Tarix va falsafa kafedrasi o`zbekiston tarixi fanidan o`quv uslubiy majmua denov-2021


-mavzu: 1917-1924-yillarda Xiva va Buxoro va amirligining qizil armiya tomonidan tugatilishi. XXSR va BXSRning tashkil topishi



Download 0,58 Mb.
bet19/25
Sana03.06.2022
Hajmi0,58 Mb.
#631944
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25
Bog'liq
Oquv uslubiy majmua Ozbekiston tarixi 3 kurs (2)

11-mavzu: 1917-1924-yillarda Xiva va Buxoro va amirligining qizil armiya tomonidan tugatilishi. XXSR va BXSRning tashkil topishi.


Reja:

    1. XXSRning tashkil etilishi

    2. XXSRning faoliyatiga RSFSRning aralashuvi

    3. Rossiya fevral inqilobining Buxoro amirligiga ta’siri.

    4. Yosh buxoroliklar faoliyati. Islohotlar to’g’risida farmonning qabul qilinishi.

Xivada Jumaniyoz Sultonmurodov rayisligida Muvaqqat inqilobiy qo‘mita tashkil etildi. 1920-yil 26-30 aprel kunlari Xorazm mehnatkashlarining birinchi qurultoyi bo‘lib o‘tib, unda Xiva xonligi hududida Xorazm Xalq Sovet Respublikasi tashkil etilganligi e’lon qilindi va Polvonniyoz Hoji Yusupov rayisligida Xalq Nozirlar Sho‘roi tuzildi. Bu hukumat tarkibiga asosan Yosh xivaliklar partiyasining a’zolari kirgan bo‘lib, ular mamlakatda demokratik tuzumni o‘rnatish, mustaqil davlatni barqarorlashtirish borasida katta ishlarni amalga oshirdilar. Ana shunday ishlarning bittasi sifatida Bobo Oxun Salimov raisligidagi delegatsiyaning uch oy davomida Moskva va Petrograd shaharlarida bo‘lib, 1920-yil 13-sentabrda RSFSR bilan XXSR o‘rtasidagi iqtisodiy-siyosiy shartnomaning imzolanishi bo‘ldi. Bu hujjatga asosan XXSR mustaqil davlat hisoblanib, sovet Rossiyasi bilan o‘zaro teng va bir-birlarining ichki ishlariga aralashmaslikka kelishib olindi. Lekin XXSR hukumati rahbarlari olib borgan mustaqil siyosat sovet tuzumi va uning respublika hududidagi vakillariga yoqmadi. Chunki Polvonniyoz Hoji Yusupov boshliq hukumat xususiy mulk, vaqf yerlarini, diniy muassasalarni tarqatib yuborish o‘rniga ularni saqlab qolish va mustahkamlashga harakat qilayotgan edi. XXSRning Konstitutsiyasida ham xususiy mulk e’tirof etilgan edi. Bu narsa o‘sha paytdagi sovet hukumatining Xorazmdagi vakillari Skalov, Ioffe, Dubyanskiy, Shokirov va boshqalarga yoqmadi. Dubyanskiy va Shokirovlar 1920 yil avgust oyida Qo‘shmamedxon va G‘ulomalixonlarni Xivaga chaqirib, ularni yigitlari bilan qatl qilishga va bu bilan mahalliy o‘troq aholi va turkman chorvadorlari o‘rtasida nizo tug‘dirishga harakat qilishdi. G‘ulomalixon qochib qutilgan bo‘lsa ham, Qo‘shmamedxon va uning yigitlari qatl etildi. Biroq bu holatlarning hammasi Yosh xivaliklar hukumati zimmasiga yuklatildi. Natijada, 1921 yil 6 martda Xiva shahrida qizil askarlar tomonidan namoyish uyushtirilib, inqilobiy qo‘mita tuzildi va Polvonniyoz Hoji Yusupov boshliq hukumat a’zolari qamoqqa olindi. Polvonniyoz Hoji Yusupov va Nazir Sholikorovlar qochib yashirinishga ulgurishdi.


XXSRda kommunistlar olib borgan siyosat mahalliy kadrlarni, ziyolilarni, mustaqil fikrga ega bo‘lgan insonlarni yo‘qotishga qaratilgan edi. Xorazm respublikasi mavjud bo‘lgan atigi 5 yilga yaqin muddat ichida respublika hukumati-Xalq Nozirlar Sho‘rosi va Xorazm MIK raislari o‘n martadan o‘zgartirilganligi fikrimizning yaqqol isbotidir.
1920-1921-yillarda agrar sohada dastlabki o‘zgarishlar amalga oshirilib, 10000 desyatina yer dehqonlarga bo‘lib berildi. Bundan tashqari, ularga urug‘, dehqonchilik asboblari hamda ssuda (qarz) ajratildi. Dehqonlarga kredit hisobidan 5000 chorva mol sotildi. Eski sug‘orish inshootlarini qayta tiklash bilan birga yangilari ham qurildi. Masalan, 1922 yil oxirigacha Xorazm dehqonlari Hazoraspdan Xo‘jayligacha bo‘lgan hududda 12 ta damba qurdilar. 1922 yilda chorakor va kambag‘allarga yer bo‘lib berish uchun davlat yer fondi tuzishga hamda dehqonlarga uzoq muddatli va qaytarib olinmaydigan ssudalar berish uchun davlat dehqonlar bankini ta’sis etishga qaror qilindi. Bankka 3 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilgan. Xullas, 1921-1922 yillarda 400000 tanobdan ortiqroq yer kambag‘al dehqonlarga berildi.
XX asrda iqtisodiy siyosat va xo‘jalik sohasidagi islohotlar ziddiyatli tarzda kechdi. Xorazm Respublikasidagi soliq siyosatida sovet Rossiyasining ta’siri kuchliroq bo‘lganligi uchun sinfiy yondoshuv yaqqol nomoyon bo‘ldi. Soliqning og‘ir yuki savdogarlar, sudxo‘rlar va yirik yer egalari zimmasiga to‘g‘ri keldi. Qishloq xo‘jaligida yagona soliq tizimi (1922 y. dekabr) joriy qilindi. Soliq to‘lashni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish maqsadida davlat banki va soliq palatasi tashkil qilindi. Yangi iqtisodiy siyosat (NEP)ning e’lon qilinishi bilan karvonsaroylar, korxonalar, kullar va to‘qaylar ijaraga berila boshlandi. Simlari tortilib, daryo kemachiligini tiklashga kirishildi. Bir qancha yirik ko‘priklar qurildi. Paxta maydonlarining hududi 1921-yildagi 10000 tanobdan 1924-yilda 85000 tanobga, hosildorlik 100000 puddan 800000 pudga ko‘tarildi. Umumiy ekin maydonlari 1913-yildagi darajaning 62 %ni, hosildorlik 70-75 %ni tashkil qildi. 1924-yilga kelib, 6 ta paxta tozalash zavodi, 10 ta g‘isht zavodi, yog‘ zavodi, bosmaxona, elektrostansiya tiklandi. Qog‘oz va shisha zavodlari qurildi. Sanoatda davlat sektori ustivor mavqeni egalladi.
Hukumat madaniy-ma’rifiy va sog‘liqni saqlash ishlariga ham katta e’tibor qaratdi. 1920-yil bahorida Respublikada yangi tipdagi maktablar tashkil qilina boshlandi. 1921-yil sentabrida Xivada ochilgan xalq dorulfununi respublika madaniy hayotida katta voqea bo‘ldi.
Xorazm respublikasi tuzilgan davtlabki oylardan boshlab g‘oyaviy-siyosiy vaziyat keskinlashib bordi. Yosh xivaliklar hukumati, demokratik kuchlar mahalliy sharoitni tushungan holda aholining urf-odatlari va qadriyatlarini e’zozlab ish olib bordilar. Ammo Xivani bosib olish jarayonida kirib kelgan qizil armiya, uning qo‘mondonlari, yevropalik bolsheviklar respublikadagi ijtimoiy-siyosiy hayotga salbiy ta’sir ko‘rsatdilar. Ular mahalliy sharoitni, xalq ommasi kayfiyati va qarashlarini nazar-pisand qilmay tezkorlik bilan inqilobiy chora-tadbirlarni amalga oshirishga kirishdilar. Bu ishlarni amalga oshirishda Xorazm Kompartiyasi (1921-yil dekabrda tuzilgan) ularning eng yaqin yordamchisiga aylandi.
Xorazm respublikasida keyingi yillarda ham g‘oyaviy-siyosiy kurash davom etdi. Respublikaning ko‘plab rahbarlari mustaqillik uchun, adolatsizlikka qarshi kurashni to‘xtatmadilar. 1923-yil bahorida savdo-sanoat noziri Nurullayev Moskvada RSFSR bilan bo‘layotgan muzokaralarda qat’iylik ko‘rsatgani uchun Xorazmga chaqirilib, qamoqqa olindi. Sovet Rossiyasining ko‘rsatmalari asosida 1923-yil yoz-kuzida Xorazm respublikasida tub siyosiy to‘ntarish amalga oshirildi. 1923-yil oktyabrda XXSR Xorazm Sovet Sotsialistik Respublikasi (XSSR)ga aylantirildi. XSSRning yangi Konstitutsiyasi qabul qilindi. Afsuski, bu Konstitutsiya mamlakatni sotsialistik qurilish yo‘liga o‘tishini qonun yo‘li bilan mustahkamladi.
Xulosa qilib aytganda, 1923-yil kuzidan boshlab Xorazm respublikasidagi demokratik o‘zgarishlarga butunlay chek qo‘yildi. Xorazmni sovetlashtirish jarayoni o‘zining yuqori bosqichiga ko‘tarildi. Bu holat 1924 yilning oxirigacha davom etdi.

  1. yil, 27-30-aprelda Xiva shahrida «xalq» vakillarining utunxorazmI Qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Unda Xorazm Xalq Sovet Respublikasituzilganligi e’lon qilindi va uning muvaqqat konstitutsiyasiqabul etildi. Qurultoyda respublika hukumati - Xalq Nozirlari sovetituzildi. Hukumat raisi etib Polvonhoji Yusupov, rais muovinligigaBobooxun Salimov (Asfandiyorxon qoshidagi majlis raisi), va o‘nbesh nozir (vazir) saylandi. Bu saylanganlarning o‘ntasi «Yosh xivaliklar»ning vakillari edilar. Ular o‘z faoliyatlarida hukumatni mahalliysharoit, shariat va mustaqillik asosida boshqarishga, milliy manfaatnihimoya qilishga harakat qildilar. Bu esa rus sovet hukumati vafirqasining Turkiston va Xivadagi vakillariga yoqmadi. Shu boisdanham «Yosh xivaliklar» hukmronligi uzoqqa bormadi. U bor- yo‘g‘i o‘nikki oy umr ko‘rdi. Markaz va mahalliy kommunistlarning tazyiqibilan

  2. yil, 21-fеvralda II Butunxorazm qurultoyini chaqiruvchimarkaziy saylov komissiyasi tuzildi.

Yusupov boshliq hukumat esa uni tarqatib yubordi, saylovolditargibotini man etdi, hukumat qaroriga qarshi bolganlarni qamoqqaoldi. Chunki sovetlarning so‘zi bilan amaliy ishlari to‘g‘ri kеlmayotganedi. Gap shundaki, markaziy rus sovet hukumati 1920-yil, 13-sеntabrdaXorazm Xalq Sovet Rеspublikasi bilan ittifoq shartnomasinituzdi. Unda RSFSR XX SHRning to‘la mustaqilligini rasman tan oldi.Chor Rossiyasi bilan tuzilgan barcha shartnomalar tеngsizlik asosigaqurilgan shartnomalar sifatida bеkor qilindi. Shu sabab Moskvada BobooxunSalimov boshliq Xorazm vakillari «katta izzat, ikrom va hurmatbilan» kutib olindi. Xorazm vakillari uch oydan so‘ng yurtlarigaqaytib kеldilar. Dеlеgatsiya a’zolarini hatto «dohiy» Lеninning o‘ziqabul qilgan, bundan kеyin Xorazm xalqi o‘z taqdirini o‘zi bеlgilaydi,bu «inqilobiy g‘alaba»dir, «Mеn sizlarni bunday g‘alaba bilan tabriklayman», dеb aytgan. Ammo sovet hukumati ikkinchi tomondanamalda «Yosh xivaliklar» boshliq Xorazm sovet xalq hukumatigazarracha bo‘lsada mustaqil ishlashga imkon bеrmadi. Ustiga-ustak kunsayin kommunistik tazyiq va bosim tobora ortib bordi.«Yosh xivaliklar» hukumati tеz orada o‘zlarining aldanganliklariva bolshеviklarning dahshatli qarmog‘iga tushganliklarini anglab yеtdilar.Bu hol «Yosh xivaliklar»ning milliy his, g‘urur va onginingyanada o‘sishiga sabab bo‘ldi. Natijada ular rus kommunistikbosqiniga qarshi milliy istiqlol va ozodlik uchun kurashga otlandilar.«Yosh xivaliklar» zimdan sovet hokimiyati va bosqinchi kommunistlargaqarshi istiqlol uchun oyoqqa turgan kuchlarga yordam bеrdilar.Bu kurashni butun Xorazm xalqi qo‘llab-quvvatladi. Islom dini ulamolariva xalq vakillaridan katta bir guruh jamoasi hukumat nomigaariza yozib, Xivada kompartiyani taqiqlash va hamma kommunistlarnimamlakatdan haydab chiqarishni talab qildilar. 1920-yil, 26-iyun,8-9-iyulda Xivada xalq ommasining norozilik mitinglari bo‘lib o‘tdi.
Miting qatnashchilari Xorazmda kommunist-xudosizlar
yurgizayotgansiyosatdan norozi ekanliklarini izhor etdilar.Markaziy rus sovet hukumati va firqasining Xorazmga yashirinchayuborgan ayg‘oqchilari mahalliy milliy hukumatga qarshi har xilqo‘poruvchilik, ayg‘oqchilikdan iborat targ‘ibot- tashviqot ishlarinikuchaytirdilar. Nihoyat, 1921-yil, 10-martda kommunistik ayg‘oqchiva missionеrlar, mahalliy sotqinlar yordamida Xiva qizil askarlari garnizoni,Turkman qizil eskadroni jangchilari, «ko‘ngilli» o‘zbеk militsionеrlari,jami bo‘lib 5000 dan ortiq «inqilobchi»larni Xivako‘chalariga olib chiqishga muvaffaq bo‘ldilar. Maxsus harbiybo‘linma Xorazm hukumatining bir ^cha vazirlarini qamoqqa oldi.Polvonhoji Yusupov va «Yosh xivaliklar»ning boshqa rahbarlari harbiyisyon arafasida kеchasi Xivadan qochib kеtishga muvaffaqbo‘ldilar. Isyonchilar ana shu tariqa davlat to‘ntarishini amalgaoshirdilar.
Harbiy inqilobiy qo‘mita tuzildi va hokimiyat uning ixtiyorigatopshirildi. Bu sovetlar hukumati va kommunistik firqaningnavbatdagi ayyorligi va ustasi farang qo‘poruvchilik siyosatining klassikko‘rinishi edi.
Xiva xonligi hududida aksilinqilobiy kuchlarga zarba berish bahonasidamahalliy xalqni yoppasiga qirg‘in qilish va ommaviy genotsidqilish amalga oshirildi.Sovetlarning Xorazmda amalga oshirgan qirg‘in-barot va xunrezliklaribir-biridan dahshatlidir. O‘z vaqtida Junaidxonni tor-morkeltirishda G‘ulom Alixon va Qo‘shmamedxonlardan sovetlar ustalikbilan foydalanganliklarini yuqorida ta’kidlandi.Ammo keyinchalik G‘ulom Ali va Qo‘shmamedga sovetlargaqarshi davlat to‘ntarishi tayyorlanyapti degan ig‘vo ishlab chiqildi vahar ikkalasini yo‘q qilishga qaror qilindi. Xivadagi sovet hokimiyatikuchlari o‘zaro maxfiy kelishilgan holda G‘ulom Ali va Qo‘shmamedni yigitlari bilan tezda Xivaga yetib kelishini buyurdilar.Chunki, bu yerda Buxoroga qarshi yurish masalasi muhokama qilinajaginixabar qilishadi. G‘ulom Ali va Qo‘shmamed hech ikkilanmayva xavfsiramay Xivaga yetib kelishdi. Yarim kechada qizil armiyakuchlari G‘ulom Ali, Qo‘shmamed va ularning yigitlariga kutilmagandaqo‘qqisdan hujum qildilar va qurolsizlantirdilar. Bir necha soatdanso‘ng Qo‘shmamed va uning yigitlari qilichdan o‘tkazildi. G‘ulomAli esa qochib qoldi. Jazo otryadi G‘ulom Alining orqasidan quvdi.Yo‘l-yo‘lakay barcha qishloqlar va ovullar yer bilan yakson qilindi.Bu voqeadan xabar topgan yovmud turkmanlari hech narsaga qaramasdanmol-mulklarini tashlab chor atrofga tum- taraqay qocha boshladilar,ularning ko‘plari Kaspiy dengizigacha bir necha ming chaqirimyo‘llarni bosib Eron tomonga o‘tib ketdilar va boshpana topdilar.Qizil armiya kuchlari Xorazmda yangi tartib-qoidalarni o‘rnatishchog‘ida shunday yaramas noinsoniy ishlarni amalga oshirganlarki,bu har qanday sof vijdonli kishining nafratini uyg‘otmasligi mumkinemas. Buni biz G.I.Broydaning ilmiy merosi orqali ochiq-oydinko‘rishimiz va undan tegishli xulosa chiqarishimiz mumkin. Qonuniysavol tug‘iladi. G.I.Broydaning o‘zi kim? Marhamat tanishing. Broyda1883-yilda Vilnoda tug‘ilgan. Yurist. 1909-yildan boshlab Toshkentdaoqlovchi yordamichisi bo‘lib ishlagan. 1912-yili Toshkent temiryo‘lchilario‘rtasida inqilobiy g‘oyalarni yoygani uchun Pishpek(Bishkek)ga surgun qilinadi. 1917-yil fevral inqilobidan keyin Broydaqisqa muddat askar deputatlari Toshkent soveti rahbarligi ostida ishchiva askar deputatlari o‘lka kengashiga a’zo bo‘lib kiradi. So‘ngMoskvaga ketib, leninizmning milliy siyosati nazariy asoslarini ishlabchiqish bilan shug‘ullanadi. 1918-yili Turkiston ASSR MarkaziyIjroiya Qo‘mitasining Moskvadagi muxtor vakili, Sharqiy FrontdagiI-IV armiyalarning siyosiy komissari bo‘lib ishlaydi. So‘ng 1920-yilningavgustigacha RSFSR Xalq Komissarlari Kengashi va ButunittifoqMarkaziy Ijroiya Qo‘mitasining Turkkomissiyasida xizmatqiladi, keyingi yillarda bir qator rahbarlik lavozimlarda ishlagan. 1941-yilda trotskiychilikda ayblanib, qamoqqa olingan. 1955-yilda oqlangan. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi tarix institutining tarixshunoslik,manbashunoslik va arxeografiya bo‘limi mudiri, tarix fanlari nomzodiValeriy German, G.I.Broyda faoliyatini chuqur o‘rganib, qimmatlidalillarni berdi.

Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish