan kishi uchun ikki jannat (bog'li) bordir.
47. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!
48. (U ikki jannat bog'li qalin) shox-novdalarga egadir.
49. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!
50. U ikkisida ikki oqin chashma bordir.
51. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!
52. U ikkisida barcha mevadan ikki navi bordir.
53. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!
54. (Ahli jannat) astarlari shoyidan bo'lgan ko'rpachalar uzra yastangan hollarida (o'tirurlar). U ikki
jannat mevasi yaqindir.
55. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!
56. U (jannat)larda shunday ko'zlarini (begona erkaklardan) tiyuvchi (qiz)lar borki, ularga ilgari na ins
va na jin tekkandir.
57. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!
58. Ular (ning badanlari) go'yoki yoqut va marjondirlar.
59. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!
60. Ehson (ezgulik)ning mukofoti faqat ehson (ezgulik)dir.
61. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!
62. U ikkisidan quyiroqda yana ikki bog'l bordir.
63. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!
64. Ikkisi (sersuv va sersoyalikdan) to'q yashildirlar.
65. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
373
66. U ikkisida (suvi) tinmay otilib turuvchi ikki chashma bordir.
67. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!
68. U ikkisida meva, xurmo va anorlar bordir.
69. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!
70. U (jannat)larda xushxulq va husndor (ayol)lar bordir.
71. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!
72. (Ular) chodirlarda asraluvchi hurlardir.
73. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!
74. Ularga ilgari na ins va na jin tekkandir.
75. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!
76. (Jannat ahli) yashil yostiqlar va go'zal gilamlar uzra yastangan hollarida (o'ltirurlar).
77. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!
78. Ulug'lik va ikrom sohibi bo'lmish Rabbingizning ismi barakotlidir.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
374
VOQEA SURASI
Voqea - qiyomat nomlaridan biri.
Surada qiyomat qoyim bo'lganda ro'y beradigan mudhish hodisalar bayonidan boshlanib, oxiratda bandalarning
oladigan mukofotlari, jannat ne'matlari, do'zax ahlining azob-uqubatlari tafsiloti bilan davom etadi.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
1. Qachonki, Qiyomat voqe (qoyim) bo'lganda -
2. uning voqe bo'lishining yolg'oni yo'qdir -
3. (u odamlarni) ostin-ustun etuvchidir.
4. Yer larzaga kelgan,
5. tog'lar titilib (to'zib),
6. to'zonga aylangan (bo'lur).
7. Sizlar esa uch toifa bo'lursizlar.
8. Bas, (u uchning birinchisi) o'ng tomon egalaridir. O'ng tomon egalari (bo'lmoq) ne (saodat)dir!
9. (Ikkinchi toifa) chap tomon egalaridir. Chap tomon egalari (bo'lmoq) ne (baxtsizlik)dir!
Izoh: Qiyomat kuni bu dunyoda qilgan yaxshi-yomon amallari yozilgan nomai a'mollari qaysi tarafidan
berilishiga qarab taqdiri ma'lum bo'ladi Kitobi o'ng tomondan berilsa, bu uning baxtli ekaniga dalolat. Agar
chap tomonidan yoki orqa tomonidan berilsa, uning baxtsiz ekanligiga ishoratdir.
10. (Uchinchi toifa ezgu ishlarda) o'zib-o'zib ketgan zotlardir.
11. Aynan o'shalar (Allohga) yaqin zotlardir
12. noz-ne'mat bog'larida
13. (O'zib ketganlar) avvalgi (ummat)lardan ko'pchilik,
14. keyingilar (Muhammad ummatlari)dan esa ozchilikdir.
15. (Ular oltindan) yasalgan so'rilarda,
16. yastangan hollarida bir-birlariga ro'baro' bo'lib (o'ltirurlar).
17. Ustilarida esa mangu yosh bolalar aylanib yururlar
18. oqar chashmadan olinmish (mayli) qadahlar, ko'zalar va kosalar bilan.
19. U (may)lardan ularning boshlari ham oqrimas, mast ham bo'lmaslar.
20. Yana o'zlari tanlab oladigan meva bilan,
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
375
21. ishtahalari tortgan qush go'shtlari bilan ham (aylanib tururlar).
22. Yana (ular uchun) ko'zlari keng va tiniq hurlar ham bo'lurki,
23. ular xuddi yopiq marvarid misolidirlar.
24. (Bu) ular (dunyoda) qilib o'tgan amallarining mukofotidir.
25. Ular u joyda behuda va gunoh (so'z)ni eshitmaslar,
26. faqat "Salom-salom" so'zinigina (eshiturlar).
27. O'ng tomon egalari - o'ng tomon egalari (bo'lmoq) ne (saodat)dir!
28. (Ular) tikansiz butazorlarda,
29. tizilgan bananzorlarda,
30. yoyiq soya (osti)da,
31. oqizib qo'yilgan suv (bo'yi)da,
32. ko'plab meva (uzra)ki,
33. (ular) tuganmas va man etilmasdir.
34. Shuningdek, (ular) baland to'shalgan ko'rpachalar (usti)dadirlar.
35. Biz ularni (hurlarni) daf'atan paydo qildik (onadan tuqilmadilar).
36. So'ng ularni bokira qizlar qildik.
37. (Ular) jozibali va tengqurdirlar.
38. (Ular) o'ng tomon egalari uchundir.
39. (O'ng tomon egalari) avvalgi (ummat)lardan ham ko'pchilik,
40. keyingilaridan (Muhammad ummatlaridan) ham ko'pchilikdir.
41. Chap tomon egalari - chap tomon egalari (bo'lmoq) ne (baxtsizlik)dir! -
42. (Ular) Samum (shamoli) va qaynoq suv ichida,
Izoh: Samum - qattiq issiq shamol, garmsel.
43. qora tutun soyasi ostidaki,
44. na sovuqdir va na yoqimli.
45. Ular bundan ilgari (dunyoda) ishratchi edilar.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
376
46. Yana ulkan gunoh (shirk) uzra ustivor edilar.
47.Yana aytar edilar: "Bizlar o'lib tuproq va suyaklarga aylangach, rostdan ham qayta
tiriltiriluvchimizmi?!
48. Avvalgi ota-bobolarimiz hammi?!"
49. (Ey, Muhammad, ularga) ayting: "Albatta, avvalgilar ham, keyingilar ham
50. ma'lum Kundagi belgilangan vaqtda, albatta, to'planuvchidirlar!
51. So'ngra sizlar, ey, (qayta tirilishni) inkor etuvchi gumrohlar,
52. albatta, (jahannam giyohi) Zaqqum daraxtidan yeguvchi,
53. undan qorinlarni to'ldiruvchidirsizlar.
54. So'ng uning ustiga qaynoq suvdan ichuvchi,
55. (ichganda ham) tashna tuyalar kabi ichuvchidirsizlar.
56. Mana shu jazo Kunidagi ularning "ziyofat"idir.
57. (Ey, insonlar,) sizlarni Biz yaratdik-ku! Bas, (yana qayta yarata olishimizni) tasdiq etmaysizlarmi?!
58. Sizlar (xotinlaringiz bachadoniga) to'kadigan maniy (urug')ni (o'ylab) ko'rdingizmi?
59. Uni sizlar (inson qilib) yaraturmisizlar yoki Biz yaratuvchimizmi?!
60. Sizlarning o'rtangizdagi o'limni ham Biz o'lchab qo'ygandirmiz. Bizdan o'zib ketilmas.
61. Biz (o'rningizga) sizlarga o'xshaganlarni almashtirib qo'yishga hamda sizlarni o'zlaringiz
bilmaydigan holat - suratda qayta paydo qilishga ham (ojiz emasdirmiz).
62. Sizlar ilk bor paydo bo'lishlaringiz (qanday bo'lgani)ni bildingiz-ku! Bas, eslatma olmaysizlarmi?!
63. Sizlar ekayotgan ziroatlaringiz haqida o'ylab ko'rdingizmi?!
64. Uni sizlar undirurmisizlar yoki Biz undiruvchimizmi?!
65. Agar Biz xohlasak, uni quruq cho'p qilib qo'ygan bo'lur edik, sizlar esa ajablanib qolavergan bo'lur
edingiz.
66. "Bizlar ziyon ko'ruvchilarmiz.
67. Balki, bizlar (rizqimizdan) mahrumdirmiz" (deb nadomatda qolgan bo'lur edingizlar).
68. Sizlar o'zlaringiz ichayotgan suvni (o'ylab) ko'rdingizmi?!
69. Uni bulutlardan sizlar yog'dirdingizmi yoki Biz yog'diruvchimizmi?!
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
377
70. Agar Biz xohlasak, uni sho'r va achchiq qilib qo'ygan bo'lur edik. Bas, shukr qilmaysizlarmi?!
71. Sizlar yog'ayotgan olovni (o'ylab) ko'rdingizmi?!
72. Uning daraxtini sizlar paydo qildingizmi yoki Biz paydo qiluvchimizmi?!
73. Biz uni (jahannam haqida) bir eslatma va yo'lovchilar uchun foydalanadigan narsa qilib qo'ydik.
74. Bas, (Ey, Muhammad,) Ulug' Rabbingiz nomini (poklab) tasbeh ayting!
75. Men yulduzlarning botish joylari bilan qasamyod eturman -
76. bu (qasam) agar bilsangizlar, albatta, buyuk qasamdir -.
77. albatta, u Qur'oni karimdir
78. yashirin Kitobdagi (Lavhul-Mahfuzdagi).
79. Uni (Qur'onni) tahoratli kishilardan o'zgalar ushlamaslar.
80. (U) olamlar Parvardigori (tomoni)dan nozil qilingandir.
81. Bas, (ey, kofirlar,) sizlar shu So'zga (Qur'onga) beparvolik qilayapsizlarmi?!
82. Yana (Qur'onni) yolg'onga chiqarishingizni o'z rizqingiz qilib olayapsizlarmi?!
83. Bas, qachonki, (kishining joni) halqumga yetganida,
84. holbuki, o'sha vaqtda sizlar qarab turursizlar.
85. Biz esa unga sizlardan ko'ra yaqinroqdirmiz, lekin sizlar (buni) ko'rmassizlar.
86. Bas, qani endi, sizlar jazolanmaydigan bo'lsangizlar,
87. va rostgo'y bo'lsangizlaru, o'shani (jonni) qaytara olsangizlar!
Do'stlaringiz bilan baham: |