17
o'tilgan, so'ngra tog'lar (203 nom), dengizlar va orollarning nomlari, eng oxirida
daryolar alohida-alohida yozilgan.
Jayhoniy. X asrda Buxoro somoniylar davlatining poytaxti edi. 914 yili
hokim Ahmad ibn Ismoilning vafotidan so'ng uning go'dak o'g'li - shahzoda Nasr
ibn Ahmad taxtga o'tirdi, ammo davlatni boshqarishga yoshlik qilganidan butun
ishni ulug' vazir, ayni vaqtda buyuk geograf Abu Abdulla Muhammad ibn Ahmad
ibn Nasr Jayhoniy bajardi.
Jayhoniy IX asr oxirida (870 yillarda) tug'ilgan. 914
yildan umrining oxiri
— 942 yilgacha vazirlik qilgan. Fanimiz tarixida chuqur iz qoldirgan bu ajoyib
siymo o'zining yuksak lavozimidan ilm-fan manfaatlari uchun foydalana bilgan,
xususan, geografik mashg'ulotlarga va sayohatlarga homiylik qilgan: mashhur Abu
Zayd Balxiyni qo'llab-quwatlagan, Arabistondan Buxoroga kehb qolgan va shu
yerda xizmat qilgan geograf va shoir Abu Dulafni Xitoy, Tibet,
Hindistonga
sayohatga yo'llagan, sayyoh ibn Fadlonni 921 yili sentyabrda Buxoroda mehmon
qilgan (ibn Fadlon X asr arab sayyohi bo'lib, Bag'doddan Eron-Buxoro- Xorazm-
Ural orqali Volgagacha yetib borgan).
Jayhoniy fanning bir qancha sohasiga oid asarlar yaratgan, jumladan, dunyo
geografiyasidan taxminan 907-922 yillar oralig'ida katta hajmli asar yozgan. Arab
geografi Muqaddasiy (947-1000 yillar) kutubxonada Jayhoniyning yetti jildlik
geografiya kitobini ko‘rganligini e’tirof etgan. Bu kitobning „Kitob al-masolik val-
mamolik“ („Masofalar va mamlakatlar kitobi“) deb atalganligi Abu Rayhon
Beruniyning „Osori boqiya“ asarida aytib ketilgan.
Uning „Kitob al-masolik fi ma’rifat al-mamolik “ („Mamlakatlami bilishda
masofalar kitobi“) deb atalganligi ham bizga ma’lum.
“Kitob al-masolik val-mamolik“ X-XII asrlarda juda mashhur bo‘lgan, eski
geografik adabiyotlarda hurmat bilan tilga olinib turgan.
Jayhoniy geografiyasining
yana bir xususiyati shundaki, urf- odatlar va
udumlar yozma manbalardan, jumladan Ibn Xurdodbeh asaridan foydalanish bilan
birga, talay geografik ma’lumotlami bevosita turU mamlakatlardan kelgan odamlar
bilan suhbatlashib yig‘ar ekan. Muqaddasiyning yozishicha, Jayhoniy chet ellik
sayyohlar, m ehm onlar bilan suhbatlashganida ulardan mamlakatlari, bu
mamlakatlarga boradigan yo‘llar, savdo-sotiqdan
olinadigan foyda haqida
surishtirgan, yulduzlaming balandligi, buyumlardan soya tushishi, falakning
aylanishi to‘g‘risida ular bilan fikr olishgan. Hatto, Rus, Hindiston,
Xitoy va
boshqa mamlakatlarga maktublar yo'llab, maktubda urf-odatlar va udumlar, u
yerlardagi aholi, urf-odatlar, saroy va devon tartib- qoidalari to‘g‘risida
surishtirgan. Jumladan, Tunkat bilan Xitoyning poytaxti oralig‘idagi masofa 140
kunlik yo‘lga teng ekanligini elchilardan surishtirib olgan (Tunkat shahri
Ohangaron vodiysida bo‘lgan). Jayhoniy asarida
Sharq mamlakatlariga katta
18
e’tibor berilgan. Unda Markaziy Osiyo va O`rta Osiyo, Hind vodiysi, turk
qabilalari, Uzoq Sharq to‘g‘risida yangi ma’lumotlar bor. Jayhoniy asari G ‘arb
mamlakatlari to‘g‘risida asarlar yozgan Sharq mamlakatlari uchun asosiy manba
bo‘lishi bilan birga, ularga Sharq to‘g‘risida ham boy ma’lumot bergan.
Do'stlaringiz bilan baham: