Tarixiy o‘lkashunoslik” fanidan o‘quv – uslubiy majmua



Download 2,01 Mb.
bet8/45
Sana09.06.2022
Hajmi2,01 Mb.
#647310
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   45
Bog'liq
УЛКАШУНОСЛИК УМК

Samarqand shahri to‘g‘risida X asr arab geografi Istaxriy fikr bildirib shaharni “Mavoraunnahrning quruqlikdagi bandargohi” deb tarif beradi. IX-XII asrlarda shahar hayoti shahriston devorlaridan tashqariga chiqib, CHo‘ponota tepaliklaridan tortib Darg‘om daryosi etaklariga, Zarafshon vodiysining bepoyon kengliklariga yoyilgani takidlangan. Istahriyning ta’rifiga ko‘ra Samarqandda so‘g‘d daryosidan janubda joylashgan va undan baland turgan shahardir. Bu erda ark, shahriston va rabod bor. Samarqandda qal’a va to‘rtta darvoza bo‘lgan. SHarqiy darvoza “Xitoy darvozasi” deb ataladi u tepalikda joylashgan. Ana shu joydan ko‘p sonli zinopoyalar orqali so‘g‘d daryosiga tushiladi. G‘arbiy darvoza Navbahor deb ataladi. U ham tepalikda joylashgan. SHimoliy darvoza Buxoro darvozasi. Janubiy darvoza – Katta darvoza ham deb atalishini takidlagan.
Nasaf, Istahriy ma’lumotiga ko‘ra, Nasaf kuhanduz, shahriston va raboddan iborat yirik shahar edi. SHaharni daryo kesib o‘tgan bo‘lib, shahar darvozalari (Buxoro, Samarqand, Kesh, Gubdin) qo‘shni yirik shaharlar va aholi punktlariga eltuvchi nomlar bilan atalgan. Nasaf rabodi ham devor bilan o‘ralgan va uning to‘rt darvozasi bo‘lgan.
Ibn Havqal ma’lumotiga ko‘ra Gubdin darvozasi yonida yirik bozor bo‘lganligini ta’kidlaydi. XVII asr muallifi Maxmud ibn Valining yozishicha “Mo‘g‘ul xoni vorislaridan Kepakxon u erda saroy qurdiradi. Saroy mo‘g‘ulcha “Qarshi” deb atalganligi uchun u joylashgan shahar Qarshi nomi bilan mashhur bo‘ldi. U kichik bo‘lsa ham did bilan reja asosida qurilgan. Unda ko‘plab bog‘lar va ekin maydonlari mavjud. Ularda madrasa, xonaqa, masjidlar va hamomolar mavjud”.
Kesh shahri haqida Ibn Xavqal bunday yozadi: “Kesh esa ko‘handiz, qo‘rg‘on va rabodga ega bo‘lgan shahardir. SHuningdek rabodga tutashib ketgan boshqa madina ham mavjud. Undagi uylar loy va yog‘ochdan qurilgan”. Al-Maqdisiy ham Kesh madina va rabodga ega bo‘lgan shahar bo‘lganligini yozgan. Uning tavsifi hozirgi SHahrisabz o‘rnida bo‘lgan Keshga to‘g‘ri keladi, chunki manbada ichki madina ko‘handizi bilan (Kitob o‘rnidagi ilk Kesh) tashqisida esa aholi zich joylashganligi ta’kidlangan. Lekin jome’ masjid vayron bo‘lgan madinada, bozorlar esa rabodda joylashgan. “Uning imoratlari, deb yozadi al-Maqdisiy, Buxorodagi kabi loy va yog‘ochdan qurilgan”.
Ibn Xavqalning “Yo‘llar va yurtlar” asarida Kesh haqida quyidagi ma’lumotlar saqlangan: “Kesh shahristonida Temir darvoza, uning yonida Ubaydulloh darvozasi va to‘rtinchisi tashqi shahar darvozasi. Tashqi shaharda ikkita darvoza bor: ichki shahar darvozasi va Barkanon darvozasi.
Kitob al-masolik va-al-mamolik” Abu Zayd Balxiy, Istahriy va Ibn Xavqal ijodi mahsulidan iborat geografik asar. Unda yozilishicha, IX-X asrlarda Kesh qal’a (ko‘handiz), shahar qo‘rg‘oni va shahar atrofi (rabod) qismlardan iborat bo‘lgan. Qal’a arablar istilosi davrida Harob etilganicha, hali tiklanmagan edi. SHahar eniga va bo‘yiga 2 km dan ortiqroq maydonni ishg‘ol qilgan va 4 ta darvozasi (tashqi devorda 2 ta darvoza) bo‘lgan. SHahar yonidan daryo oqib o‘tishi, iqlimi issiqligi, mevalar mo‘l-ko‘lligi ta’kidlangan.
Hudud-ul-olam muallifi noma’lum, X asrda forsiy tilda yozilgan geografik asar. Mazkur asarning Movarounnahr tavsifi qismida Kesh haqida ham ma’lumot bor. Unda shaharning shahriston, ko‘handiz va rabodi borligi, uning yonidan oqib o‘tuvchi daryo suvidan dehqonchilikda foydalanilishi, yaqinidagi tog‘lardan tuz va boshqa qazilma boyliklar qazib olinishi yozilgan.
Abu Sa’d Abdulkarim ibn Muhammad as-Sam’oniyning (1113-1167) «Kitab al-ansob» qomusiy asarida O‘rta Osiyo tabiati, xo‘jaligi, shaharlari, olim va fuzalolari haqida qimmatli ma’lumotlar berilgan, Kesh alohida viloyat sifatida tavsiflangan. Kesh viloyatida esa o‘nta qishloqning nomi va o‘rni qayd etilgan.
YOhut al-Hamaviyning (1179-1229) «Mu’jam al-buldon» asari SHarq mamlakatlari, jumladan, O‘rta Osiyo haqida geografik va tarixiy ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan muhim qomusiy manba. Mazkur asarda Kesh shahri va viloyatidagi qishloqlar haqida qisqa geografik ma’lumotlar berilgan.
1.4 O‘rta Osiyoning rus sharqshunos olimlari olimlari tomonidan tarixiy-geografik jihatdan o‘rganish masalasi XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlanadi. Rus tadqiqotchilari O‘rta Osiyoni Rossi imperiyasi tomonidan bosib olinishidan oldin o‘lkani o‘rganish bo‘yicha bir qancha ishlarni amalga oshirdilar. Jumladan o‘lka haqidagi dastlabki ma’lumotlardan birini 1819 -1822 yillarda Xivaga sayohat qilgan N.N.Muravev berib o‘tadi. U Kaspiy dengizini ko‘zdan kechirib, uning sharqiy qirg‘oqlarini o‘rganadi. SHuningdek, Xiva xonligi aholisining turmush tarzi urf odatlari, tabiati to‘g‘risida ham ma’lumotlar beradi.
1820-1821 yillarda Buxoroga A.Negri boshchiligida elchilar tashrif buyuradi. Ular Buxoro xonligida tadqiqot ishlarini olib borishadi. To‘plangan ma’lumotlarni K.Meyndorf 1826 yili Parijda kitob qilib chop etadi. Kitobda Buxoroning geografiyasi, aholisi, xo‘jaligi va davlat boshqaruvi haqida ma’lumotlar bayon qilingan.
1832 yil G.S. Karelin Kaspiy dengizining shimoli-sharqiy qirg‘oqlarini tadqiq etish maqsadida rus hukumatining ekspeditsiyasiga boshchilik qiladi. Bir necha oylik tadqiqotlardan so‘ng avgust oyi boshida kuzatuvlar yakunlandi.
Orol dengizidagi tadqiqotlarni amalga oshirish uchun harbiy dengizchi F.Butakov boshchiligida ekspeditsiya XIX asrning o‘rtalarida Orolga yuborilgan. 1849-1850 yilning qishida Orenburga qaytgan F. Butakov dengizning birinchi qiyosiy Haritasini tuzadi. Ekspeditsiya hujjatlari va Harita podshoga jo‘natiladi. Aynan Butakov 1852 yili Orol dengiziga paroxod qatnovini tashkil etadi.
Rossiya imperiyasi ma’murlarining O‘rta Osiyoga bo‘lgan qiziqishi natijasida barcha jabhalarda o‘lkaga rasmiy rus ekspeditsiyalari uyushtirila boshlanadi.. Uning tarkibida sharqshunos N.V.Xanikov topograflar YAkovlev, Petrov va boshqalar qatnashadi. Ekspeditsiya natijasida to‘plangan ma’lumotlar asosida 1843 yilda N.V.Xanikov katta ilmiy asarni nashr etadi.
1875 yili Afg‘oniston - Buxoro chegarasida yuzaga kelayotgan voqealar munosabati bilan Kaufman buyrug‘iga ko‘ra harbiy topografik ekpeditsiya uyushtiriladi. Ekspeditsiya a’zolari Hisor va Kulob tumanlarida ham bo‘lishadi. Ekspeditsiya a’zosi Vishnevskiy Hisor, Kulob va Zarafshonning yuqori ya’ni tog‘li tumanlarining Haritasini chizadi va hali noma’lum bo‘lgan ma’lumotlarni qo‘lga kiritadi. N.Maev esa ekspeditsiya uyushtirilgan hududlarning tarixiy, topografik va antropologik tafsilotlari haqida ma’lumotlar to‘pladi.
N.Maev 1875 yili Buxoro amirligi hududlaridan o‘tuvchi ba’zi yo‘llarni o‘rganib chiqadi va yangi ma’lumotlarni beradi. Xususan tog‘li Ko‘hitang qishlog‘idan 4 tomonga: G‘uzor, Tanga Haram (hozirgi Dehqonobod), SHerobod va Kalifga yo‘l o‘tganligini aniqlab, murakkab tog‘li dovon yo‘llarining yo‘nalishlarini aniqlaydi. N.Maev bu yo‘llar ichida Ko‘hitangdan SHerobodgacha bo‘lgan yo‘lni juda qulay ekanligini ta’kidlaydi. O‘rganishlar natijasida 1887 yilga kelib Amudaryoda katta - katta kemalar va paroxodlar qatnovi amalga oshiriladi. Bu harbiy maqsadni ko‘zlab qilingan bo‘lsada Buxoro amirligida savdo sotiq rivojlanishida muhim rol o‘ynadi. Amudaryo bandargoxi orqali Buxoro amirligida suv yo‘lidan foydalanish ikki uch baravarga oshdi, bu esa qo‘shni hududlar bilan savdo sotiq ishlarini olib borishda ancha qulayliklar yaratdi. SHuningdek, bu davrda ekspeditsiya a’zolari tomonidan Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo va hozirgi Turkmaniston hududlarida joylashgan bekliklarni bir-biri bilan bog‘lovchi yo‘llarni o‘rganilib chiqib, ularning oraliq masofalarini aniqlaydi va bu yo‘llar haqida batafsil ma’lumot beradi. Boysun bekligida Machaydan quyiga qarab ikkita tog‘li yo‘l o‘tgan bo‘lib, ular daryoning o‘ng va chap tomonlaridan o‘tgan. Bu yo‘llar tog‘lar orqali o‘tib, chuqur dara bo‘ylab Darbandga kelgan u erdan Boysun, SHerobod va G‘uzorga boruvchi yo‘llarga tutashib ketgan. Bu yo‘nalishdan tashqari Darbanddan Xomkan tog‘i va Qoraxaval davoni orqali ham yo‘l mavjudligini aniqlaydi.
XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib, Rossiya imperiyasining O‘rta Osiyoga nisbatan bo‘lgan qiziqishi toboro ortib bordi. SHu niyatda Nikolay I 1854 yil 22 oktyabrda Sank-Peterburg dorilfununida SHarq tillari bo‘limini SHarq tillari fakultetiga aylantirish haqidagi farmonga imzo chekadi. Bu yangi fakultetda SHarq tillari kafedrasi ochilib, O‘rta Osiyoning tarixi va tarixshunosligini chuqurroq o‘rganishga e’tibor qaratadi.
N.V. Xanikov ekspeditsiya ma’lumotlari asosida 1843 yilda “Opisanie BuHarskogo xanstva” (Buxoro xonligi tavsifi) asarini yozadi.
1868-1870 yillarda A.P. Fedchenko O‘rta Osiyoda tadqiqot ishlarini olib bordi. A.P. Fedchenko o‘zining birinchi ishini O‘rta Osiyoning iqlimini kuzatishdan boshladi. Zarafshon vohasini zoologik jihatdan o‘rganishda A.P. Fedchenkoning xizmati katta. U qisqa vaqt mobaynida 8 ming dan ortiq qush va hayvon turlarini yig‘ib kolleksiya qiladi. SHuningdek, u tabiat, mahalliy xalq turmushi va o‘simliklari to‘g‘risida haqida muhim ma’lumotlar yig‘adi.
1970 yilga kelib Fedchenko yana Turkistonga sayohat qiladi. Ushbu ekspeditsiyaning maqsadi Iskandarko‘l, YAg‘nob vodiysi tumanlarini tadqiq etishdan iborat edi. 1871 yilga kelib esa Qo‘qon xonligiga sayohat qiladi. Bu ekspidetsiya janubiy Tyanshan, Farg‘ona, Oloy va Pomir tog‘larining geografiyasi bo‘yicha fanga boy va qiziqarli materiallar beradi. Ekspidetsiya so‘ngida Qo‘qon xonligi va Amudaryoning yuqori oqimi aks ettirilgan xaritasini yaratadi.
A. Butakov tadqiqotlaridan so‘ng 1900-1902 yillarda Orol dengizini kompleks ravishda L.S. Berg tekshirdi. U dengizning g‘arbiy-sharqiy va shimoliy qirg‘oqlarini kuzatadi. A. Butakov tuzgan xaritaning bir necha joylarini yanada aniqlashtiradi. L.S. Berg 1908 yilda Orol dengizi nomli monografiyasini yozadi va kitobga ikkita karta ham ilova qilinadi.
1870 yili general-gubernator fon Kaufmanning topshirig‘i bilan A.L. Kun o‘lka tarixida birinchi bo‘lib Zarafshon vohasida qazish (arxeologik) ishlarini olib boradi va qadimiy obidalarning qoldiqlari va boshqa moddiy ashyolarni topadi. A.Kun tomonidan to‘plangan qadimiy topilmalar Samarqanddan Toshkentga so‘ng Rossiyaga jo‘natilgan bu topilmalar Peterburgdagi Ermitajda ko‘rgazmaga qo‘yilishi lozim edi. A.Kun Turkiston o‘lkasining arxeologik albomini tuzish maqsadida 1870-1871 yillarda Samarqand shahridagi me’moriy yodgoliklarning sur’atlarini oladi. A.Kun qazish va arxeologik materiallarni o‘rganishda mahalliy aholinig bilimdon vakillarini ham jalb qildi. Masalan, Mirzo Mullo Abduraxmon ibn Muhammad Latif, shular jumlasidandir. 1870 yilda A.Kun boshchiligida Iskandar ko‘lga ekspeditsiya uyushtiriladi. Bu ekspeditsiyaga Mirzo Mullo Abduraxmon ibn Muhammad Latif hamrohlik qiladi. U safar ta’surotlari asosida “Ro‘znomaiy safariy Iskandarko‘l” (Iskandar safari kundaligi) asarini yozadi. A.Kun tadqiqotlarining eng muhim natijasi shundan iboratki, 1871-1872 yillarda Turkiston o‘lkasining arxeologik albomini tuzadi va Samarqand me’moriy obidalarini suratga olib, ma’lumotlar to‘plagan.
1879 yil O‘rta Osiyoda ham temir yo‘l qurish va Amudaryoda kemalar qatnovini yo‘lga qo‘yish uchun kompleks ekspeditsiya amalga oshirildi. Ekspeditsiya tarkibiga graf Rastovsev, injener YApukov, professor Sarokin, podpolkovnik Maev va boshqalar qatnashdi. Bu tadqiqotdan asosiy maqsad O‘rta Osiyoning qaysi yo‘nalishida temir yo‘l qurish, yo‘l qurish uchun qulay bo‘lgan joylarni aniqlash, Buxoro amirligi chegaralarini mustahkamlash va nazorat qilish. 1887 yilda Amudaryo porti ochiladi. Dastlab ishga tushirilgan port orqali «Sar» va «Saritsa» deb nomlangan paroxodlar va ikkita temir barjalar qatnovi yo‘lga qo‘yilgan edi. 1895 yilga kelib qo‘shimcha “Sesarevich” nomli poroxod qatnovi yo‘lga qo‘yildi. SHundan so‘ng yanada ko‘plab poroxod va va po‘lat barjlar olib kelindi. 1897 yil “Velikiy knyaz”, “Velikaya knyajena Olga”, 1901 yilda “Imperator Nikolay II” poroxodlari olib kelinib, ularning qatnovi yo‘lga qo‘yilgan.
1.5. O‘lkani o‘rganishda statistik qo‘mitalar ham muhim rol o‘ynadi. 1868 yilning yanvarida Turkiston statistika qo‘mitasi tuzilib, uning tashabbusi bilan 1872 yilda Turkiston o‘lkasi satistikasi uchun materiallar nomli to‘plam chop etila boshlandi. 1872-1876 yillar ichida 5 ta to‘plam chop etildi. 1887 yil yanvaridan boshlab Sirdaryo, Samarqand, Farg‘ona viloyatlarida statistika qo‘mitalari tuzildi. Statistik ma’lumotlar viloyatlarga xos tarzda nashr qilinib, ularda aholining turmush-tarzi mashg‘ulotlari, sog‘liqni saqlash, maorif va boshqa sohalar to‘g‘risida ma’lumotlar berilib borildi.
O‘rta Osiyo xalqlarining turmushiga va tarixiga doir turli xabarlar va ilmiy maqolalar «Turkistanskaya vedimosti» hamda «Turkiston viloyatining gazetasi» (Toshkent 1870-1917 yillar) va boshqa mahalliy matbuotda muntazam bosilib turdi. 1870 yilda Toshkentda ochilgan Turkiston xalq kutubxonasi (hozirgi A. Navoiy nomli O‘zbekiston Milliy kutubxonasi) o‘lkani o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi barcha tadqiqotchilar ayniqsa, mahalliy xodimlar uchun muhim ilmiy ahamiyat kasb etgan.
1870 yilda O‘rta Osiyo olimlari jamiyati paydo bo‘ldi. Bu jamiyat o‘z oldiga O‘rta Osiyo tarixi, geografiyasi, etnografiyasi, statistikasi, iqtisodiyotiga oid ma’lumotlarni to‘plash va ishlash tarqatishni maqsad qilib qo‘ygan edi. SHu yil A.P. Fedchenkoning ishtirokida tibbiyot, arxeologiya, antropologiya va etnografiya havaskorlar jamiyatining Turkiston bo‘limi ochildi. Ulardan tashqari o‘lkada Farg‘ona tibbiyot jamiyati (1892-1910), Turkiston shifokorlari jamiyati (1899-1909), Turkiston tibbiyot jamiyati (1900-1908), Turkiston o‘lka tibbiyot va shifokorlar jamiyati (1913-1922 yillar) ish olib bordi.
Arxeologik tadqiqotlarni olib borish maqsadida 1895 yili V.V.Bartoldning bevosita rahbarligida va taklifi bilan “Turkistonlik havaskor arxeologlar” to‘garagi tashkil etilgan. Bu to‘garak a’zolari o‘lkadagi arxeologik yodgorliklarni o‘rganish va ularni ilmiy jihatdan tadqiq etishni o‘z odiga maqsad qilib qo‘ydilar. V.V.Bartold arxeologik qidiruv ishlariga mahalliy olimlarni jalb qilib, ularning bilim va tajribalaridan foydalanishga ham alohida e’tibor berdi. U “Turkistonda arxeologik tadqiqotlarning umumiy ahvoli va fan oldida turgan vazifalari” deb nomlangan ma’ruzasida o‘lkada ilm-fanni rivojlantirishda mahalliy qiziquvchi tadqiqotchilarni jalb qilish muhim ekanligini ta’kidlaydi.
Natijada mahalliy aholi orasidan ham arxeologiyaga qiziquvchi olimlar hamda tadqiqotchilar soni ortib borgan. Toshkentlik Akrom Polvon Asqarov, buxorolik Muhammad Vafo, samarkandlik Mirza Buxoriy, Mirza Barot va boshqalar shular jumlasidandir. SHulardan Akrom Asqarov birinchi havaskor o‘zbek arxeologi nomi bilan mashhur. Uning numizmatika kolleksiyasida 15000 dan ortiq (17 ta oltin 1498 ta kumush va 13537 ta mis) tanga pullar bo‘lgan. Uning kolleksiyasidan sopol haykalchalar va sopol idishlar ham o‘rin olgan edi. To‘plangan kolleksiyalardan 504 tasi hozirda Sank-Peterburgda Ermitaj muzeyida saqlanmoqda. Xulosa o‘rnida ta’kidlash kerakki O‘rta Osiyo jumladan O‘zbekistonning tarixiy moddiy madaniyati bu davrda mana shunday muhim tarixiy jihatlarga boy bo‘lgan.



Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish