Amerika paxtasi – XIX asrning birinchi yarmida Rossiya sanoatini ta’minlab turgan paxta navi. 1861-1864 yillarda AQShdagi fuqarolar urushi tufayli Rossiyaga paxta yetkazish keskin kamayib ketdi. Chor ma’muriyati sanoatchilari Turkistondagi AQShga nisbatan arzon paxta yetishtirishni ko‘paytirish bilan birga o‘lkada Amerika navini joriy etish chora-tadbirlarini ham ko‘rdilar. Bu paxta navi 1875 yilda Toshkent yaqinida, Buxoro xonligida, 1878 yilda Andijon, Namangan, Qo‘qon va Marg‘ilonda ekilgan. Rossiya to‘qimachilik korxonalaridagi sinovdan yaxshi o‘tgan bo‘lsada, bu nav kam hosillik bo‘lgani uchun, XIX asrning 80yillaridan ko‘p hosilli va sifatli Amerika paxtasining «Upland» navi mahalliy sharoitga moslashtirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |