Muzeylar (yunoncha. musion - muzalarga bag‘ishlangan joy) tarixiy, moddiy va ma’naviy yodgorliklarni to‘plash, saqlash, o‘rganish va targ‘ib qilish ishlarini amalga oshiruvchi ilmiy, madaniy-ma’rifiy muassasalar hisoblanadi. Muzey xazinasida, asosan, moddiy ashyolar, tasviriy san’at va san’at asarlari, yozma manbalar (qadimdan hozirgi davrgacha bo‘lgan tarixiy qimmatga ega qo‘lyozmalar, bosma hujjatlar, kitoblar) saqlanadi.
1.3. O‘lkamiz haqidagi daslabki malumotlar «Avesto»da uchraydi. Unda qadimgi viloyatlarning nomlari berilgan. «YAsht» ro‘yxatidagi birinchi mamlakat eroniy qabilalarning vatani «Aryonam Vayjo» (oriylarning sayhon erlari)ni sanab o‘tgan. U yurtda yaylovlarga ega baland tog‘lar, keng va chuqur ko‘llar bo‘lgan. Keyingi mamlakatlar ro‘yxatida Mouru, Gava So‘g‘da, Xvarizam keltiriladi. O‘rta Osiyoning qadimgi tarixi, ijtimoiy-iqtisodiy hayoti bilan bog‘liq tarixiy ma’lumotlar turli mamlakatlarda jumladan Eron manbalarida: Behustin qoya tosh bitiklari, Suza va Persipol shahar Harobalaridan topib o‘rganilgan. SHuningdek, sopollarga bitilgan hujjatlar, ahamoniy hukmdorlarining saroyida xizmat qilgan yunon tabibi Ktesiyning «Persika» va Gerodotning «Tarix» kitoblarida ham qimmatli ma’lumotlar mavjud. Keyingi Eron hujjatlari va Behustin qoya toshlarida Avestoda keltirilgan viloyatlar ularga ahamoniy shohlarning yurishlari va O‘rta Osiyo xalqlari va o‘lkalarining ahamoniylar ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotida tutgan o‘rni to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan.
«Avesto» va qadimgi manbalarda o‘lkamiz turlicha Aryonam Vayjo–Aryoshayyona, Turon, Movarounnahr, Turkiston kabi nomlar bilan atalib kelgan. SHuningdek, ayrim o‘lkalar yirik tarixiy-madaniy viloyatlar Baqtriya, Marg‘iyona, Sug‘diyona, Xorazm, Ustrushona, CHoch, Farg‘ona kabi nomlar ham qayd etilgan. Bu hududlarning geografik markazi ikki daryo oralig‘i bo‘lib (Amudaryo va Sirdaryo) u arablar tomonidan Movarounnahr, deb atalgan. Evropa tarixshunoslari Amudaryo va Sirdaryo oralig‘idagi erlarni «Transoksoniya» deb ataganlar.
O‘rta asrlar davri mualliflari «Turon» geografik tushunchasini o‘ziga xos tarzda tasvirlaydilar. Ba’zi tarixchilar va geograflarning aytishicha, Turon – bu turklar, turkiy qabilalarning yurti degan ma’noni bildirib, keyinchalik «Turkiston» tushunchasiga aylangan. XIX- XX asr boshlariga oid adabiyotlarda Turkiston ikki geografik qismga bo‘lib ko‘rsatilgan; SHarqiy Turkiston (Sinszyan – uyg‘ur o‘lkasi) va G‘arbiy Turkiston (O‘rta Osiyo) .
O‘lkamiz to‘g‘risida qiziqarli hamda tarixiy- geografik ma’lumotlarni arab sayyohlari berib o‘tgan (IX-XII asrlar). Ular Orol dengizi, Amudaryo Sirdaryo oralig‘idagi erlarni yaxshi bilganlar va bu hududlar to‘g‘risda turli xil ma’lumotlarni yozib qoldirgan. Arab sayyohlari o‘lkamizning barcha hududlarida bo‘lib, u erlarda yashovchi aholining turmush tarzi, shahar va qishloqlari to‘g‘risida qiziqarli boy ma’lumotlar qoldirishgan.
O‘lkamiz tarixini o‘rganishda shuningdek, qadimiy shaharlarimiz tarixi xususida qimmatli ma’lumotlar ham muhim o‘rin tutadi.
Buxoro arablar istilosidan avval O‘rta Osiyoning yirik savdo va madaniy markazlaridan biri edi. O‘rta asr manbalaridagi ma’lumotlarga ko‘ra shahar devorlar bilan o‘rab olingan 7 ta darvozadan iborat bo‘lgan. SHahristondan g‘arbda ark joylashgan. Arablar istilosigacha arkda shahar hokimlari Buxorxudotlar istiqomat qilishgan. Arablar shaharni bosib olgandan so‘ng bu erda o‘z hukmronligini o‘rnatdilar. Al- Istaxriy Buxoroda bo‘lgan davrda shaharning shahriston qismidagi darvozalarining nomlarini keltirib o‘tadi. 1.Madina darvozasi; 2. Nur darvozasi; 3. Temur darvoza. 4 Bonu Asad darvozasi; 5 Bonu Sad darvozasi bo‘lganligini ta’kidlaydi.
Registon maydoni shaharning ma’muriy markazi bo‘lib bu erda devonlar, ya’ni asosiy muassasalar joylashdi. Registon atrofida saroy amaldorlarining yaqinlariga tegishli hashamatli uylar quriladi. SHahriston chegarasidan tashqarida rabod paydo bo‘ldi. Aholi o‘z xunar-kasblariga ko‘ra joylashgan edi. Rabodning ayrim qismlari devor bilan o‘rab olinadi. Bulardan tashqari shahar hududi 11 ta darvozali baland devorlar bilan o‘rab olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |