Tarixiy geografiya va kartografiya



Download 2,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/99
Sana20.03.2022
Hajmi2,47 Mb.
#504111
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   99
Bog'liq
1tarixiygeografiyakartografiyapdf

3. Tarixiy kartografiya 
Tarixiy kartografiya —
ilmiy fan bo'lib, u asosan tarixiy kartalar va atlaslami 
tuzish, ulaming uslubiyatini ishlab chiqish bilan shug'ullanadi. Kartografik 
uslubning tarix fanida qo'llanilishi tarixiy kartalardan keng foydalanishga, tarixiy-
geografik monografiyalar, maqolalar, darsliklar, qo'llanmalar yaratilishiga olib 


27 
keldi. Tarixiy kartalarda tarixiy jarayonlar, voqea-hodisalar, tarixiy davrlarni 
tavsiflovchi jarayonlar, shuningdek, geografik oqibatlar ko'rsatib o'tiladi. Umumiy 
tarixiy kartalar bu jarayonlami yanada to‘liqroq ko‘rsatishga, ochib berishga 
harakat qiladi. Tarixiy kartalaming turli xillari bo‘ladi: 
tarixiy-iqtisodiy,tarixiy-
siyosiy, tarixiy etnografik, arxeologik, milliy-ozodlikharakati, dehqonlar 
qo‘zg‘oloni, inqilobiy harakatlar, harbiy-tarixiy,madaniyat tarixi
bo‘yicha va 
boshqa kartalar kiradi. O`quv-tarixiy kartalar o‘rta va oliy maktablarda 
o‘qitilayotgan tarixiy davrlarga mos bo'ladi. 
Tarixiy kartografiyaning rivojlanishi har doim tarixiy geogra- fiyaga bog'liq 
bo‘lib kelgan. 1579 yili Abraxam Orteliy geografik atlasga uchta tarixiy kartadan 
iborat qo‘shimcha tuzdi. Orteliyning bu qo'shimchasi keyinchalik 1603 yili 38 ta 
kartadan iborat bo‘lgan antik davming geografik atlasini tuzilishiga sabab bo'ldi. 
XVII asming ikkinchi yarmida fransuz geograflari Sansonlar va V.Dyuval 
atlaslarida ham tarixga oid kartalar bo‘limi bor edi. XVIII asr oxirida fransuz 
kartografi J.B. D’Anvil tomonidan tayyorlangan tarixiy kartalar bosilib chiqdi. 
XIX
asr oxiriga qadar tuzilgan kartalarda xalqlarning hududiy joylashishi, siyosiy 
chegaralar, harbiy yurishlar, janglar, tarixiy voqealar bo‘lib o‘tgan hududlar
geografik sayohatlar yo'nalishlari aks ettirilgan edi. Shuningdek, A.Orteliy va 
V.Dyuval tomonidan tuzilgan kartalarda afsonaviy voqea-hodisalar va Injildagi 
rivoyatlar tasvirlangan. Masalan, avliyo Pavel va Ibrohim payg‘ambarning 
sayohati, troyalik Eneyning dengiz sayohati, Odisey yurgan yo'llar tasvirlangan. 
Keyinroq kartalarda tarixiy-iqtisodiy ma’lumotlar ham qayd qilina boshlangan. 
Tarixiy kartalar tuzishda tarixiy davrlar ko‘pincha chalkashib ketgan, milliy-
ozodlik harakatlari aks ettirilmagan. Ba’zi tarixiy kartalarda ma’lumotlar ataylab 
buzib ko'rsatilgan.
Masalan, 1910 va 1936-1938 yillarda Germaniyada chop etilgan. Pusger 
atlasida, avvalo buyuk davlatchilik shovinizmi va keyinroq fashistcha g‘oyalar avj 
olishi bilan kartalardagi nemis va slavyan yerlari o‘rtasidagi chegaralar sun’iy 
ravishda sharqqa surilib berilgan. 
XX asrning ilmiy tarixiy kartografiyasiga ikkita muhim yo‘nalish xosdir. 
Birinchi yo'nalishga yuksak darajada detallashtirilgan kartalar kirib, ularda 
aholining ma’muriy, ba’zi holda cherkov tomonidan bo'linishigacha bo'lgan aniq 
dalillar aks ettirilgan. Bunday kartalar turiga 1895 yilda chop etilgan Fabrisiusning 
nemis atlasi, Rixteming 1906 yilgi Avstriya atlasi, A.A.Bekmanning 1913-1938 
yillarda chop etilgan Niderlandiya atlasi kiradi. Ikkinchi tur kartalariga 
detallashtirilishi unchalik yuqori bo'lmagan, ammo faqatgina tarixiy-siyosiy emas, 
balki tarixiy-iqtisodiy, madaniyat tarixiga oid ma’lumotlar ham aks ettirilgan 
kartalar kiradi. Bunday kartalar sirasiga 1926 yil chop etilgan Aubinning nemis 
atlasi, Pollin tahriri ostida 1932 yilda chop etilgan AQSh atlasi („Qo'shma Shtatlar 


28 
tarixiy-geografik atlasi“)ni misol qilib keltirishimiz mumkin. 1956, 1958, 1962 
yillarda esa Myunxenda o'quv mashg'ulotlariga doir „Katta tarix atlasi" chop 
etilgan. 
Rossiya imperiyasida tarixiy kartografiya rivojlanishining dastlabki.bosqichi 
XVIII asming birinchi choragiga to'g'ri keladi. Bu davrdagi tarixiy va tarixiy-
geografik asarlarga tarixiy kartalar ilova qilina boshlandi. „Rossiya imperiyasining 
tarixiy kartasi"birinchi bor 1793 yilda chop etilgan. 
Tarixiy kartografiya rivojlanishida 1958 yil Polshada bosilib chiqqan Plos 
voyevodligi tarixiga oid atlasning alohida o'mi bor. Bunday atlaslar ishlab 
chiqarish kuchlarining joylashishi, ishlab chiqarish munosabatlari, iqtisodiy o'sish 
ko'rsatkichlarini 
aniq 
tasvirlab 
beradi. 
Zamonaviy 
tarixiy 
kartografiya 
rivojlanishining muhim elementi - bu tarixni aniq davrlashtirish, turli tarixiy 
jarayonlarni to'la aks ettirish, tarixiy jarayonlaming iqtisodiy tomonini ochib 
berishdir. 
Shuni ta’kidlab o'tish joizki, sho'rolar tuzumi davrida O'rta Osiyo tarixiga 
doir bir qator tarixiy kartalar tuzilgan bo'lsa ham, ammo ulaming ichida O'rta 
Osiyoni chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishiga doir kartalar yo'q edi. 
Shuningdek, kartalar nashr qilinganda ko'proq 
yevrosentrik
nuqtai nazardan 
yondashilgan edi. O`rta Osiyo hududlari bo'yicha tarixiy kartalar faqat katta tarixiy 
voqealar bilan bog'liq bo‘lgan hollardagina yaratilgan. Masalan, mo‘g‘ullaming 
O`rta Osiyoni bosib olishiga doir tarixiy kartalar mavjud bo‘lsa-da, ammo Amir 
Temur davlati haqida tarixiy kartalar umuman yaratilmagan. Tarixiy atlas va 
kartalarda XV-XVIII asrlardagi O`rta Osiyoda bo‘lib o‘tgan tarixiy jarayonlaming 
faqat Rossiya imperiyasi bilan aloqador bo‘lgan qismlarigina aks ettirilgan, ular 
ham ham aniq detallashtirilmagan edi. 
0‘rta Osiyo xalqlari tarixiga oid siyosiy-ma’muriy, tarixiy kartalar kam 
yaratilgan bo‘lsa-da, demografik, hududlaming iqtisodiy tarixiga oid kartalar esa 
deyarli bo‘lmagan. 
0‘rta Osiyo chor Rossiyasi tomonidan bosib olingandan so‘ng Turkiston 
general-gubernatorligi va yarim mustaqil Buxoro amirligi va Xiva xonligining 
o‘sha davrga oid ba’zi kartalari mavjud. 
0‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng tarixiy kartalar soni ko‘paydi. 
O`rta Osiyoning eng rivojlangan davri bo‘lgan temuriylar davriga bag‘ishlangan 
kartalar to‘plami chop etildi. Shu bilan birga O`zbekiston tarixiy kartografiyasi 
oldida ko‘plab ilmiy muammolar turibdi. Birinchi galda zamonaviy talablarga mos 
bo‘lgan O`zbekiston xalqlari tarixining butun davrlarini qamrab olgan tarixiy atlas 
yaratish zarur. Bu borada dastlabki qadamlar ham tashlandi. 1999 yilda 
,,0‘zbekiston tarixi atlasi“ nashrdan chiqdi (O`zbekiston tarixi atlasi.-


29 
O'zgeodezkadastr, 1999). Endi uni yangi ilmiy ma’lumotlar asosida to‘ldirib, 
mukammallashtirib borish zarur. 
O`zbekiston xalqlari tarixiga oid kartalar mavjud bo‘lsa-da, tarixiy- geografik, 
tarixiy-iqtisodiy, tarixiy-demografik kartalami yaratish o‘zbekistonlik olimlaming 
birinchi galdagi vazifasidir. 

Download 2,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish