Qo‘ng‘irotlar – Xiva xonligida hukmronlik qilgan sulola. 1763 yildan boshlab Xivada amalda qo‘ng‘irot urug‘i inoqlari hokimiyat tepasiga kelgan bo‘lsa-da, 1804 yilga qadar Xiva xonlari hukmdor sifatida boshqa shaxsni (soxta xon) xon deb e’lon qilganlar. 1804 yilda Elto‘zarxon o‘zini rasmiy xon leb e’lon qilgach, Xivada qo‘ng‘irotlar sulolasi hukmronligi rasmiy qaror topdi. Qo‘ng‘irotlar sulolasi hukmronligidagi Xiva xonligining nisbtana kuchayishi Muhammad Rahimxon I (1806-1825 yy.), Sayid Muhammad Rahimxon II (Feruz) (1864-1910 yy.) davrlariga to‘g‘ri keladi. Qo‘ng‘irotlar sulolasi 1920 yil 2 fevralda bolsheviklar tomonidan ag‘darildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |