88. Bas, agar o'sha (vafot etgan zot Allohga) yaqinlardan bo'lsa,
89. (uning uchun) rohat, rayhon (bo'yi) va ne'matlar jannati bordir.
90. Endi, agar u o'ng tomon egalaridan bo'lsa,
91. bas, (ey, saodatli banda,) senga o'ng tomon egalaridan salom!
92. Bordi-yu, u (dinni) inkor etuvchi gumrohlardan (chap tomon egalaridan) bo'lsa,
93. bas, qaynoq suvdan iborat "ziyofat"
94. va do'zaxning toblashi bordir.
95. Albatta, bu (zikr qilingan narsalar) ayni haqiqatning o'zidir.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
378
96. Bas, Ulug' Rabbingiz nomi bilan tasbeh ayting!
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
379
HADID SURASI
Hadid - temir. Suraning 25-oyatida temirning xislatlari ko'p ekani haqida so'z yuritilgan. Shuningdek, surada
ilohiy ko'rsatmalar va aqidaviy ta'limotga doir oyatlar bayon etilgan.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
1. Osmonlar va Yerdagi (bor) narsa Allohga tasbeh aytur. U qudrat va hikmat sohibidir.
2. Osmonlar va Yer hukmronligi Unikidir. U tiriltiradi ham, o'ldiradi ham. U har narsaga qodirdir.
3. U Avval, Oxir, Zohir va Botindir. U barcha narsani biluvchidir.
Izoh: Allohning sifatlaridan ba'zilari keltirilmoqda. Avval, ya'ni, boshlanishi yo'q. Oxir, ya'ni, tugashi yo'q. U
azaliy va abadiydir. Zohir, ya'ni, Uning borligi hamma narsadan bilinib turadi. Botin, ya'ni, Uni bu dunyoda
beshta ma'lum sezgi a'zolari bilan ko'rib bo'lmas.
4. U osmonlar va Yerni olti kunda yaratib, so'ngra Arsh o'zra mustaviy bo'lgan zotdir. U yerga
kiradigan narsalarni ham, undan chiqadigan narsalarni ham, osmondan tushadigan narsalarni ham,
unga (osmonga) ko'tariladigan (yaxshi amal va duolar kabi) narsalarni ham bilur. Sizlar qayerda
bo'lsangizlar, U sizlar bilan birgadir. Alloh qilayotgan amallaringizni ko'rib turuvchidir.
5. Osmonlar va Yer hukmronligi Unikidir. Ishlar faqat Allohga qaytarilur!
6. U kechani kunduzga kiritur va kunduzni kechaga kiritur. U dillardagi sirlarni biluvchidir.
7. (Ey, insonlar,) Allohga va uning payg'ambari (Muhammad)ga imon keltiringlar hamda U sizlarni
xalifa qilib qo'ygan narsalardan (boyliklaringizdan) ehson qilinglar! Bas, sizlardan imon keltirgan va
ehson qilgan zotlar uchun katta mukofot bordir.
8.Agar sizlar imon keltiruvchi bo'lsangizlar - payg'ambar sizlarni Rabbingizga imon keltirishga da'vat
qilar ekan, ahdu paymoningizni olgach, nega sizlar Allohga imon keltirmayapsizlar?!
Izoh: Bu "Almiysoq" voqeasidir. Ya'ni, Alloh taolo dunyoga keluvchi barcha insonlarning ruhlarini ilk bor
yaratib, ulardan: "Men Rabbingiz emasmanmi?!" - deb so'ragan. Shunda bo'lajak mo'minlarning ruhlari
"Rabbimizsan" deb javob berishgan. Miysoq-ahd. Shu ahdga vafo qilish haqida so'z borayotir.
9. U O'z bandasi (Muhammad)ga sizlarni zulmatlar (kufr)dan nur (imon)ga olib chiqishi uchun aniq
oyatlarni nozil qiladigan zotdir. Albatta, Alloh, sizlarga mehribon va rahmlidir.
10. Nega sizlar Alloh yo'lida ehson qilmayapsizlar?! Holbuki, osmonlar va Yer merosi yolg'iz Allohniki-
ku! Sizlardan (Makka) fath bo'lishidan ilgari ehson qilgan va (kofirlarga qarshi) urushgan kishilar
(fathdan keyin ehson qilgan va urushganlar bilan) barobar bo'lmas. Ular keyin ehson qilgan va
urushgan kishilardan Ulug'roq martabadadirlar. Barchalariga Alloh go'zal (mukofot jannat) va'da
qilgandir. Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardordir.
11. Allohga "qarzi hasana" (Uning yo'lida ehson) qiladigan kishi bormiki, (U) o'sha (kishi)ga bir necha
hissa ziyodasi bilan qaytarsa! Uning uchun yana sharafli mukofot ham bordir.
12. Mo'min va mo'minalarning oldilarida va o'ng tomonlarida (amal) nurlari yurganini ko'radigan
Kunni (eslang)! (O'sha Kunda ulargadeyilur:) "Sizlar uchun bugungi xushxabar - ostidan anhorlar oqib
turadigan, mangu qolinadigan jannatlardir. Bu ulkan yutuqning o'zidir!
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
380
13. U Kunda munofiq va munofiqalar imon keltirgan zotlarga: "Bizga qaranglar, biz ham sizlarning
nuringizdan ozgina olib foydalanaylik", - desalar, (ularga:) "Ortingizga qaytib nur istanglar", - deyilur.
So'ng ular (bilan mo'minlar) o'rtasida darvozali bir devor urilurki, uning ichida rahmat (jannat),
tashqarisida esa azob (do'zax) bo'lur.
14. Ular (mo'minlarga) "Biz (dunyoda) sizlar bilan birga emasmidik", - deb nido qilganlarida,
(mo'minlar) derlar: "Ha, lekin sizlar o'zlaringizni fitnaga soldinglar va (bizlarga musibat yetishiga) ko'z
tutdinglar hamda (dinimiz to'g'risida) shubhalandinglar va to Allohning amri (o'lim) kelgunicha xom
xayollar sizlarni aldadi. Sizlarni Alloh haqida aldovchi (shayton) ham aldab qo'ydi".
15. Mana bugun sizlardan ham, (ey, munofiqlar,) kofir bo'lganlardan ham (azobdan qutulishlaringiz
uchun) to'lov olinmas. Joylaringiz do'zaxdir! U sizlarning munosib joyingizdir! Naqadar yomon oqibat
bu!
16. Imon keltirgan zotlar uchun dillari Allohning zikriga va nozil bo'lgan haq (Qur'on)ga moyil bo'lish
(vaqti) kelmadimi?! (Yana ular uchun) ilgari kitob ato etilgan, so'ng (payg'ambarlaridan keyingi)
muddat uzaygach, dillari qotib ketgan kimsalar (ya'ni, yahudiy va nasroniylar) kabi bo'lib qolmaslik
(vaqti kelmadimi)?! Ulardan ko'plari fosiq (itoatsiz)dirlar!.
17. (Ey, mo'minlar,) bilinglarki, albatta, Alloh "o'lgan" yerni tiriltirur. Mana Biz aql yurgizishingiz
uchun sizlarga (qudratimizga dalolat qiladigan) oyatlarni batafsil bayon qildik.
18. Albatta, sadaqa qiluvchi erkaklar va sadaqa qiluvchi ayollar hamda Allohga "qarzi hasana"
berganlar uchun (sadaqalari) bir necha hissa ziyodasi bilan qaytarilur va ular uchun yana sharafli
mukofot bordir.
19. Allohga va Uning payg'ambarlariga imon keltirgan zotlar - aynan o'shalar Parvardigorlari huzurida
siddiqlar va shahidlarning o'zidirlar. Ular uchun (oxiratda) mukofotlari va (yo'llarini yorituvchi) nurlari
bo'lur. Kofir bo'lgan va oyatlarimizni inkor etgan kimsalar - ular do'zax egalaridir.
Izoh: Siddiqlar imonida sadoqatli kishilardir. Tasavvufda Siddiq payg'ambarlikdan keyingi yuqori maqom,
valiylik. Bu maqomga birinchi bo'lib Abu Bakr Siddiq erishganlar. Siddiq - so'zida, niyatida, amalida va
va'dasida sadoqatli kishidir.
20. Bilinglarki, bu dunyo hayoti faqat o'yin, behudalik, ziynat, o'zaro faxrlanish va mol-dunyo hamda
farzandlarni ko'paytirishdan iboratdir. (U) bamisoli bir yomg'irki, uning (sababidan unib chiqqan)
giyoh kofirlarni taajjubga solur. So'ngra u qurigach, uni sarqaygan holda ko'rursiz. So'ngra u o'tin
bo'lib qolur. Oxiratda esa (qay birlaringiz uchun) qattiq azob (qay birlaringiz uchun) Alloh tomonidan
mag'firat va rizolik bordir. Dunyo hayoti faqat aldov matosidir.
21. (Ey, insonlar,) Rabbingiz tomonidan bo'ladigan mag'firatga hamda Alloh va Uning
payg'ambarlariga imon keltirgan zotlar uchun tayyorlab qo'yilgan, kengligi osmon va Yerning kengligi
kabi bo'lgan jannatga shoshilingiz! Bu Allohning fazli bo'lib, uni O'zi xohlagan kishilarga ato etur. Alloh
Ulug' fazl sohibidir.
22. Xoh yerga va xoh o'zlaringizga biror musibat yetsa, Biz uni paydo qilishimizdan ilgari Kitobda
(Lavhul-Mahfuzda bitilgan) bo'lur. Albatta, bu Allohga osondir.
23. Toki, sizlar qo'llaringizdan ketgan narsaga qayqurmagaysizlar va (Alloh) ato etgan narsa bilan
shodlanib (havolanib) ketmagay sizlar. Alloh har qanday kibrli va maqtanchoq kimsalarni suymas.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
381
24. Ular baxillik qiladigan va odamlarni ham baxillikka buyuradigan kimsalardir. Kim (baxillik qilib
ehson qilishdan) yuz o'girsa, bas, albatta, Allohning O'zi behojat va hamdga loyiq zotdir.
25. Biz O'z payg'ambarlarimizni hujjat (mo''jiza)lar bilan yubordik va ular bilan birga Kitob hamda
odamlar adolatni barpo qilishlari uchun mezon (tarozi) tushirdik. Yana, Biz temirni tushirdik. Unda
quvvat va odamlar uchun manfaatlar bordir. Alloh O'ziga va ayg'ambarlariga (Alloh yo'lida jihod qilish
bilan) qoyibona yordam beradigan kishilarni bilish uchun ham (temirni yaratdi). Albatta, Alloh kuchli
va qudratlidir.
26. Biz Nuh va Ibrohimni payg'ambar qilib yubordik hamda payg'ambarlik va Kitobni (Tavrot, Injil,
Zabur, va Qur'onni) ham ikkovining zurriyotlariga (ato) qildik. Bas, ularning orasida hidoyat topuvchi
(kishilar) ham bor, (ammo) ularning orasida aksariyati fosiq (itoatsiz)dirlar.
27. So'ngra ularning izlaridan ketma-ket payg'ambarlarimizni yubordik va Iso ibn Maryamni ham
(ularning) ortidan yubordik va unga Injil ato etdik hamda unga ergashgan zotlarning dillarida
mehribonlik va shafqat (paydo) qildik. Rohiblikni esa ular o'zlari chiqarib oldilar. Biz ularga uni
(rohiblikni) yozganimiz yo'q, lekin ular o'zlari Allohning rizoligini istab (rohiblik) qildilar-u, so'ng unga
to'la rioya qila olmadilar. Bas, ulardan imon keltirgan zotlarga mukofotlarni ato etdik. (Ammo) ularning
orasida aksariyati fosiq (itoatsiz)dirlar.
28. Ey, (Isoga) imon keltirgan zotlar, Allohdan qo'rqinglar va Uning payg'ambari (Muhammad)ga ham
imon keltiringlar, (shunda) U zot sizlarga O'z rahmatidan ikki barobar ato etur va sizlarga (Qiyomatda
yorituvchi) nur (paydo) qilur hamda sizlarni mag'firat qilur. Alloh mag'firatli va rahmlidir.
29. Ahli kitoblar o'zlari Allohning fazlidan biror narsaga (etishga) qodir bo'la olmasliklarini va fazl
Allohning "qo'li"da bo'lib, uni faqat O'zi xohlagan kishilarga ato etishini bilishlari uchun (Alloh
shunday qildi). Alloh ulug fazl sohibidir.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
382
YIGIRMA SAKKIZINCHI JUZ’
*************************
MUJODALA SURASI
Mujodala - bahslashish, janjallashish.
Eri bilan janjallashib kelgan Havla ismli ayolning Rasulullohga shikoyat qilib kelishi tasvirlangan bu surada
imon, e'tiqod va ezgu ishlarga da'vat, kufr, shirk, zulm kabi razil sifatlardan nafrat qilishga chaqiriladi.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
1. (Ey, Muhammad,) Alloh Siz bilan o'z eri haqida bahslashayotgan va Allohga shikoyat qilayotgan
(ayol)ning so'zini eshitdi. Alloh sizlarning so'zlashuvlaringizni eshitur. Albatta, Alloh eshituvchi va
ko'ruvchidir.
Izoh: Sahobiy Avs ibn Somitning xotini Havla bint Sa'laba Payg'ambar (a. s.)ga kelib, eri "zihor" qilganini
aytadi. Zihor o'z xotiniga: "Sen menga onamning qorni yoki badani kabisan" deyishidir. Bu bilan taloq tushgan
hisoblanar edi. Lekin bu to'g'rida shar'iy hukm hali nozil bo'lmagan edi. Payg'ambar (a. s.) taloq tushganligini
aytganlarida, ayolga bu ma'qul bo'lmaydi. Shu asnoda yangi oyat nozil bo'lib taloq tushmasligi, lekin
jarimasiga bir qul ozod qilish vojibligi bildiriladi.
2. Oralaringizdagi o'z xotinlarini "zihor" qiladigan kimsalar uchun ular (xotinlari) onalari emasdirlar.
Ularning (chin) onalari ularni tuqqan (ayol)lardir. Ular, haqiqatan, nomaqbul va yolg'on so'z ayturlar.
(Lekin) Alloh afv etuvchi va mag'firat qiluvchidir.
3. O'z xotinlarini "zihor" qilib, so'ngra aytgan so'zlaridan qaytadigan kimsalar (zimmasida)
qo'shilishlaridan ilgari bir qul ozod qilish bordir. Bu sizlarga qilinadigan nasihatdir. Alloh qilayotgan
amallaringizdan xabardordir.
4. Bas, kimki (qul) topa olmasa, qo'shilishlaridan ilgari (zimmasida) paydar-pay ikki oy ro'za tutish
bordir. Bas, kim (ro'za tutishga) qodir bo'lmasa, (uning zimmasida) oltmishta miskinga taom berish
bordir. Bu (hukmlar) sizlar Alloh va uning payg'ambariga imon keltirishlaringiz uchundir. Bular
Allohning (belgilab qo'ygan) chegaralaridir. (Bu qonunlarni inkor etuvchi) kofirlar uchun esa alamli
azob bordir.
5. Albatta, Alloh va Uning payg'ambariga muxoliflik qiluvchi kimsalar xuddi o'zlaridan avvalgilar halok
qilingani kabi halok qilinurlar. Darvoqe, Biz aniq oyatlarni nozil qildik. (Ularni inkor etuvchi) kofirlarga
xor qiluvchi azob bordir.
6. (O'sha) Kunda Alloh ularning barchalarini qayta tiriltirib, (dunyoda) qilgan amallarining xabarini
berur. U (amallar)ni Alloh hisoblab qo'ygan. Ular esa unutib yuborganlar. Alloh barcha narsaga
guvohdir.
7. Alloh osmonlardagi va Yerdagi bor narsani bilishini ko'rmadingizmi?! Uch kishining o'zaro
shivirlashlari bo'lsa, albatta, ularning to'rtinchisi Udir, besh kishining ham, albatta, oltinchisi Udir.
Bundan oz bo'ladimi yo ko'p bo'ladimi, qayerda bo'lsalar ham, albatta, U ular bilan birgadir. So'ngra
qiyomat kuni ularga qilgan amallarining xabarini berur. Albatta, Alloh barcha narsani biluvchidir.
8. (Ey, Muhammad,) o'zaro shivirlashishdan qaytarilganlaridan so'ng yana taqiqlangan narsaga
qaytadigan hamda gunoh, adovat va payg'ambarga itoatsizlik qilish to'g'risida o'zaro shivirlashadigan
kimsalarni ko'rmadingizmi?! Qachonki, ular Sizning oldingizga kelsalar, Alloh Sizga o'sha (so'z) bilan
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
383
salom bermagan ibora bilan Sizga salom berurlar. Yana o'zlaricha: "Aytayotgan so'zimiz sababli Alloh
bizlarni azoblamasa edi?!" - derlar. Ularga o'zlari toblanadigan jahannam bas kelur. Naqadar yomon
taqdir bu!
Izoh: Munofiqlar Rasulullohga duch kelib qolsalar, "Assomu alaykum", ya'ni, "Sizga o'lim bo'lsin", - der
edilar. Vaholanki, ularning qora niyati Allohga va Rasuliga ma'lum edi.
9. Ey, mo'minlar, sizlar o'zaro shivirlashib gaplashganlaringizda gunoh, adovat va payg'ambarga
itoatsizlik qilish to'g'risida shivirlashmanglar, (balki) yaxshilik va taqvo haqida shivirlashinglar hamda
sizlar huzuriga to'planadigan zot - Allohdan qo'rqinglar!
10. O'zaro shivirlashish faqat shayton tomonidan bo'lib, imon keltirgan zotlarni g'amgin qilish uchundir.
(Lekin) u Allohning iznisiz ularga zarar yetkaza oluvchi emasdir. Bas, mo'minlar Allohgagina tavakkul
qilsinlar!
11. Ey, mo'minlar, qachonki, sizlarga (suh batlarda): "joy beringiz", - deyilsa, darhol joy beringiz, Alloh
sizlarga ham (xohlagan yeringizdan) joy berur. Yana, qachonki, "turingiz" deyilsa, darhol turinglar,
Alloh sizlardan imon keltirgan va ilm ato etilgan zotlarni (baland) daraja (martaba)larga ko'tarur. Alloh
qilayotgan amallaringizdan xabardordir.
12. Ey, imon keltirganlar, qachonki, sizlar Payg'ambar bilan suhbatlashishni istasangizlar,
suhbatlaringiz oldidan (kambag'al va miskinlarga) sadaqa taqdim etinglar. Bu o'zlaringiz uchun
yaxshiroq va (xatolaringizni) poklovchiroqdir. Bas, agar (sadaqaga narsa) topa olmasangizlar, u holda,
albatta, Alloh kechirimli va rahmlidir.
13. Suhbatlaringiz oldidan sadaqalar taqdim etishdan (kambag'al bo'lib qolamiz deb) qo'rqdingizlarmi?
Bas, sizlar (sadaqa) qilmasalaringiz ham Alloh tavbalaringizni qabul qilgan ekan, endi namozni
mukammal ado etingizlar va zakot beringizlar hamda Alloh va uning Payg'ambariga itoat etingizlar!
Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardordir.
14. (Ey, Muhammad,) Allohning g'azabiga uchragan qavmni (yahudiylarni) do'st tutgan (munofiq)larni
ko'rmaysizmi?! U (munofiq)lar sizlardan (musulmonlardan) ham, ulardan (yahudiylardan) ham
emasdirlar. Yana ular bilib turib, ("Biz musulmonmiz" deb) qasam ham ichurlar.
15. Alloh ular uchun ashaddiy azobni tayyorlab qo'ygandir. Darhaqiqat, ularning qilgan ishlari naqadar
yomondir!
16. Ular o'zlarining (yolg'on) qasamlarini qalqon qilib olishib, (odamlarni) Allohning yo'lidan to'sdilar.
Bas, ular uchun xor qiluvchi azob bordir.
17. Ularning mollari ham, bolalari ham Alloh tomonidan (bo'ladigan) narsani (azobni) ulardan daf qila
olmas. Ular do'zax ahlidirlar. Ular o'sha joyda mangu qoluvchidirlar.
18. U Kunda (Qiyomatda) Alloh ularning barchalarini qayta tiriltirganda, ular xuddi sizlarga qasam
ichayotganlaridek, U zotga ham qasam ichurlar va o'zlariga (qasamlari sababli) biror narsa (foyda)
bo'ladi deb hisoblaydilar. Ogoh bo'lingizkim, albatta, ular ayni yolg'onchilardir!
19. Ularni shayton egallab olib, ularga Alloh zikrini unuttirdi. Ana o'shalar shayton hizbi (guruhi)dirlar.
Ogoh bo'lingizkim, albatta, shayton hizbi ziyon ko'ruvchilardir!
20. Albatta, Alloh va Uning payg'ambariga muxoliflik qilganlar, aynan, o'shalar eng xor kimsalar ichida
bo'lurlar.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
384
21. Alloh (Lavhul-Mahfuzda): "Albatta, Men O'z payg'ambarlarim bilan birga g'olib bo'lurman", - deb
yozib qo'ygandir. Albatta, Alloh kuchli va qudratlidir.
22. Allohga va oxirat kuniga imon keltiradigan qavmning Alloh va Uning payg'ambariga muxoliflik
qiluvchilar bilan - garchi ular o'zlarining otalari, yoki o'g'illari, yoki og'a-inilari, yoki qarindoshlari
bo'lsalar-da - do'stlashayotganlarini topmassiz. Aynan o'shalarning dillariga (Alloh) imonni bitib
qo'ygandir va ularni o'z (tomon)idan bo'lmish ruh bilan quvvatlantirgandir. U ularni ostidan anhorlar
oqib turadigan, ular mangu qoladigan jannatlarga kiritur. Alloh ulardan rozi bo'lur va ular ham
(Allohdan) rozi bo'lurlar. Aynan o'shalar Allohning hizbidirlar. Ogoh bo'lingizkim, albatta, Allohning
hizbigina najot topuvchilardir!
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
385
HASHR SURASI
Hashr - to'plab surgun qilish.
Surada Madinadagi Banu Nazir ismli yahudiylar qabilasining yovuz kirdikorlari tufayli yurtlaridan surgun
qilinishlari to'g'risida ma'lumotlar bor. Shuningdek, unda mo'minlar va munofiqlar, yaxshilar va yomonlarning
ta'rif va tavsiflari ifoda etilgan.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
1. Osmonlardagi va Yerdagi bor narsa Allohga tasbeh aytur. U qudrat va hikmat sohibidir.
2. U ahli kitoblardan (yahudiylardan) kofir bo'lgan kimsalarni birinchi "to'plash"dayoq o'z diyorlaridan
haydab chiqargan zotdir. (Ey, mo'minlar,) sizlar ularni chiqib ketishlarini o'ylagan ham emas edingiz,
ular ham o'zlarining qal'alarini Alloh (azobi)dan to'suvchi deb o'ylagan edilar. Bas, Alloh(ning azobi)
ular hisobga olmagan tomondan keldi va dillariga qo'rqinch soldi. Ular uylarini o'z qo'llari va mo'min-
larning qo'llari bilan buzar edilar. Bas, ey, aql egalari, (ulardan) ibrat olingiz!
Izoh: Qamalda qolgan Banu Nazir qabilasi kishilari ikkinchi bor sulh tuzishni taklif qiladilar, lekin Rasululloh
bir marta sulhga xiyonat qilgan bu qabila bilan sulh tuzishdan bosh tortadilar va narsalarini olib yurtdan
chiqib ketishlarini talab qiladilar. Talab amalga oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |