Elchilar – turli davrdarda davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiy, siyosiy va madaniy munosabatlar o‘rnatilishida davlat boshliqlarining ishonchli vakillari. Elchilar davlat boshlig‘i nomidan muzokoralar olib borganlar. Yuborilayotgan davlat manfaatlari nuqtai nazaridan elchilar o‘z vazifalaridan tashqari josuslik vazifasini ham bajarganlar. Rossiyaning O‘rta Osiyo xonliklariga elchilari XVI asrning o‘rtalaridan boshlab tashrif buyura boshlagan bo‘lsa, XVIII asr davomida xonliklarga 9ta elchi kelgan. Bekovich Cherkasskiy, F.Beneveni, Xo‘ja Nafas, Ernazar Maqsud o‘g‘li, Nikiforov, N.Ignatev kabilar keyingi davrlarda faoliyat yuritganlar..
Tuzuvchilar:
X.E. Yunusova – “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi mudiri. t.f.d. prof. v.b.
Z.R. Ishanxodjaeva – “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi prof. v.b., t.f.d.
O.P. Kobzeva – “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi prof. v.b., t.f.d.
R.B. Siddiqov – “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi dos., t.f.n.
A.B. Xoliqulov – “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi dos. v.b., t.f.n.
K.A. To‘xtabekov – “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi dos. v.b., t.f.n. A.A. Yermetov – “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi dos., t.f.n.
Taqrizchilar:
R.Xoliqova - Abu Rayhon Beruniy nomidagi TDTU prof. v.b. t.f.d.
N.Polvonov - O‘zMU tarix fakulteti “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi dotsenti, t.f.n.
Kirish
Mustaqillik O‘zbekiston tarixining yangi davrini boshlab berdi. Vatanimiz suveren davlat sifatida jahon hamjamiyatidan joy egalladi. Mustaqil taraqqiyotning 26 yilligi mobaynida Vatanimizda amalga oshirilgan ishlar ko‘lami asrlarga tatigulik bo‘ldi. Davlat boshqaruvi, iqtisodiyot va ma’naviyat sohalarida katta islohotlar amalga oshirildi. Ayniqsa, ta’lim sohasida qo‘lga kiritilgan yutuqlarni alohida ta’kidlash lozim. Barkamol avlodni shakllantirishga yo‘naltirilgan Milliy dastur o‘z mevasini bermoqda. Bugun dunyoda kechayotgan mafkuraviy qaramaqarshiliklar ta’siridan yoshlarni himoyalash uchun ularda tarixiy tafakkurni shakllantirish zarur.
Ushbu dastur «O‘zbekiston tarixi» fanini xalqimizning eng qadimgi zamonlardan to hozirgi kunlargacha bosib o‘tgan uzoq va murakkab tarixiy yo‘lini, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ma’naviy hayotini xolisona o‘rganish, mamlakatimizning demokratlashtirish va iqtisodiyotni bozor tamoyillari, jahon hamjamiyatiga har tomonlama integratsiyasini chuqurlashtirish, xorijiy mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy taraqqiyotini ilmiy va amaliy ahamiyatini hamda fanning rivojlanish qonuniyatlari va tamoyillari, fanning tarkibi va tuzilishi, uni tashkil qilish va boshqarish, fanning tasnifi kabi masalalar ahamiyati ochib beriladi. Hamda, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ko‘rsatib o‘tilgan talaba-yoshlarning tarixiy dunyoqarashini boyitish, ularda mustaqil fikrni qaror toptirish, tarixni mukammal darajada bilish, insoniyat sivilizatsiyasining yutuqlaridan va tajribasidan to‘la bahramand bo‘lish, umuminsoniy qadriyatlarni anglab yetishga ko‘maklashish va dunyo miqyosida mavjud bo‘lgan muammolarning tarixiy ildizlarini izlab topish kabi dolzarb masalalarni o‘rganadi.
Shuningdek, “O‘zbekiston tarixi” fani haqidagi bilimlarni qaror topshirish mavjud ilmiy adabiyotlar va zamonaviy nazariyalar hamda olib borilayotgan tadqiqot ishlarini o‘rganish, fan bo‘yicha to‘plangan ilg‘or tajribalar, kadrlar buyurtmachilarining fikr, talab va takliflari kabi masalalarni o‘z ichiga qamrab oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |