14. O’lka tarixini o’rganishda antrapologik va etnografik ma’lumotlarning o’rni.
Antropologiya (antropos-odam, logos-fan) odam haqidagi fan bo‘lib, kishilik jamiyatining qadimgitarixi, xususan, antropogonez jarayoni, joylardagi etnogenez jarayonlarini o‘rganishda ushbu fan yutuqlari muhim ahamiyat kas etadi. Bu fan yutuqlari asosida qadimgi tosh asridan boshlab, xalqlarning paydo bo‘lishigacha, hatto hozirgi davrda yashayotgan aholining antropologik masalalarini o‘rganish muhim vosita sifatida foydalanish mumkin. Umuman, antropologik ma’lumotlar asosida antropogonez jarayonining borishi, unda O‘rta Osiyoning tutgan o‘rni, vatanimiz hududida qadimgi odamlarning paydo bo‘lishi va hamda ularning tashqi qiyofalari bilan bog‘liq masalallar o‘rganilgan.
Uzoq yillar davomida qadimgi odamlar shakllanishi bir joyda kechganmi yoki butun yer yuzida sodir bo‘lganmi degan savol mutaxassis olimlarning tortishuviga sabab bo‘lib kelgan. Ko‘pchilik olimlar dastlabki odamlar shakllangan hudud Afrika bo‘lganligini (ba’zi bir tadqiqotchi olimilar yer yuzining barcha hududlarida birday kechgan, deb hisoblaydilar) keyinchalik ular Sinay yarim oroli orqali butun yer yuziga yoyilgan, degan fikrni bildirishadi. Bu guruhdagi olimlarning ayrimlari eng qadimgi odamlarning paydo bo‘lishi va tarqalishining bir necha bosqichda bo‘lganligni ta’kidlashadi. Ularning fikrlariga ko‘ra Homa Sapiens, ya’ni zamonaviy qiyofadagi odamlar ham dastlab Afrikada paydo bo‘lib, keyinchalik yer yuzining boshqa hududlariga tarqalgan degan hoyani ilgari suradilar. Bu borada bir asrdan ortiq davr mobaynida ko‘plab paleontropologik topilmalar aniqlandi. Ular orqali antropogeniz jarayonining qanday kechganligi to‘g‘risida umumiy ma’lumotlarga ega bo‘lish mumkin.
15. O’rta Osiyoning qadimgi aholisining antrapologik shakillari va mongoloid irqining paydo bo’lishi.
Yozma manbalar orqali bizga ma’lumki, mil.avv. I ming yillikning o‘rtalarida O‘rta Osiyoda baqtriyaliklar, so‘g‘diylar, xorazmiylar, parfiyanlar, saklar, massagetlar va boshqa xalqlar yashaganliklari ma’lum. Lekin yuqorida sanab o‘tilgan madaniyat markazlaridagi arxeologik komplekslardan to mil. avv. III asrlargacha bo‘lgan davrga oid antropologik ma’lumotlar deyarli uchramaydi. O‘troq dehqonchilik vohalaridagi Kuchuk I, II, Yoz III, Afrosiyob kabi yodgorliklarda kam sonli paleoantropologik ma’lumotlar saqlangan. Yoztepa yodgorliklaridan yosh bolaning chanog‘i aniqlangan. Bu topilma yevropoed irqining sharqiy o‘rta yer dengizi tipiga mansub bo‘lib, u aylana deformatsiyaga ega. Mil. avv. I ming yillikning o‘rtalariga oid paleoantropologik manbalar sak va qadimgi usunlarga tegishli bo‘lib, ular Orol bo‘yi, Tyanshan, Oloy va Pomir tog‘laridan topib o‘rganilgan. ular tashqi qiyofalariga ko‘ra yevropoed va mongoloid irqiy belgilar bilan ajralib turadi. Shularni alohida ta’kidlab o‘tish zarurki, O‘rta Osiyo hududlariga mongoloid irqiy belgilariga ega bo‘lgan. xalqlarning kirib kelishi mil.avv. I ming yillik o‘rtalarida sodir bo‘lib, ularga oid ma’lumotlar Sirdaryoning quyi oqimi hududlarida uchraydi.
Shimoliy mintaqalarda yevropoed irqining protoevropa (andronova) tipi belgilari ustun bo‘lgan xalqlar soni ko‘payib boradi. Shuningdek, ularning janubiy hududlaridagi sharqiy o‘rta yer dengizi tipi bilan aralashish jarayoni intensivlashib boradi. Bu esa O‘rta Osiyoning markaziy viloyatlarida keyinchalik paydo bo‘lgan Pomir Farg‘ona yoki Ikkidaryo oralig‘i tipining tarkib topishidagi dastlabki qadam bo‘lib, tadqiqotchi olimlarning fikrlariga ko‘ra mil. avv. I ming yillikning o‘rtalaridan boshlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |