Tarix va madaniy meros



Download 0,6 Mb.
bet2/6
Sana14.07.2022
Hajmi0,6 Mb.
#795691
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
arab mualliflari kurs ishi222

Kurs ishining maqsadi: Ushbu kurs ishi o’lkamiz tarixini o’rganish, arab va mahalliy mualliflar tomonidan yozilgan asarlarni tahlili qilishdan iborat. Shu orqali yosh barkamol avlodni har tomonlama yetuk komil inson o’z vatani tarixiga befarq bo’lmaydigan kadr bo’lib yetishtirib chiqarish.
Kurs ishining vazifalari: maqsaddan kelib chiqib, quyidagi vazifalarni hal etishga harakat qildi:

  • O’lkamiz tarixini yoritishda, o’rganishda arxeologik, etnografik, topografik hamda muzey ekspanatlari orqali o’ziga xos xususiyatlarni oydinlashtirish.
  • Jonajon vatanimiz tarixini ilmiy tahlili qilib bergan vatandoshlarimiz asarlarini ahamiyatini ko’rsatib berish.




  • Arab va mahalliy o’lkashunoslar asarlaridagi asosiy tushuncha va g`oyalarini mazmun – mohiyatini ochib berish.

O’rganilish darajasi: Mazkur kurs ishi hozirgi davrda milliy o`zligimizni anglash va qadriyatlarimizning tiklanishiga yordam beradi. Mavzuning o’rganilish darajasi arab va mahalliy arab va mahalliy mualliflar tomonidan yozilgan asarlarni tahlili qilishdan iborat. Bu ishimiz materiallaridan etnologiya bo`yicha maqolalar yaratishda o`quv yurtlari, shuningdek, kasb-hunar kollejlarida tahsil olayotgan o`quvchilar maxsus kurs va seminarlar o`tishda ҳamda keng jamoa orasida foydalanish mumkinligi amaliy ahamiyatini tashkil etadi.
Kurs ishining hajmi: Kurs ishi kirish, uchta reja, xulosa, mavzuga doir ilovalar hamda foydalanilgan manba va adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.


  1. O’rta asrlarda yozilgan tarixiy manbalarning umumiy xususiyatlari va ahamiyati.

Arab tilida yaratilgan tarixiy asarlar yoki yozma yodgorliklar quyidagi umumiy xususiyatlarga ega. Ular garchi arab tilida yozilgan bo’lsa-da, barchasida umumiy tarixni qamrab olishga, ya’ni tarixni jahon tarixi sifatida idrok etishga, talqin qilishga intilish alohida sezilib turadi. Bu manbalar uchun ilk tarixiy asar va namuna sifatida “Qur’oni Karim” olinadi. Kitoblar ichida tarixchi o’zining “Qur’oni Karim”, hadislar va “Payg’ambarlar qissalari”, diniy rivoyatlarni ya’shi bilishini namoyish etishga va ulardagi mashhur va ma’lum voqea, hodisa, rivoyat, aqidalardan unumli foydalanishga intilganlar. Arab tilidagi yozma manbalarning eng qadimgilari asosan mumtoz yozuv turlaridan kufiyda “Qur’oni karim” va tafsirlar, hadislar nasx, suls yozuvlarida bitilgan.1 XV asrdan so’ng istemolga nasta’liq yozuvi kirgan. Alohida farmon va hujjatlar ta’liq yozuvida bitilgan.
Tarixiy asarlar mazmuni va tarkibiga kelganda shuni aytish kerakki, ularda matn an’anaviy Alloh hamdi – tahmid, payg’ambarimiz na’tlari, to’rt sahoba yoki sahobai roshidin ta’rifi kelib, undan so’ng asar kimga bag’ishlangan bo’lsa, odatda ular yuksak lavozimdagi shaxslar yoki hokimlar bo’lgan, o’sha homiylarga bag’ishlov maqtov yoziladi va ana shundan keyin kamtarin muallif o’zi haqida, qanday asar yozmoqchi ekanligi, uning nomi va asarning ixcham maxmuni yoki zamonaviy til bilan aytilsa, annotatsiyasi bayon etiladi. Asarning oxiridagi xotima – kolofonda esa, muallif asarini tugatib olgani uchun Allohga shukronalar keltirib, mazkur qo’lyozma asar va uning ushbu nusxasi, ko’chirilish joyi va tarixi, xattoti haqida ma’lumot keltiriladi. Tarixiy asarlarda keltiriladigan “Qur’oni karim” oyatlari va “Hadisi sharif” namunalari odatda asosiy matndan ajratib, boshqa siyoh bilan va ko’pincha boshqa yozuv, xat turi, masalan kufiy, nasx yoxud suls yozuvida boshqacha siyoh bilan bitilib, alohida ziynatlanadi. Tarixiy asarlar qo’lyozmalari o’z davri an’analariga mos ravishda charm muqova – jildlarga olingan, kitob boshlanishi shams, unvon, sarlavha, zarvaraq naqshlari bilan, matn o’rtalarida lavha naqshlar va mo’‘jaz rasmlar bilan bezatilgan. Namuna sifatida Beruniyning “Osor ul-boqiya” asarining mo’‘tabar qo’lyozmasini ko’rsatish mumkin.
Umuman, arab tilida yurtimiz tarixiga oid manbalar bilan tanishish ularning ham son jihatidan ko’pligi, ham ilmiy saviyasi juda yuqori ekanligi guvohi bo’lamiz. Garchi qomusiy olimimiz Beruniy arablarda tarix yaratish an’anasi juda qadimiy va boy emasligi haqli ravishda qayd etilgan bo’lsa-da, arab xalifaligi shakllanganidan so’ng, yunon, eron, yahudiy va nasroniy tarix an’analaridan ijobiy va ijodiy foydalangan arab va asosan arab tilida ijod etuvyai muarrixlar ham arab xalqlari, ham arab xalifaligi hududiga kirgan yoki unga qo’shni bo’lgan xalqlar tarixini yozishda juda katta hissa qo’shdilar. Shuning bilan birga, yurtimizdan yetishib chiqqan tarixchilarimiz ham arab tilida ayniqsa, Beruniy, Sam’oniy, Shahobiddin Nisoviy kabi tarixchilar ajoyib asarlar yaratib, arab tilidagi tarix ilmi taraqqiyotiga munosib ulush qo’shdilar. Ya’ni arab tilidagi manbalarni o’rganish hali o’z dolzarbligini yo’qotgani yo’q. Ular xalqimiz boy merosining ajralmas qismi bo’lib, o’tmishdagi yuksak taraqqiyotimiz guvohidir.
Fors tilida bitilgan tarixiy asarlar an’anaga binoan arab tilida nomlanar, ularda ham islomiy manbalar va islom tarixiy asarlar xususiyatlari yaqqol ko’zga tashlanar edi. Xatto yozuv yoki xat turi arab alifbosida bo’lib, keyincha forsiy va turkiy til xususiyatlarini hisobga olgan holda yigirma sakkiz arab harfiga to’rt harf qo’shildi va natijada arab yozuviga asoslangan fors va turkiy til yozuvi vujudga keldi. XIV asrgacha asosan arab yozuvi mumtoz turlari kufiy, nasx va suls iste’mol etilgan bo’lsa, XV asrdan boshlab yangi yozuv nasta’liq Temuriylar davrida Mir Ali Tabriziy nomli xattot tomonidan ixtiro etilib, iste’molga kiritildi bu yozuv badiiy va tarixiy asarlarda yetakchi o’rin egalladi. Ammo tarixiy asar matni ichida kelgan “Qur’oni karim” oyatlari, “Hadisi sharif”lar an’anaga binoan arab tilida, kufiy, nasx va suls yozuvlarida barcha harakatlari ko’rsatilgan holda ajratilib bitilar va so’ngra ularga forsiy yoki turkiy tilda izoh, tafsir keltirilar edi.
Fors tilining tarixiy manbalar tiliga aylanish davri va taraqqiy etishi kitobat san’atining Movarounnahr va Xurosonda yuksak darajada rivojlanish zamoniga to’g’ri keldi. Aksariyat fors tilidagi tarixiy asarlar sifatli qog’ozga bitilar, kitob turli ajoyib naqshlar va mo’‘jaz rasmlar bilan ziynatlanib, saroy kutubxonalari va ayonlar uchun yaratilgan mo’‘tabar qo’lyozmalar oltin va kumush suvlari, turli bo’yoqlar bilan bezatilib, kitobat san’atining shoh asarlari darajasida yaratilib, yuksak san’at namunalariga aylantirilar edi.2 An’anaviy tarixiy asarlar, ya’ni ulkan umumiy tarixga oid, barcha xalqlar tarixini o’z ichiga qamrab oluvchi mahobatli kitoblar o’rnini asta-sekin alohida davr va biron bir sulolalar tarixiga bag’ishlangan asarlar paydo bo’lib, ularning o’rnini egallay boshladi.
Eng qadimgi fors tilida bitilgan manbalardan biri Narshaxiyning “Buxoro tarixi” asari bo’lsa, Temuriylar davrida Nizomiddin Shomiy, Sharafuddin Ali Yazdiy, Hofizu Abru, Abdurazzoq Samarqandiy, Muhammad Mirxond, Ғiyosiddin Xondamir kabi yirik muarrixlar bu tilda asarlar yaratdilar. So’nggi fors tilida yaratilgan tarixiy manbalardan biri sifatida Ahmad Donishning tarixiy asarlarini namuna sifatila ko’rsatish mumkin. Forsiy tilda bitilgan tarixiy manbalarga xos xususiyatlardan biri matn orasida, voqealar bayoni davomida she’riy lavhalarning keltirilishidir. Bu she’riy lavhalar tarixchining o’z asari bo’lishi mumkin va u boshqalarning she’riy asarlaridan ham bemalol foydalanishi mumkin. Bu badiiy-she’riy lavhalarda konkret tarixiy shaxslar nomlari obraz, timsol sifatida juda ko’p ishlatilishidir. Fors tilida bitilgan ayrim tarixiy asarlarda o’xshatish, mubolag’alar ko’p ishlatilib, bayon uslubi o’ta jimjimador bo’lishi mumkin. Mana shunday asarlar to’g’risida Amir Temur tarixchi Nizomiddin Shomiyga shunday degan: “Shu uslubda yozilgan, tashbih va mubolag’alar bilan oro berilgan kitoblarda ko’zlangan maqsadlar o’rtada yo’qolib ketadi, agar so’z qoida-qonunidan nasibador bo’lganlardan birontasi ma’nini fahmlab qolsa qolar, ammo qolgan o’ntasi, balki yuztasi uning mazmunini bilishdan, maqsadga yetishdan ojiz. Shu sababli, uning foydasi barchaga barobar bo’lmaydi.”31 Yurtimiz hududida fors tilida yaratilgan tarixiy manbalarda ham arabiy, ham turkiy, ayrim hollarda mo’g’ul tili elementlari, so’zlar, iboralar, atamalar va hujjatlar uchrashi va mavjud bo’lishi biz uchun bir tabiiy holdir. Chunki o’tmishda xalqimiz ziyolilari va namoyondalari uchun bir necha tilni bilish va ularni ishlatish odatiy hol edi.
O’zbеkistоnning VII asr охiridan bоshlab, ХII asrgacha bo’lgan tariхi
ko’prоq va dеyarli arab tilidagi yozma manbalarda yoritilgan va bu an’ana
kеyinchalik ham Tеmuriylar davrigacha davоm etgan. Bu davrda yurtimiz avval
arab хadifaligi tarkibida, so’ngra Sоmоniylar, Qоraхоniylar, G’aznaviylar,
Хоrazmshоhlar davlatlarini bоshdan kеchirdi. Arab tilida vatanimiz tariхiga оid
yozma manbalarni mualliflarning kеlib chiqishiga qarab, ikki guruhga ajratish
mumkin.3
Birinchi guruh - arab tilida ijоd etgan yurtimizdan chiqqan tariхchi va
оlimlar. Bular Muhammad Musо al-Хоrazmiy, Abu Rayhоn Bеruniy, Mahmud
Kоshg’ariy, Mahmud Zamaхshariy, Abu Said Sam’оniy, SHahоbuddin
Muhammad Nisоviy va bоshqalardir. Ushbu muarriхlar asarlarida оna vatanga
muhabbat alоhida namоyon bo’ladi, bu ayniqsa Abu Rayhоn Bеruniyning “Оsоr
ul-bоqiya” asarida хalqimiz qadimgi madaniyati to’g’risidagi ma’lumоtlarida
alоhida ko’zga tashlanadi.
Ikkinchi guruh - хоrijlik оlimlardan ibоrat bo’lib, ular yaratgan arab tilidagi
asarlarida yurtimiz tariхi madaniyati, siyosiy-ijtimоiy hayoti yoritilgan. Ushbu
mualliflarning eng yiriklari Abulhasan Madоiniy (vaf. 840 y.), Abulabbоs al-Ya’qubiy (IХ asr), Abubakr al-Balazuriy, Ibn Хurdоdbеh (820-taхm.913), Abu
Ja’far Tabariy (839-923 y.), Ishоq al-Istahriy (850-934 y.) va bоshqalardir.
Mazkur muarriхlar yurtimiz hududini umummusulmоn оlami, arab
хalifaligi bir qismi sifatida yoritganlar. Ular asоsan arab хalifalikni ikki qismga,
ya’ni arab va a’jam - g’ayri arabga ajratib o’rganar edilar. Arablar tоmоnidan
yurtimizga bеrilgan nоm Mоvarоunnahr – daryoning u yog’idagi mamlakat
mazmunini bildiruvchi jug’rоfiy nоm bizgacha еtib kеlgan bo’lib, asоsan arab
mualliflari asarlarida istе’fоda etiladi.4
V-VI asrlarda O’zbekiston tarixi eftaliylar va Eftaliylar davlati tarixi bilan bog’liqdir. Tarixiy manbalar, shuningdek, arxeologik qazishlar bergan ma’lumotlarga qaraganda, Eftaliylar saklar va masagetlarning avlodlaridir.
Eftaliylar juda katta hududda o’z hukmronliklarini o’rnatdilar. Ularning davlatiga Sharqiy Turkistondan Kaspiy bo’ylarigacha bo’lgan yerlar qarar edi. Eftaliylar milodning 457-yilida Chag’aniyon, Toxariston va Badaxshonni bo’ysundirishga muvaffaq bo’ldilar. Eron shohi sosoniy Piruz (459-484 yy.) Eftaliylarga qarshi uch bor qo’shin tortti, lekin uning barcha yurishlari mag’lubiyat bilan yakunlandi. Buning ustiga Eron Eftaliylarga o’lpon to’lab turishga majbur bo’ldi. Shundan keyin Eftaliylar Marv va Kobulni, oradan ko’p vaqt o’tmay, Sharqiy Turkistonni ham bo’ysundirishga muvaffaq bo’ldilar. Eftaliylar Turon, Eronning sharqiy tumanlari, Afg’oniston, Shimoliy Hindiston hamda Sharqiy Turkiston ustidan hukm yurgizdilar.
563-567- yillari turk xoqoni Istemi (Dizovul) Eron hukmdorlari bilan ittifoq tuzib, Eftaliylar davlatiga zarba berdi va ularga qarashli yerlarni bo’ysundirishga muvaffaq bo’ldi. Natijada Turk xoqonligi Amudaryo va Orol dengizigacha cho’zilgan o’lkalar ustidan o’z hukmronligini o’rnatdi. U1 asrning uchinchi choragida turklar Shimoliy Xitoyda joylashgan Chjau va Si davlatlarini ham bo’ysundirdilar, 576 yili Bosporni (Kerch) egaladilar, 581 yili esa Xersonni qamal qildilar. VI asr o’rtalariga borib Turk xoqonligi zaminida ilk katta yer egaligi munosabatlari shakllana boshladi. Shuning bilan bir qatorda o’zaro urushlar kuchaydi va bundan Suy imperiyasi (581-618 yy.) hukmdorlari ustalik bilan foydalandilar. Oqibatda Turk xoqonligi ikki qimga – Sharqiy va G’arbiy turk xoqonligiga bo’linib ketdi. 5
Sharqiy turk xoqonligi Markaziy Osiyoda xoqon Shibi davrida (609-619- yy.) Suy imperiyasi bilan ko’p urushdi va o’z mustaqilligini saqlab qoldi. Xoqon Xelu (620-630- yy.) davrida ham bu kurash davom etdi. O’sha yillari turklar Xitoyga 67 marta bostirib kirdilar. Bu davrda soliqlar ko’paydi, mehnatkash xalqning ahvoli og’irlashdi. Xitoy imperatorlari bundan ustalik bilan foydalandilar va Sharqiy Turk xoqonligi ustidan o’z hukmronligini o’rnatilshga muvaffaq bo’ldilar. Lekin ko’p o’tmay, turklar Xitoy istibdodiga qarshi qo’zg’olon ko’tardilar. Bunga dastlab Eltarish qoon (Qutlug’ qoon), keyinchalik esa uning maslahatchisi To’nyuquq boshchilik qildilar. Natijada 681 yili G'arbiy turklar yana mustaqillikni qo’lga kiritdilar. Xoqon Bilga vafotidan (734 y.) keyin kuchayib ketgan feodal kurashlar natijasida Ғarbiy turk xoqonligi mayda qismlarga bo’linib ketdi va keyinchalik uning o’rniga Uyg’ur xoqonligi tashkil topdi.
G'arbiy turk xoqonligi harbiy siyosiy jihatdan birmuncha qudratli edi. U11 asrning o’rtalarida unga Sharqiy Turkistondan to Kaspiy dengizigacha bo’lgan yerlar qarardi. Uning ijtimoiy-siyosiy tomondan yuksalishida Marv, Chorjo’y, Buxoro, Samarqand, Choch, Ispijob kabi shaharlarning o’sishi va Xitoy, Eron hamda Vizantiya bilan olib borilgan savdo-sotiq ham sabab bo’ldi. Manbalarda keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda, G'arbiy turk xoqonligi poytaxti Suyabda har yili katta yarmarkalar tashkil etilib, unda ko’pgina xorijiy mamlakatlardan kelgan savdogarlar ham qatnashgan.
G’arbiy turk xoqonligining xalqi xoqon Shabolo Xilishi hukmronligi yillari 10 toifaga bo’lingan. Masalan, Chu daryosining o’ng tarafida istiqomat qiluvchi xalqlar Nushibi (5 toifa), daryoning so’l sohilida istiqomat qiluvchilar esa Dulu (5 toifa) deb atalgan. Ko’p o’tmay bu toifalar o’zlarining mustaqil davlatini tuzib oldilar. Bu o’zaro feodal kurashning kuchayishiga olib keldi. Xitoy qo’shinlari bundan foydalanib, 658 yili Ғarbiy turk xoqonligi yerlariga bostirib kirdilar, lekin uni tamoman bo’ysundira olmadilar. Xoqon Ashina Xudaydao uni yana tiklashga muvaffaq bo’ldi. Biroq katta yer egaligi, o’zaro kurashlar va shimoldagi qo’shni xalqlar, xususan qorliqlarning xurujlari natijasida xoqonlik inqirozga yuz tutdi. VIII asrning ikkinchi yarmida hokimiyat tamoman qorliqlar qo’liga o’tdi. Ular 766 yili Suyabni bosib oldilar va uni o’z poytaxtlariga aylantirdilar.
G’arbiy turk xoqonligi markazlashmagan davlat bo’lib, 15ga yaqin mustaqil hokimliklardan, So’g’dda yuechji xalqidan chiqqan jabg’u, Buxoroda mahalliy buxorxudot, Farg’onada ixshidlar kabilardan tashkil topgan edi.
Xoqonlik tarkibiga kirgan xalqlar bir qismi So’g’d, Xorazm, Toxariston, Farg’ona dehqonchilik, shahar aholisi hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan, uning tog’li va cho’l tumanlarida istiqomat qiluvchi katta qismi esa chorvachilik bilan shug’ullangan.
Arablar istilosi arafasida O’zbekiston mayda-mayda davlatlardan iborat edi. Sharq va xitoy tillarida yozilgan manbalar ma’lumotlariga qaraganda VIII asr boshlarida yurtimizda 15 yaqin mustaqil davlatlar bo’lib, bularning eng kattasi Xorazm, So’g’d, Buxoro, Chag’oniyon, Toxariston, Ustrushona, Choch va Farg’ona hisoblangan. Ularning podshohlari jabg’u (knyaz), xudot, ixshid va ispahbed deb atalardi.
Arablar O’zbekiston hududiga 674-yildan boshlab bostirib kira boshladilar. Bosqinchi qo’shinlarga xalifalikning Xurosondagi noibi Ubaydulloh ibn Ziyod boshchilik qilar edi. O’shanda ular Poykent va Buxoro shaharlari hamda ularning tevarak-atrofidagi tumanlarni talon-taroj qildilar va katta o’lja (1 mln dirham pul, 4000 asir va boshqalar) bilan qaytdilar. Bundan keyin ham arablar O’zbekiston ustiga ko’p marta talonchilik yurishlarini uyushtirdilar.
705-yildan boshlab arablarning O’zbekiston ustiga istilochilik yurishlari kuchaydi. Bunga arablarning Xurosondagi yangi noibi Qutayba ibn Muslim (715-yili hozirgi Andijon viloyatining Jalolquduq tumanida, hozirgi Shurunch mozor, aslida Qilich mozor temir yo’l bekati yonida o’ldirilgan) boshchilik qildi.
Arab qo’shini 706-yili Omul (Chorjo’y), Zamm (Karki), Buxoro hamda Poykent shaharlarini, 709 yili esa Buxoroning mustahkam qal’alaridan Shofurkom (Vardanza)ni, 710 yili esa Kesh va Nasafni zabt etdi. Buxoro, So’g’d, Vardanza va Farg’ona hukmdorlari turklar bilan qo’shilib arab istilochilariga qarshi ittifoq tuzishga harakat qildilar, lekin o’zaro kelishmovchiliklar va ishtiloflar ittifoqning mustahkamlanishiga yo’l bermadi. Qutayba bundan ustalik bilan foydalandi va ular bilan birma-bir kurashda g’alaba qozondi.6
712-yili Qutayba o’zaro ichki kurashlardan foydalanib hiyonatkorona tarzda Xorazmni ham bo’ysundirdi. Samarqand podshohi Ғurak (710-737-yy.) bilan tuzilgan bitim shartlariga binoan Samarqand va So’g’diyona xalqi arablarga har yili 2 million 200 ming dirham miqdorida o’lpon to’lash va arab qo’shiniga 100 ming kishi to’plab berishga majbur etildi. 713-715 yillari Qutayba Choch (Toshkent) hamda Farg’ona viloyatlarini, shuningdek Yettisuv va Koshg’argacha bo’lgan yerlarni bosib oldi.
Arab istilosi O’zbekistonning ijtimoiy-siyosiy va madaniy taraqqiyotiga katta zarar yetkazdi, ko’plab katta va boy shaharlarning kuli ko’kka sovurildi, ming-minglab kishilarning “yostig’i quridi”, Marv, Buxoro, Samarqand va Xorazm kutubxonalarida saqlanayotgan juda ko’p noyob asarlar yo’q qilindi.
Arab istilochilari mahalliy xalqlarni ham majburan islom diniga kiritdilar, mehnatkashlar zimmasiga og’ir soliqlar va jarimalar – xiroj, jizya, zakot yuklatildi, aholining yarim mulki arab qo’shini foydasiga musodara qilindi.
O’zbekiston xalqlari arab istilochilari zulmiga qarshi bir necha bor qo’zg’olon ko’tardilar. VIII asrning o’rtalarida bo’lgan Ishoq turk qo’xg’oloni, 769-776- yillari butun Movarounnahrni larzaga solgan Muqanna (783 yili o’ldirilgan) boshchiligida bo’lib o’tgan qo’zg’olon, 806 yili Rafi’ ibn Lays boshchiligida So’g’dda bo’lib o’tgan dehqonlar qo’zg’oloni shular jumlasidandir.7
Arab xalifaligi tarkibiga kirgan xalqlarning iqtisodiy va madaniy taraqqiyotidagi katta tafovut, ularning etnik jihatdan bir xil emasligi, ular o’rtasidagi iqtisodiy va madaniy aloqalarning zaifligi, ayniqsa, yer-suv va boylikning tobora mahalliy boshliqlar qo’lida to’plana borishi va nihoyat, mahalliy aholi va bosqinchilar o’rtasidagi ziddiyatlarning tobora kuchayib borishi xalq harakatlari va o’zaro kurashni kuchaytirib yubordi. Bu hol, o’z navbatida, arab xalifaligining inqirozini tezlashtirdi. IX asrning birinchi choragida uning zaminida mustaqil mahalliy davlatlar paydo bo’ldi. Masalan, Misrda Tuluniylar (868 y.), Tabaristonda Aliylar (864 y.), Xurosonda Tohiriylar (821 y.), Seistonda Safforiylar (867 y.) va nihoyat, Movarounnahrda Somoniylar (819 y.) hokimiyat tepasiga keldilar. Boshqa o’lkalarda ham shunday ahvol yuz berdi. Qisqasi, 935 yildan boshlab Abbosiylar xalifalikda o’z siyosiy mavqelarini tamoman yo’qotdilar va nomigagina xalifa bo’lib qoldilar.


Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish