Tarix va falsafa kafedrasi o`zbekiston tarixi fanidan o`quv uslubiy majmua denov-2021



Download 0,58 Mb.
bet5/25
Sana03.06.2022
Hajmi0,58 Mb.
#631944
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
Oquv uslubiy majmua Ozbekiston tarixi 3 kurs (2)

Nazorat uchun savollar:



  1. Turkiston xalqlarining asriy orzusi nima edi?

  2. Turkistonliklar 1917-yil fevral inqilobidan nimalar kutgandilar?

  3. Fevral inqilobidan so‘ng Turkistonda qanday o‘zgarishlar yuzaga keldi?

  4. Yangi tarixiy sharoitda Turkiston jadidlari oldida qanday vazifalar turardi?

  5. “Sho‘roi Islomiya” qanday maqsadlar yo‘lida tashkil etildi?

  6. “Sho‘roi Ulamo”chilarning ajratuvchilik qarashlari haqida nimalar deya olasiz?

  7. I Umumturkiston musulmonlari qurultoyi qanday masalalarga bag‘ishlangan edi?

  8. II Umumturkiston musulmonlari qurultoyi qanday masalalarga bag‘ishlangan edi?

  9. Bolsheviklarning Rossiyada siyosiy hokimiyatni qo‘lga kiritishiga olib kelgan vaziyat haqida nimani bilasiz

  10. Nima sababdan mahalliy aholi oktabr g‘oyalarini qabul etmadi?

  11. Turkiston o‘lkasi hududida sovet hokimiyatining zo‘rlik bilan o‘rnatilganligi

to‘g‘risida nimalarni bilasiz


3-ma’ruza: Umum Turkuston musulmonlarning birinchi va ikkinchi qurultoylari
Reja:

  1. Butunturkiston musulmonlarining III va IV qurultoyi va unda ko’rilgan masalalar

  2. Turkiston muxtoriyatining tashkil etilishi va uning boshqaruv tizimi

  3. Turkiston muxtortiyatinming xalq tomonidan qo’llab qo’vvatlanishi

Turkiston o‘lkasi ishchi, askar va dehqonlar Kengashi III qurultoyining ulug‘ davlatchilik va shovinistik ruhda qabul qilgan qarori mahalliy aholining talab-ehtiyojlari va qiziqishlariga mutlaqo javob bermas edi. Shu bois Turkiston o‘lkasidagi «Sho‘roi Islomiya», «Sho‘roi ulamo» va boshqa shuning singari demokratik tashkilotlar milliy masalani hal qilish bo‘yicha Sho‘rolar hukumati, shaxsan bolsheviklar dohiysi V. I. Leninning e’lon qilgan «Rossiya xalqlari huquqlarining deklarasiyasi» (1917-yil 2-noyabr) va «Rossiya va Sharqning barcha musulmon mehnatkashlariga» (1917-yil 22- noyabr) murojaatnomasi kabi hujjatlariga asoslanib milliy istiqlol muammosini o‘zlari mustaqil hal qilishga kirishdilar. Bu borada



  1. yil 26-29 noyabrda Qo‘qonda o‘z ishini olib borgan Turkiston o‘lkasining musulmonlari favquloddagi IV qurultoyi katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Qurultoyda 200 dan ortiq vakillar qatnashdi. Ular o‘zbek, qozoq, qirg‘iz, tojik, rus, tatar, yahudiy va boshqa millatlaming vakillari edilar. Qurultoy ishida Farg‘ona viloyatidan-150, Sirdaryo viloyatidan-22, Samarqand viloyatidan-21, Kaspiyorti viloyatidan-4, Buxorodan-2 vakil qatnashdi'. Unda «Sho‘roi Islomiya», «Sho‘roi Ulamo», «0‘1ка musulmon Sho‘rosi», Harbiy musulmon Sho‘rosi, 0‘lka yahudiylari hamda mahalliy yahudiylar tashkilotlaridan vakillar ishtirok etganlar1. Qurultoyda qatnashgan vakillar tarkibi «Qo‘qon muxtoriyati» millatchilik negizida may donga kelgan, degan uydirma va tuhmatning hech qanday asosga ega emasligini toiig‘icha tasdiqlaydi.

Qurultoyda milliy ziyolilaming demokratik ruhdagi bir qator vakillari shunday fikrlar bilan chiqdilarki, ulaming bu fikrlari haqiqiy baynalmilalchilikning namunasi edi. Jumladan, taniqli o‘zbek ma’rifatchisi, jadidlar harakatining sardori Mahmudxo‘ja Behbudiy qumltoy vakolati masalasida so‘zlab bunday degan edi: «Qurultoyda Turkiston Yevropa aholisi vakillari ishtirok etayotganligining o‘ziyoq qurultoy qabul etgan qarorlar obro‘liroq bo‘ladi». Shu sababdan M. Behbudiy, qurultoy hay’ati shunday shakllanishi kerakki, unda turli nomusulmon guruhlardan tashqari, ruslar, yahudiylar va boshqalar ham bo‘lsun, deb hisoblaydi. Bu taklifni Andijon va Qo‘qon vakillari qo‘llab-quwatlaydilar. Qo‘qon vakillari qurultoy hay’atini vakillaming diniy va milliy belgilarga qarab emas, balki bilimdonligiga, ijodkorligiga, ishbilarmonligiga qarab saylanishini taklif qildilar. Xullas, ochiq ovoz berish yo‘li bilan qurultoy hay’atiga Ubaydulla Xo‘jayev, Mustafo Cho‘qayev, Obidjon Mahmudov, Hidoyatbek Yurguli-Og‘ayev, Salomon Gers- feld, Islom Shoahmedov, Kamolqozi, S.Akayev, Kishchinboyev, Abdurahmonbek 0‘razayev, Abdul Badin, Tiliyev, Karimboyev, Mahmudxo‘ja Behbudiylar saylandilar2.
Qurultoy kun tartibida quyidagi masalalar bor edi: 1. 0‘lkani boshqarish shakli. 2. Turkistonning «Kazr1; askarlari, Kavkaz tog‘liklari va erkin cho‘l odamlarining Janubi-Sharqiy Ittifoqi (YuVS)»ga kirishi masalasi. 3. Ijroiya qo‘mitani saylash, unga beriladigan topshiriq (nakaz)lar. 4. Turkiston Markaziy musulmonlar sho‘rosini qayta saylash. 5. Bugungi ahvol. 6. Turkiston ta’sis majlisi.

  1. Militsiya. 8. Moliya va boshqa masalalar3.

Kun tartibidagi birinchi masala - Turkiston o‘lkasining bo‘l- g‘usi siyosiy tuzumi juda katta bahs va tortishuvlar bilan muho- kama qilinadi. Qurultoyda so‘zga chiqqan notiqlar turli fikrlami o‘rtaga tashladilar. Jumladan, Butunrossiya musulmonlar kengashi Markazqo1 mining a’zosi, noib Ubaydulla Xo‘jayev, Toshkent- dagi sentabr voqealari qatnashchisi, 1917-yil mayida bolshevik­lar partiyasi safiga kirgan Sobir Yusupov, andijonlik vakil Latib- jon Sodiqboyev, noib Aminjon To‘ra, Mufti M.Behbudiy va boshqalaming nutqlari qurultoy qatnashchilarida katta qiziqish uyg‘otadi. Masalan, Ubaydulla Xo‘jayev o‘z ma’ruzasida: «Rossiya- da hozir haqiqiy hukumat yo‘q. Rossiya saltanati muzofotida hamma millatlar bolsheviklarga qarshi kurashga bel bog‘ladilar. Butunrossiya ta’sis majlisining chaqirilishiga hech qanday umid yo‘q..», deydi. Ubaydulla Xo‘jayev o‘z chiqishida zudlik bilan Turkistonning muxtoriyat boshqaruviga o‘tishiga, deputatlami esa bolshevoylarga qarshi kurashga chaqirdi.
Sobir Yusupov o‘zi bolsheviklar partiyasiga mansub bo‘lganiga qaramay, Rossiyadagi va Turkistondagi voqealar to‘g‘risida, ayniqsa, bolshovoylaming noqonuniy xatti-harakatlari, zo‘ravonliklari haqida alohida to‘xtalib o‘tdi. S.Yusupov qurultoyga qarata «Turkiston muxtoriyat huquqini olishga hozir tayyormi?» - degan savolni o‘rtaga tashlaydi va o‘zi javob qaytaradi: «Albatta, tayyor emas, lekin bundan muxtoriyat e’lon qilishimiz kerakmas, degan xulosaga bormaslik lozim. Ozod yashashni xohlaysizmi? Demak, Turkiston muxtor jumhuriyat deb e’lon qilinmog‘i kerak».
L.Sodiqboyev shunday deydi: «Bolshevoylar Turkistonni muxtor jamiyat deb e’lon etmas ekanlar, unda muxtor jumhuriyat deb e’lon qilishimizga qarshilik ko‘rsatmasinlar. Chunki, Islom dini davlatni demokratik tarzda boshqarishga qarshi emas-ku».
AminxonTo‘raesa: «Turkiston 5 O-yildanbuyon Rossiya hukumati qo‘li ostida. Rusiya bosib olgach, yerli aholining diniy, milliy sud ishlariga darrov aralashmasa-da, asta-sekin o‘lka hayotining hamma jabhalariga qo‘l cho‘za boshladilar.
Fevral inqilobidan so‘ng Turkiston xalqi, ozodlikka erishdik, deb xursand boigandi. Bolshevoylar hokimiyat tepasiga kelgandan so‘ng zudlik bilan muxtoriyat e’lon qilish zaruriyati tug‘ildi. Aytishlaricha, bolshevoylar urush e’lon qilarmish. Mayli, lekin ular turkiy musulmonlar diniy, milliy huquqlami himoya qilish uchun o‘limdan qo‘rqmasligini unutmasinlar», deydi.
Xullas, qurultoyda so‘zga chiqqanlaming ko‘pchiligi Turkis- tonga muxtoriyat maqomi berilishiga qarshilik ko‘rsatayotgan bolsheviklaming siyosatiga qarshi keskin tanqidiy fikrlar bildirib, muxtoriyat va mustaqillikni himoya qilib chiqdilar.
Qurultoy Muvaqqat Kengash a’zolaridan hukumat tuzilishi va uning tarkibi 12 kishidan iborat boiishini belgilab berdi. Turkiston Muvaqqat Kengashi a’zolarining soni esa, ilgari Butunrossiya Ta’sis Majlisiga Turkiston o‘lkasidan saylangan nomzodlar soniga qarab (32 kishi) belgilandi.
Xalq majlisi tarkibi 54 nomzoddan iborat bo‘lishi ko‘rsatiladi. Uning tarkibiga shaharlaming mahalliy boshqarmalaridan ham 4 vakil kiritiladi. Xalq majlisidagi o‘rinlaming uchdan bir qismi - 18 kishi Yevropa millatiga mansub xalq vakillariga ajratildi4. Bu hoi muxtoriyatchilaming insof, diyonat va iymon asosida haqiqat, adolat va demokratiyaning yuksak cho‘qqisida turib faoliyat ko'rsatganliklarining yorqin namunasidir. Chunki o‘sha davrda Yevropa millatlariga mansub aholi Turkiston o‘ lkasidagi umumiy aholi soniga nisbatan 4,5-5 foizni tashkil etgani holda Xalq majlisida ularga 3/1 o‘rin ajratilgan edi. Darvoqe, Turkiston o‘lkasi Ta’sis Majlisiga saylovlar haqidagi Nizom loyihasida ham nomzodlar umumiy soni 234 o‘rin bo‘lgani holda, uning ikki guruhga - musulmonlar va nomusulmonlar guruhiga ajratilishi ham ana shu o'lchov va andozadan kelib chiqqan edi. Yevropa millatiga mansub xalq vakillariga bu yerda ham 3/1 o‘rin ajratilganligi diqqatga molikdir. Nihoyat uzoq va bahsli tortishuvlardan so‘ng Qurultoyda Muvaqqat hukumat saylandi.
Uning tarkibiga 8 kishi kiritildi:

  1. M.Tinishpayev - bosh vazir, ichki ishlar vaziri, 2-chaqiriq Dav­lat Dumasining a’zosi, Turkiston Muvaqqat hukumati qo‘mitasining a’zosi, yo‘l muhandisi.

  2. Islom Sulton o‘g‘li Shoahmedov (Shagiahmedov) - bosh vazir o‘rinbosari, Butunrossiya musulmonlari kengashi Markaziy qo‘mitasining a’zosi, huquqshunos.

  3. Mustafo Cho‘qayev - Turkiston Musulmonlari kengashi Markaziy qo‘mitasining raisi, huquqshunos.

  4. Ubaydulla Xo‘jayev - Harbiy vazir, Butunrossiya musulmonlar kengashi MQ a’zosi, huquqshunos.

  5. Hidoyatbek Yurguli Og‘ayev - yer va suv boyliklari vaziri, agronom.

  6. Obidjon Mahmudov - oziq-ovqat vaziri, Qo‘qon shahar dumasining rais o‘rinbosari, jamoat arbobi.

  7. Abdurahmon 0‘razayev - ichki ishlar vazirining o‘rinbosari, huquqshunos.

  8. Solomon Abramovich Gersfeld - moliya vaziri, huquqshunos.

«Qo‘qon muxtoriyati» hukumati a’zolari ro‘yxati «Ulug‘
Turkiston» (1917-yil 8-dekabr) va «Turkestanskiy vestnik» (1917-yil 1-dekabr) gazetalarida e’lon qilingan edi5.
Turkiston Muvaqqat hukumati tarkibi nega 12 ta emas-u, 8 kishi degan haqli savol tug‘ilishi tabiiydir. Chunki hukumat tarkibidagi

  1. kishi Yevropa millatlariga mansub aholi safidan ko‘rsatilgach, to‘ldirilishi lozim edi6.

Turkiston musulmonlarining IV qurultoyi Muvaqqat hukumat kengashi (milliy majlis)ni ham saylaydi. Uning tarkibiga quyidagi kishilar kiradi: Ubaydulla Xo‘jayev, Toshpo‘latbek Norbo‘tabekov, Sadriddinxon Sharifxo‘jayev, Qo‘ng‘irxo‘ja Xojinov, Ismatulla Ubaydullin, Saidnosir Mirjalilov, Said Ja’farboy Saidov, Islom Sulton o‘g‘li Shoahmedov, Abdurahmonbek 0‘razayev, Hidoyatbek Yurguli
Agayev, Nosirxonto‘ra Kamolxonto‘rayev, Mirodil Mirahmedov, Toshxo‘ja Ashurxo‘jayev, Abduqodir Qushbegiyev, Obidjon Mah­mudov, Jamshidboy Qorabekov, Solomon Abramovich Gersfeld (Gershveld), Abdusamad Abdusalimov, Ubaydulla Dorbisalin, Muso Akchurin, Mustafo Mansurov, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Ibrohim Davletshin, Muhammadjon Tinishpayev, Xalil Shirinskiy, Tolibjon Musaboyev, Alixonto‘ra Shokirxonto‘rayev, Sobirjon Yusupov va Odiljon Umarovlar7. «Sho‘roi Ulamo»ning rahbari Sherali Lapin Kengash tarkibiga rais sifatida kiritildi. Ammo u bu taklifni rad etdi.
Qurultoy iqtisodiy masalalarga ham katta e’tibor berdi. Muxtor jumhuriyatning Angliya hukumatidan harbiy yordam bilan bir qatorda iqtisodiy yordam olishi ham ta’kidlandi. Bu holni o‘lkada hukm surayotgan ochlik taqozo etar edi. Non mahsulotlarini paxta va junga almashtirish masalasida bir fikrga kelindi8. Shu munosabat bilan «0‘lkaning Janubiy-Sharqiy ittifoqqa qo‘shilishi» to‘g‘risida muhim qaror qabul qilindi. Chunki, 0‘lka Shimoliy Kavkaz va Orenburgdan g‘alla mahsulotlari olardi. Ayni chog‘da Turkiston o‘z paxtasini ularga sotishi ham mumkin edi. Qolaversa, «Januby-Sharqiy Ittifoq» hududi aholisining katta qismi musulmonlardan iborat edi. Ammo qurultoyda ba’zi noiblar Turkistonning yana mustamlaka bo‘lib qolishidan xavotirga tushadilar. Ulardan biri bu xususda o‘z fikrini shunday bayon etadi: «Kazaklar azaldan samoderjaviyaning suyanchig‘i bo‘lib kelgan. Ular xalqimizni qanchalik azob-uqubatga duchor qilmadi. Kazaklar doimo inqilobga qarshi chiqqan. Hozir ham kazaklar tepasida podshoh tuzumini qayta tiklamoqchi bo‘lgan Krasnovlar, Paraulovlar, Kaledinlar turibdi-ku?
Ular Olmoniya bilan urushni g‘alabagacha davom ettirmoqchi. Istambulni zabt etib, Oyo-Sofiya cherkovini qayta tiklamoqchilar. Ulaming bizdan yordam so‘rab murojaat qilishiga yagona sabab - o‘z maqsadlari yo‘lida foydalanishdir. Biz ular bilan birlasha olmaymiz»9. Mazkur masala shu qadar bahsli o‘tdiki, Qurultoyning 27-noyabr kunidagi majlisida ham munozara davom etdi. Nihoyat, bo‘lg‘usi davlatning iqtisodiy holatini e’tiborga olib Ittifoqqa kirish haqida qaror qabul qilindi10.
Turkiston muxtor jumhuriyati mafkurasining negizini Islom dini g‘oyalari tashkil etishi qurultoyda maxsus ko‘rsatildi. Bu 0‘lka musulmonlarining II va III qurultoylarida ham ta’kidlangan edi.
Qurultoy o‘z ishini yakimlashi oldidan yana bir marta Turkiston Muxtor jumhuriyat deb e’lon qilinganini tantanali sur’atda takrorlaydi. Noiblar bu so‘zlarini tik turib tingladilar, xudoga shukronalar bildirib, Qur’oni Karim suralaridan tilovat qildilar'.
Turkiston muxtoriyatining muvaqqat hukumat nomidan uning a’zolari M.Tinishpayev, M.Cho‘qayev, U.Xo‘jayev, Yu.Og‘ayev, O.Mahmudov, A.O‘razayev, I.Shoahmedov, S.Gersfeld imzosi ostida xalqqa qarata murojaati e’lon qilindi. Murojaatnoma «Ulug‘ Turkiston»da (1917-yil 8-dekabr) e’lon etildi.
Murojaatda ko‘p millatli Turkiston xalqining istagiga muvofiq demokratik inqilobning ulug‘ asoslari bo‘lmish xalqlaming ozodligi, millatlaming o‘z taqdirini o‘zi belgilashini amalga oshirish maqsadida Turkiston umummusulmonlarining favqulodda 0‘lka qurultoyi Turkistonni Rossiya Federatsiyasi Jumhuriyatining tarkibidagi muxtor jumhuriyat, deb e’lon qilgani qayd etiladi.
0‘lkadagi jamiki uyushmalar oldida turgan muhim va mas’uliyatli masalalami e’tiborga olib, Turkistonda yashayotgan turli millatlar ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy taraqqiyot darajalarini hisobga olib va ular o‘rtasida do‘stlikni ta’minlash uchun o‘lkaning hamma joylarida tartib va intizom o‘matish maqsadida o‘lka musulmonlar qurultoyi Muvaqqat Turkiston xalqi Kengashi (Milliy majlis)ni sayladi, mazkur Kengashi hay’ati Turkiston muxtoriyatining muvaqqat hukumatini tashkil qildi, deyiladi unda.
Bu hukumat zimmasiga mumkin qadar tezroq Turkiston Ta’sis majlisini chaqirish, Turkiston xalqini oziq-ovqat bilan ta’minlash choralarini ko‘rish, shu maqsadda «Sharqiy-Janubiy Ittifoq» bilan aloqa o‘matish, o‘lka muxtoriyati moliya ishlarini ta’sis qilishga kirishish, xalq milisiyasini tashkil qilish, mahalliy millatlar huquqlarini himoya qiluvchi tadbirlar belgilash, askar tashkil qilish va boshqa vazifalar yuklatilganligi murojaatda ta’kidlandi.
Umummusulmonlar o‘lka qurultoyi birlik, hurriyat, tenglik asoslarini tasdiq etdi. Turkistonning barcha fuqarolarini, musul- monlarini, ms yahudiylarini, ishchi, askar va Yevropalik dehqonlami, o‘lkadayashovchihammaelat,xalqlami,shaharvazemstvoidoralarini, barcha davlat mahkamalarini, umumiy va xususiy muassasalami e’tirof etib, ularga o‘z zimmalariga olgan og‘ir vazifalarini hal etishda yordam berish ham shu murojaatda ko‘rsatildi.
Hurriyatga erishgan Turkiston o‘z hududida, o‘z joyiga o‘zi xo‘jayin bo‘lishi, o‘z tarixini o‘zi vujudga keltirishi davrini boshlab bergani murojaatda uqtirib o‘tildi. «Biz, - deyilgan edi unda, - oldimizda turgan masalalaming muhimlig‘in va ulug‘lig‘in komil sur’atda anglab, ham ishlagan ishlarimizning haqligina ishonib, xudodan madad tilab ishga boshlaymiz».
Murojaat o‘lka xalqlari, ayniqsa musulmon aholi tomonidan zo‘r quvonch va tantanavor qabul qilindi. Xalq ko‘pdan beri orzu qilib kelgan milliy davlatga ega bo‘lganidan behad shodu xurram edi.
Muxtoriyat e’lon qilingan kundan boshlab omma o‘rtasida o‘zining siyosiy faoliyatini avj oldirdi. Eng awalo musulmon siyosiy tashkilotlari va ular ixtiyoridagi targ‘ibot hamda tashviqot ishlarini kuchaytirdi. Taraqqiyparvarlar, ma’rifatparvar milliy yoshlar guruhi va uyushmalari ham muxtoriyatni keng targ‘ib etdilar. Toshkentda «Ishchilar to‘dasi», Andijonda «Maorif havaskorlari» uyushma va jamiyatlari muxtoriyat manfaati yo‘lida ish olib bordi. Ulaming faoliyatida Toshkentda Akmal Ikromov, Andijonda Usmonxon Eshonxo‘jayev va boshqalaming o‘mi katta bo‘ldi. Muxtoriyat o‘zbek, rus va qozoq tillarida gazetalar chiqara boshladi. Bu «Е1 bayrog‘i», «Svobodniy Turkestan» va 1917-yil 13-dekabrda rus tilida chiqa boshlagan «Izvestiya Vremennogo Pravitelstva Avtonomnogo Turkestana» shular jumlasidandir. Obidjon Mahmudovning bos- maxonasi ham muxtoriyat hukumati hisobiga o‘tdi.
Qo‘qon shahridan Muxtoriyat hukumati nomidan uyezdlar komissarlariga va mansabdor shaxslarga farmoyishlar, telegrammalar va turli ko‘rsatmalar yo‘llanib, ular orqali joylarda Muxtor hukumatining birdan-bir qonuniy hukumat ekanligi va shu bois faqat uning ko‘rsatmalarini tan olish lozimligi ta’kidlandi. Shunday hollar ham bo‘ladiki, joylardagi ishchi, askar va dehqon deputatlari Kengashlari Muxtoriyatni tan olmay uning farmoyishlarini ham yo‘qqa chiqarishga harakat qiladilar. Jumladan, Kattaqo‘rg‘on Kengashi 1918-yil 11-yanvarda shunday yo‘l tutdi. Muxtor hukumat bunday urinishlami daf etish choralarini ko‘rdi. U shoshilinch ravishda 30 million so‘mlik zayom chiqardi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad hukumatni iqtisodiy jihatdan mustahkamlash va milliy armiya tuzish edi. Milliy qo‘shin tuzish harakati boshlab yuborildi.
Awal boshda hukumat ixtiyorida 60 yollanma askar bo‘lgan bo‘lsa, qisqa fursatda Muxtoriyat ixtiyorida 2 ming kishilik qo‘shin hozir bo‘ldi. Bundan tashqari Qo‘qon milisiyasining boshlig‘i Ergashning qo‘l ostida ham anchagina kuchlar bor edi. Milliy armiyada xorijdan chaqirilgan harbiy kishilar, aksariyat holda turk zobitlari yo‘riqchilik ishlarini olib bordilar. Ayni vaqtda milisiya qismlarini tuzishga ham kirishildi.
Bu boradaUbaydulla Xo ‘j ayev bosh bo ‘ lgan ichki ishlar vazirligi - xalq milisiyasining tashkil bo‘lishi katta voqea bo‘ldi. Pul islohoti o‘tkazishga kirishildi. Zayom chiqarildi. Muxtoriyat o‘z bayrog‘i va o‘z madhiyasini yaratdi. Shunisi e’tiborliki, Muxtoriyatni bir qator xorijiy mamlakatlar ham tan oldi. Shu bois Muxtoriyat hukumati yordam so‘rab xorijiy mamlakatlarga murojaat qildi, ulardan ham moddiy, ham harbiy yordamlar olishga muvaffaq bo‘ladi.

  1. yil yanvarida Toshkent Jome’ masjididagi yig‘inda nutq so‘zlagan Shukurxon Hazratlari«... Muxtoriyatchilar yolg‘iz emaslar. Ulami Angliya himoya qilayotir» degan edi. Muxtoriyatni Angliya, Fransiya, Germaniya, Turkiya va boshqa davlatlar qo‘ llab-quwatlagan edilar11.

Xullas, Turkiston musulmonlarining favqulodda IV qurultoyi o‘lka xalqlarining tarixiy taqdirida buyuk burilish ahamiyatiga ega bo‘lgan qarorlami qabul qildi. Bu ulkan ahamiyatli voqea «Ulug‘ Turkiston» gazetasida o‘z davrida odilona baholandi. Gazeta bu haqda quyidagi jumlalami yozdi: «Bolshevoylar hukumatining boshlig‘i Lenin ham so‘nggi farmonida Rossiyada yashagan millatlarga va shul jumladan qozoqlar ila Turkiston musulmonlariga muxtoriyat e’lon qilib, o‘z ishlarini qo‘llariga olurg‘a mumkin bo‘lg‘anlig‘ini bayon etdi. Shunlikdan bukun Turkiston qurultoyining Turkiston Muxtoriyatini e’lon qilishi ham xalq, ham markaz hukumatining tilagiga xilof tuguldir. Zotan, so‘nggi vaqtda mayda millatlar hammasi muxtoriyat e’lon qilib yotalar.
Nufuslari boshqalarga qaraganda yuzdan yetmish besh bo‘lg‘on (75 foiz) millatlar yerlik muxtoriyat e’lon qilurg‘a haqli edilar. So‘nggi qoidalarga ko‘ra yuzdan oltmish tashkil qilg‘an (60 foiz) millatlarda muxtoriyat e’lon qiluvg'a haqlik sanala boshladilar. Hoi shu ila yuzga tashkil qilg‘in (95 foiz) Turkiston musulmonlarining Muxtoriyat e’lon qilishig‘a haqlari borlig‘in hech kim inkor qila olmasa kerak. Bizdan vakil chaqirilg‘an edi va yoxud biz bu ishni ertaroq ko‘ramiz deb ko'rishurda o‘rinsiz, ham musulmon manfaatiga xilofdur. Sakkiz oydan beri yerli Turkistonning muxtoriyati haqinda so‘ylab kelib, kelubda bugun muxtoriyatga qarshi chig‘alar va yoxud tasdiq etmasdan mone’ boiuvg‘a ekan, bu ish musulmonlaming butun origa va i’mon va e’tiqodlarig‘a qarshi bolta chopadigan so‘z bo‘lajakdur. Musulmonlar bukun muxtoriyat e’lon qilar ekan, buning ila hech kimning huquqiqa tegmaslar, bu bilan Turkiston Rossiyadan aslo ayrilmay, balki uning bir mustaqil a’zosi bo‘lib qoladi. Turkistonda yashagan rus, yahudiy, armani va boshqa har millatga o‘zining haqi berilar. Ular ham Turkiston muxtoriyatining teng huquqli bir a’zosi boiib yashajaklar.
Turkistonliklar... qon to‘kilishidan saqlanub, mumkin qadar sabr qilurlar. Faqat shuni xotiradan chaqarurg'a yaramaydirki, Samarqanddan kelgan bir vakil qurultoyda aytdi: - «Turkistonning yeri - bizning tanimiz, suvi - qonimizdir... Kimda kim bu ikkisiga tegadurg‘on boisa, bizning tanimiz bilan qonimizga tuqulg‘on bo‘lajak», - dedi.
Shu boisdan Turkiston xalqining huquqiga tajovuz qilinaversa, buning oxirida shunday ko‘ngilsiz voqealar boiurg‘a mumkindurki, bu voqealar oldinda so‘ng‘g‘i Toshkent voqealarining (Toshkentdagi

  1. yil Oktabr voqealari nazarda tutilmoqda - mualliflar) kichkina bir koianka bo‘lib qoluvchi ehtimollarida yo‘q tuguldir»1.

Kun tartibidagi endigi bosh muammo Turkiston musulmonlari IV qumltoyi qabul qilgan va ilgari surgan g‘oyalaming hayotga tadbiq etilishida, o‘lkadagi keng mehnatkashlar ommasining bu qaror va g‘oyalarini qo‘llab-quwatlashida, Turkiston muxtoriyati atrofida birlashib uning orqasidan faol ergashuvida qolgan edi.
Turkiston muxtoriyatining omma tomonidan qo‘llab-quwatlanishi
Qo‘qon shahrida Turkiston musulmonlarining favqulodda IV qurultoyi bo‘lib o‘tganligi va unda Turkiston muxtoriyatining tashkil etilganligi to‘g‘risidagi xabar tezda butun o‘lka mehnatkashlar ommasi o‘rtasida keng tarqaldi va katta qiziqish uyg‘otdi. Turli shaharlar va tumanlarda Turkiston muxtoriyati shodu hurramlik bilan kutib olindi. Muxtoriyatni qo‘llab-quwatlab joylarda ko‘p ming kishilik miting va namoyishlar uyushtirildi. Jumladan, 1917- yil 6-dekabrda Toshkent shahridagi Eski Juvadagi Beklarbegi jome’ masjidida uyushtirilgan miting bu xususda xarakterlidir. Unda 60 ming shaharlik fuqarolar qatnashadi. Mazkur miting tashkilotchilari «Sho‘roi Islomiya» va «Sho‘roi Ulamo» jamiyati a’zolari edi. «Ulug‘ Turkiston» gazetasining bergan xabariga qaraganda, «Masjidning ichki sahni va tomlari odam bilan liq to‘lgan». Miting Saidg‘ani Mahmud raisligida o‘tgan (Munawarqori Abdurashidxonov, Mulla Odil, Sherali Lapin va boshqalar uning o‘rinbosarlari edilar). Gazeta miting qatnashchilarining Turkiston muxtoriyatini batamom qo‘llab- quwatlaganliklarini yozadi. Miting Turkiston muxtoriyatidan boshqa hukumatni tan olmaslik to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Miting ishtirokchilari «Omin, Allohu akbar!» deb yuzlariga fotiha tortib Xalq kengashiga sodiq qolishga qasamyod qildilar.
Qabul qilingan qarorda, jumladan, quyidagi satrlar bor edi: «Biz musulmonlar sinf va ayirmalarga qaramasdan, Turkiston muxtoriyatini olqishlagan holda, Qo‘qondagi favqulodda qurultoy tarafidan e’lon etilgan Turkistonda xalq hukumati vujudga keltiruv haqidagi qarorga butun vujudimiz birla qo‘shilib, ishonamizki, buyuk Rossiya inqilobi tarafidan e’lon etilgan hokimiyat asoslarining suyunchi haqini Rossiyaning birlashgan demokratiyasi Turkiston xalqining tarafidan bir og‘izdan bayon etilgan tilagiga qo‘shilar va o‘z kunimizni o‘zimiz ko‘ra boshlashda yordam etar.
Shunga imom etgan holda biz o‘lkadagi hamma musulmonlami Muxtoriyatli Turkiston hukumati atrofida jipslashib, hozirgi o‘lka idorasi boshida bo‘lib turgan muvaqqat tashkilotlar bilan qanday bo‘lmasin dushmanlarcha muomala qiluvdan saqlanishga da’vat qilamiz.
Turkiston Muxtoriyati amaliy sur’atda tezroq vujudga kelishi uchun tinch va totuvlikni saqlashimiz kerak. Toki shuning orqasida so‘g‘ish (urush - mualliflar.) va bugundan e’tiboran hur bo‘lgan Turkistonning bir to‘g‘on kabi xalqlarimiz orasida gunohsiz qon to‘kilmasin.
«Yashasun Muxtoriyatli Turkiston!»12
Miting qatnashchilari Sho‘ro hukumatiga nisbatan ham o‘z munosabatlarini bildirdilar. «Ulug‘ Turkiston» gazetasi tarqatgan xabarlarga qaraganda mitingda hozir bo‘lganlar «Xalq komissarlari
Sho‘rosining» Davlat Dumasini tarqatib yuborish to‘g‘risida»gi buyrug‘ini «... bugungi kunda mutlaqo mumkin bo‘lmagan hodisa» deb qoralaganlar. Chunki «300 ming kishi nomidan demokratik yo‘l bilan to‘rt bosqichli saylov haqidagi qonunga muvofiq saylangan Toshkent Dumasi a’zolari o‘miga 700-800 askar va ishchilar Aleksandrov parkida saylagan 4-5 komissar bilan almashtirilgan, xolos»1.
Xullas, Toshkentda 6 dekabrda tashkil etilgan miting Turkiston muxtoriyatini himoya qilish bayrog‘i ostida o‘tdi va mehnatkashlar ommasining faolligini oshirishda katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
Turkiston muxtoriyatini qo‘llab-quwatlash va unga xayrixohlik harakatlari o‘lka shahar va qishloqlarida ham bo‘ldi. 1917-yil 1-dekabrda Namangan uyezdida 100 ming kishi qatnashgan ommaviy xalq namoyishi bo‘lib o‘tadi. Unda namoyish qatnashchilari «Yashasin muxtoriyatli Turkiston va uning hukumati!» degan shiorlar yozilgan da’vatlami ko‘tarib bordilar13.
Abdurauf Fitrat «Muxtoriyat» maqolasida dunyoga yangi kelgan muxtoriyatga nisbatan otashin mehr, his va hayajon tuyg‘usini quyidagi so‘zlarda ifodalaydi: «Turkiston muxtoriyati... Temur hoqonning chin bolalari yonida turkistonli tubchak turklari orasinda, mundan ug‘urli, mundan muqaddas, mundan suyunchli bir so‘zni borligiga ishonmayman. Turkiston turkning qonini qaynatuvchi, imonini yuksaltiruvchi bir quwat bor esa yolg'uz shu so‘zda bordur: Turkiston muxtoriyati!
Ellik yildan beri ezildik, tahqir etildik, qo‘limiz bog‘landi, tilimiz kesildi, og‘zimiz qopondi, erimiz bosildi, molimiz talandi, sharafimiz yumurildi, nomusimiz g‘asb qilindi, huquqimizga tajovuzlar bo‘ldi, insonligimiz ayog‘lar ostig‘a olindi-tuzumli turlik, sabr etdik. Kuchga tayangan har buyrugg‘a bo‘ysundik, butun borlig‘imizni qo‘ldan berdik. Yolg‘iz bir fikrni bermadik, yashunturdik, imonlarimizma avrab saqladik: Turkiston muxtoriyati!...
Mahkama eshiklaridan yig‘lab qaytganda, yoruqsiz turmalarda yotganda, yirtg‘uvchi jandarmaning tepgusi bilan yiqilganda, yurtlarimiz yondurilg‘anda, dindoshlarimiz osilg‘anda ongimiz yo'qoldi, miyamiz buzuldi, ko‘zimiz yoruqsiz qoldi, biror narsani ko‘rolmadik.
Shul chog‘da, tushgun ruhimizni ko‘tarmak uchun shul qop- qorong‘u dunyoning uzoq bir yerinda oydin bir yulduz yalqillab turar edi. Biror narsaga o‘tmagan ko‘zimiz shuni ko‘rar edi. U1 nima edi? Turkiston muxtoriyati!
...Biz ishongan edik kim rus demokratiyasi, haqga tayang‘an bir inqilob chiqarib, har millatning o‘z haqlarini qaytarur;
Inqilob bo‘ldi. Rossiyaning «qo‘shma xalq jumhuriyati» usuli bilan idora etiluri jarlandi (e’lon qilindi). Shul e’lon uzra yasalg‘on Ukraina, tatar va boshqa millatlar muxtoriyatlari tasdiq etildi. Ko‘nuk (navbat) Turkistonniki edi. Turkistonning tarixan poytaxtlaridan ikkinchisi bo‘lgan Xo‘qand shahrinda to‘plangan Turkiston qurultoyi 27 noyabming (milliy laylatulqadrimiz bo‘lgan) yarim kechasinda Turkiston muxtoriyatini e’lon qildi.
Lekin shunisi borkim, bir millatning muxtoriyati yolg‘uz bir qurultoyning e’loni bilan tamom bo‘lmas. Muxtoriyatni olmoq va saqlamoq kerakdur. Qurultoy o‘z ishini qildi. Qolganlari butun millatning vazifasidur. Muxtoriyatni saqlamoq uchun kuch lozim. Muxtoriyatni bajarmoq uchun aqcha kerakdur. Bulami millat hozir qilsun»1.
Endigina 20 bahomi qarshilagan Abdulhamid Cho‘lpon 1918- yilda Turkiston Muxtoriyatini tabriklab «Ollohu akbar» va «Ozod Turk bayrami» kabi she’rlarini bitadi. Uning «Ozod Turk bayrami» degan she’ri madhiya sifatida qabul qilingan edi. Jadid shoiri o‘z quvonchini quyidagi o‘tli satrlarda bayon etadi:
Ko‘z oching, boqing har yon!
Qardoshlar, qanday zamon!
Shodlikka to‘lar jahon!
Fido bu kunlarga jon!
Naqorat:
Turkistonli - shonimiz, Turonli - unvonimiz.
Vatan - bizim jonimiz, fido o‘lsun qonimiz!
Bizlar temir jonlimiz!
Shavkatlimiz, shonlimiz!
Nomusli, vijdonlimiz!
Qaynagan turk qonimiz!
Muxtoriyat olindi,
Ishlar yo‘lga solindi.
Milliy marshlar chalindi,
Dushman o‘rtandi endi!...
Qonli voqea sodir etilgan zahotiyoq Toshkentdan Petrogradga Xalq Komissarlari Kengashiga quyidagi mazmunda telegramma jo‘natiladi: «Qo‘qonda reaksion burjuaziya tomonidan tayyorlangan musulmonlar qurultoyi Turkiston muxtoriyatini e’lon qildi, endi vujudga kelgan muxtoriyat hukumati Turkiston proletar ommasi tomonidan tan olingani holda, bor kuchi bilan o‘lkaning ayrim shaharlarida muxtoriyatni e’lon qilishga tayyorlanmoqda. Shu yil

  1. dekabrda Muhammad payg‘ambar tug‘ilgan kunda Toshkentda muxtoriyat e’lon qilindi»14. Mazkur telegrammaga javoban Petrograddan: «Joylarda hokimiyat siz, o‘zingiz, demak, siz o‘zingiz buyruqlami ishlab chiqing» degan mazmunda telegramma Toshkentga jo‘natildi.

Ana shundan so‘ng Turkiston Xalq Komissarlari Kengashi Muxtoriyat masalasida maxsus qaror qabul qildi va uni Ijroiya Qo‘mita tasdiqlaydi. Mazkur qaror deyarli bolsheviklaming nashriga aylanib qolgan «Nasha gazeta»da e’lon qilindi. Unda, jumladan, bunday deyilgan: «Qora kuchlar aytishicha, biz muxtoriyatga qarshi emasmiz, biz faqat qog‘ozda muxtoriyat tarafdori-yu, uni hayotga joriy etishga qarshi ekanmiz. Axir, biz bir necha bor o‘quvchilarimiz e’tiboriga, asosan musulmon aholiga... bizlar prinsip jihatdan muxtoriyat tarafdorlarimiz, shu bois ezilgan va xo‘rlangan musulmon aholining nafaqat ozod bo‘lishlari, balki musulmon aholining tezdan fikrlari ochilmog‘i va milliy ishtiyoqlarining amalga oshishiga chin dildan harakat qilamiz». Turkiston Ta’sis qurultoyi chaqiriladi. Faqat uning o‘zigina Turkiston o‘lkasi Muxtoriyatini e’lon qilishga haqlidir15. Bu qaror ortiqcha izohga muhtoj emas. Bolsheviklar Turkiston musulmonlarining favqulodda chaqirilgan IV qurultoyi tomonidan e’lon qilingan Turkiston Muxtoriyatini tan olmaydilar. Ular Turkiston o'lkasi Ta’sis majlisini o‘z tashabbuslari bilan chaqirib o‘zlariga ma’qul va o‘zlariga yoqadigan muxtoriyatni kelajakda tashkil etishni rejalashtirgan edilar. Oqibatda xuddi shunday bo‘ldi ham.
Shu narsaga alohida e’tibor berish kerakki, Turkiston o‘lkasidagi siyosiy guruhlaming Turkiston Muxtoriyatiga munosabati turlicha bo‘ldi. Bu tabiiy, albatta. Bolsheviklaming Turkiston Muxtoriyatiga salbiy munosabati yuqorida ta’kidlandi. Buning ajablanarli joyi yo‘q. Chunki mustamlaka o‘lka bo‘lgan Turkistonda hokimiyatni hech kim bilan bo‘lishmasdan yolg‘iz o‘z qo‘liga olishga intilayotgan bolsheviklaming bu boradagi qarashlarini tushunsa bo‘ladi.



Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish