Узбекистон ресрубликасининг жинойат markaziy Osiyoning Bronza davri



Download 23,65 Kb.
Sana16.01.2022
Hajmi23,65 Kb.
#371996
Bog'liq
Markaziy Osiyoning Bronza davri[1]


УЗБЕКИСТОН РЕСРУБЛИКАСИНИНГ ЖиНОЙАТ

Markaziy Osiyoning Bronza davri

dehqonchilik manzilgohlari

Reja.


Kirish.

1.Ziroatchilik va chorvadorlar madaniyatlari.

2.Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar.

3.Madaniy aloqalar, aholi va etnik jarayonlar.

Xulosa.

Kirish


Bronzaning kashf etilishi ibtidoiy jamoa ho’jaligida ro’y bergan buyuk madaniy xo’jalik ixtiro edi. Yangi metal xarbiy qurollarning turini ko’paytirdi, harbiy qurollarning xili va jangovarligi oshdi. Bronzadan yasalgan uy-ro’zg’or buyumlari ham paydo bo’ldi. Ammo bronza mehnat qurollari ishlab chiqarish uchun nodir va kamchil metal bo’lib qolaveradi. U mehnat qurollari yasashda tosh xom ashyosini uzil-kesil siqib chiqara olmadi. Chunki dastlab bronzadan munchoqlar, uzuklar, to’g’nag’ichlar yasalgan. Ular asosan ziynat buyumlari edi. Bu davrda tosh qurollar ham ko’plab ishlatilgan. Tosh parrakchalardan keng foydalanilgan. Ammo bronzaning toshga nisbatan ustunlik tomonlari, ya’ni uning juda tez turli shaklga keltirilishi, turli ishlarda foydalanish mumkinligi, ko’p uchraydigan keskir va qattiq tosh qurollarni

kamyobligi, mo’rtligi va tez sinishi kabi xususiyatga ega bo’lgan (bronza) metal siqib chiqara olmagan.Bu davrda bronzadan asosan turli bezaklar, uy-ro’zg’or va ho’jalik buyumlari, xarbiy qurol-aslahalar va mehnat qurollari yasaydigan maxsus temirchilik, chilangarlik va zargarlik ustaxonalari vujudga keldi. Hunarmandchilikning ixtisoslashuvi bilan mintaqalararo ayirboshlash kuchaydi. Kishilik jamiyati tarixida birinchi marta muntazam mol ayirboshlash imkoniyati bevosita dehqonchilik va chorvachilikning bir-biridan ajralishi va hunarmandchilikning paydo bo’lishi bilan izohlanadi.

Ziroatchilik va chorvador madaniyatlari

doirasinong kengayib borishi

O’zbekistonda bronza davri madaniyati yodgorliklari ko’p yillar tadqiqotlar natijasida turli viloyatlarda kashf etildi va muhim arxeologik ma’lumotlar fanga tadbiq qilindi (Yahyo G’ulomov, S.P. Tolstov, M.A. Itina, A.A Asqarov N.A. Avanesova, T.Sh. Shirinov, B. Matboboyev, U.V. Rahmonov, Sh.B. Shaydullayev va boshqalar).

O’rta Osiyo aholisi bronza davri bosqichiga o’tgach, mahaliy ishlab chiqarish taraqqiyotida yangi davr boshlandi. Bu davr milloddan avvalgi III mingyillikning o’rtalari – II mingyillikka mansub bo’lib, bronza-mis bilan qo’rg’oshin va qalay qotishmasidir. U o’z xususiyatlari bilan misdan ustun turadi, ya’ni bronza misga qaraganda qattiq va ishiqdir.

Bronza metallsozligining ilk vatani Kichik Osiyo va Ikkidaryo oralig’i bo’lgan. Qadimgi Misr, Mesopatamiya (Ikki daryo oralig’i), Kichik Osiyo va Eronning janubi-g’arbiy qismida bronza davrida davlatchilik jamiyati keng ravnaq topgan. O’rta Osiyo hududida ham ishlab chiqaruvchi kuchlar aaancha taraqqiy topib, janubiy viloyatlargda ishlab chiqaruvchi xo’jaliklarning shakllari yangi asosda rivojlangan.

Milloddan avvalgi III-II mingyilliklarda dehqonchilik va chorvachilik, O’rta Osiyoning dastlabki o’choqlaridan Sharq yo’nalishida hozirgi O’zbekiston va Tojikiston hududlariga keng tarqala boshlaydi. Bronza davridagi dehqonchilik aholisining tarixini o’rganish uchun O’zbekistonning turli viloyatlarida bir necha qadimgi yodgorliklar topib tekshirilgan.

Mazkur davrning xo’jalik sohasida erishgan eng katta yutuqlaridan biri – bu qadimgi dehqonchilikning keng yoyilishidan tashqari, milloddan avvalgi II mingyillikning o’rtalariga kelib dasht hududlarida chorvachilikning maxsus xo’jalik sifatida rivoj topishidir. Mazkur davrda ishlab chiqarish munosabatlari tez rivojlanib, ijtimoiy tarixi va moddiiy madaniyati ham yangi asosda taraqqiy etgan.

Milloddan avvalgi II mingyillikda dehqonchilik va chorvachilik O’rta Osiyo aholisi xo’jaligining asosiy sohalari bo’lgan. Bronzadan ishlangan qurollar iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotini tezlashtirgani tufayli, O’rta Osiyo dashtlarida yashagan qabilalar asosan chorvachilik bilan mashg’ul bo’lgan. Qadimgi Sharqda shahar-davlatlar vujudga kelishi bilan hunarmandchilik dehqonchilikdan ajralib chiqqan. O’rta Osiyo janubiyhududlarida milloddan avvalgi III mingyillik o’rtalari – II ming yillik boshlarida ixtisoslashgan hunarmandchilik sohalari rivoj topadi.

Bronzaning kashf etilishi bilan mehnat qurollarining turlari ham ko’paydi. Bronzadan xanjar, pichoq, nayza, o’roq, jez, oyna, bigiz, munchoq, tamg’a, idish va boshqa buyumlar yasalgan. Ammo tosh butun bronza davri davomida ham metall bilan muvaffaqiyatli ravishda raqobat qilib, qurollar ishlash manbayi sifatida o’z ahamiyatini yo’qotmagan. Toshdan pichoqlar, o’roqlar, o’q va nayza uchlari ham yasalgan. Yorg’uchoqlar avvalgidek qumtoshlardan ishlangan, terini qayta ishlashda chaqmoqtoshlardan keng foydalanilgan.

Bronza davrida maxsus kulolchilik ishlab chiqarish vujudga kelgan. O’rta Osyoning turli viloyatlarida (Kopettog’ oldi, Quyi Murg’ob vohasi, Janubiy O’zbekiston) mutaxasis kulollar paydo bo’lgan. Milloddan avvalgi II mingyillikda charx kulolchilik hunari keng joriy etildi. Charxning ixtiro qilinishi kulolar ishini tezlashtirish va sopol idishlarning sifatini yaxshilash zaruratidan kelib chiqqan. Kulolchilik charxining ixtiro qilinishi natijasida sopol idishlarning shakllari ko’paygan.

Bronza davrida sopol idishlar tayyorlash takomillashadi. Katta hajmdagi xum va xumchasimon idishlarda don va suyuq mahsulotlar saqlangan. Ko’za, tuvak, kosa, tovoqsimon isdishlardan uy-ro’zg’orda keng foydalangan. Idishlar sifatli bo’lishi uchun loy tayyorlashga toza sof tuproq tanlangan. Sopollarning sirtiga qizil, sariq, jigarrang bo’yoq – angob berilgan. Idishlarda suv tashish, ovqat va don saqlash uchun keng foydalanilgan. Ovqat pishirish uchun ishlatilgan qozonlar qo’lda yasalgan.

Bu tarixiy-madaniy jarayonlari asosan moddiy topilmalar yordamida o’rganilgan. Qadimshunoslar tomonidan keyingi yillarda amalga oshirilgan tadqiqotlari mintaqada yashagan qabilalarning madaniy iqtisodiy munosabatlarini aniqlashda muhim ahamiyatga ega bo’ldi.

Turkmaniston, O’zbekiston va Tojikiston hududlarida rivojlangan ishlab chiqaruvchi xo’jaliklar asosida muhim madaniy yutuqlar vujudga kelgan. O’rta Osiyo janubiy viloyatlarida bronzadan buyumlar yasash, kulolchilik, zargarlik, to’quvchilik, ip yigirish va to’qimachilik maxsus kasb-hunarlarga aylangan. O’sha davrda kanal qazib, daryolardan suv chiqarish, kanal va ariqlarni doimo tozalab turish, ya’ni suniy sug’orish ishlari keng yo’lga qo’yilgan. Dehqonchilikda don(arpa, bug’doy, javdar) ekish, chorva uchun xashak bo’ladigan o’simliklar o’stirish, sazavot va mevachilik rivojlantirilgan.

O’zbekiston tuprog’ida bronza davriga oid madaniyatlar bir xilda taraqqiytopgan emas. Bu bosqichda Surxandaryo, Zarafshon va Xorazm vohalaridadan iborat uch o’lkaning madaniy taraqqiyotida o’ziga xos xususiyatlari namoyon bo’lgan. Bu madaniyatlar dehqonchilik, uy chorvachiligi va chorvachilik-dehqonchilik bilan shug’ullangan qabilalarga mansubdir. Ular bir-biridan ajralgan holda taraqqiy etgan emas, qabilalar o’rtasida keng madaniy aloqalar rivoj topgan.

Janubiy O’zbekiston (Surxandaryoi ) o’troq ziratchi aholisining dastlabki markazlardan hisoblanadi. Ushbu viloyatdagi bronza davriga oid Sopollitepa to’rtburchakli memorchilik shaklidagi istehkom qazib ochildi. Uning ichida uy-ro’zgor va xo’jalik xonalari, hunarmandchilik ustaxonalarining qoldiqlari topildi. Sopollitepada 8 ta guzarga tegishli uy-joylar tekshirilgan.

Moddiiy manbalar Sopollitepa kulolchilik va metallsozlik yuksak darajada rivojlanganligidan dalolat beradi. Kundalik hayotda xilma-xil kulolchilik buyumlaridan foydalanilgan. Tuvak, xumcha, va xumlar chorvachilik va dehqonchilik mahsulotlarini saqlash uchun ishlatilgan. Bronzadan xanjarlar, o’q uchlari, nayza paykonlari, pichoqlar, jez ignalar, to’g’nag’ichlar va idishlar ishlangan.

Amudaryoning so’l sohil hududlari (Shimoliy Afg’oniston) va Boysun-Ko’hitang tog’oldi vohalarida aniqlangan bronza davri yodgorliklari Dashti – Sopolli madaniyati deb ataladi. Uning vujudga kelishi mill.avv.III mingyillikning oxirlari – II mingyillikning boshlarida ziroatchi aholisining tashqi migratsialari bilan bog’lanadi. Shuningdek, bu madaniyat kelib chiqishi jihatdan Quyi Murg’obdagi (Janubiy Turkmaniston) Gonur – Tug’aloq madaniyati bilan bog’langan bo’lib, fanda bronza davri Baqtrya – Marg’iyona sivilizatsiyasi deb et’irof etilgan. Gonurning markazida mudofaa devorlar va to’rtburchak burjlar bilan mustahkamlangan yirik saroy joylashgan. U taxt zali va 120 dan ziyod katta-kichik xonalardan iborat bo’lgan. Saroy atrofida otashparastlik, hosildorlik, qurbonlikka bag’ishlangan ibodatxonalar hamda aloxida halqa shaklida katta otashkadalar ( diametri 7-11 metr) bunyod etilgan. Bu qism ham mudofa devorlar bilan o’ralgan. Uchinchi mudofaa devor saroy va ibodatxonalar xizmatchilari yashagan qismini himoya qilgan.

Amudaryoning o’ng qirg’og’i yerlarida shakllangan Sopollitepa- bronza davridagi daryo kechuvidan boshlangan aloqa yo’lini himoya qiluvchi mustahkam istehkom sifatida paydoi no’lgan. O’troq dehqonchilik jamoalari chegaralarining kengayishi munosabati bilan Sopollitepa o’zining ilgarigi ahamiyatini yo’qota boshlaydi. Asosiy markaz vazifasi esa, tog’ darasidan chiquvchi yo’l ustidagi yirik markaz hozirgi Sherobod yaqinida joylashgan Jarqo’tonga o’tadi.

Jarqo’ton bronza davri shahar ko’rinishiga ega bo’lib, qal’a va aholi turarjoyi qismidan iborat bo’lgan. Jarqo’tonda jamoa sardorlarining saroyi va olovga sig’inish e’tiqodi bilan bog’liq ibodatxona qoldiqlari topilgan. Sherobod vohasi tog’oldi bronza davriga oid G’ozqal’a o’rganilgan. Yodgorlik tuz konlari atrofida joylashgan va uning aholisi qadimda tuz savdosi bilan shug’ullangani ehtimoldan xoli emas. G’ozqal’ada ilk bor O’rta Osiyo bronza davriga oid tosh memorchiligi aniqlandi. Sherobod vohasi yana bir yodgorlik – Burguttepa doira shaklida bo’lib, toshdan qurilgan mudofa devorlariga ega.

Arxeologik ma’lumotlar bronza davri e’tiqodlari va diniy qarashlarning yangi asoslarda o’rganish uchun imkon yaratadi. Qadimgi Baqtryada aholi hayotida olov, suv, quyosh, yer va hosildorlik qadrlangan.

O’zbekiston hududida bronza davrida chorvachilik va dehqonchilik bilan shug’ullangan qabilalarning moddiy madaniyat yodgorliklari Xorazm va Quyi Zarafshon vohasida o’rganilgan. Bu hududlarda Sopolli va Jarqo’tonda bo’lgani kabi xom gishtdan bunyod etilgan inshootlar (ibodatxonalar, uy-joylar, mudofaa devorlari, hunarmandchilik ustaxonalari) topilmagan. Qadimgi Xorazm hududlarida Tozabog’yob madaniyatiga oid yarim yerto’la uy-joylarda sopol idishlar, toshdan va bronzadan ishlangan qurollar aniqlangan. Tozabog’yob sopol idishlari qo’lda ishlangan. Ular qozon, tuvaklar va kosasimon idishlardan iborat bo’lib, xilma-xil geometrik chiziqlar bilam naqshlangan. Asosiy belgilarga ko’ra Tozabog’yob madaniyati chorvachilik – dehqonchilik xo’jalik – madaniy xilini o’zida aks etgan, dehqonchilik chorvachilik xo’jaligiga qo’shimcha mashg’ulot bo’lgan. Tozabog’yob madaniyati manzilgohlarida ziroatchilik mehnat qurollari kam miqdorda topilgan, don qoldiqlari esa (arpa, bug’doy, suli) aniqlangan.

Quyi Zarafshon yerlari bronza davrida kamsuv bo’lib, ular asosan chorvachilik uchun qulay bo’lgan edi. Dehqonchilik ko’proq Zarafshon toshqin suvlari irmoqlari hosil qilgan zax yerlarda rivojlangan.

Zamonbobo makonida yarim yerto’la kulba – uy qoldiqlari ochilgan. Turar-joyning uzunligi 23,5 m, eni 9 m. Makon maydonidan o’choq o’rinlari, hayvon suyaklari, mehnat qurollari va uy- ro’zg’or buyumlarining siniqlari topildi.

Mill.avv.II mingyillikning ikkinchi yarmida Farg’ona vodiysida Chust madaniyati rivojlandi. U vodiyda dehqonchilikning vujudga kelishi jarayonini aks ettiradi. Chust madaniyatiga oid 80 dan ortiq yodgorliklar aniqlangan. Yirik manzilgohlar (Chust, Ashkaltepa , Dalvarzin) voha-tuman markazlari vazifasini bajargan . Dastlab qadimgi Farg’ona ziroatchi yarim yerto’la kulbalarda istiqomat qilishgan. Mill.avv.I mingyillikning boshlariga kelib guvala va xom g’ishtdan qurilgan uy joylar paydo bo’lgan

So’ngi bronza davri, matriarxatdan patriarxatga

O’tish jarayoni

Rivojlanib borayotgan dehqonchilik va chorvachilik madaniyati va iqtisodi zaminida katta ilali jamoalarda erkaklarning mavqeyi Osha borgan va matriarxat yemirilib, ota-huquqi, patriarxat qaror topgan. Endi qarindoshchilik otaga qarab olib boriladigan bo’lgan. Bolalar ham  ota mulki xisoblanib merosni otadan ola boshlagan. Jamoalarning mol-mulklarini qo'riqlash extiyoji harbiy qabila ittifoqlarini qujudga keltirgan.

       Ibtidoiy jamoa tuzumi yillar va asrlar osha rivojlana borib, o'z o'rnini sinflardan tashkil topgan davlat hokimiyati hukmron bo’lgan jamiyatga bo'shatib berdi. Bu taraqqiyot davomida urug'chilik jamoasi ikki bosqichni bosib o’tdi. Birinchi bosqichda urug' ijtimoiy ishlab chiqarishga asoslangan edi. Bu davrda jamoa onalar hukmronligi -matriarxatga asoslangandi. O'sha davrning urf-odatlariga ko’ra bir jamoa atzolari o'rtasida oila qurish, ya’ni er-xotin bo’lish mumkin emasdi. Albatta bir jamoa erkaklari boshqa bir jamoa ayollari bilan «oila» qurishlari lozim edi. Ammo ayol bilan «oila» qurgan erkak bamisoli mehmon edi, ishi bitgach o'z jamoasiga qaytib ketardi. «Oila»ni boshqarish, uni boqish, bola tarbiyasi va taqdiri bilan uning ishi bo’lmasdi. Bu ishlar bilan asosan ona shug'yllanar edi. Tug'ilgan bola xolasini, tog'asini taniganu, ammo otasini tanimagan. Shu boisdan bola oldida ota nufuziga qaraganda tog'a mifuzi e’tiborliroq va qimmatliroq bo’lgan. Chunki, tog'a ona urug'i jamoasini nafaqat moddiy jihatdan, balki barcha sohalarda himoya qiluvchi va qo'uriqlovchi shaxs bo’lgan. Bunday tartib-qoida natijaeida urug' jamoasida ortiqcha iste’molchilar Ko’paygan va barcha qiyinchiliklar ona zimmasiga tushgan. Jamoani boqish, ularni oziq-ovqat bilan tatminlash albatta oson ish emas edi. Buning ustiga dehqonchilik va chorvachilik ixtiro etilgan, onalar uchun xo'jalikni boshqarishda yana ham  katta qiyinchiliklar kelib chiqardi. So'zsiz, bunday tartib uzoq davom etishi mumkin emas edi. Sabr-toqatlari to'lib-toshgan onalar farzandlarining otalari oldiga o'z talablarini qo'yganlar va haqiqiy oila muammolari bilan shug'ullanish, bolalarni boqish ho'jalik ishlarini bajarishni ulardan talab qilganlar. Ana shu tariqa ikki jamoa urug'idan er-xotindan iborat juft oila shakllanadi. Bu hodisa jamiyat hayotida o'ziga xos burilish nuqtasi bo’ldi. Chunki juft oilaning tashkil topishi bilan jamoa mulkchiligiga asoslangan ibtidoiy urug'chilik jamoasi zaminiga zil ketdi. Nega deganda urug' jamoasidan tash qarida tashkil topgan bu oilaning iqtisodiy zamini xususiy mulkchilikka asoslanar edi. Oila manfaati bilan urug' jamoasi manfaati o'rtasida o'ziga xos kelishmovchilik nomuvofiqlik va ziddiyat paydo bo’lardi. Urug' jamoalaridan tashqarida juft oilalar jamoasi tarkib topdi. Ularni o'zaro birlashtiradigan manfaat omili albatta ishlab chiqarish edi. Shu sababdan bo’lsa kerak, olimlar bunday juft oilalarni «oilalar jamoasi» yoki «ishlab chiqarish jamoasi» deb ataganlar. Shunday qilib, taraqqiyotning bu bosqichiga kelib urug' jamoasi yemirilish sari yo’l tutdi, u o'zining tub matnodagi ishlab chiqarish va jamoa mulkchiligiga asoslangan qiyofasini yo'qota bordi.

Juft oilalar negizida ishlab chiqarish jamoalarining paydo bo’lishida birinchi va asosiy omil - jamoa ixtiyorida ortiqcha mulkning hosil bo’lishi va jamoalararo mahsulot ayirboshlashning vujudga kelishi hal qiluvchi o'rin tutdi. Albatta, bu jarayon chorvachilik va dehqonchilikning kashf etilishi oqibatida oilalar ixtiyorida ortiqcha oziq-ovqat mahsulotlarining to'planishi bilan bog'liqdir. Endi har bir oila o'zidagi ortiqcha maxsulot va buyumlarni qo'shni oiladagi o'zida yo'q maxsulotlar bilan almashlash imkoniyatiga ega bo’ldi. Bunday jarayon dastlab ikki urug' jamoalari o'rtasida olib borildi. So'ngra bu jarayonga urug' jamolari ham  faol qatnasha bordilar. Ammo juft oila mulki bilan jamoa mulki endi sig'isha olmay qoldi. Bu o'zaro ziddiyatlar oilalar bilan oilalar, urug' jamoalari bilan urug' jamoalari o'rtasida o'zaro janjal, to'qnashuv va hatto urushlar darajasiga yetib borardi. Bu to'qnashuvlar oqibatida yengilgan oila va urug' jamoaning boyliklari g'oliblar qo'liga o'tardi. G'oliblar bu boyliklarni o'z mulklariga va boylikoariga qo'shar edilar. yengilgan va tobe bo’lgan oila urug' jamoasi vakillarni esa asir etib olib, ularni qulga aylantirar edilar. Bu qullar ham  g'oliblarning mulki hisoblanganlar va ular ustidan o'z bilganlaricha hukmronlik qilganlar. Ana shu tariqa shaxsiy mulk sekin-astalik bilan rivojlanib, xususiy mulkka aylangan, haq-huquqsiz qullar kelib chiqqan. Birok bu mulkni qo'riqlash, qullrani itoatda saqlash va zo'rlab ishlatish uchun zo'rikka tayanuvchi qo'shimcha qurollangan kuchlarga ehtiyoj  ham  kelib chiqqan. Bunday ehtiyoj ni oilalar va urug' jamoalarining matlum bir qismi qoplagan. Ana shu tariqa jamiyatda mulkdorlar, xujayinlar, quldorlar, tobelar, mazlumlar, qullar va zo'rlikka tayanuvchi qurollangan kuch - yatni ibtidoiy davlat ko'rinishi elementlari vujudga keladi. Bu urug'chilik jamoasi o'z boshidan ikkinchi taraqqiyot bosqichini kechirish davriga kirganligini ko'rsatadi. Bu davrda endi urug'chilik jamoasi yemirilib, sinfiy tabaqalanish jarayoni boshlanadi. Jamoaning ijtimoiy tarkibida tub sifat o'zgarishlar sodir bo’ladi. Ijtimoiy va oila hayotida erkaklarning o'rni va aham iyati oshadi. Matriarxat - ona hukmronligi o'rnini Patriarxat -ota hukmronligi egallaydi. Xuddi mana shu davrda jamoadagi ortiqcha daromad -xususiy mulk va uni ayirboshlash jarayoni bilan bog'liq va mushtarak tarzda birinchi ijtimoiy mehnat tahsimoti kelib chiqdi. Chunki jamoa atzolari bir vaqtning o'zida ham  chorvachilik, ham  dehqonchilik bilan shug'ullana olmas edilar. Shu bois ular o'zlariga qulay va maqul sohani tanlab ola boshladilar. Albatta, bu narsa jamoa joylashgan hududning tabiiy-geografik jihatdan xo'jalik yuritishning qaysi sohasini rivojlantirish uchun qulay imkoniyatlar mavjudligi bilan bog’liq edi.

Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar

Bronza davrida O’rta Osiyo Qadimgi Sharqning muhim madaniy markazlaridan biriga aylandi. Daryolar vohalarining qulaygeografik sharoitida rivoj topgan dehqonchilik sun’iy sug’orishga asoslandi. Qadimgi manzilgohlarning atroflarida sug’orish yerlari keng maydonlarga ega bo’lgan. Daryolardan kanal chiqarish ancha rivojlanib, bronza davri sug’orilish xo’jaligi dastlabki dehqonchilikdan ancha farq qilib, yerni haydab dehqonchilikka asoslangan.

Ziroatchilik bilan birga odamlar hayotida voha o’tloqlarida hamda tog’oldi va dash yaylovlarida chorvani boqish muhim ahamiyatga ega edi. Manzilgohlardan qo’y echki va sigir suyaklari topilgan. Misol tariqasida, Sopollitepada 16 mingtacha hayvon suyaklari topib, tekshirildi. Ularning asosiy qismi qo’y va echki suyaklari, boshqalari esa tuya va sigir suyaklaridir. Shu bilan birga, odamlar hayotida yovvoyi qushlar va hayvonlarni ovlash o’z ahamiyatini yo’qotmagan. Sopollitepadan topilgan bug’u, jayron, qulon, yovvoyi cho’chqa, quyon, o’rdak, kaptar va boshqa ko’pgina hayvon va parranda suyaklari qoldiqlari bu fikrni tasdiqlaydi. Ovchilik odamlarning qo’shimcha mashg’uloti bo’lgan. Ular asosan yovvoyi cho’chqa, bug’u, va qulonni ovlashgan.

Arxeologlar topilmalar bronza davri hayvonot dunyosi hozirga faunaga nisbatan ancha boy bo’lganligini ko’rsatadi. Daryo vohalari, tog’lar va dashtlar xilma-xil hayvonlar va qushlar tarqalishi uchun qulay tabiiy muhit yaratgan.

Tog’oldi va dashtlardayashovchi aholining asosiy tirikchilik manbai chorvachilik edi. Ayniqsa, Orol dengizi sohillariga yaqin dashtlarda va Quyi Zarafshon hududlarida yashovchi aholining iqtisodiy hayotida chorvachilik muhim ahamiyat kasb etgan. Bu qabilalar asosan mayda chorva, qoramol va otlarni ham boqishgan.

Metallurgiya rivojlanishi uchun xomashyo konlari zarur bo’lgan. Qizilqumda bronza davriga mansub qadimgi mis konlari va madan eritish xumdonlari topib o’rganilgan.

Bronza asrida metalchilikning keng yoyilishi va mehnat qurollarini ishlab chiqarish uslublari ancha o’zgarishi bilan odamlar yangi mis konlarini qidirishga majbur bo’lishgan (ayniqsa, misni qalay va qo’rg’oshin bilan birga eritib qotirish uslubini o’rganib olgandan so’ng). Lekin ilk metall davrida mis qimmatli ashyo bo’lib, sof mis faqat ayrim joylarda uchragan. Qabilalalarning uzoq viloyatlarga yoyilishi, yangi yerlarni o’zlashtirishdan tashqari, mis, qalay va qo’rg’oshin konlari kashf etish bilan bog’liqdir.

Bronza davrida manzilgohlar yangi yerlarda vujudga kelgan. Xorazm vohasi, Farg’ona vodiysida va Surxandaryo vohasidagi ma’lum yodgorliklarning asosiy qismi daryo irmoqlari yaqinida joylashgan. Tog’oldi va dasht chegaralaridagi unumdor yerlar xosildor dehqonchilik tumanlariga aylangan.

Bronza davriga oid buyumlar ixtisoslashgan hunar kasbi qatorida xonaki hunarmandchiligi ham yuksak darajada rivojlanganligidan dalolat beradi. Odamlar loydan, suyakdan, toshdan, yog’ochdan va charmdan xilma-xil buyumlar yasashgan. Ushbu davrda kiyim jun va zig’ir tolasidan to’qilgan. Manzilgohlardan to’qimachilik swohasida ishlatilgan sopol va toshdan yasalgan urchuqlar topilgan.

Ishlab chiqaruvchi xo’jaliklar va hunarmandchilikning rivojlanishi asosida aholining ijtimoiy hayotida katta o’zgarishlar sodir bo’lgan. Dehqonchilik va chorvachilik otiqcha mahsulot va mol ayirboshlashni tartibga solishda asosiy vazifani bajargan edi.

Patriarxal urug’ning rivojlanishi, ishlab chiqaruvchi kuchlarning o’sishi bilan katta jamoa oilalarining oziq-ovqat mahsulotlari va hunarmandchilik buyumlarini ishlab chiqarish uchun zamin yaratilgan.



Sopollitepa va Jarqo’tondan topilgan bronza muhr tamg’alar burgut, ilon, tuya va boshqa tasvirlar bilan naqshlangan. Ular ayrim katta patriarxal oilalar va urug’larning ramzlari bo’lgan.
Download 23,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish