Tarix va falsafa kafedrasi o`zbekiston tarixi fanidan o`quv uslubiy majmua denov-2021


-ma’ruza: QIZILTEPA BITIMNING TUZILISH



Download 0,58 Mb.
bet18/25
Sana03.06.2022
Hajmi0,58 Mb.
#631944
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25
Bog'liq
Oquv uslubiy majmua Ozbekiston tarixi 3 kurs (2)

10-ma’ruza: QIZILTEPA BITIMNING TUZILISH


Reja:

    1. Rossiya fevral inqilobining Xiva xonligiga ta’siri.

    2. Yosh xivaliklar faoliyati. Islohotlar loyihasi.

    3. Yosh xivaliklar faoliyati 1-bosqichining mag’ubiyatga uchrashi.

    4. Junaydxon faoliyati

    5. Xiva xonligida xon hokimiyatining ag’darilishi.



«Yosh xivaliklar» tashkiloti 1917-yilda Xiva jadidlarining so‘lqanotidan ajralib chiqdi. Uning tashkilotchi va asoschilari HusaynbekMatmurodov, Bobooxun Salimov, Polvonniyoz Hoji Yusupov, MullaJumaniyoz Sultonmurodov va boshqalar edilar.Ular rus podshosi istibdodi bilan uyg‘unlashgan mustabid xonzulmi, mutaassiblik, xurofot, xilma-xil soliqlarning ko‘pligidanazoblanayotgan xalqni erkin va farovon turmushga olib chiqish,Vatanni iqtisodiy va madaniy taraqqiy ettirish yo‘lida bosh qotirdilarva demokratik islohotlar o‘tkazish, mamlakatda hayotni yo‘lgaqo‘yishda xon hokimiyatiga muxolifotda bo‘ldilar. Bu muxolifottaraqqiyparvarlar orasida xonlikdagi yirik ulamo va amaldorlar vakillariham bor edi. Jumladan, Bobooxun Salim islom homiysi shayxulislom, ya’ni qozikalon mansabida edi. U o‘z lavozimidan foydalanibXiva xoni Asfandiyorxonni adolatparvar, xalqqa mehr-shafqatlibo‘lishga chaqirdi.
«Turon» gazetasining yozishicha 1917-yilning, 4-aprelida Xivashahridagi rus askarlari deputatlari soveti va Bobooxun Salimovrahbarligidagi «Yosh xivaliklar» namoyish o‘tkazdilar.Bundan cho‘chigan Asfandiyorxon 5-aprelda «Yosh xivaliklar»qo‘mitasi tomonidan yozilib, unga taqdim etilgan manifestga imzochekishga majbur bo‘ldi. Bu hujjat asosida Xiva xoni boshchiligidakonstitutsiyaviy monarxiya tuzumi qaror topadi, deb e’lon qilinadi.
Saylov yo‘li bilan deputatlar majlisi va Nozirlar kengashi tashkil topdi.8- aprelda bo‘lgan birinchi yig‘ilishida deputatlar majlisning raisligigaBobooxun Salimovni, Nozirlar (vazirlar) kengashining raisligigaesa Husaynbek Matmurodovni sayladilar. Ana shundan so‘ng majlisva hukumat butunlay «Yosh xivaliklar» qo‘liga o‘tdi.Majlis nomidan e’lon qilingan manifestga ko‘ra xonlikda vaqf,mulk (xususiy) va podsholik yerlari daxlsizligicha saqlanib qoldi,xazinaning kirim va chiqimlari ustidan nazorat o‘rnatildi, shariat sudlaridavlat ta’minotiga o‘tkazildi, yangi usuldagi jadid maktablariochilishi belgilandi.
Majlis deputatlari orasida dastlab turkman millatining vakillariyo‘q edi. Keyinroq ularning talablari ham qondirildi, turkman millativakillaridan 7 kishi majlis deputatlari tarkibiga kiritildi. Qoraqalpoqlarningvakillari ham Majlisda o‘z o‘rniga ega bo‘ldi. Bular, albattajadidlar rahbarligida boshlangan ozodlik va erk uchun kurashningdastlabki yutuqlari edi.
Ammo bu g‘alaba uzoqqa bormadi. U bor-yo‘g‘i 7 oy umr ko‘rdi,xolos. Asfandiyorxon Rossiya muvaqqat hukumatining Xivadagi vakiligeneral Mir Badalovga suyangan holda 1917-yil iyun oyiningboshlarida jadidlar boshliq Majlisga qarshi fitna uyushtirdi. Bu paytdaBobooxun Salimov va «Yosh xivaliklar»ning boshqa yirik namoyandalariToshkentga sovet hukumatidan yordam so‘rash uchun kelganedilar. Xon nozirlar kengashining raisi H.Matmurodov boshliq jadidlarning17 vakilini qamoqqa oladi. Keyinchalik ularning juda oz qismiqamoqxonadan qochishga muvaffaq bo‘ldi. Qolganlari esa otibtashlandi.Jadidlar «Shariatga xiyonat qilganlikda» ayblanib ta’qib ostigaolindilar va quvg‘in qilindilar.Xiva xoni majlisga yangidan «saylov» o‘tkazdi. Uning raisi qilibOrtiq Oxun saylandi. Nozirlar kengashining raisi lavozimi esa Boshvazir deb qayta nomlandi va unga Isoqxo‘ja tayinlandi.Bu amalda o‘ziga xos davlat to‘ntarishi edi. Bu ishni amalgaoshirishdagi xizmatlari uchun xon Mir Badalovga 40 000 so‘m poraberdi.
Salimovning boshi uchun katta miqdorda pul va’da qilindi.Uning singlisi Ullijonbiy tutib olinib, qiynab o‘ldirildi. Shundan so‘ngB.Salimov va boshqa jadidlar yashirin faoliyat yuritishga majburbo‘ldilar. Ularning ko‘pchiligi sovet hokimiyati o‘rnatilgan Amudaryoningo‘ng sohili Petro Aleksandrovskdan boshpana topdilar.Asfandiyorxon mamlakatda xalq noroziliklarini bostirish va jadidlarni«tartib»ga chaqirishda rus askarlaridan foydalandi. 1917-yil,iyulda Rossiya muvaqqat hukumati Xiva xonligida maxsus harbiyma’muriyat tashkil etdi. Harbiy komissar Zaysev xonga yordam uchunjazo otryadlarini tashkil etib, shahar va tumanliklarga taqsimladi. Xalqommasining haq-huquqlari rus askarlari tomonidan toptaldi va oyoqostiqilindi. Bu ham yetmagandek 1917-yilda xonlik hududida ocharchilikavj oldi. May oyida Xiva shahrida «ochlik isyoni» ko‘tarildi.
Bu to‘g‘rida 1917-yil, 27-avgustda Toshkentda chop etiladigan «Ulug‘Turkiston» gazetasi quyidagilarni yozgan edi: «Hozirgi paytda Xivadadahshatli ochlik kuchaydi, mamlakat shaharlarida och qolgamlarningqo‘rqinchli isyoni avj oldi»Ana shunday og‘ir bir sharoitda 1917- sentabrida Junaidxon o‘zqurolli to‘dalari bilan Xivaga qaytib keladi. U 1916- yildagi qo‘zg‘olondavrida Afg‘onistonga o‘tib ketgan edi. Junaidxon xonlikda juda kata o‘zgarishlar yasashga muvaffaq bo‘ldi.Junaidxon murakkab shaxs. Uning tarixda tutgan o‘rni haqida turlimanbalarda turlicha fikrlar mavjud. Sovetlar tarixida u «o‘g‘ri», «qaroqchi», va «siyosiy tovlamachi», aksilsovet adabiyotda esa «Turkmanlarningqahramoni» deb ko‘rsatilgan.Sovet tarixchilari voqea va hodisalarni soxtalashtirishda ustasifarang bo‘lsalar, albatta aksilsovet muxoliflar ham ulardan qolishmaydilar.Ammo nima bo‘lganda ham Junaidxon va shu kabi boshqa yiriktarixiy shaxslar, ularning faoliyati haqida tarixiy haqiqat mezoniasosida to‘g‘ri yoritish uchun mustaqillik imkoniyat yaratdi.Junaidxon turkmanlarning yovmid urug‘idan, junaid naslidanchiqqan. Uning asl nomi G‘urban Mamed (ya’ni Qurbonmamad)bo‘lgan. U dastlab o‘z ovulida qozi bo‘lgan, miroblik qilgan. Qoraqumsahrosida o‘z yigitlari bilan bir necha savdo karvonlari va kichik «sardor»larni o‘ziga tobe qilgan va shu tariqa «sardor» nomini olgan.
So‘ngra o‘zini Xiva taxtiga da’vogar deb e’lon qiladi. Shu bois uniyovmidlarning junaid nasli xoni - «Junaidxon» deb ataganlar. Junaidxono‘z yigitlari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri Xiva xonligiga xavf solib turgan kommunistik bosqinga, ya’ni sovet hokimiyatiga qarshibosh ko‘tardi. Uning bu maqsadi nafaqat Asfandiyorxonga, balkichor Rossiyasining Xivadagi barcha aksilsovet harbiylariga va umumanmilliy mustaqillik uchun kurashayotgan kuchlarga ayni muddaoedi.
Asfandiyorxon 1918-yil yanvarida Junaidxon bilan aloqa o‘rnatdiva xonlikni birgalikda idora qilish hamda bolsheviklarga qarshikurashish maqsadida Xivaga taklif qildi.Junaidxon va uning tarafdorlari xonning oliy amaldorlari oldidaeski qabila va urug‘chilik asoslaridagi adovatlarini unutib, sidqidildanxizmat qilishga qasam ichdilar. Shundan so‘ng Asfandyorxon Junaidxonni«sardori karim» (qo‘shinlar qo‘mondoni) qilib tayinladi. Junaidxonbu bilan ^klanmay oradan sal vaqt o‘tgach, 1918-yil,30-sеntabrda xon saroyiga katta o‘g‘li Eshixon rahbarligida harbiyqo‘shinni yuboradi. Qabul marosimi vaqtida Asfandiyorxon o‘ldiriladi,uning o‘rniga xonning tog‘asi, irodasiz Sayid Abdulla To‘raxon xondеb e’lon qilinadi.
Abdullaxon nomigagina xon edi, butun hokimiyat to‘laligicha unaidxonqo‘liga o‘tdi.Bu paytda Turkistonda sovet hukumati inqilob bayrog‘i ostidaMoskvaning to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rsatmasi bilan Xivaga qarshi «harbiyinqilobiy» tajovuzkorlikni kuchaytirib yuborgan edi. Sovet tarixidabu «Inqilobiy tayyorgarlik» dеb nomlandi. Aslida esa bu tayyorgarlikXiva xonligini batamom bosib olish va sovetlar mustamlakasiga aylantirishnibosh maqsad qilib qo‘ygan edi.Sovetlarning Xiva xonligi mustaqilligiga xavfi kuchayadi. Shubois Junaidxon va qo‘g‘irchoq Sayid Abdullaxonning sovet bosqinigaqarshi harbiy tayyorgarlikni kuchaytirishni tarixiy obyеktiv zaruriyatdеb qaramoq kеrak. Ammo urushga tayyorgarlikning hamma og‘irligizahmatkash xalq yеlkasiga tushdi. Quroli yoki oti bo‘lgan har bir kishinavkarlikka (askarlikka) chaqirildi, oti yoki quroli bo‘lmagan har uchxonadon esa bitta otliq navkarni qurollantirib, uning barcha xarajatlarinibеrib turishga majbur qilindi. Uch yoki undan ko‘p navkar bеrganxonadonlarning yеrlarini batraklar tеkinga ishlab bеrishi joriyetildi. Oldingi soliqlar saqlanib qolingani holda dеhqonlar qo‘shimcha1-2 tillo pul va 10-12 pud don solig‘i to‘lashi shart qilib qo‘yildi.Junaidxon vaqtdan foydalanish uchun 1919- yilning aprеlida sovethukumatiga sulh tuzish to‘g‘risida taklif kiritdi. 9-aprelda Taxtaqal’adaRSFSR bilan Xiva xonligi o‘rtasida sulh shartnomasi imzolandi. Undahar ikkala tomon ham har qanday harbiy harakatni to‘xtatishi, Rossiyasovet hukumati Xiva xalqining o‘z taqdirini o‘zi bеlgilashini tan olishi;har ikki tomon bir-biriga erkin va xavfsiz suv va quruqlik orqalibordi-kеldi, savdo va iqtisodiy aloqalarni yaxshilashga harakat qilishiqayd etildi. Bolshеviklarning eng jozibador «millatlarning o‘z taqdirinio‘zi bеlgilash to‘g‘risida»gi shiori tashviqot- targ‘ibotchilik maqsadiniko‘zlar edi. Shartnomaga asosan Rossiya ana shu shior asosida Xivaxonligi xalqlarining o‘z taqdirini o‘zi bеlgilashini rasman tan oldi.Xiva xonligi Rossiya vassalligidan chiqdi. 1873-yilgi Gandimiyonshartnomasi o‘z kuchini yo‘qotdi. Lеkin sovet hukumati va faqat Xivaxalqiga, balki umuman Rossiyaga tobе bo‘lgan barcha mamlakatlarxalqlariga ham o‘z taqdirini o‘zi bеlgilash huquqini amalda bеrmadi.Aksincha, bu xalqlar o‘z taqdirini o‘zlari «inqilobiy yo‘l» bilan halqilsin, dеgan bahonada bu davlatlarning ichki ishlariga aralashdi,qurolli harbiy yurishlar qildi va ularni bosib oldi. Xuddi ana shu usulXiva xonligida ham qo‘llanildi:
Birinchidan, bosqinchilik va mustamlakachilikdan iborat boshmaqsad «inqilob» pardasi bilan niqoblandi, targ‘ibot va tashviqot ishlarikuchaytirildi. Bolsheviklar o‘zlarining asl maqsadlari Xivadadavlat to‘ntarishi yasashdan iborat bo‘lsa-da, uni «xalq inqilobi» nomibilan niqobladilar.
Ikkinchidan, bolshеviklar millatlar, urug‘lar va tabaqalararokеlishшovchilik va nizolardan ustalik bilan foydalandilar. Ularo‘rtasida qurolli to‘qnashuvlarni keltirib chiqardilar, bunday to‘qnashuvva qarama-qarshiliklarga sinfiy kurash va inqilobiy harakat tusiniberdilar. Aslida esa, butun Turkistonda bo‘lganidek, Xiva xonligidasinflar ham, sinfiy kurash ham bo‘lmagan Xiva xonligi tipik agrarmamlakat edi. U tashqariga (asosan Rossiyaga) paxta chiqarar edi,xolos. Ana shu obyektiv ijtimoiy-iqtisodiy sharoit va siyosiy-tarixiyborliqqa qarama-qarshi o‘laroq rus bolsheviklari Xiva xonligida«qo‘lbola proletar inqilob»ni tayyorlash uchun barcha jirkanch, noqonuniy,nodemokratik va noxalqchil xatti-harakatlarni ishga soldilar.Ular turli nayranglar bilan taraqqiyparvar jadidlar va oddiy mehnatkashxalqdan «inqilobchilar» yasadilar.
Ayniqsa, Xiva xoni Asfandiyorxonning jabr-zulmidan xalq qattiqazob va musibat chekdi, ochlik va qashshoqlik misli ko‘rilmagan darajadakuchaydi. Shu bois bo‘lsa kerak xalq o‘rtasida:«Asfandiyor xon bo‘ldi, bag‘rimiz qora qon bo‘ldi, yeganimizchigit non bo‘ldi, O‘lar bo‘ldik bu xonlarning dastidan» deb zaharxandalikbilan aytiluvchi qo‘shiqlar keng tarqaladi. 1916-yilda Xo‘jaylixalqi Xiva xoniga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tardi. Bu qo‘zg‘olonning boshsababi Asfandiyorning axloqiy buzuqligi va oddiy mehnatkashxalqlarning juvonlari va qizlariga nisbatan yuztuban munosabati edi.14-yanvarda bu bedodlikdan g‘azabga to‘lgan Xo‘jaylining 500-600lar chamasi aholisi shahar begi Avazxo‘ja rahbarligida xonga qarshibosh ko‘taradi va Xiva sari yurish qiladi. Olomonga Mang‘it Bekligiqipchoqlari ham qo‘shildilar. Xonga qarshi ko‘tarilgan harakatniGurlan, Shovot, Qipchoq, Toshhovuz, Qo‘ng‘irot tumanlari aholisiham qo‘llab-quvvatladilar. Qo‘zg‘olonchilarning umumiy soni 3000kishiga yetdi. Ular 18-aprelda Xivaga yaqinlashib xonlikni tahlikaostiga solib qo‘ydilar1. Sarosimaga tushgan xon qo‘zg‘olonchilarhuzuriga rus armiyasi garnizoni boshlig‘i polkovnik Kolosovskiyniyuboradi va qo‘zg‘olonchilarni tinch muzokara boshlashga da’vatetadi. Asfandiyor huzurida bo‘lgan muzokara chog‘ida xalq vakillarixonni taxtdan voz kechishga chaqiradilar. Gurlan qo‘zg‘olonchilar sardoriHusaynbek Matmurodov qozikalon Bobooxunga shunday savolbilan murojaat qiladi: «Aytingchi, Bobooxun eshon, xon hazratlarininghar bir qishloq va ovulga kuyov bo‘lishi kerakligini qaysi kitobdantopib bera olasiz? Shunda din homiysi: «Muqaddas kitobimizdabunday gap yo‘q, deb dadil javob bergan va xondan o‘z xatosiga iqror bo‘lishini so‘ragan».
Shunda xon qo‘zg‘olonchilarni hibsga olishga buyruq berdi.Qozikalon Bobooxun bu haqsizlikka norozilik bildirdi. Ammo xon uniinobatga olmadi. Qo‘zg‘olon battar avjiga chiqadi. Asfandiyor Rossiyahukumatiga murojaat qiladi. Rus qo‘shinlari general-leytenantS.A.Galkin qo‘mondonligidagi jazo otryadi askarlari yetib kelgachqo‘zg‘olon shafqatsizlarcha bostiriladi. Qo‘zg‘olon qatnashchilariga4 million 554 ming so‘m miqdorida jarima solindi.
1914-1918-yillarda yuz bergan jahon urushi, 1917-yilda Rossiyada amalga oshirilgan fevral inqilobi, undan keyingi oktabr harbiyto‘ntarishi va nihoyat 1918-1934-yillarda Turkiston o‘lkasidagi milliyozodlik va istiqlolchilik harakatlarining oqibatlari natijasi o‘laroq Buxoroamirligi va Xiva xonligida ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayotkeskin tus oldi. Har ikkala davlat hududida iqtisodiy tanglik kuchaydi,narx-navo mislsiz darajada ko‘tarildi, qashshoqlik, ochlik avj oldi,paxta ekin maydonlari keskin qisqarib ketdi. Masalan, Buxoroamirligida paxta ekilgan maydonlari 1918-yilda 1913-yildagiga nisbatan50 foizga, 1919-yilda esa 20 foizga tushib qoldi. Rossiyaga sotiladiganpaxtaning miqdori 1917-yildan 1919-yilgacha bo‘lgan davrmobaynida 20 barobar, qorako‘lning miqdori qariyb 10 barobar vajunning miqdori 6 barobar kamaydi. Bir pud paxtaning narxi 1917-1919-yillar oralig‘ida 11 so‘mdan 1 so‘m 80 tiyinga, bir pud junningnarxi 6 so‘mdan 2 so‘mga, bir dona qorako‘lning narxi 7 so‘mdan1 so‘m 20 tiyinga tushib qoldi. Ayni paytda oziq-ovqat mahsulotlarinarxi haddan ziyod oshib ketdi. Jumladan, ilgari bir mann (birmann - besh pud) gurunch 7 so‘m 50 tiyin turgan bo‘lsa, 1920-yilda400 ming so‘mga, bir choragi (2 kilogramm) 15 tiyin turgan go‘shtningnarxi 80 ming so‘mga, bir mann bug‘doyning narxi 3 so‘mdan 90 mingso‘mga ko‘tarilib ketdi. Bu ham yetmagandek, mehnatkash ommadanolinadigan soliqlar miqdori yanada oshirildi, uning qo‘lidagi g‘allalarzo‘rlik bilan tortib olindi. Bu tadbirlarning hammasi sovetlarning amirlikkaqarshi urush e’lon qilishi xavfi tufayli amalga oshirildi. Yanabuning ustiga amir qo‘shinlariga mehnatkashlardan ommaviy safarbarlike’lon qilinishi dard ustiga chipqon bo‘ldi. Natijada sabr kosasito‘lib-toshgan xalq o‘z-o‘zidan ixtiyorsiz ko‘cha jangiga otilib ketaboshladi. Chunonchi, 1919-yil fevral oyida Shahrisabzda kutilmagandao‘z-o‘zidan qo‘zg‘olon boshlanib ketdi. 2 minglar chamasi dehqonlar Bekning uyiga hujum uyushtirdilar. 15 kun davomida uningnavkarlariga qarshi haqiqiy jang bo‘ldi. Bunday g‘alayonlar amirlikning Vobkent, G‘ijduvon, Qorako‘l va boshqa muzofotlarida hambo‘lib o‘tdi. Xalq ommasi mahalliy ma’murlarga bo‘ysunmay qo‘ydi,soliqlarni to‘lashdan, farzandlarini askarlikka berishdan ochiqdanochiq bosh tortdi. Bu qo‘zg‘olonlarni bostirish uchun amir Nizomiddinhojiqushbegi boshchiligida jazo otryadi yubordi. Qo‘zg‘olonchilarganisbatan shafqatsiz choralar ko‘rildi. Ammo Xalq harakatiborgan sayin kuchaygandan kuchaydi. Viloyatlardagi xalq qo‘zg‘olonlarinibostirishga ulgurmasdan, 1919-yil, 2-mayda eski Buxoro kosiblari oyoqqa turdilar. Qo‘zg‘olonchilardan shafqatsiz va qattiqo‘ch olindi. Faqat eski Buxoroning o‘zidagi 1919-yil, 2-iyundan 13-iyunga qadar 5 ming kishi zindonga tashlandi. Qo‘zg‘olonning engfaol tashkilotchilaridan 63 kishi Registon maydonida qatl etildi. Albattabu tadbirlar xalq ommasining amir va xon zulmi siyosatidannorozilik harakatining yanada kuchayishiga sabab bo‘ldi.
1919 yil aprel oyida sovet hukumati bilan Junayidxon o‘rtasida Taxta shartnomasi tuzildi. Unga sovet hukumati tomonidan Xristoforov, Xiva xonligi tomonidan Junayidxon imzo chekdilar. Bu vaqtinchalik kelishuv bo‘lib, unga ikkala tomon ham amal qilmadi. Bu paytda To‘rtko‘lda mulla Jumaniyoz Sultonmurodov boshliq Yosh xivaliklar partiyasining qo‘mitasi tuzilgan bo‘lib, ularning soni Xiva xonligi hududidan qochib o‘tganlar hisobiga kundan-kunga ko‘payayotgan edi. Ularni sovet hukumati xivalik inqilobchilar deb, bolsheviklar partiyasi safiga qayd qilishgan. Mana shu Yosh xivaliklarning talablari va turkman urug‘lari orasida Qo‘shmamedxon, G‘ulomalixon kabi urug‘ sardorlarining Junayidxon bilan kelishmay qolganligi haqidagi xabarni hisobga olgan bolsheviklar Skalov rahbarligida 1919 yil 22 dekabrda mustaqil davlat-Xiva xonligi hududiga bostirib kirdilar. 1920 yil 1 fevralda Junayidxon qo‘shinlarini tor-mor qilgan qizil armiya Xiva shahriga kirib bordi. 2 fevral kuni so‘nggi Xiva xoni Sayid Abdulloxon taxtdan voz kechdi.



Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish