30
kartalari" tizimi tayyorlandi va nashr etildi. Mazkur tizim masshtabi 1:1000000
bo‘lgan 21 ta kartadan iborat bo‘lib, ularda respublikamiz qishloq xo'jaligiga
atroflicha kartografik tavsif berilgan. Barcha kartalaming mazmuni turli xil
diagrammalar, grafiklar va jadvallar bilan to‘ldirilgan.
1980 yili 0‘zbekistonning birinchi ,,O`quv-o‘lkashunoslik atlasi“ chop etildi.
Mazkur atlas keng jamoatchilik tomonidan yuqori baholandi. U respublikamiz
geografiyasi, tarixi va madaniyatini o‘iganishda o‘quvchilarga yordamchi
qo‘llanma bo‘hb xizmat qildi.
1983 yili respublikamiz poytaxti Toshkentning 2000
yillik yubileyi
munosabati bilan kompleks “Toshkent geografik atlasi“ chop etildi. Atlasning
formati 25x35 sm, asosiy kartalarining masshtabi 1:400 000 va 1:650 000. Atlas
kirish va 6 bo‘limdan iborat bo'lib, u 48 ta karta va sxemalami o‘z ichiga olgan.
Atlas Leningrad shahrining (1977 yil) tarixiy-geografik atlasidan keyin sobiq
Ittifoqda nashr qilingan ikkinchi shahar atlasi hisoblanadi.
1982-1985 yillari ikki qismdan iborat umumiy kompleks geografik ilmiy-
malumotnoma ,,0‘zbekiston atlasi“ chop etildi. Mazkur atlasning umumiy hajmi va
mazmunining qamroviga ko‘ra milliy atlasga yaqin deb hisoblash mumkin.
Atlasning formati 61x42 sm, asosiy kartalarining masshtabi 1:2 500 00 va 1: 3 500
000. Atlas 28 ta alohida-alohida bo‘limdan iborat bo‘lib, unda 322 ta ko‘p
rangli
karta berilgan. Atlasni loyihalashtirish va kartalarni tuzishda mualliflar asosiy
e’tiborini tizimli yondashgan holda respublikamizning tabiiy sharoiti va tabiiy
resurslari, xalq xo‘jaligi va uning tarmoqlari, madaniyati va tarixining o‘ziga xos
xususiyatlarini saqlab qolib, ulaming haqiqiy holatini aks ettirishga qaratdilar.
Mazkur atlas sobiq Ittifoqda chop etilgan barcha kompleks ilmiy-ma’lumotnoma
atlaslardan farq qilib, O`zbekiston qishloq xo‘jaligining yetakchi tarmog‘i —
paxtachilikka alohida bo‘limda birinchi marta to‘liq kartografik tavsif berildi.
O`zbekiston mustaqillikka
erishgandan keyin, respublika rahbariyati
mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirish, ishlabchiqarish kuchlaridan oqilona
foydalanish va uni butun mamlakat hududi bo'ylab ilmiy asosda to'g'ri joylashtirish
masalalariga jiddiy e’tibor qaratmoqda. Shu bilan birga mustaqillik g'oyalarini
targ‘ib qilish, aholining o‘sib borayotgan moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini to‘la-
to‘kis qondirish, mamlakat
mudofaa qobiliyatini oshirish, uning hududida
geodeziya va kartografiyaga oid faoliyatni keng ko'lamda, aniq reja va ilmiy
asosda tashkil etishga katta ahamiyat berib kelmoqda. Shu maqsadda 1997 yilning
25
aprelida
„Geodeziya
va
kartografiya
to‘g‘risida“gi
0‘zbekiston
Respublikasining Qonuni qabul qilindi. Ushbu Qonunning maqsadi O'zbekiston
Respublikasida geodeziya va kartografiyaga oid faoliyatning huquqiy asoslarini
belgilaydi hamda davlatning, yuridik va jismoniy
shaxslarning geodeziya va
31
kartografiya mahsulotiga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish uchun shart-sharoitlar
yaratishga qaratilgan.
O`tgan qisqa muddat ichida respublikamizning 1:1000000 va 1:1500000
masshtabli qator devoriy siyosiy-ma’muriy, tabiiy, ekologik, umumiqtisodiy, iqlim
va aholi kartalari chop etildi.
1999 yili O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining buyurtmasiga
binoan Mirzo Ulug'bek nomidagi O`zbekiston Milliy Universitetining geografiya
fakulteti jamoasi umumiy o'rta ta’lim muassasalari uchun „O'zbekiston geografik
atlasi“ni nashrga tayyorladi.
Do'stlaringiz bilan baham: