Dukchi Eshon qo‘zg‘oloni – Rossiya imperiyasi mustamlakachiligiga qarshi qaratilgan XIX asrning oxirlaridagi eng katta harakat. Tarixda “Andijon qo‘zg‘oloni” deb nomlagan. 1898 yil may oyida Andijonning Mingtepa qishlog‘ida boshlangan. Qo‘zg‘olon atroflicha va puxta tayyorlanmay, rejasiz, yaxshi qurollanmagan holda boshlangan bo‘lsa-da, chor ma’murlarini qattiq tashvishga solgan. Mustamlakachilar qo‘zg‘olonchilarga qarshi katta harbiy kuchlarni tashlab, ularni shafqatchizlarcha bostirdi. Qo‘zg‘olon rahbari dorga osildi. Bu harakat Farg‘ona vodiysining Asaka, Quva, Shahrixon, O‘sh, Marg‘ilon kabi shahar va qishloqlarida keng yoyildi. Ammo, rus qo‘shinlari barcha harakatlarni vahshiylarcha bostirdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |