Teshiktosh g’ori. Teshiktosh g’or turidagi o’rta paleolit, yani must`e davri yodgorliklarining eng muhimlaridan biri bo’lib, u Machay daryosining chap irmog’ida, Ketmonchopti choqqisidan 6 km shimolroqda joylashgan(7-rasm). G’or 1938-1939 yillarda A.P.Okladnikov tomonidan o’rganilgan. U o’z tadqiqotlarining yakunini “Teshiktosh g’ori” nomli (1949) kitobida bayon qilib bergan. G’or besh madaniy qatlamdan iborat. Demak, g’orda ibtidoiy kishilar bir necha bor davriy ravishda yashab kelganlar. Qatlamlardan topilgan tosh ashyoviy buyumlarning soni 2859 tadan iborat bo’lib, shulardan 101tasi nucleus va 94 tasi qurollarni tashkil etadi. Pastki qatlamlardan topilgan buyumlar har holda qadimiyroq davrga oiddir. Qatlamlardan topilgan qurollar must`e davri madaniyati evolyutsiyasini kuzatish imkonini beradi. Teshiktosh makoni topildiq tosh buyumlarning turlariga ko’ra , must`e davrining eng so’ngi rivojlangan bosqichiga emas, balki rivojlangan levallua- must`e davriga mansub, deb hisoblash kerak. Teshiktosh Sharqiy O’rta dengiz oblasti madaniyati xususiyatlari kuzatiladi. Teshiktosh materiallarini kuzatish must`e davridan so’ngi paleolit davriga o’tish evolyutsiyasini kuzatish imkonini beradi. Madaniy qatlamlardan, asosan, o’choq(gulxan) izlari, turli tosh qurollar, uchirilgan tosh paraqalar, nukleuslar ov ob’yektlari bo’lgan turli hayvon va parranda suyak qoldiqlari topilgan. Bu davr ibtidoiy odamlar, asosan ovchilik va terimchilik qilib tirikchilik o’tkazganlar. Ibtidoiy odamlar barcha g’orlarda ham yashayvermaganlar. Ular ma’lum darajada tajribaga ega bo’lganliklari uchun ham yashash uchun qulay territoriya va g’rlarni tanlab, makon qilishganlar. Avvalo, ibtidoiy odamlar yaqinida toza suv, chashma bor bo’lgan, osti tuproq, quyosh nuri tushadigan, atrofi ovchilik va termachilikka qulay bo’lgan g’orlarda iste’qomat qilishgan. Tagi tosh bo’lgan g’orlarda yashash mumkin emasligini kishilar juda qadimgi vaqtlardanoq payqashgan. Bundan tashqari qurol yasash uchun chaqmoqtosh konlarining mavjudligi va yaqinligi ham kishilarning tirikchilik qilishi uchun ma’lum rol o’ynaydi. Teshiktosh g’ori mana shunday shartlarga javob bergan. Teshiktoshdan topilgan qurollar ichida keng tarqalganlaridan biri qirg’ich qurollardir. Bulardan 55 tasi qo’l qirg’ichlari hisoblanadi. Ularning ayrimlari chopqich qurol sifatida ham ishlatilgan. Tosh sixchalar va nayza tig’I uchun ishlatiladiganlari ham kolleksiyadan keng o’rin olgan. O‘zaklari orasida, asosan bir taraflama ishlov berilgan va radial ravishda chaqmoqlangan gardishsimon tosh o`zfkar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Tosh buyumlar yasash uchun sifati past kremniylashgan ohaktoshdan foydalanilganligi uchun ishlov berishning boshlang‘ich darajasida tashlab yuborilgan o‘zaklar ham ancha ko‘p uchraydi (9-rasm). To‘plamda uchirindilar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Ular orasida levallua tipiga mansublari hamda plastinalar juda kam sonli. To‘plamning tosh qurollari asosan oddiy qirg‘ichlardan tashkil topgan G’ordan qo’lga kiritilgan eng muhim topilmalardan yana biri neandertal odami qoldig’idir. Odam qoldig’I eng pastki madaniy qatlam tagidan topilgan. U maxsus chuqurga dafn qilinib, atrofiga tog’ yovvoyi echkisining shoxlari juft-juft holda qadab qo’yilgan ekan(8-rasm).U jarayon ibtidoiy must`e davri odamlarining ov obyektlariga bo’lgan totem sifatidagi sig’inishning shakllanib krtishidan dalolat beradi. Fanda isbotlanishicha eng qadimgi kishilarda o’lganlarni o’z makonlariga dafn qilish, masalan, Teshiktoshda qabr ustiga aylana tarzda yovvoyi tog’ echkilarining shoxlarini juftlab qadab qo’yish odatining kuzatilishi must`e davrida qandaydir ilohiyotga, g’ayri tabiiy kuchga sig’inishning dastlabki shakllari paydo bo’lganligidan dalolat beradi. Demak, ibtidoiy diniy ishonishlarining, umuman dinning kelib chiqishi arxeologik jihatdan must`e davriga borib taqaladi. Bu antropologik topilma 1940 yilda G.F. Debets tomonidan o‘rganilib, morfologik xususiyatlar tahlili asosida 9-10 yoshlardagi neandertal o‘g‘il bolaga tegishliligi aniqlangan. Keyinchalik V. P. Alekseevga Teshiktosh neondertal bolasi suyak qoldiqlarini qayta o‘rganib, ushbu topilmani ilk zamonaviy tipdagi odamlar guruhiga kiritgan . (Homo neandertalensis).
Do'stlaringiz bilan baham: |