Tarixiy o‘lkashunoslik” fanidan o‘quv – uslubiy majmua


V.ADABIYOTLAR……….…………..…………………………………………



Download 2,01 Mb.
bet3/45
Sana09.06.2022
Hajmi2,01 Mb.
#647310
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
Bog'liq
УЛКАШУНОСЛИК УМК

V.ADABIYOTLAR……….…………..…………………………………………


I.O‘QUV MATERIALLARI



1.1.MA’RUZALAR MATNI
1-Mavzu O‘lkashunoslik fanining shakllanishi va rivojlanishi tarixidan (2 soat)
Reja:
1.Tarixiy o‘lkashunoslik fanining maqsad va vazifalari
2.Tarixiy o‘lkashunoslik fanining manbalari
3.O‘lkamiz tarixini o‘rganishga doir dastlabki ma’lumotlar
4.Tarixiy o‘lkashunoslikning fan sifatida shakllanishi va rivojlanishi tarixidan.
5. O‘lka tarixini o‘rganishda dastlabki ilmiy jamiyatlarning paydo bo‘lishi


Mavzu bo‘yicha tayanch iboralar.
Tarixiy o‘lkashunoslikning asosiy vazifalari, o‘lkashunoslik turlari, ilmiy o‘lkashunoslik, jamoat o‘lkashunosligi, o‘lkashunoslikning asosiy manbalari arxeologik yodgorliklar, maktab o‘lkashunosligi, san’at yodgorliklari, Turkiston xalq kutubxonasi, etnografiya, kolleksiya, toponimika, epigrafika, numizmatika.
1.1.O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgandan so‘ng xalqimizning boy tarixiga bo‘lgan qiziqish va uni bugungi kun talablari asosida yoritish eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Tariximizni o‘rganish, unga bo‘lgan haqqoniy munosabatni qaror toptirish va yosh avlodni tarixiy xotira bilan qurollantirish O‘zbekiston rahbariyatining va jamoatchilikning diqqat e’tiborida turgan muhim masalaga aylandi. Tarixiy madaniy merosimizni o‘rganish va targ‘ib etish, me’moriy yodgorliklar va qadamjolarni saqlash, ta’mirlashga katta e’tibor berilib, bu sohada ulkan ishlar amalga oshirildi. YAngi O‘zbekistonda tarixiy madaniy merosga e’tibor tubdan o‘zgardi.
O‘zbek xalqining boy tarixini, moddiy va nomoddiy madaniy merosini saqlash, o‘rganish va targ‘ib qilish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M. Mirziyoev 2018 yil 28 deqabrda Oliy Majlisga Murojaatnomasida “Oldimizga qo‘ygan ulkan vazifalarni amalga oshirishda biz uchun kuch-qudrat manbai bo‘ladigan milliy g‘oyani rivojlantirishimiz zarur. Xususan, milliy o‘zligimizni anglash, vatanimizning qadimiy va boy tarixini o‘rganish, bu borada ilmiy tadqiqot ishlarini kuchaytirish, gumanitar soha olimlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashimiz lozim”, deb1 ta’kidlab o‘tdilar. Davlat rahbarining e’tibori tarixchi olimlar va ilmiy jamoatchilik oldiga ulkan vazifalarni qo‘ymoqda, o‘z navbatida tadqiqotchilar hamda olimlarimiz buni chuqur anglamog‘i lozimdir. O‘z yurti vatani tarixini o‘rganish o‘lka tarixini o‘rganish borasida muhim ilmiy tadqiqotlar yanada rivojlantirib borilmoqda.
Tarixiy o‘lkashunoslik mahalliy aholi tomonidan o‘z ona yurti hisoblangan muayyan o‘lka, viloyat, shahar, tuman va qishloq hududlarini har tomonlama o‘rganiishni taqoza etadi. Tarixiy o‘lkashunoslikda o‘lkaning tabiati, aholisi, xo‘jaligi, tarixi, madaniyati, arxeologiyasi, o‘lka namoyandalari va boshqa jihatlari o‘rganiladi. O‘lkashunoslik umumiy yo‘nalishlar hamda ma’lum bir soha yo‘nalishi bilan shug‘ullanuvchi bo‘linadi. Umumiy kompleks o‘lkashunoslik turli sohalarni bir-biri bilan bog‘liq holda, soha o‘lkashunoslik geografiya, tarix, et­nografiya, madaniyat, toponomika va boshqa sohalarga oid masalalarni alohida o‘rga­nadi. Hozirgi kunda ekologik vaziyat va tabiatii muhofaza qilish, tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish masalalarni ham o‘rganadi. Tarixiy o‘lkashunoslikning asosiy maqsadi o‘z o‘lkasi tarixi, aholisi, etnografiyasi, xo‘jali­gi, madaniyati, tabi­ati va boshqalarni ashyoviy dalillar asosida o‘rganib, to‘plangan ma’lumotlarni ommalashtirib yoshlarning bilimini va dunyo qarashini kengaytirishdan iborat. Tarixiy o‘lkashunoslik juda katta ijtimoiy-siyosiy, madaniy-maorifiy, o‘quv-tarbiyaviy ahamiyatga ega. Ayniqsa, yoshlarnining milliy qadriyatlarimizni o‘rganish va uni ommalashtirishda tarixiy o‘lkashunoslikning o‘rni muhim sanaladi.
Vatanimiz har bir farzandining o‘z o‘lkasi tarixi va o‘tmishini bilish, uni har tamonlama o‘rganish hozirgi kunda yoshlarning burchi hisoblanadi. Mustaqillikga erishganimizdan so‘ng o‘lkamizda barcha sohalarda o‘zgarishlar ro‘y berdi. Jumladan o‘lkamizning o‘tmish tarixi, madaniyati, ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, etnik tarixi, moddiy madaniyat yorgorliklarini ilmiy va amaliy jihatdan holisona o‘rganishga imkon yaratildi.
«Tarixiy o‘lkashunoslik» quyidagi turlarga bo‘linadi:
Ilmiy ya’ni davlat o‘lkashunosligi;
Jamoat o‘lkashunosligi;
Maktab o‘lkashunosligi;
O‘lkashunoslikning har uchala turi bir-biriga aloqador bo‘lib, birinchisi ikkinchisini to‘ldirib boradi. Davlat o‘lkashunosligi bilan respublika tarixiy va madaniy yodgorliklarini muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi FA tarix, arxeologiya ilmiy tadqiqot institutlari, muzeylar shug‘ullanadi.
Jamoat o‘lkashunosligi mahalliy boshqaruv organlarining bevosi­ta rahbarligida tegishli joylarda tarixiy, arxeologik, etnografik, tabiiy sohaga oid mutaxassislar tomonidan joylarda tashkil etilib faoliyat olib boradi.
Maktab o‘lkashunosligi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tarix, geografiya, botanika, zoologiya, til va adabiyot o‘qituvchilarining bevosita rahbarligida tashkil etiladi. O‘lka tabiati, tarixi, aholi­si, xo‘jaligi, madaniyati, etnografi­yasi, toponimikasi, arxeologiyasiga oid dalil va topilmalar yig‘iladi va maktab o‘lkashunosligi muzeylarida namoyish etiladi.
Tarixiy o‘lkashunoslik fanining asosiy vazifasi quyidagilardan iborat:
1. O‘z o‘lkasining o‘tmishi va zamonaviy tarixini har tomonlama ilmiy asosda o‘rganish va tahlil qilish.
2. To‘plangan ilmiy manbalardan samarali foydalanib, yosh avlodni vatanparvarlik, milliy qadriyatlarizga sadoqatli hamda sog‘lom fikrga ega bo‘lgan yoshlarni tarbiyalashni ko‘zda tutadi.
Mustaqillikning dastlabki yillarida O‘zbekiston tarixini o‘rganish, arxeologik tadqiqotlar bilan yozma tarixiy manbalarni qiyosiy o‘rgangan holda voqea- hodisalarni tahlil etishga alohida e’tibor berildi. CHunki har bir davlatning paydo bo‘lishi, shakllanishi, bosqichma-bosqich taraqqiy etishiga oid tarixiy manbalarni o‘rganish asosida vatan tarixini mukammal tarzda yoritish muhim hisoblanadi.
O‘zbekiston xalqlari tarixi, madaniy hayotning rivojlanishi, shaharlar tarixi, tarixiy o‘lkashunoslik bilan uzviy bog‘liqdir. So‘nggi yillarda mamlakatimizda qadimiy shaharlarimizning yubileylari, jumladan Samarqand shahrining 2750 yilligi, Qarshi shahrining 2700 yilligi, Buxoro, Xiva, Termiz shaharlarining 2500 yilligi, hamda Toshkent shahrining 2200 yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan anjumanlar, ilmiy tadqiqotlar o‘lkamizning jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasi katta ekanligidan dalolat bermoqda.
O‘zbekiston tuprog‘i qadimiy va tabarruk, shuning uchun ham xalqimizning urf-odatlari, turmush tarzi, milliy xususiyatlarni chuqur ilmiy asosli tarzda o‘rganish O‘zbekiston tarixining dolzarb masalalaridan biridir. Bugungi kunda tarix sohasida qilinayotgan va olib borilayotgan barcha xayrli ishlar yoshlarga o‘z vatani, ona zamin va o‘lkasini qadrlashga undaydi. O‘z vatanini sevgan kishini el qadrlaydi, dunyo taniydi. O‘z tarixini ona yurtini ona tuprog‘ini e’zozlagan inson haqiqiy inson bo‘lib etishadi va oldiga qo‘ygan vaziflarga erishadi. Har bir yosh avlodning o‘z o‘lkasi tarixini o‘rganish va vatanni sevish muqaddas burchi hisoblanadi.
1.2. Tarixiy o‘lkashunoslik tarix fanining tarkibiy qismi hisoblanib, bir qancha manbalarga tayanib o‘rganiladi. Tarixiy o‘lkashunoslikni o‘rganishda qimmatli bo‘lgan manbalarga tarixiy geografiya, arxeologiya, toponimika, etnografiya, antropologiya, arxiv va yozma manbalarni kiritish mumkin.
Tarixiy manba deganda uzoq o‘tmishdan qolgan, tabiat va jamiyatning ma’lum bosqichdagi kechmishini o‘zida aks ettirgan moddiy va ma’naviy manbalarni tushunamiz. Moddiy yodgorliklarga qadimiy obidalar, manzilgohlar, shaharsozlik an’analari, uy-ro‘zg‘or buyumlari va boshqalar kiradi. Ma’naviy yodgorliklar deganda qadimgi yozuvlar, xalq og‘zaki ijodi namunalari, afsonalar, yozma yodgorliklar bitik, qo‘lyozma kitob va arxiv hujjatlari tushuniladi. Umuman, tarixiy manba inson ijtimoiy faoliyati natijasida paydo bo‘lgan va uning xususiyatlarini o‘zida aks ettirgan moddiy va ma’naviy manbalardan iboratdir.

Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish