Tarix fakulteti n. O`. Xolmatov O`rta osiyo arxelogiyasi: tosh asri



Download 1,5 Mb.
bet69/116
Sana17.09.2021
Hajmi1,5 Mb.
#176845
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   116
Bog'liq
Oquv qollanma.ох.doc.lotincha.2ох-1

Chashma makon Obishir soyi chap qirg’og’ida Obishir I ,V makonlaridan taxminan 8 kilometrlar chamasi qo‘yi oqimida qayir sathida joylashgan. Ushbu qayir sathida 1967 yili 4 ta qazilmada tadqiqot ishlari bajarilib, makonda 2 ta madaniy gorizont aniqlangan. CHashma makoni tosh qurollarining tipologik tahlili ularni Obishir I -V yodgorliklari tosh qurollariga o‘xshashligini ko‘rsatdi.Ta’kidlash joizki, mazkur yodgorlik tosh buyumlari to‘plamida uchirmadan yasalgan qurollar, payraqadan yasalgan qurollarga nibatan ko‘pchilikni tashkil etadi. Mikrolitli element kam kuzatiladi. Madaniy qatlamdan topilgan tosh qurollar asosan chaqmoqtoshdan yasalgan. Topilgan arxeologik ashyoviy dalillar, xususan, tosh qurollar asosan uchirmadan yasalgan qurollar hisoblanadi. Paraqadan yasalgan qurollar nisbatan kam. Paraqalar xususan, mikro paraqalar o‘z ishlov berilishi, ko‘rinishi, hamda yasalish materiallar bilan Obishir I ,V makoni qurollarigi aynan o‘xshash. SHuningdek madaniy qatlamdan uncha hayvon suyagi qoldig‘i topilmadi, bor yo‘g‘i 2 dona topilgan. Tosh qurollari ham kam sonli bo‘lganligidan makon ibtidoiy jamoalarni qisqa muddatli manzilgohi bo‘lganligi borasida xulosaga kelish mumkin. SHunga qaramasdan, CHashma makonidan tosh davri jamoalarining madaniy izlari topilgan. Ularni Obishir makonlari topilmalariga aynan o‘xshashligi esa CHashma makoni ham shubhasiz, g‘or makonida yashovchi jamoalar tomonidan qoldirilganligini bildirib turibdi.

Obishir madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlari masalasiga kelganimizda, O‘. Islomov Obishir madaniyati tosh industriyasini otщepli- payraqali, qisman qayroqtoshli industriya deb hisoblagan. Ma’lumki, har bir tosh davri madaniyati tosh qurollarning tipologik tahliliga ham asoslanadi. O‘.Islomov, J.Laplas tomonidan ishlab chiqarilgan tipologiyani nisbatan qulay deb hisoblaydi. Sababi, u tosh qurolning barcha o‘ziga xos belgisini hisobga olish mumkin emasligidan kelib chiqib qurolning faqat asosiy xarakterli texnologik marfologik belgisini hisobga olishni birinchi o‘ringa qo‘ygan. SHuningdek, bunda xronologiya, qurolning funksional funksiyasi va madaniyat xususiyatlari hisobga olinmagan. Bu holat shubhasi bir xil tosh qurolarni turli madaniy komplekslarda uchrashidan qat’iy nazar shu qurol to‘g‘risida umumiy tushunchaga ega bo‘lish imkonini beradi. Eng qiziqarlisi qurol tiplari ajratilganda birinchi o‘rinda tosh qurolning morfologik va yasalish usuli hisobga olinadi. So‘ngra esa ish maydoning qurol shakliga nisbatan joylanishi, ikkinchi marta ishlov berish usullarida ham, qo‘shimcha ishlov berish xarakteri, qurollar proporsiyasi hisobga olinadi. J.Laplas birinchi o‘rinda qurolga ishov berish tenikasi va bu ishlovning qoldirgan izlarini hisobga olgan va buni asosan qirg‘ichlar uchun qo‘llagan.

O‘.Islomov Obishir madaniyati tipologiyasini atroflicha ishlab chiqqan. Uni 4 ta sinf 22 guruh va 200 ta tipga ajratgan. Mana shu tipolistga asos qilib qurollarning o‘ziga xos xususiyatlari belgisi olingan. SHuningdek, Obishir madaniyati tosh qurollari trassologik metod Bilan ilmiy analiz qilingan. G.Korobkova tomonidan ishlab chiqilgan bu metod keng qo‘llanilgan. O‘.Islomov bu moddiy madaniyat va uning arxeologiyasini arxeologik manbalar asosida aniq ishlab chiqqan va bunda A.A. Farmozov, A, N. Ragachev, A.P.Okladnikov, A.P. Gorodsovlarning mezolit davrini ajratish borasida ilmiy konsepsiyalarini keng qo‘llagan. Xususan, geometrik shakldagi qurollarni ahamiyatini moddiy madaniyatni belgilovchi omil etib hisoblagan.

SHu o‘rinda ta’kidlash lozimki, O‘.Islomov O‘rta Osiyo mezolit davri jamoalarining moddiy madaniyatini o‘rganishda yirik mutaxassis olim hisoblanadi. Uning fikricha, mezolit davri makonlari moddiy madaniyatida garchi paleolit davri tosh qurollari yasalish uslublari saqlanib qolgan bo‘lsada, lekin ularni epipaleolit deb atab bo‘lmaydi. Bunga mezolit davri yodgorliklari tosh industriyada mikrolit qurollarning, jumladan, geometrik shakldagi qurollarning mavjudligini asos qilib ko‘rsatadi.

Farg‘ona vodiysi mezolit davri moddiy madaniyati o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashda, unga qo‘shni hududlar mezolit davri yodgorliklari madaniyati bilan solishtirib, taqqoslab xulosalarga kelingan. Xususan, Qo‘shilish (Toshkent yaqinidagi manzilgoh), Machay (Surxandaryo hududidagi), Qirg‘iziston hududida joylashgan Toshko‘mir, Tojikiston hududida joylashgan Say- Sayyod, Tutqovul va Oshxona makonlar moddiy madaniyati bilan qiyosiy o‘rganilgan. Masalan, Toshko‘mir makoni tosh industriyasi Obishir tosh industriyasidan ba’zi o‘ziga xos xususiyatlari bilan keskin farq qiladi. Bu farq, dastlab Qo‘shilish makoni tosh industriyasida geometrik shakldagi qurollar uchrashi bilan belgilanadi. Obishir makonlarida geometrik shakldagi mikrolitlar uchramaydi. Pichoqsimon paraqalar, mikroparaqalar Obishirda ko‘plab uchratilsada, Qo‘shilish makoni uchun ular xarakterli emas. SHuningdek, Qo‘shilish makonida baland ish maydoniga ega bo‘lgan qirg‘ichlar, hamda yon tomonlariga ishlov berilgan qirg‘ichlar uchratilganki, ularning ishlov berilishi qo‘pol, arxaik ko‘rinishdadir. SHu sababli O‘. Islomov Qo‘shilish makoni tosh industriyasini Obishir madaniyati tosh industriyasiga qaraganda qadimiyroq deb hisoblaydi. YAna Machay makoni O‘.Islomov tomonidan o‘rganilgan bo‘lib, uning tosh industriyasi uchirindili-paraqali industriya hisoblanadi va xarakterlisi shuki, bu industriyada qayroqtosh qurollarining salmog‘i yuqoriroq. Ikkala industriyaning o‘xshashligi ularda ham arxaik qo‘pol ko‘rinishdagi qurollar hamda mikrolit ko‘rinishdagi qurollarning uchrashi hisoblanadi. Lekin, O‘. Islomov bu ikkala tosh industriyani atroflicha ilmiy tahlil etib, ularni xronologik jihatdan tengdosh emasligini aniqladi. Sababi, Obishir I,V makonlarida nukleuslarning turli ko‘rinishdagi turlari uchraydi: prizmasimon, konussimon, qoziqsimon bir maydonli yoki ikki maydonli gir aylanasidan yoki yon oldi tomonlariga ishlov berilgan tosh o‘zaklari bor. Machay makonida esa bu tarzda xilma- xillik yo‘q. Ikkala makonni ham qirg‘ich qurollari o‘xshashligi: birinchidan, ular qo‘pol ko‘rinishda tayyorlangan, ikkinchidan esa ish maydoni ehtiyotlik bilan mohirona qilinmagan. Obishir makonlarida butun O‘zbekiston bo‘yicha mezolit makonlari ichida eng ko‘p qirg‘ich qurollar borligi trasologik analiz asosida aniqlangan. Bu holat O‘. Islomov fikricha, Farg‘ona vodiysi qadimgi jamoalar kunlik turmush tarzida ovchilikning asosiy rol o‘ynaganligi bilan izohlanadi. SHuningdek, ular uy sharoitida terilarga ishlov berishga e’tibor qaratishgan. Machay makonida qirg‘ich qurollar nisbatan kam masalan: otshepdan yasalgan uch kesim tomoniga ishlov berilgan qirg‘ichlar Machay makonida bor yo‘g‘i 17 ta, Obishir makonlarida esa 448 tadir. Xususan, Obishir madaniyatida otshepdan yasalgan qirg‘ichlar paraqadan yasalgan qirg‘ichlarga qaraganda salmog‘i ustun. Shuning uchun O‘.Islomov Farg‘ona mezolit makonlarini xronologik jihatdan qadimiyroq ekanligini ko‘rsatadi(25-rasm).

Obishir I,V makonlari xronologik yoshlanishi va ular moddiy-madaniyati xususiyatlarini oydinlashtirishda qo‘shni Tojikiston hududi Tutqovul makoni topilmalari ham ma’lum ma’noda aniqliklar kiritdi. Tutqovul makoni ko‘p madaniy qatlamli bo‘lib, uning 2 ta yuqori gorizonti neolit 2 ta pastki gorizontlari esa ilk va so‘nggi mezolit davriga oiddir . O‘. Islomov Tutqovul makoni 2a gorizonti topilmalari Obishir I,V makonlari qurollariga aynan o‘xshashligi to‘g‘risida fikr bildiradi. Hattoki 2-gorizontni ham ilk neolit emas balkim mezolit so‘nggi bosqichlari bilan belgilash lozim deb hisoblaydi. Tutqovul makoni 3- gorizontini esa Obishir tosh industriyasidan keskin farq qilishini e’tirof etadi va G.F.Korobkova tomonidan bu gorizontni mil.avv. XI-X ming yilliklar bilan yoshlanganligni qo‘llab quvvatlaydi.

Obishir va Tojikiston yuqori tog‘ mintaqasida joylashgan Oshxona makoni madaniy yaqinligi borasida V.A.Ranov o‘z tadqiqotlarida asosli faktlarni keltirgan. Oshxona makoni V.A.Ranov tomonidan atroflicha o‘rganilib, uning pastki madaniy gorizontdan olingan radiokarbon analizi makon yoshini mil.avv. 7580+130 yillar bilan belgilash imkonini bermoqda. Makondan 2 ta madaniy gorizont aniqlangan. V. A. Ranov ularni bir taraqqiyot davriga, ya’ni o‘rta mezolit davriga ta’luqli deb hisoblaydi. Oshxona makoni moddiy madaniyati bilan madaniy yaqinligi masalasini O‘. Islomov ham e’tirof etadi. Ikkala madaniyat tosh industriyasiga xos bo‘lgan elementlar- yon taraflariga ishlov berilgan otщeplar hisoblanadi. Bu qurollar taqqoslanganda Oshxona makoni qurollari nisbatan ishlov berilish uslublari takomillashganligi holatini kuzatish mumkin. Masalan, otщepdan yasalgan qirg‘ich qurollar ishlov berilishida bu xususiyat yaqqol seziladi, ya’ni qirg‘ichlar miniatyura ko‘rinishida yasalgan. O‘q yoy uchlari ham takomillashgan holatdadir. Obishir madaniyatida bu turdagi qurollar qo‘pol va ishlov berilishi arxaik holatda ko‘rinishga ega. Bu ikkala tosh industriyasini bir-biriga yaqinlashtiradigan hususiyatlardan yana biri bu ularda geometrik shakldagi qurollar, ya’ni segment, uchburchak, trapetsiya kabilarni uchratilmaganligidir. SHu sababli O‘.Islomov Oshxona makonini o‘rta mezolit davri so‘nggi bosqichlari bilan belgilash maqsadgi muvofiq deb hisoblaydi.

Xullas, O‘.Islomov yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan kelib chiqib, Obishir madaniyatining xronologik ramkasini mil. avv. IX-VIII ming yilliklar bilan belgilaydi.




Download 1,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish