Tarixiy geografiya va kartografiya



Download 2,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/99
Sana20.03.2022
Hajmi2,47 Mb.
#504111
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99
Bog'liq
1tarixiygeografiyakartografiyapdf

AmirTemur 
davridagi muhim voqealar bo'lib o'tgan joylar, XIII-
XIX asrlardagi hozirgi AQSh hududlarida aholining tarqalishi va joylashishi
XVIII asming ikkinchi yarmi-XIX asming birinchi yarmida Buxoro amirligi 
Qo'qon va Xiva xonliklarining asosiy savdo yo'llarining yo'nalishlari, chor 
Rossiyasi mustamlakasi bo'lgan Turkistonning siyosiy-ma’muriy ishlari kabi 
muammo- lardir. 
Biror davlatning iqtisodiy va siyosiy tarixiy geografiyasini o'rganishda 
awalo mazkur davlatning iqtisodiy va tarixiy geogra- fiyasining rivojlanishini 
ko'rib chiqish kerak bo'ladi. Masalan, O'rta Osiyo, AQSh, Rossiya imperiyasi
Fransiya, Xitoy, Germaniya, Hindiston va boshqa davlatlaming XVIII asrdan XX 
asrning boshigacha bo'lgan davrdagi tarixiy geografiyasini o'rganishda siyosiy va 
iqtisodiy geografiya elementlarini birinchi bo‘lib o‘rganib chiqish kerak. Bular — 
aholi soni,
uning 
milliytarkibi, aholining joylashishi,
uning 
qaysi hududlarda 
yashaganligi,davlatlar chegarasi, hududdagi ichki та 'muriy tuzilishlardan
iborat
bo'lishi mumkin. Muammoning eng qiyin tomoni — bu o'rga- nilayotgan 
hududning iqtisodiy geografiyasiga oid ko'rsatkich- laming qayd qilinishi, ya’ni 
ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi
va 
joylashishini
ko'rsatishdir. 
Shundan so'ng iqtisodiy va siyosiy geografiyaning asosiy o'zgarishlari 
tahlilini qilish mumkin. Bunga masalan, AQShda 1861-1865 yillardagi fuqarolar 
urushi davri, chor Rossiyasidagi islohotlargacha va islohotlardan keyingi davrlar
Germaniyaning qo'shilishidan oldingi va keyingi davrlar kiradi. 
Tarixiy geografiya fanining muhim vazifalaridan biri bu - o'tmishdagi 
davlatlar siyosiy chegaralarini, tarixiy voqealar bo'lib o'tgan joylarni aniqlash, 
shaharlar topografiyasini o'rganishdan iborat. Tarixiy geografiyaning bu qismi 
siyosiy voqealar, urushlar bayoni va ularning davlatlar chegaralarini o'zgarishidagi 
o'rnini, hukmdorlar faoliyatini o'rganish bilan uzviy bog‘liqdir. Bunda voqea-
hodisalami chuqur anglab yetish uchun tarixiy geografiya juda kerak. Masalan, 
urushlar va ulaming oqibatlarini to'liqroq tushunish uchun qo‘shinlar harakati, 



jangning borishi va bo'lib o'tgan joylarini o'rganish kerak bo'ladi. Bu jihatdan 
tarixiy geografiya bir qator tarixiy fanlar — 
paleografiya, xronologiya,metrologiya
va 
geraldika
kabi fanlar qatorida turadi. Shuningdek, tarixiy geografiyaning 
mazmuni, ayniqsa hozirgi zamon nuqtai nazaridan qaraganda kengroqdir. U 
ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlami, milliy-ozodlik harakatlarini kengroq o'rganadi. 
Tarixiy geografiyani tarixiy jarayonlarni o'rganuvchi keng mazmunli tarix fanining 
bir bo'limi desak adashmaymiz. 
Tarixiy geografiya awalo tarix fanini o'rganish uslublariga tayanadi. Bu 
haqqoniylik, xolislik va davriylik uslublariga asoslanib, voqealami yanglish va 
xatolarsiz, mukammal yoritishdan iborat. Tarixiy geografiyani o'rganishda qator 
tarixiy va geografik manbalardan ham o'z o'mida samarali foydalanish zarur. 
Yuqorida qayd etilganidek, tarixiy-geografik tadqiqotlar tarix faniga 
asoslanadigan manbalarga tayanadi. Tarixiy geografiya uchun qimmatli bo'lgan 
manbalarga aholi ro'yxatlari, xo'jalik hisob-kitob daftarlari, yilnomalar, qadimgi 
geografiyaga oid kitoblar kiradi. Tarixiy geografiya uchun katta ahamiyatga ega 
bo‘lgan manbalar bu 
arxeologik, toponimik,
shuningdek, 
antropologik
manbalar 
hamda yordamchi tarixiy fanlarning ma’lumotlari kiradi. 

Download 2,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish