Viloyat boshqaruvi – Turkiston general-gubernatorligidagi boshqaruv usuli. Harbiy gubernator va viloyat boshqarmasi tomonidan amalga oshirib borilgan. Harbiy gubernatorharbiy va harbiy-fuqarolik maqomiga ega bo‘lgan. Uning qoshida amaldorlar va viloyat boshqarmasi mavjud bo‘lib, viloyat boshqarmasiga harbiy gubernatorning yordamchisi raislik qilgan. Viloyat boshqarmasida uchta farmon beruvchi, xo‘jalik va sud bo‘limlari mavjud bo‘lgan. Bo‘lim boshliqlari general-gubernator tomonidan tayinlangan hamda vazifasidan ozod etilgan. Mahalliy ma’muriy boshqaruvning bo‘linishi quyidagicha bo‘lgan – viloyat-uezd-volostqishloq-ovul.
Do'stlaringiz bilan baham: |