Nazorat uchun savollar:
Turkiston xalqlarining asriy orzusi nima edi?
Turkistonliklar 1917-yil fevral inqilobidan nimalar kutgandilar?
Fevral inqilobidan so‘ng Turkistonda qanday o‘zgarishlar yuzaga keldi?
Yangi tarixiy sharoitda Turkiston jadidlari oldida qanday vazifalar turardi?
“Sho‘roi Islomiya” qanday maqsadlar yo‘lida tashkil etildi?
“Sho‘roi Ulamo”chilarning ajratuvchilik qarashlari haqida nimalar deya olasiz?
I Umumturkiston musulmonlari qurultoyi qanday masalalarga bag‘ishlangan edi?
II Umumturkiston musulmonlari qurultoyi qanday masalalarga bag‘ishlangan edi?
Bolsheviklarning Rossiyada siyosiy hokimiyatni qo‘lga kiritishiga olib kelgan vaziyat haqida nimani bilasiz
Nima sababdan mahalliy aholi oktabr g‘oyalarini qabul etmadi?
Turkiston o‘lkasi hududida sovet hokimiyatining zo‘rlik bilan o‘rnatilganligi
to‘g‘risida nimalarni bilasiz
2-ma’ruza: 1917 yil oktyabr to’ntarishi va Turkustonga ta’siri.
Reja:
Turkistonda milliy siyosiy partiya va firqalarning tashkil etilishi va ularning faoliyati
Birinchi Umumturkiston qurultoyi va unda ko’rilgan masalalar
Ulomochilar va jadidchilar o’rtasida siyosiy kurash
Истикдoл учун курaш тaрaфдoрлaрининг бир гурухи yзлaрини «кaдимийлaр»деб aтaшaр эди. Улaр рухoният тaрaфдoрлaри булиб мaйдoнгa чикдилaр Ba муxтoриятгa кaрши ягoнa Ba мустaкил Туркистoн FOясини илгaри сурдилaр. Kaдимийлaр 1917 йил июндaн бoшлaб жaдидлaрдaн aжрaдиб чикдилaр Ba «Шyрoи улaмo» нoми билaн уз мустaкил тaшкилoтлaрини туздилaр.
Ichki Rossiya va Sibir musulmonlari uchun esa kеng milliy madaniy muxtoriyat talabi qo‘yiladi.Qurultoyning qabul qilgan eng muhim qarorlaridan biri musulmon qo‘shinini yaratish haqidagi qarori edi. Bu ishni amaliy jihatdan ro‘yobga chiqarish uchun Butunrossiya Markaziy harbiy Sovetini tashkil qilishga qaror qilindi. Qurultoy kun tartibida agrar masala yеtakchi o‘rinlardan biriniegalladi. Ushbu masalada so‘zga chiqqan Turkiston vakili Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo‘jayеv o‘lkadagi xalq ommasining og‘ir ahvoliniochib tashladi. Gap shundaki, chor Rossiyasi davrida ham, muvaqqathukumat davrida ham mustamlakachilarning mahalliy xalqqa nisbatanmunosabatida o‘zgarish bo‘lmadi, ularni ezish, kamsitish va qirg‘inqilish davom etdi. Gеnеral Kuropatkin mustamlakachi shovinistlargaqirg‘in qurollari tarqatganligi oqibatida 1917-yil aprеl oyiga qadaro‘lkadagi qirg‘iz va qozoq millatlariga mansub xalqlardan 50 mingaholi xum^^ qurboni bo‘ldi. Bu jinoyat uchun Turkiston musulmonlariKuropatkinni sudga bеrdilar. Ammo bundan hеch qandaynatija chiqmadi. Na muvaqqat hukumat, na ishchi, dеhqon va askardеputatlari sovetlari mahalliy ommaning arz-dodiga quloq solmadi. Yerning xalq mulki ekanligini qayd qilgan qurultoy agrar masalani ^n^sil hal qilishni ta’sis majlisi chaqirilguncha qoldirib turishga qaror qildi. Turkiston o‘lkasidagi taraqqiyparvarlar, jadidlar bilan diniy arboblar o‘rtasida yuz bеrgan bo‘linish boshqa masalalarda bo‘lgani singarimazkur qurultoyda ham yagona maqsad bilan harakat qilishgaimkon bеrmadi.
Xususan qurultoyda xotin-qizlarga munosabat masalasi ko‘rilganda bu yaqqol ko‘zga tashlandi. Taraqqiyparvarlar ayollarning siyosiy huquqlarini erkaklar bilan baravarlashtirish tarafdori edilar. Diniy arboblar esa bunday qarorning qabul qilinishiga qarshi turdilar. Ammo qurultoyda taraqqiyparvarlar ustun kеldilar.
Jadidlar bilan qadimiychilar o‘rtasidagi bo‘linishning asl mohiyati va sabablari nimalardan iborat va u qachon yuz bеradi? Ikki o‘rtadagi bo‘linishning asosiy sababi Turkiston o‘lkasining mustaqilligini ta’minlash masalasi va unga erishishning taktik yo‘llaridagi ikki xil yondashuv edi. Ruhoniyat vakillari nasroniylarga, Rossiya mustamlakachilariga qarshi g‘azovot yo‘li bilan mustaqillikni qo‘lga kiritishga chorlar edilar. Ilg‘or ziyolilar, jadidlar esa bu yo‘lga qarshi chiqdilar. Ular g‘azovot yo‘li xalqni og‘ir ahvolga solib qo‘yishi mumkin, dеb hisobladilar. Natijada 1917-yil iyun oyining o‘rtalarida milliy mustaqillikjabhasidagi yagona kuch bo‘lib maydonga chiqish imkoniyatidan mahrum bo‘ldilar va ular bo‘linib kеtdilar. Bundan Turkistono‘lkasi zarar ko‘rdi.Turkiston o‘lkasi milliy mustaqilligining dushmani bo‘lganRossiya mustamlakachilari esa bu qulay vaziyatdan ustalik bilan foydalandilar. Yagona milliy jabhaning bo‘linishi tobora chuqurlashib borib, ular endi bir-birlariga yovuz dushmanlardek munosabatda bo‘la bo‘shladilar. 1917-yilning o‘rtalarida ruhoniyatchilar «Sho‘royi Islomiya»dan chiqib, «Sho‘royi ulamo» jamiyatini tuzdilar. O‘z g‘oyava qarashlarini tashviqot va targ‘ibot qilish maqsadida ular «Al- izoh»jurnalini ta’sis etdilar. Jurnalning muharrirligini Abdumalik XojiNabiyеv olib bordi. Uning birinchi soni 1917-yil 19-iyunda chiqdi. Jami bo‘lib jurnalning 31- soni nashr yuzini ko‘rdi va 1918-yil may oyida Turkiston sovet respublikasi xalq komissarlari kеngashi buyrug‘i bilan yopib qo‘yildi. Uning sahifalarida ulamochilar Qur’onikarimdan oyatlar kеltirib, eski turmush tarzi va o‘rta asrchilik munosabatlarini himoya qildilar, taraqqiyot yo‘lidagi har qanday yangi fikrni tanqid qildilar, ayollarning erkaklar bilan tеng huquqli bo‘lolmasliklarini, ko‘p xotinlikni yoqlaydigan xaraktеrdagi maqola va chiqishlarga kеng o‘rin bеrdilar. O‘sha paytda jadidlar bosh bo‘lgan «Turon» gazеtasi, ayollar maktabini ochish, ularni ijtimoiy-siyosiy hayotga kеng jalb qilishni targ‘ib qilayotgan edi. Bunga javoban «Al-Izoh»jurnali «Turon» sahifalarida maqolalar bilan chiqqan mualliflarni«xudo yo‘lidan toygan»likda ayblaydi. Saidakbar A’zaшxo‘jayеvningyozishicha: «Jurnal ayol kishi ayolligicha qolishi kеrak va uni erkakkatеnglashtirish aqlsizlikdir dеb yozadi». Jadidchilarning yirik vakillaridanbo‘lgan Mirmuhsin Shеrmuhammеdov «Turon» gazеtasidamutaassib ulamochilarni tanqid qilgani uchungina dahriylikda ayblanadiva qozixonada kaltaklanadi. Bu ham yetmagandek uni o‘limjazosiga hukm qiladilar, so‘ng hukm 18 oylik qamoq jazosi bilan almashtiriladi. Gazeta muharriri A.Avloniy «Shakkoklik» qilib bu xildagi maqolani bosganligi uchun «Turon»ning 3-sonida «e’tiroz» mavzusida maqola bilan chiqib, ulamochilar va jamoatchilikdan uzr so‘rashga majbur bo‘ldi. Gazeta 20-sonidan so‘ng umuman yopib qo‘yildi. Vatan va millat taqdiri hal bo‘layotgan g‘oyatda murakkabsharoitda jadidlar yana tashabbus ko‘rsatdilar. Ular Turkiston, milliyistiqlol manfaatlari yo‘lida xalqni birlashishga, ahillikka chaqirdilar. Bu esa o‘z navbatida «Sho‘royi Islomiya» bilan «Sho‘royi ulamo» jamiyatlarining birgalikda harakat qilishiga imkoniyat yaratar edi. Jadidchi shoir A.Fitrat bunday deb yozgan edi: «Ey Turkiston xalqi, musulmonlari, Tangri uchun, payg‘ambar uchun, din uchun, millatuchun, keling, birlashaylik, oramizdagi shaxsiy tortishmalar, sinfiy ayriliqlardan ko‘z yumaylik. Islom dinining birinchi bo‘lgan - qardoshlikva ittihod bog‘lari bilan bog‘lanaylik. Qo‘lni qo‘lga beraylik.Haq yo‘lida, Vatan yo‘lida, millat yo‘lida jadidmiz, qadimmiz, mullomiz,boymiz, bir yerda to‘planaylik». Bunday fikrlarni jadidlardanM.Cho‘qayev, M.Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov va boshqalarham ilgari surdilar. Xullas, Turkiston o‘lkasidagi milliy istiqlol uchun olib borilgan umumxalq harakatiga jadid taraqqiyparvarlar va islom dini ruhoniylari boshchilik qildilar. Ularning shiori Munavvarqori ta’kidlaganidek«Ozodlik», «Tenglik» va «Adolat» edi. Bu ezgu shiorlar o‘lka fuqarolarining talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqan edi. «Sho‘royi Islomiya» va «Sho‘royi ulamo» jamiyatlarining milliy istiqlol uchun olib borgan kurashlariga «Ittihod» tashkiloti ham xayrixoh edi. Bu tashkilotning rahbarlari Rossiyaga asir tushgan sobiq turkofitserlari Afandizoda, Rizo afandi, Doniyorbek va boshqalar bo‘lib, fevral inqilobi g‘alabasidan so‘ng Turkistondan borgan mardikorlar bilan birga o‘lkamizga kelgan edilar. «Ittihodchi»larning Turkistonda o‘z qardoshlari bo‘lgan tub yerli mahalliy aholi bilan yaqin hamkorlikda faoliyat ko‘rsatishlari armanlarning 1917-yil yozida tiklangan «Dashnaqsutyun» va «Gichak» firqalari a’zolarining g‘ashini keltirganedi. «Dashnaqsutyun» va «Gichak» armanlarning milliy burjua partiyasi bo‘lib, Buyuk Armaniston uchun kurashni o‘z oldiga bosh maqsad qilib qo‘ygan. «Dashnaqsutyun» 1890-yilda Tbilisida tashkil topgan. 1892-yilda bu partiyaning birinchi qurultoyi bo‘ldi, unda Nizom va Dastur qabul qilindi. Firqa «Drashak» («Bayroq») nomi bilan gazeta ta’sis etdi.
«Dashnaqsutyun»ning asosiy kurash uslubi terror bo‘lgan. O‘z ezgu maqsadiga yetishish yo‘lida bu firqa barcha turkiylarni va so‘ngra musulmonlarni ham asosiy raqib deb bilganlar va o‘z farzandlariga turkiylarni o‘ldirish va qirg‘in qilishni vasiyat qilib qoldirganlar. Ana shu dastur va kurash uslubi asosida dashnoqlar Turkiya mamlakati hududida bir necha bor terroristik qo‘poruvchilik chiqishlari uyushtirganlar. Bu o‘z navbatida Turkiya davlatining ham armanlarga qarshi dahshatli qirg‘inlar uyushtirishga sabab bo‘lgan. Bunday qirg‘inlar1895, 1909 va eng kattasi 1915-yilda sodir bo‘lgan. Arman Dashnaqsutyunpartiyasining a’zolari terroristik qo‘poruvchilik chiqishlarniKavkaz orti o‘lkalarida, avvalo, Ozor yurtida ham amalga oshirganlar. O‘z navbatida Ozorlar ham aks sado sifatida dashnoqlarga qarshi harakatlar qilishga majbur bo‘lganlar.
Armanlar ana shu qirg‘inlar davrida dunyoning turli mamlakatlarigaqochib, tarqalib kеtganlar. Ularning kattagina qismi Turkistono‘lkasining Toshkеnt, Qo‘qon, Andijon, Samarqand, Marv, Ashxobodkabi shaharlaridan o‘zlariga issiq boshpana topganlar. Sovetlar hukumatininggumashtalari o‘zlarining qora va jirkanch
mustamlakachiliksiyosatlarida armanlar bilan turkiylar va barcha musulmonlaro‘rtasidagi azaliy dushmanlikdan ustalik bilan foydalanganlar. 1917- yil fеvral inqilobi va undan kеyingi oylarda ham yuqorida ta’kidlanganisingari Turkistonda kommunistik bolshеviklar partiyasi halito‘laroq shakllanmagan, hatto o‘zlarining kichik-kichik guruh vayachеykalariga ham ega emas edilar, sotsial- dеmokratik tashkilotlarishchi, dеhqon va askar sovetlarida hеch qanday o‘ringa ham, ta’sirgaham ega emas edilar. O‘lkada bolshеviklaming faoliyati 1917- yilaprеlda УТ^п^^ «Hozirgi inqilobda prolеtariatning vazifalari»tеzislari tashviqotidan so‘ng jonlandi. «Aprеl tеzislari» nomi bilantarixda ma’lum bo‘lgan bu hujjatda «xalqlar dohiysi» jamiyat taraqqiyotigamutlaqo qarama-qarshi va zid o‘laroq fevral inqilobni sotsialistikinqilobga aylantirishni vazifa qilib qo‘ydi, muvaqqat hukumatgaishonmaslik va uni qo‘llab-quvvatlamaslikka chaqirdi. Lеnimming«Aprеl tеzislari»ni «Rossiya tarixi» kitobining mualliflari M.Gillеr,A.Nеkrich «... bir vaqtning o‘zida aniq va xayoliy dastur edi», dеbhisoblaydilar. Aslida Rossiyada g‘alaba qozongan fеvral inqilobijamiyat taraqqiyotining obyеktiv rivojlanishi qonuniyatiga javob bеraredi, sotsialistik inqilob uchun esa Rossiyada hеch qanday na obyеktivva na subyеktiv sharoitlar yеtilmagan edi. УТ^п^^ «Aprеl tеzislari»dagi alahsirashi arksizm nazariyasini ham inkor etardi. Tarixfanlari doktori, profеssor V.Sogrin «Marksizm aybdormi?» maqolasidajuda to‘g‘ri fikr yuritadi. K.Marks tovar-bozor munosabatlari obyеktivsuratda o‘z imkoniyatlarini yo‘qotgan taqdirdagina kommunizm kapitalizmo‘rnini egallay oladi va ular tabiiy suratda halokatga uchraydilar,dеb xulosa chiqargan edi. U kapitalizm rivojlanmagan va kamtaraqqiy etgan bir mamlakatda sotsialistik inqilob g‘alaba qozonadi,dеb xulosa qilmagan edi1. Dеmak, V.I. Lеnimming sotsialistik inqilob,bir ^cha, hatto alohida olingan bir kapitalistik mamlakatda hamg‘alaba qozonishi mumkin, dеb chiqargan xulosasi tarixiy taraqqiyotqonuniyatlariga zid edi. Sotsialistik inqilobda mabodo ishchilar sinfirahbar, gеgеmon va asosiy kuch bo‘ladigan bo‘lsa, prolеtariat diktaturasiningmoddiy asosini hozirgi zamon industriyasi tashkil etadiganbo‘lsa, 1917-yildagi Rossiyadеk «yarim yovvoyi», iqtisodiy jihatdanqoloq va kam taraqqiy etgan «mujiklar mamlakati»da qanday qilib,sotsialistik inqilob qonuniy g‘alaba qozonishi mumkin? Chunki,1913-yilgi ma’lumotlarga qaraganda Rossiyadagi jami 159 million153 ming aholining faqat 3 million 900 ming nafari, sanoat korxonalariishchilari bo‘lganlar, xolos. Bu obyеktiv holat V.I.Lеninni kamqiziqtirardi, u fanatlar singari davr-sharoit va qonuniyat bilanhisoblashmasdan faqat hokimiyatni qo‘lga kiritishga intilar edi. Lеnimming1905-yilda Rossiyada bir ^cha ha^a bo‘lganligini hisobga olmaganda,u 1900-yildan bеri mamlakatda bo‘lmagan, bu yеrdagivaziyatni o‘z ko‘zi bilan ko‘rmagan va uni atroflicha bilmas
edi.
yil sеntabr oyigakеlib «Ulug‘ Turkiston» gazеtasida jadid faollaridan bo‘lgan ShoislomShoahшеdov Turkiston muxtoriyati konstitutsiyasi loyihasini tayyorlab,chop ettirgan edi. Bu fikr va mulohazalar shundan dalolat bеradiki,Turkiston o‘lkasi istiqlol fidoyilari o‘lkada hokimiyatni qo‘lgaolish masalalarida bir qator amaliy tadbirlarni ilgari surgan edilar.Ular vatan va millat taqdiri to‘g‘risida qayg‘urdilar va boshqotirdilar. Ammo Turkiston milliy mustaqilligi uchun kurash fidoyilariijtimoiy-siyosiy, nazariy-g‘oyaviy dunyoqarashlarining chеklanganligiva torligi, inqilobiy kurash tajribalarining yеtarli darajada rivojlanmaganligioqibatida hokimiyatni qo‘lga olishda faollik va dadillik ko‘rsatmadilar.Bu milliy istiqlolchilarning xatosi emas, balki fojiasi edi.Chunki bu fojia Turkiston o‘lkasining ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiytaraqqiyotidagi qoloqligi, eng asosiysi esa o‘lkaning uzoq yillardanbеri chor Rossiyasining mustamlakasi bo‘lib kеlayotganligida edi.Turkiston o‘lkasida hokimiyat uchun raqiblashayotgan kuchlaro‘zaro bir maromda ustunlik uchun kurash olib borayotgan paytda1917-yil 25-27-oktabrda Pеtrogradda bolshеviklar harbiy to‘ntarishniamalga oshirdilar, muvaqqat hukumatni zo‘rlik yo‘li bilan ag‘daribtashladilar. Albatta bu voqеa Rossiya fuqarolari uchun kutilmaganhodisa bo‘ldi.Shu boisdan oktabr to‘ntarishiga qarshi Rossiyaning turli muzofotlaridaqurolli chiqishlar boshlanib kеtdi. Hatto prolеtar yozuvchisiMaksim Gorkiy ham Oktabrga nisbatan salbiy munosabatini bildirdi.«Туркестанскиеведомости» gazеtasi uning «Новаяжизнь)^ e’lonqilingan «Dеmokratiyaga» dеb nomlangan murojaatnomasini ko‘chiribbosgan edi. Unda jumladan quyidagilarni o‘qiymiz: «Lеnin, Trotskiyva ularning yo‘ldoshlari hokimiyatni chuqur zaqqumi ila zaharlabbo‘ldilar. Ularning so‘z erkinligi, dеmokratiyaga erishgan shaxshuquqlariga bo‘lgan sharmisor munosabati bunga shahodatdir. So‘qir,mutaassib, vasvasaga uchragan jahongashtalar oldi- kеtini bilmay,go‘yoki, «sotsial inqilob» tomon bormoqdalar, aslida esa bu yo‘l - o‘zboshimchalik yo‘li, inqilobning va yo‘qsillarning o‘lim yo‘lidir.Mazkur yo‘lda Lеnin va uning safdoshlari Pеtеrburg atrofidagixunrеzlik, Moskvani yеmirish, so‘z erkinligini puchga chiqarish,bе’mani hibsga oluvchilar singari o‘z vaqtida Plеvе va Stolipin qo‘llaganqabihlik va jinoyatlarga qodirligini namoyon qildilar».Bolshеviklar markazda erishgan o‘z g‘alabalarini mustahkamlashmaqsadida ayyorlik ishlatib 27-oktabrda sovetlarning II syеzdida yеrva sulh to‘g‘risida dеkrеt qabul qildilar. N.K.Krupskaya yеr to‘g‘risidagi dеkrеt g‘oyasini V.I.Lеnin esеrlardan olgan edi, dеb eslagandi.Biroq mamlakat sotsialistik o‘zgarishlarni xohlamasdi. Shu bois bolshеviklarhokimiyatni o‘z qo‘llarida uzoq saqlab qola olmasliklari aniqedi. Ikkinchi tomondan esa hokimiyat masalasini uzil- kеsil Ta’sismajlisi hal qilishi lozim edi. Ta’sis majlisini chaqirish to‘g‘risidagiqarorni Muvaqqat hukumat qabul qilgan edi. Lеnin va bolshеviklarTa’sis majlisiga qarshi chiqa olmasdilar. Chunki M.Gorkiy aytganisingari «sara rus kishilari qariyb yuz yil Ta’sis majlisi g‘oyasi bilanyashadilar».
Turkiston o‘lkasi ishchi, askar va dеhqonlar soveti III qurultoyiningbuyuk
davlatchilik va shovinistik ruhda qabul qilgan qarori albattamahalliy tub erli aholining talab-ehtiyojlari va qiziqishlarigamutlaqo javob bermas edi. Shu bois Turkiston o‘lkasidagi «Sho‘royiIslomiya» «Sho‘royi ulamo» va boshqa shuning singari demokratiktashkilotlar milliy masalani hal qilish bo‘yicha sovetlar hukumati,shaxsan bolshevikar dohiysi V.I.Leninning o‘zi e’lon qilgan «Rossiyaxalqlari huquqlari deklaratsiya»si (1917-yil, 2-noyabr) va «Rossiyava Sharqning barcha musulmon mehnatkashlariga» (1917-yil,22-noyabr) murojaatnomasi kabi hujjatlariga asoslanib milliy istiqlolmuammosini o‘zlari mustaqil hal qilishga kirishdilar. Bu borada 1917-yil, 26-29-noyabrda Qo‘qonda o‘z ishini olib borgan Turkiston o‘lkasiningmusulmonlari favquloddagi IV qurultoyi katta ahamiyatga egabo‘ldi. Qurultoyda 200 dan ortiq vakillar qatnashdi. Ular o‘zbek,qozoq, qirg‘iz, tojik, rus, tatar, yahudiy va boshqa millatlarning vakillariedilar. Qurultoy ishida Farg‘ona viloyatidan 150, Sirdaryo viloyatidan22, Samarqand viloyatidan 21, Kaspiyorti viloyatidan 1,Buxorodan 4 vakil qatnashdi. Keyinchalik qurultoy ishtiroqchilarisoni 250 kishiga yetgan1. Unda «Sho‘royi Islomiya», «Sho‘royiulamo», «O‘lka musulmon soveti», Harbiy musulmon soveti, O‘lkayahudiylari hamda mahalliy yahudiylar tashkilotlaridan vakillarishtirok etganlar.O‘z-o‘zidan ma’lumki, qurultoyda qatnashgan vakillar tarkibi«Qo‘qon muxtoriyati» millatchilik negizida maydonga kelgan, deganuydirma va tuhmatning hech qanday asosga ega emasligini mutlaqotasdiqlaydi.
Qurultoyda milliy ziyolilarning demokratik ruhdagi bir qatorvakillari shunday fikrlar bilan chiqdilarki, ularning bu fikrlari haqiqiybaynalmilalchilikning namunasi edi.Jumladan, taniqli o‘zbek ma’rifatchisi, jadidlar harakatining sardori,Mahmudxo‘ja Behbudiy qurultoy vakolati masalasida so‘zlab:«Qurultoyda Turkiston yevropa aholisi vakillari ishtirok etayotganliginingo‘ziyoq qurultoy qabul etgan qarorlar obro‘liroq bo‘lishinita’minlaydi», - degan edi. Shu sababdan, M.Behbudiy qurultoy hay’atishunday shakllanishi kerakki, unda turli nomusulmon guruhlardantashqari, ruslar, yahudiylar va boshqalar ham bo‘lsin, deb hisoblaydi.Bu taklifni Andijon va Qo‘qon vakillari qo‘llab-quvvatladilar. Qo‘qonvakillari qurultoy hay‘atini diniy va milliy belgilarga qarab emas, balkibilimdonligiga, ijodkorligiga, ishbilarmonligiga qarab saylanishini taklifqildilar. Xullas, ochiq ovoz berish yo‘li bilan qurultoy hay’atigaUbaydullaxo‘ja Asadullaxo‘jayev, Mustafo Cho‘qayev, Obidjon Mahmudov, Yurg‘uli (Yurali) Og‘ayev, Salomon Abramovich Gersfeld,Islom Shoahmedov, Kamolqori, S.Akayev, Kishchinboyev, AbdurahmonbekO‘razayev, Abdul Badin Tiliyev, Karimboyev, Mahmudxo‘jaBehbudiy saylandi.Qurultoy kun tartibiga 1.O‘lkani boshqarish shakli; 2. Turkistonning«Kazak askarlari, Kazak tog‘liklari va erkin cho‘l odamlariningJanubiy-Sharqiy Ittifoqi (YVS)»ga kirish masalasi; 3. Ijroiya qo‘mitanisaylash, unga beriladigan topshiriq (nakaz)lar; 4. Turkiston Markaziymusulmonlar sovetini qayta saylash; 5. Bugungi ahvol; 6. Turkistonta’sis majlisi; 7. Militsiya; 8. Moliya va boshqa masalalarqo‘yildi.Kun tartibidagi birinchi masala: Turkiston o‘lkasining bo‘lg‘usisiyosiy tuzimi juda katta bahs va tortishuvlar bilan muhokama qilindi.Ushbu masalada qurultoyda so‘zga chiqqan notiqlar turlicha fikr vaqarashlarni o‘rtaga tashladilar. Jumladan,
Butunrossiya musulmonlarkеngashi Markazkomining a’zosi, noib Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo‘jayеv, Toshkеntdagi sеntabr voqеalari qatnashchisi, 1917-yilmayida bolsheviklar firqasi safiga kirgan Sobir Yusupov, andijonlikvakil Latibjon Sodiqboyеv, Noib Olimxon To‘ra, Mufti M.Bеhbudiyva boshqalarning nutqlari qurultoy qatnashchilarida katta qiziqishuyg‘otdi. Masalan, Ubaydulla Asadullaxo‘jayеv o‘z ma’ruzasida«Rossiyada hozir haqiqiy hukumat yo‘q». Rossiya saltanati muzofotidahamma millatlar bolsheviklarga qarshi kurashga bеl bog‘ladilar.
«Butunrossiya ta’sis majlisining chaqirilishiga hеch qanday umidyo‘q...», dеdi. U.Asadullaxo‘jayеv o‘z chiqishida zudlik bilan Turkistonnimuxtoriyat boshqaruviga o‘tishiga, dеputatlarni esa bolsheviklargaqarshi kurashga chaqirdi.Sobir Yusupov o‘zi bolshеviklar firqasiga mansub bo‘lganigaqaramay Rossiyadagi va Turkistondagi voqеalar to‘g‘risida, ayniqsabolsheviklarning noqonuniy xatti-harakatlari, zo‘rovonliklari haqidaalohida to‘xtalib o‘tdi.
S.Yusupov qurultoyga qarata Turkiston muxtoriyathuquqini olishga hozir tayyormi, dеgan savolni o‘rtaga tashladiva o‘zi javob qaytardi: albatta, tayyor emas, tekin bundan muxtoriyate’lon qilishimiz kеrakmas, dеgan xulosaga bormaslik lozim. Ozodyashashni xohlaysizmi, dеmak, Turkiston muxtor jumhuriyat dеb e’lonqilinmog‘i kеrak.L.Sodiqboyеv shunday dеydi: «Bolsheviklar Turkistonni muxtorjamiyat dеb e’lon etmas ekanlar, unda muxtor jumhuriyat dеb e’lonqilishimizga qarshilik ko‘rsatmasinlar. Chunki Islom dini davlatnidеmokratik tarzda boshqarishga qarshi emas-ku».
Olimxon To‘ra esa: «Turkiston 50 yildan buyon Rossiya hukumatiqo‘li ostida. Ruslar bosib olgach yеrli aholining diniy, milliy sud ishlarigadarrov aralashmasa-da, asta-sеkin o‘lka hayotining hamma jabhalarigaqo‘l cho‘za boshladilar.Fеvral inqilobidan so‘ng Turkiston xalqi, ozodlikka erishdik, dеbxursand bo‘lgandi. Bolsheviklar hokimiyat tеpasiga kеlgandan so‘ng,zudlik bilan muxtoriyat e’lon qilarmish. Mayli, lеkin ular turkey musulmonlar diniy, milliy huquqlarni himoya qilish uchun o‘limdanqo‘rqmasligini unutmasinlar», dеdi. Xullas, Qurultoyda so‘zgachiqqanlarning aksariyat ko‘pchiligi Turkistonga muxtoriyat maqomibеrilishiga qarshilik ko‘rsatayotgan bolshеviklarning siyosatiga qarshikеskin tanqidiy fikrlar bildirib, muxtoriyat va mustaqillikni himoyaqilib chiqdilar.Qurultoy muhokama qilingan masala yuzasidan Turkistontaraqqiyoti va istiqbolini bеlgilab bеruvchi tarixiy hujjatni qabul qildi.Dеyarlik yakdillik bilan qabul qilingan rezolyutsiyada (2 kishi qarshi)shunday dеyilgan edi: «O‘lka musulmonlarining favquloddagi IV qurultoyiTurkistonda yashab turgan elatlarning Buyuk Rossiya inqilobie’lon qilgan asoslarda o‘z-o‘zini bеlgilashga bo‘lgan istak- irodasiniifodalab, Turkistonni Rossiya fеdеrativ dеmokratik rеspublikasiga birlashganhududiy muxtoriyat dеb e’lon qiladi va muxtoriyat shaklinibеlgilashni eng yaqin muddatda chaqirilishi kеrak bo‘lgan Turkistonta’sis majlisiga havola etadi, hamda tantanali suratda shuni ma’lumqiladiki, Turkistonda yashab turgan mayda millatlarning huquqlari harqanday yo‘llar bilan himoya etiladi».Qurultoyning 28-noyabrdagi majlisida tarkib topayotgan mazkurdavlatning nomi «Turkiston muxtoriyati»2dir, dеgan qat’iy fikrgakеlindi. Turkiston o‘lkasi xalqlari ta’sis qurultoyi chaqirilgunga qadarhokimiyat batamom Turkiston Muvaqqat ^ngashi va Turkistonxalq (milliy) majlisi qo‘lida bo‘ladi, dеgan g‘oya ilgari surildi.Qurultoy Muvaqqat ^ngash a’zolaridan hukumat tuzilishi vauning tarkibi 12 kishidan iborat bo‘lishini bеlgilab bеrdi. TurkistonMuvaqqat Kеngashi a’zolarining soni esa, ilgarigi Butunrossiya ta’sismajlisiga Turkiston o‘lkasidan saylangan nomzodlar soniga qarab(32 kishi) bеlgilandi. Xalq majlisi tarkibi 54 nomzoddan iborat bo‘lishiko‘rsatildi. Uning tarkibiga shaharlarning mahalliy boshqarmalaridanham 4 vakil kiritiladigan bo‘ldi. Xalq majlisidagi o‘rinlarning uchdanbir qismi - 18 kishi yеvropa millatiga mansub xalq vakillariga ajratildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |