Shahar nizomi – 1870 yil 16 iyunda aholining o‘sishi va shaharlar hududining kengayishi munosabati bilan Rossiyada qabul qilingan. 1872 yilda Sirdaryo viloyati boshqarmasining umumiy rayosati ushbu nizomni Toshkentda ham qo‘llash masalasini ko‘tarib chiqqan. Shunga ko‘ra, mustamlakachilar manfaatlariga mos holda maxsus loyiha tayyorlanib, ushbu loyiha maxsus komissiya tomonidan atroficha muhokama etilgan bo‘lsa-da, bu masala 1877 yildagina hal bo‘lgan. Rossiya imperiyasida shaharga oid ikkita nizom (1870, 1892 yy.) qabul qilingan bo‘lib ular Turkiston o‘lkasining Toshkent va Verniy (Almati) shaharlarining faqat ruslar yashaydigan «yangi» qismlarida qo‘llanilib, boshqa shaharlarga joriy etilmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |