3. Agar Alloh ularga surgunni yozmaganida, albatta, ularni mana shu dunyoda (qatl qilish yoki asrga
olish bilan) azoblagan bo'lur edik. Ular uchun oxiratda do'zax azobi ham bordir.
4. Bunga sabab, ularning Alloh va Uning payg'ambariga qarshi turganlaridir. Kimki Allhga qarshi
tursa, bas, Alloh jazosi qattiq zotdir.
5. (Ey, imon keltirganlar,) sizlar (Banu Nazir xurmozorlaridan) biror xurmo daraxtini kesdinglarmi yoki
uni o'z tanalarida turgan holida qoldirdinglarmi, bas, (qilingan ish) Allohning izni bilan va fosiq
(itoatsiz) kimsalarni rasvo qilish uchundir.
6. Alloh O'z Payg'ambariga ulardan o'lja qilib bergan narsalar ustiga sizlar ot va tuyalarni minib
borganlaringiz yo'q (qiynalib qo'lga kiritganlaringiz yo'q), lekin Alloh O'z payg' ambarlarini O'zi
xohlagan kimsalardan ustun qilib qo'yar. Alloh har narsaga qodirdir.
7. Alloh qishloq (shahar)larning (kofir) aholisidan o'z payg'ambariga o'lja qilib bergan narsalar - toki
sizlardan boy-badavlat kishilar o'rtasidagina qo'lma-qo'l bo'lib yuraveradigan narsa bo'lib qolmasligi
uchun - Allohga, Payg'ambarga va (u zotning) qarindoshlari, yetimlar, miskinlar va musofirlarga
tegishlidir. Payg'ambar sizlarga keltirgan narsani olinglar, u sizlarni qaytargan narsadan qaytinglar va
Allohdan qo'rqinglar! Albatta, Alloh jazosi qattiq zotdir.
8. (U o'ljalar yana) o'z diyorlaridan va mol-mulklaridan haydab chiqarilgan zotlar - kambag'al
muhojirlarnikidir, zero, ular Allohdan fazl va rizolik istaganlar hamda Alloh va Uning payqambariga
yordam berganlar. Aynan o'shalar (imonlarida) sodiqdirlar.
9. Ulardan (muhojirlardan) ilgari (Madinadek) diyorda yashagan va imonni saqlaganlar (ansorlar) esa
o'zlari (yonlari)ga hijrat qilib kelgan kishilarni suyurlar va dillarida ularga berilgan narsa (o'ljalar)
sababli hasad sezmaslar hamda o'zlarida ehtiyoj bo'la turib, (ehson qilishda o'zgalarni) ixtiyor qilurlar.
Kimki o'z nafsi baxilligidan saqlana olsa, bas, ana o'shalar iqbollidirlar.
Izoh: Bu oyati karimada madinalik musulmonlar qanchalik oliyjanob muruvvatli va saxiy ekanlari ta'rif etilgan.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
386
O'zlari muhtoj bo'laturib, narsalarini o'zga muhtojlarga ehson qilish bu saxovat va karamning eng yuqori
cho'qqisidir. Bu xislat arab tilida "iysor" deyiladi.
10. Ulardan keyin (dunyoga) kelgan zotlar ayturlar: "Ey, Rab bimiz, O'zing bizlarni va bizlardan ilgari
imon bilan o'tganlarni mag'firat qilgin va qalblarimizda imon keltirgan zotlarga nisbatan gina paydo
qilmagin! Ey, Rabbimiz, albatta, Sen mehribon va rahmlidirsan!"
11. (Ey, Muhammad,) munofiq kimsalar o'zlarining ahli kitoblaridan (yahudiylardan) bo'lmish kofir
birodarlariga: "Qasamki, agar sizlar (Madinadan) quvib chiqarilsangizlar, albatta, bizlar ham sizlar
bilan birga chiqib keturmiz va sizlar(ga qarshi harakat)da hech qachon hech kimga itoat etmasmiz. Agar
sizlarga qarshi jang qilinsa, albatta, bizlar sizlarga yordam berurmiz",- dyishlarini ko'rmaysizmi? Alloh
guvohlik berurki, ular, albatta, yolg'onchidirlar.
12. Qasamki, agar (yahudiylar o'z diyorlaridan) quvib chiqarilsalar, (munofiqlar) ular bilan birga chiqib
ketmaslar. Qasamki, agar (yahudiylarga qarshi) jang qilinsa, (munofiqlar) ularga yordam ham
bermaslar. Mabodo yordam bersalar ham, albatta, yahudiylar (mag'lub bo'lib) ortlariga qarab
qochurlar va keyin ularga yordam berilmas.
13. (Ey, mo'minlar,) sizlar (munofiqlarning) dillarida Allohdan ko'ra qo'rqinchliroqdirsizlar. Bunga
sabab, ular (Allohning qudratini) anglamaydigan qavm ekanliklaridir.
14. Ular (munofiq va yahudiylar) hammasi sizlar bilan faqat qal'ali qishloqlar (ichida berkinib) yoki
devorlar ortidagina jang qila olurlar. Ular o'z o'rtalarida "kuchli"dirlar. (So'zlaridan) ularni bir deb
hisoblaysiz-u, (ammo) dillari xilma-xildir. Bunga sabab ularning aqlsiz qavm ekanliklaridir.
15. (Ular) xuddi o'zlaridan ozgina oldin o'tgan, o'z qilmishlarining uvoliga qolgan kimsalarning (Badr
jangida yengilgan mushriklarning) o'xshashidirlar. Ularga (oxiratda ham) alamli azob bordir.
16. (Ular) xuddi shaytonning o'xshashidirlar. Qaysiki, u insonga: "Kofir bo'l", - deydi. Bas, qachonki,
(inson) kofir bo'lgach, (shayton unga): "Men sendan bezorman. Zero, men (barcha) olamlar
Parvardigori - Allohdan qo'rqarman", - deydi.
17. Bas, ikkisining (shayton va kofirning) oqibati do'zaxga kirib, unda mangu qolishlari bo'ldi. Zolim
kimsalarning jazosi shudir.
18. Ey, imon keltirganlar, Allohdan qo'rqinglar va (har bir) jon (egasi) ertangi kun (Qiyomat) uchun
nimani (qanday amalni) taqdim etganiga qarasin! Allohdan qo'rqinglar! Albatta, Alloh qilayotgan
amallaringizdan xabardordir.
19. Sizlar Allohni unutib qo'yganlar, bas, (shundan keyin Alloh) ularga o'zlarini ham unutdirib qo'ygan
kimsalar kabi bo'lmangiz! Ana o'shalar fosiq (itoatsiz) kimsalardir.
20. Do'zax ahli bilan jannat ahli barobar bo'lmas. Jannat ahli yutuqqa erishgan zotlardir.
21. Agar Biz ushbu Qur'onni biror tog' uzra nozil qilganimizda edi, albatta, u (tog')ni Allohning
qo'rquvidan bo'yin sungan va yorilib ketgan holida ko'rgan bo'lur edingiz. Biz bu misollarni odamlarga
zora ular tafakkur qilsalar, deb keltirmoqdamiz.
22. U - Alloh, shunday zotdirki, Undan o'zga iloh yo'qdir. (U) yashirin va oshkora narsalarni biluvchidir.
U mehribon va rahmlidir.
23. U - Alloh, shunday zotdirki, Undan o'zga iloh yo'qdir. (U) podshoh, (barcha ayb-nuqsonlardan) pok,
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
387
(bandalariga) omonlik beruvchi, kuzatib turuvchi, qudrat sohibi, bo'yin sundiruvchi va kibr egasidir.
Alloh ularning (mushriklarning) shirklaridan pokdir.
24. U - Alloh, yaratuvchi, (yo'qdan) bor qiluvchi, (barcha narsaga) surat (va shakl) beruvchidir. Uning
go'zal ismlari bordir. Osmonlar va Yerdagi (bor) narsa Unga tasbeh aytur. U qudrat va hikmat
sohibidir.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
388
MUMTAHANA SURASI
Mumtahana - imtihon qilinuvchi ayol.
Surada mushriklardan qochib Madinaga hijrat qilib keluvchi ba'zi ayollarni haqiqiy mo'mina ekanligini sinab
ko'rish lozimligi, musulmonlarga qarshi urushmayotgan, quvg'in qilmayotgan g'ayri dinlar bilan yaxshi
muomalada bo'lish joizligi kabi tavsiyalar mavjud.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
1. Ey, imon keltirganlar, Mening dushmanim va sizlarning dushmaningiz bo'lmish mushriklarni do'st
tutmangizlar! Sizlar ularga do'stlik (haqida xabar) yuborursizlar, holbuki, ular sizlarga kelgan Haq (din
va Qur'on)ni inkor etgandirlar. (Ya'ni,) ular payg'ambarning va sizlarning Rabbingiz bo'lmish Allohga
imon keltirganlaringiz sababli (o'z diyorlaringizdan) haydab chiqarmoqdalar. Agar sizlar Mening
yo'limda jihod qilish uchun va Mening roziligimni istab chiqqan bo'lsangizlar (ularni do'st
tutmangizlar)! Sizlar ularga pinhona do'stlik qilmoqdasizlar. Holbuki, Men sizlar yashirgan va oshkor
qilgan narsani yaxshi biluvchidirman. Sizlardan kimki shu (ish)ni qilsa, bas, aniqki, u to'g'ri yo'ldan
ozibdi.
Izoh: Payg'ambar (a. s.)ga xiyonat qilib Makka zodagonlariga yashirincha xat yozgan Xotib ibn Baltaa uzr
aytganda, uzrini qabul etganlar. Lekin bu ish boshqalarga ibrat bo'lishi uchun oyatda ogohlantirilmoqda.
2. (Ey, mo'minlar,) agar ular (mushriklar) sizlardan ustun kelsalar, dushmanlaringiz bo'lurlar va
sizlarga qo'l va tillarini yomonlik bilan cho'zurlar. Yana ular sizlarni kofir bo'lishlaringizni istarlar.
3. (Qiyomat kunida) sizlarga qarindoshlaringiz ham, farzandlaringiz ham sira foyda bermas! Qiyomat
kuni (Alloh) o'rtalaringizni ajratib qo'yar. Alloh qilayotgan amallaringizni ko'rib turuvchidir.
4. Sizlar uchun Ibrohim va u bilan birga bo'lgan kishilarda go'zal namuna bordir. Qaysiki, ular o'z
qavmlariga: "Bizlar sizlardan va sizlar Allohni qo'yib ibodat qilayotgan narsalaringizdan bezormiz.
Bizlar sizlarni inkor etdik. Toki, sizlar yolg'iz Allohga imon keltirmagunlaringacha, sizlar bilan bizning
o'rtamizda mangu adovat va nafrat paydo bo'ldi", - dedilar. Faqat Ibrohimning o'z otasiga: "Albatta,
men (Allohdan) sen uchun mag'firat so'rayman, (lekin) senga Alloh tomonidan bo'ladigan biror narsani
(azobni) qaytarishga molik emasman", - degan so'zi bundan mustasnodir. (Ibrohim va birga bo'lgan
mo'minlar duosi bu edi): "Ey, Rabbimiz, Sengagina tavakkul qildik, O'zingga qaytdik va qaytishimiz
ham faqat sening huzuringgadir.
5. Ey, Rabbimiz, Bizni kofir bo'lgan kimsalarga aldanuvchi qilib qo'ymagin, bizni mag'firat etgin! Ey,
Rabbimiz, albatta, Sen O'zing qudrat va hikmat sohibidirsan."
6. Darhaqiqat, sizlar uchun - Alloh va oxirat Kunidan umidvor bo'lgan kishilar uchun - ularda
(mazkurlarda) go'zal namuna bordir. Kimki yuz o'girib ketsa, bas, albatta, Alloh (har narsadan) behojat
va hamdga loyiq zotdir.
7. Ehtimol, Alloh sizlar bilan sizlar dushman tutib yurgan kimsalar o'rtasida - (ularni Islomga kiritib)
do'stlik paydo qilib qo'yar. Alloh qodirdir. Alloh kechirimli va rahmlidir.
8. Dinlaringiz to'g'risida sizlar bilan urushmagan va sizlarni o'z diyorlaringizdan (haydab) chiqarmagan
kimsalarga nisbatan yaxshilik qilishlaringizdan va ularga adolatli bo'lishlaringizdan Alloh sizlarni
qaytarmas. Albatta, Alloh adolatlilarni sevar.
9. Alloh sizlarni faqat dinlaringiz to'g'risida sizlar bilan urushgan va sizlarni o'z diyorlaringizdan
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
389
(haydab) chiqargan hamda sizlarni haydab chiqarishda bir-birlariga yordamlashgan kimsalar bilan
do'stlashishlaringizdan qaytarur. Kimki ular bilan do'stlashsa, bas, ana o'shalar zolim kimsalarning
o'zidir.
10. Ey, mo'minlar, qachonki, sizlarga (Makka kofirlari tomonidan) mo'minalar hijrat qilib kelsalar,
sizlar ularni imtihon qilib ko'ringlar! Alloh ularning (dillaridagi) imonlarini yaxshi biluvchidir. Bas,
agar ularning (haqiqatan) mo'mina ekanliklarini bilsangizlar, u holda ularni kofirlarga qaytarmanglar!
Bular (ular) uchun halol emas va ular bular uchun halol emasdir, ularga sarflagan mahrlarini erlariga
(qaytarib) beringlar! Qachonki, ularga (erlariga) mahrlarini bersangizlar, ularni nikohlaringizga olishda
sizlarga gunoh yo'qdir. (Shuningdek), sizlar ham kofiralarning qo'llarini tutmanglar!* O'zlaringiz
sarflagan mahrni talab qilinglar va ular ham sarflagan mahrlarini (mo'minlardan) talab qilsinlar! Bu
Allohning hukmidir. U sizlarning o'rtangizda hukm qilur. Alloh ilm va hikmat sohibidir.
Izoh: Ya'ni kofira xotinlaringiz kofirlar bilan qolishni istasalar, qarshilik qilmangizlar. Izoh(a): "Bu Allohning
hukmidir" oyatigacha mahrni qaytarib olishga doir hukmlar mansux bo'lgan, ya'ni amaldan qoldirilgan.
(Madorik tafsiri).
11. Agar juftlaringizdan birortasi kofirlar tomoniga o'tib ketsa-yu, (mahrini uning eriga qaytarmasalar)
so'ng sizlar jazolasangizlar (va o'lja olsangizlar,) u holda juftlari (kofirlar tomoniga o'tib) ketgan
kishilarga ular sarflagan mahr miqdorini beringlar va o'zlaringiz imon keltiruvchi bo'lgan Allohdan
qo'rqinglar!
12. Ey, Payg'ambar, qachonki, Sizning oldingizga mo'minalar kelishib, Sizga o'zlarining Allohga biror
narsani sherik qilmasliklariga, o'g'irlik qilmasliklariga, zino qilmasliklariga, o'z bolalarini
o'ldirmasliklariga, qo'llari va oyoqlari orasida to'qib oladigan buhtonni keltirmasliklariga* hamda biror
yaxshi ishda Sizga itoatsizlik qilmasliklariga qasamyod qilsalar, Siz ularning qasamyodlarini qabul
qiling va ular uchun Allohdan mag'firat so'rang! Albatta, Alloh kechirimli va rahmlidir. Izoh: Bu
oyatdagi bo'hton to'qishdan murod boshqadan tuqilgan bolani o'z eriga sendan deb o'tkazishdir.
13. Ey, imon keltirganlar, Allohning g'azabiga duchor bo'lgan qavm bilan do'stlashmangizlar! Xuddi
barcha kofirlar qabr egalari (qayta tirilishlari)dan noumid bo'lganlaridek, ular ham oxiratdan noumid
bo'lgandirlar.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
390
SAF SURASI
Saf - saf tortish, qator turish.
Surada Muso va Iso (a. s.)larning o'z qavmlaridan ozorlanishlari, Alloh yo'lida jihod qilish va boshqa muhim
ma'lumotlarni o'qiysiz.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
1. Osmonlardagi va Yerdagi (bor) narsa Allohga tasbeh aytur. U qudrat va hikmat sohibidir.
2. Ey, imon keltirganlar, sizlar nega o'zlaringiz qilmaydigan narsani (qilamiz deb) aytursizlar?!
3. Sizlarning o'zlaringiz qilmaydigan ishni (qilamiz, deb) aytishlaringiz, Alloh nazdida katta nafrat
(boisi)dir.
4.Albatta, Alloh O'zining yo'lida go'yo tutash binolardek saf tortib, jang qiladigan zotlarni sevar. Eslang,
Muso o'z qavmiga: "Ey, qavmim, nega sizlar menga Allohning sizlarga (yuborgan) payg'ambari
ekanimni bila turib, ozor berursizlar?" - degan edi.
5. Bas, qachonki, ular (Haq yo'lidan) og'ishgach, Alloh ularning dillarini (hidoyatdan) og'dirib qo'ydi.
(Zotan), Alloh fosiqlar qavmini hidoyat etmas.
6. Eslang, Iso ibn Maryam: "Ey, Isroil avlodi, men Allohning sizlarga (yuborgan) payg'ambaridirman.
(Men) o'zimdan oldingi Tavrotni tasdiqlovchi va o'zimdan keyin keladigan Ahmad ismli bir payg'ambar
haqida xushxabar beruvchiman", - degan edi. Bas, qachonki, (Iso) ularga (payg'ambar ekaniga) hujjat
(mo''jiza)larni keltirgach, ular "bu aniq sehr", - dedilar.
7. O'zi Islomga da'vat qilinayotganda (uni qabul qilish o'rniga) Alloh sha'niga yolg'on to'qigan kimsadan
kim ham zolimroqdir?! Alloh zolimlar qavmini hidoyat etmas.
8. Ular Allohning nurini (Islomni) og'izlari (behuda gaplari) bilan o'chirmoqchi bo'lurlar. Alloh esa,
garchi kofirlar ёqtirmasalarda, O'z nurini (dinini) kamolga yetkazuvchidir.
9. U o'z payg'ambarini hidoyat va haq din bilan - garchi mushriklar yoqtirmasalar-da - barcha dinlar
uzra g'olib qilish uchun yuborgan zotdir.
10. Ey, imon keltirganlar, sizlarni alamli azobdan qutqaradigan bir "tijorat"ga boshlayinmi?
11. (O'sha "tijorat" shuki) - Alloh va Uning payg'ambariga imon keltirursizlar va Alloh yo'lida
mollaringiz va jonlaringiz bilan jihod qilursizlar. Mana shu, agar bilsangizlar, o'zlaringiz uchun yaxshi
(ish)dir.
12. (Agar shunday qilsangizlar, Alloh) sizlarning gunohlaringizni mag'firat qilur hamda sizlarni ostidan
anhorlar oqib turadigan jannatlarga va abadiy jannatlardagi pokiza maskanlarga kiritur. Bu esa ulkan
yutuqdir.
13. (Alloh sizlarga) yana boshqa sizlar suyadigan (bir ne'matni ham berurki, u) Alloh tomonidan
bo'lajak g'alaba va yaqin(da ro'y beruvchi) fathdir*. (Ey, Muhammad,) mo'minlarga (mana shu)
xushxabarni yetkazing!
Izoh: U Makka fathidir. Bu voqea hijratning sakkizinchi yili ro'y berdi. Ya'ni, Makka ahli qurolli to'qnashuvsiz
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
391
o'z ixtiyorlari bilan Islomga kirdilar.
14. Ey, imon keltirganlar, Allohning yordamchilari bo'lingiz! Xuddi Iso ibn Maryam havoriylarga:
"Allohga (ya'ni, uning diniga da'vat qilishimda) kim mening yordamchilarim bo'lur?" - deganidek.
Havoriylar aytdilar: "Biz Allohning (diniga) yordam beruvchilarmiz". Bas, Isroil avlodidan bir toifa
(Isoga) imon keltirdi. Va bir toifa kofir bo'ldi. Bas, Biz imon keltirgan zotlarni dushmanlaridan kuchli
qildik, bas, ular g'olib bo'ldilar.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
392
JUM'A SURASI
Surada bir necha muhim ma'lumotlar qatorida jum'a namozining ahamiyati, unga azon aytilganda, savdoni
to'xtatib uning sari ravona bo'lish lozimligi, Tavrot va Injilga amal qilmagan ahli kitoblar tanqidi va boshqa
eslatmalar aks ettirilgan.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
1. Osmonlardagi va Yerdagi (bor) narsa (mutlaq) podshoh, (nuqsonlardan) pok, qudrat va hikmat sohibi
bo'lmish Allohga tasbeh aytur.
2. U (Alloh) omiylar (savodsiz kishilar) orasiga o'zlaridan bo'lgan, ularga (Uning) oyatlarini tilovat
qiladigan, ularni (shirk va jaholatdan) poklaydigan hamda ularga Kitob (Qur'on) va Hikmat (Hadis)ni
o'rgatadigan (bir) payg'ambarni (Muhammadni) yuborgan zotdir. Haqiqatan, ular payg'ambar
kelishidan) ilgari aniq zalolatda edilar.
3. (Alloh uni) yana ulardan boshqalarga - ularga yetisha olmagan (dunyoga keyin keladigan insonlarga
ham yubordi). U qudrat va hikmat sohibidir.
4. Bu Allohning fazlidirki, uni O'zi xohlagan kishilarga berur. Alloh ulug' fazl sohibidir.
5. Tavrot yuklatilgan (berilgan), so'ngra uni ko'tara olmagan (unga amal qilmagan) kimsalarning misoli
xuddi kitoblarni ko'tarib ketayotgan eshakka o'xshaydi. Allohning oyatlarini inkor etgan qavmning
misoli naqadar yomondir. Alloh zolimlar qavmini hidoyat etmas.
6. (Ey, Muhammad,) ayting: "Ey, yahudiy bo'lganlar, agar sizlar (boshqa) odamlarni emas, faqat
o'zlaringizni Allohning do'stlari deb da'vo qilsangizlar - agar (shu da'volaringizda) rostgo'y bo'lsangizlar
- o'limni orzu qilinglar-chi?"
7. Qo'llari (o'zlari) qilib qo'ygan ishlari (Tavrotga xilof qilmishlari) sababli hech qachon (o'limni) orzu
qila olmaslar. Alloh zolimlarni biluvchidir.
8. Ayting: "Sizlar qochayotgan o'lim, albatta, sizlarga yo'liquvchidir! So'ngra sizlar yashirin va oshkora
narsalarni biluvchi (Alloh)ga qaytarilursizlar. Bas, U zot sizlarga qilib o'tgan amallaringizning xabarini
berur".
9. Ey, imon keltirganlar, qachonki, jum'a kunidagi namozga (azon) chaqirilsa, darhol Allohning zikri
sari harakatga tushingizlar va savdo-sotiqni tark qilingizlar! Agar biladigan bo'lsangizlar, mana shu
(ish) o'zlaringiz uchun yaxshidir.
10. Bas, qachonki, namoz ado qilingach, yerda tarqalib, Allohning fazli (rizqi)dan istayveringizlar!
Allohni ko'p yod etingizlar, shoyad (shunda) najot topursizlar.
11. Qachonki, ular biror tijoratni yoki o'yin-kulgini ko'rib qolsalar, o'shanga qarab tarqalib ketib, Sizni
(minbarda) tik turgan holingizda tark eturlar. Ayting: "Alloh huzuridagi narsa (mukofotlar) o'yin-
kulgidan ham, tijoratdan ham yaxshiroqdir. Alloh rizq beruvchilarning yaxshirog'idir".
Izoh: Darhaqiqat, bu bo'lgan voqea ekanligi rivoyatlarda sobitdir. Qaysiki, Madinada jum'a namozi oldidan
Rasululloh minbarda xutba aytib turganlarida tijoratchilar karvoni yuk bilan kelib qoladi. Buni sezgan
namozxonlarning ko'pchiligi namozni tark etib, karvon sari ketib qoladilar. Mana shu nuqsonni Alloh Taolo
tanbeh uchun eslatmoqda.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
Do'stlaringiz bilan baham: |