Kenesari Qosimov – XIX asrning 30-40-yillarida qozoqlarning ruslarga qarshi kurashi yo‘lboshchisi. Xiva xonligi hududlarida yashagan qozoqlar K.Qosimov boshchiligida ruslarga ko‘plab hujumlar uyushtirganlar. 1840 yilgi Perovskiy ekspeditsiyasi tor-mor etilgach qozoqlarning mustaqillik uchun kurashayotgan K.Qosimov harakati yanada keng yoyildi. Xiva xoni bu haraktni doimo qo‘llab-quvvatlab turdi. 1842 yilda K.Qosimov o‘zaro nizomlar natijasida o‘ldirilgach uning 20.000 kishilik tarafdorlarining ko‘pchiligi Qo‘qon xonligi, bir qismi esa Xiva xonligi hududlariga o‘tib ketdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |