Ko‘chirish siyosati – Rossiya imperiyasidagi ishsiz, yersiz aholini Turkiston o‘lkasiga ko‘chirish. 1875 yilda fon Kaufman tomonidan boshlangan. Bu siyosatning mohiyati – Turkistonda strategik jihatdan mustahkamlanib olish, mustamlakachilik tartiblarini izchillik bilan o‘rnatish, mahalliy aholini ruslashtirish, o‘lkani hom ashyo bazasiga aylantirish, o‘lkada imperiyaning tayanch punktlarini mumkin qadar ko‘paytirish zaruriyati bilan izohlanadi. Ko‘chirish siyosatida dastlab katta imtiyozlar (yer-suv, moddiy yordam, oziq-ovqat va b.) berilishi tufayli ixtiyoriy ko‘chib keluvchilar soni ko‘payib bordi. Shu sababli 1886 yilda maxsus Ko‘chirish komissiyasi tuzilgan. Faqatgina Yettisuv va Sirdaryo viloyatlarida 1914 yilgi holat bo‘yicha 82 864 nafar kishi ko‘chib kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |