2-Mavzu:
Rus olimlarining 1917 yilgacha olib borgan ilmiy izlanishlari haqida nimani bilasiz?
Buxoro Saroy tarixchisi Muxammad Yoqub «Gulshan ul muluk» asari haqida gapirib bering?
Saroy tarixchilari Munis va Ogaxiy haqida ma'lumot bering?
Rus sharqshunosligining mahalliy tarixchiligiga ta’siri qanday bo`lgan?.
O’lkani o’rganishda rus sharqshunoslarining o’rni haqida ma'lumot bering?
Narshaxiyning Buxoro tarixi asari (tarjima N.S Likoshin) haqida nimani bilasiz?
V.V. Bartol’dning ulka tarixini o`rganishdagi roli haqida ma'lumot bering?
Rus olimi M. V. Lomonosov o`z o`lkasini mukammal o`rganish maqsadida 1761 yili 30 savoldan iborat javob varaqasi tuzib, aholi o`rtasida tarqatgan edi. Ayni vaqtda bu bilan o`lkashunoslik faniga asos solingandi. O`lkani o`nganish masalasi O`rta Osiyo, shu jumladan O`zbekiston hududida Rossiyadan anchagina keyinroq, ya`mi XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlanadi. Rus olimlari O`rta Osiyoning chorizm tarafidan bosib oliiishidan ancha ilgari bu o`lkani o`rganishbo`yicha bir qancha ishlar qilgan edilar. Biroq, XIX asrning birinchi yarmidagi o`lkani o`rganish, ya`ni mahalliy tarixchilik ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotdagi biqiqliqka mos bo`lib, feodal tuzum manfaatlari uchun xizmat qilar edi. Tarix fanidan feodal sinfining manfaatlari, xonlar va ular sulola-sining taxtga egaligi va «odilligi»ni mafkuraviy jihatdan asoslash uchun foydalanib kelindi. Saroy tarixchilari o`zlarining asosiy e`tiborlarini siyosiy voqeliklarni xonlarning faoliyati va o`z raqiblari ustidan qozongan g`alabalarini ko`klarga ko`tarib maq-tash, saroydagi an`analarni tasvirlashga qaratdilar. Chunki zamon o`zi shunaqa edi. Natijada bu davr tarixchiligining mavzui jahon tarixchiligi mavzusidan bir qadar ajralib qoldi.
X1X asrning 30-yillarida Buxoro saroy tarixchisi Muhammad Yoqub yozgan «Gulshan ul-muluk» nomli asar o`sha davr tarixiy manbalaridan biri hisoblanadi. Bu asar fors-tojik tilida yozilgan bo`lib, unda qadimgi zamonlardan to XIX asrning 30- yillarigacha bo`lgan Buxoro amirligidagi siyosiy voqealar bayoni beriladi. Asarda saroy voqeliklari, xukmron sinflar tarixi, o`zaro urushlar, unda erishilgan g`alabalar, xonlikning keyingi sulolasining genealogiyasi (nasabnomasi) ifodalanib, jamiyatning rivojlanishida asosiy kuch bo`lgan xalq ommasining ahvoli, uning tilak-orzulari, xalq harakatlari va bu harakatning tub mohiyatini yoritishga bo`lgan intilishni deyarli ko`rmaymiz.
XIX asrning birinchi yarmida Xiva xonligida yozilgan tarixiy manbalardan eng muhimi Munis va Ogahiylarning asarlari hisoblanadi. Munis (1778—1829) ning otasi Avazbiy mirob Xiva xoni eltuzarga qadar ham, uning hukmronligi vaqti (1804—1806) da ham saroy xizmatida bo`ladi. eltuzarxonning hukmronligi vaqtida Munis saroy xizmatiga kiradi va xonning topshirig`i bilan o`zining «Firdavs ul-iqbol» nomli mashhur tarixiy asarini yozadi. eltuzarxon SHermuhammad Munisga bu asarni Firdavsiyning «SHohnoma» asaridan ustun qilib yaratishni xam uqtiradi. Munis asari o`zbek tilida yanatilgan.Xiva xonligining XVI —XVII asrlardagi tarixining yoritishda Abulg`ozining asarlaridan foydalanadi. Xiva xonligining XVIII asrdagi tarixiga oid voqealarni o`z ko`zi bilan ko`rgan kishilar, ayniqsa, otasining bergan ma`lumotlari asosida ezadi. XVIII asrning ikkinchi yarmidagi eng muhim voqealarni, 1812 yilgacha bo`lgan tarixiy voqealarni tasvirlash paytida unga xon tomonidan boshqa vazifa, ya`ni Mirxondning mashhur asari «Ravzat us-safo»ni fors tilidan o`zbek tiliga tarjima qilish topshiriladi. Munis bu asarning birinchi kitobini tamomlab, ikkinchisini yozayotgan vaqtida to`satdan vafot etadi. SHunday qilib, u qo`lyozmaning tarjimasini ham, o`z asarini ham tamomlay olmaydi. Muhammad Rizo Ogahiy (1809 — 1864) Xiva xoni Olloquli (1825 — 1842) ning topshirig`i bilan asarni davom ettirib, 1827 yillargacha bo`lgan voqealarni yozadi. So`ngra u 1826—1842 yillardagi voqealar yoritilgan «Riyoz ud-davla», 1842 — 1845 yillardagi tarixiy voqealar yoritilgan «Zubdat ut-tavorix», 1846—1855 yillardagi voqealar yoritilgan «Jomi`ul-voqeoti sultoniy», 1856—1865 yillardagi voqealar yoritilgan «Gulshan davlat» nomli asarlarni yozadi. Ogahiy «SHohidi iqbol» nomli beshinchi asarini Xiva xoni Muhammad Rahimxon davri (1865 —1910)ga bag`ishlaydi. asar tamomlanmay, 1872 yili voqealari bilan tugaydi. Munis va Ogahiylar saroy tarixchilari bo`lsalarda, ularning asarlari o`zining dalillarga boyligi, xronologik izchilligi, o`zida aks ettirilgan siyosiy voqealarning to`liq bayoni jihatdan o`sha davrdagi Buxoro va Qo`qon saroy tarixchilaridan birmuncha yuqori turadi.
4. Rus sharqshunosligi o`zining g`oyat katta ilmiy faoliyati bilan mahalliy tarixchilikka shubhasiz katta ta`sir ko`rsatdi. Rus sharqshunoslari O`rta Osiyo tarixi yuzasidan jiddiy tadqiqot ishlari olib borish bilan birga, bu ishga erli tarixchi havaskorlarni ham jalb qilish, ular bilan hamkorlikda ish olib borishga hdrakat qildi. Turkistonga kelgan sharqshunoslar mahalliy tarixchi va xdvaskorlar o`rtasida yurib va yashab, O`rta Osiyo tarixi xdqida muhim ma`lumotlar va asarlarni to`pladilar va shu haqda tushuntirish ishlari olib bordilar. Toshkentlik tarixchi Muhammad Solih qoraxo`ja o`g`li o`zining «Tarixi jadidai Toshkand» degan asarida Iskandar to`ra ismli bir rus olimining uyiga kelgani, u bilan suhbatlashgani va O`rta Osiyo tarixiga oid ko`p savollar berib, bahslashgani hdqida yozadi. Iskandar to`ra aslida Aleksandr Kun bo`lib, mahalliy xalq qadimdan Aleksandr ismini Iskandar deb atashadi.
5. XIX asrning ikkinchi yarmida o`rta Osiyo Chor askarlari tarafidan bosib olingach, bu erga rus olimlari kelib ko`plab tadqiqot ishlarini olib bordilar. Shunday murakkab va og`ir sharoitda ham o`lkashunoslar o`z fikr va mulohazalarini erkin bayon etishga harakat qilganlar. O`rta Osiyoga kelgan olimlar o`lkadagi ilg`or mahalliy ziyolilarning namoyandalari bilan yaqin aloqada bo`lardilar. Mustamlaka ma`muriyati O`rta Osiyo xalq ommasining milliy ongini o`stirishga yordamlashishni aslo ma`qul ish deb bilmasdi, aksincha, mahalliy xalq ommasi o`rtasida tarixiy bilimlarni biroz darajada keng targ`ib etish, ular diqqatini qadimgi zamon yodgorliklarini o`rganishga tortish va hokazolar chorizmning mustamlakachilik siyosatiga faqat zarar etkazishi mumkin, deb qo`rqardi. O`rta Osiyoning yangi-yangi hududlarida Rossiya hukmronligining o`rnatilishi, ularning Umumrossiya iqtisodiy taraqqiyoti yo`liga qo`shib yuborilganligi munosabati bilan turmushning o`zi ilmiy tadqiqotlar o`tkazish zarurligini taqozo qilardi. O`rta Osiyoning durustroq o`rganilmaganligi mustamlaka ma`muriyatining ishlarini qiyinlashtiradi. Ilmiy tadqiqotlardan ba`zi birlari o`zlarining ko`p yillik tarixiga, o`z urf-odatlari, xususiyatlari, turmush tarziga ega bo`lgan million-million O`rta Osiyo xalqlari ommasini ekspluatatsiya qilish tizimini to`g`ridan-to`g`ri uyushtirishga yordam berishi lozim edi.
6. O`rta Osiyo tarixiga oid eng muhim manbalardan biri Muhammad Narshaxiyning «Buxoro tarixi» (X asr) asari N. S. Likoshin tomonidan rus tiliga tarjima qilinib, 1897 yilda nashr etilishi (V. V. Bartol’d tahriri ostida) katta ahamiyatga ega bo`ldi. Бухоро — қадимий, тарихий, ёдгорликларга бой шаҳар. Наршахий Бухоронинг Нумижкат, Бумискат, Мадинат ус — Суфрия, яъни «Мис шаҳар», Мадинат ут — тужжор, яъни «Савдогарлар шаҳри» деган номлари борлигини айтади: «Бухоро,— деб давом этади тарихчи,— деган ном у номларнинг ҳаммасидан маъқулроқдир. Хуросон шаҳарларидан биронтаси ҳам бунчалик кун номга эга эмас. Бир ҳадисда Бухоро номи Фохира булиб долган. Чунки «Қиёмат» куни Бухоро шаҳрини узида шаҳидларнинг куплиги билан фахр қилади». Бухоронинг Фохира дейилиши динга қорилган афсона, албатта, иккинчидан, араб графикаси оқибатидир. Бухоро номи «Абдулланома» ва бошқа бир қатор асарларда «Вихара» тарзида келтирилиб, оташгтарастлар ибодат қиладиган жой таърифланади. Унинг этимологияси ҳам бор..
7. O`rta Osiyo tarixi va arxeologiyasi XX asr boshidan chuqurroq tekshirila boshlandi. Bunda birinchi va rahbarlik o`rnida, shubhasiz, g`oyat bilimdon olim, mashhur sharqshunos akademik V. V. Bartol’d (1869-1930) turgan edi. U sharq tillarini yaxshi bilganidan xamisha uning ilmiy faoliyati markazida turgan. O`rta Osiyo tarixinigina emas, shu bilan birga, butun «musulmonlar SHarqi» tarixiga ham oid juda ko`p birinchi manbalarni puxta o`rganish imkoniyatiga ega bo`ldi. Uning «Turkiston Mo`g`ullar xuruji davrida»"(1898 — 1900 yillar) singari asarlari puxta to`plangan, tadqiq qilingan, asl nusxali ma`lumotlarga boyligi jihatidan O`rta Osiyoning o`tmishini o`rganishda fanga qo`shilgan g`oyat katta hissadir. V. V. Bartol’dning «Ulug`bek va uning zamoni», «Turkistonning sug`orish tarixiga doir» nomli asarlari va boshqa ko`p kitob, maqola, tadqiqot va mulohazalari g`oyat qimmatli va o`z axamiyatini yo`qotmagan asarlardir. V. V. Bartol’dda katta tashkilotchilik qobiliyati ham bor edi. Darhaqiqat, O`rta Osiyoning tarixi va arxeologiyasini o`rganish sohasidagi biron kattaroq tadbir V. V. Bartol’d ishtirokisiz bo`lmagan. V V. Bartol’d o`zining 1894 yilda bosilib chiqqan «Turkistonda arxeologik tadqiqotlar masalasiga doir» kitobida o`lkani jiddiy ravishda o`rganish hali oldimizda turibdi, bu ishda bosh rolni mahalliy ilmiy kuchlar o`ynamog`i lozim, degan edi. Uning taklifi bilan 1895 yili oktyabr’ oyida Turkiston arxeologiya xavaskorlari to`garagi va uning nizomi tasdiqlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |