Tarix fakulteti n. O`. Xolmatov O`rta osiyo arxelogiyasi: tosh asri


Surxondaryo vohasi o`rta paleolit yodgorligi tadqiqoti natijalari



Download 1,5 Mb.
bet37/116
Sana17.09.2021
Hajmi1,5 Mb.
#176845
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   116
Bog'liq
Oquv qollanma.ох.doc.lotincha.2ох-1

10.Surxondaryo vohasi o`rta paleolit yodgorligi tadqiqoti natijalari.
O‘rta Osiyo arxeologiyasi: so‘nggi paleolit davri

Mazkur davr xronologik chegarasi, so‘nggi pleystotsen iqlimi va tabiiy sharoitning o‘zgarishi. ijtimoiy tuzumi, aholi kunlik turmush tarzi, xo‘jalik mashg‘uloti, jamoalar madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlari, ma’naviy kechinmalari, madaniy aloqalari va madaniyatlar genezisi. O‘rta Osiyodagi yuqori paleolit davri yodgorliklari: Zarafshon vohasi so‘nggi paleolit davri yodgorliklari, Tojikiston hududi so‘nggi paleolit davri yodgorliklari, Toshkent vohasi so‘nggi paleolit davri yodgorliklari. Samarqand manzilgohi paleoantropologik materiallarining xususiyatlari. Obirahmat topilmasining jahonshumul ahamiyati masalasi

Kishilik tarixi taraqqiyotining tosh davri so‘nggi paleolit bosqichida (40- 14-12 ming yilliklar) muhim sotsial o‘zgarishlar ro‘y bergan: Hozirgi zamon ko‘rinishidagi odamzod paydo bo‘lgan, ibtidoiy jamoa tuzumidan urug‘chilik tuzumiga o‘tilgan, mehnat qurollari takomillashib odamlar turmushi yaxshilana borgan. Tasviriy san’at yuzaga kelgan, turar-joylar qurila boshlangan. Urug‘chilik jamoasi asosida etnik birikmalar shakllana borgan. Aholi irqiy farqlari, ya’ni antropologik tiplar yuzaga kelaboshlagan. Dastavval, odamzod o‘z biologik takomillashuvi jarayonida (arxantrop, paleoantrop va neoantrop) Homo Sapiens Sapiens, ya’ni «Aql-idrokli odam», «Hozirgi zamon ko‘rinishidagi odam» shakllanganligini alohida e’tirof etish lozim. Keyingi muhim sotsial o‘zgarish ibtidoiy odamlar o‘rtasida o‘zaro qon-qarindoshligi hissi yuzaga kelib, bu qarindoshlik rishtalari turli hayvonlar, o‘simliklar timsoliga bog‘lanib, shu asosda urug‘chilik tuzumi paydo bo‘lganligi hisoblanadi. Ona urug‘da hukumronlik mavqeiga ega bo‘lgan, shu bois bu matriarxat davri ham deb tarixda yuritiladi. Ma’lumki, oldingi tarixiy taraqqiyot bosqichlarida ibtidoiy odamlar ochlikdan o‘lib ketmaslik, yirtqich hayvonlarga em bo‘lmaslik uchun yashab qolishga intilishib, stixiyali ravishda ibtidoiy to‘da, galalarga birikishgan. Urug‘chilik tuzumi esa unga nisbatan yirikroq hajmdagi odamlar uyushmasi bo‘lib, mazmuniga ko‘ra progessiv ahamiyat kasb etgan. Qon-qarindoshlikka asoslangan odamlar jamoasi ma’lum hududiy birlikda yashashib, o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgan moddiy madaniyat sohiblariga aylanishgan. SHu asosda dastlabki etnik birikmalar ma’nosini beruvchi jamoalar uyushmasi yuzaga kelgan. Aniqrog‘i, etnik jarayon echimini mutaxassislar arxeologik madaniyatlar mazmun mohiyatidan izlamoqdalar, ya’ni arxeologik madaniyatlar etnik farqlar demakdir. Tosh asri bosqichlari miqyosida arxeologik madaniyatlarni ajratish borasida ham soha tadqiqotchilari orasida yakdil fikr yo‘q. Bir guruh olimlar (G.P.Grigorev, V.P.Lyubin, V.N.Gladilin) ilk paleolit davridanoq arxeologik madaniyatlar bo‘lganligi haqida fikr yuritsa, ko‘pchilik mutaxassislar (A.YA.Bryusov, A.N.Ragochev, S.N.Zamyatnin, A.A.Formozov) mahalliy xarakterdagi madaniy farqlarni so‘nggi paleolit davridan e’tiboran bo‘lgan degan xulosani bildirgan. A.A.Formozov so‘nggi paleolit davrida arxeologik madaniyatlar shakllana borgan, keyingi taraqqiyot bosqichlarida - mezolit, neolitda ular tom ma’noda mustaqil etnik jamoa birlashmalari sifatida namoyon bo‘lgan degan xulosani bildiradi. SHu bois etnik jarayonlar boshlanishini so‘nggi paleolit davri bilan bog‘lash mumkin, ular mezolit, neolit davrida «arxeologik madaniyatlar» timsolida yanada ravshanroq namoyon bo‘lgan.

Bular arxeologiya fanida davrning arxeologik madaniyatlari sifatida e’tirof etilmoqda (Obiraxmat –so‘nggi paleolit, Obishir, Markansuy, Aydabol, Vaxsh-mezolit, Joyitun, Kaltaminor, Hisor, Sazog‘on, Markaziy Farg‘ona, Ustyurt neolit davri madaniyatlari).

Mazkur tarixiy davrda qator sotsial o‘zgarishlar bo‘lganligini ko‘ramiz. Yuqorida keltirganimizdek, odamzod o‘z biologik takomillashuvi jarayonida Homo Sapiens Sapiens, ya’ni «Aql-idrokli odam», «Hozirgi zamon ko‘rinishidagi odam» shakllandi, urug‘chilik tuzumi yuzaga keldi. Bu jarayonlar bevosita insonning o‘zini sifatiy o‘sishi, mavjudot sifatida biologik jihatdan to‘laqonliganli shakllanishi demakdir. Bu sotsial o‘zgarishlarinson yashagan jamiyat rivoji bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy hodisalar hisoblanadi. Endi, inson jamiyati ham to‘laqonli ravishda o‘zini namoyon etdi. Insonning o‘zida o‘zi yashayotgan jamiyat, atrof muhitga nisbatan yanada ongliroq tarzdayondoshuvi, iqtidori, qobiliyoti, xayotiy va mehnat tajribalarini, bilim, ko‘nimasini yorqinroq namoyon etish imkoniyati paydo bo‘ldi. Bu esa insonni yangidan yangi innovatsiyalar sohibi bo‘lishiga olib keldi. Diniy tasavvurlar shakllanishi, tasviriy san’at, turar joylarning vujudga kelishi shular jumlasidan hisoblanadi. Insonning innovatsion faoliyati turar joylar qurilishida yorqin namoyon bo‘ldi. Odamlar shu davrgacha tabiatda tayyor bo‘lgan joylar, xususan g‘orlar, o‘ngurlar, daraxt ustlaridan yashash uchun boshpana sifatida foydalanib kelishgan. Endi odamlar soy yonbag‘ri, buloqlar yonlarida dastlab erto‘la, keyin yarim erto‘la shaklda ustiga shox-shabba tashlashib, ular ustini hayvon terilari bilan qoplashib boshpanalar qurishgan. Bu ham insonning tabiat ustidan erishgan g‘alabasi, o‘z tajribasiga tayanib, iqtidorini namoyon etib, maqsadli, ongli hatti harakati hisoblanadi. CHaylasimon ko‘rinishdagi turar-joylar, vaqt o‘tishi bilan er ustki sathida ustunli, cho‘pkari uylarning qurilishi tom ma’noda inson innovatsiyasi, tabiat ustidan hukumronlik qila boshlaganligini bildiradi.



“Aql- idrokli” odamzod shakllangan davrgacha inson dastlabki mehnat quroli yasagan vaqtdan buyon taxminan ko‘p yillik evolyusion yo‘l bosib o‘tilgan. “Aql-idrokli” odam insonning biologik jihatdan takomillashuvi natijasida shakllandi. Insoning ongli faoliyatiga imkon beruvchi miya hajmi yuzaga keldi. Odamzod o‘zi yashayotgan atrof muhitni yanada kengroq o‘rgana boshladi. Natijada organizmga foydali o‘simlik turlari va hayvon, parranda xillarini iste’mol qildi va bu odamlarni turli, mushkul sharoitlariga tushib qolganida ham yashab qolishga imkon berdi. Jamiyatning boshlang‘ich yacheykasi sifatida juft oilalar shakllandi. Urug‘ jamoasi yuzaga keldi (25 – 30 dan 500 kishigacha). Hayvon podalari izidan quvishib, ularda ko‘chmanchi hayot turmushi bo‘lgan. 50- 100 km.kv. gacha – bir kishi to‘g‘ri kelib, aholi zichligi juda past darajada bo‘lgan. Bu davrda juda sodda shaklda bo‘lsada mehnat taqsimoti ro‘y bergan: ayollar termachilik, egulik tayyorlash, bolalar tarbiyasi, olovlarni o‘chirmay saqlash kabi ishlar bilan, erkaklar esa ov bilan mashg‘ul bo‘lganlar. Mehnat jarayonida nutq rivojlanib borib, to‘plangan tajriba va dastlabki bilimlar almashina boshlandi. Ibtidoiy san’at – qoya tosh sur’atlari yaratildi (Altamir g‘ori – Ispaniyada; Bxumbetku – Hindistonda 500 ta g‘orda rasmlar galeriyasi; Montespan – Fransiya, Kostenki – Donda; Kapova g‘ori –Boshqirdistonda; Zarautsoy–Surxondaryoda; Sarmishsoy-Zarafshon vohasida) ibtidoiy diniy e’tiqod-totemizm, animizm, magiya, ko‘mish bilan bog‘liq urf–odatlar yuzaga keldi. Bu davrda inson taraqqiyoti konsepsiyasi doirasida innovatsiyalarning yana bittasi inson suyak qurollari yasay boshlaganligi hisoblanadi. Suyak qurollarining shakli, yasalish texnologiyasi, ishlov berilishi usullariga qarab soha tadqiqotchilari ularning turmushda bajargan funksiyalarini aniqlashgan. Tadqiqotlardan ma’lumki, ibtidoiy odamzod turli hayvonlarni iste’mol ehtiyojlarini qondirish maqsadida ov qilishgan. Hayvonlarning go‘shtdan tozalangan suyaklari xususan, polmin, qovurg‘a, ilik suyaklaridan esa turmushda turli funksiyalarni bajaruvchi mehnat qurollarini yasashda material sifatida foydalanishgan. Masalan, teshgich, qirg‘ich qurollari, igna, juvoldizlar yasashgan, Hayvon terilarini silliqlash, ularga pardoz berishda suyak qurollarini ishlatishgan. Hattoki, Buxoro kiyigi shoxi qattiqligi, mustahkamligidan tosh o‘zagidan payraqalar ajratib olishda qattiq zarb berish vositasi sifatida ishlatilganligi tadqiqotlardan ma’lum. Lekin, hali so‘nggi paleolitda kishilik jamiyati ijtimoiy tuzilmalari juda oddiy bo‘lgan Homo Sapiens Sapiens zamoni oxirgi bosqichlarida ular Evropa, Osiyo, Afrika, Shimoliy va Janubiy Amerikada yashay boshlaganlar. K.Yaspers bu davr borasida quyidagi xulosalarni keltiradi: 1. Mehnat qurollari va olovdan foydalanish; 2. Nutqning paydo bo‘lishi; 3. Odamning o‘zligidan ustunligi; o‘zining qobiliyati, iqtidorini yanada yorqinroq payqashi; 4. Guruh va uyushmalarning yuzaga kelishi. Ongli ravishda uyushmalarga birlashish; 5. Odamning ijtimoiy genotipining shakllanishi. Ko‘nikma, bilim tajribani avlodga etkazish; 6.Etnik normalar, ma’naviy dunyo, o‘zligini anglashi yuzaga kelishi.

O‘rta Osiyo miqyosida so‘nggi paleolit davri jamoalari moddiy madaniyati yaxshi o‘rganilgan. Bu madaniyatlar tadqiqotida A.P.Okladnikov, P.I.Boriskovskiy, V.A.Ranov, M.Qosimov, M.Jo‘raqulov, N.X.Toshkenboev, R.H.Sulaymanov kabi olimlar ilmiy izlanishlari muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi kunda O‘rta Osiyo miqyosida 40 ga yaqin so‘nggi paleolit davriga oid makonlar ro‘yxatga olingan. Xususan, A.P.Okladnikov, P.I.Boriskovskiyning Turkmaniston hududida olib borgan tadqiqotlari ahamiyatli bo‘lib. Bu tadqiqotlar YAngadja I, II makonlari kashf etilgan. YAngadja II makoni so‘nggi paleolit davriga oid tosh qurollari ishlab chiqarish ustaxonasi bo‘lganligi to‘g‘risida A.P.Okladnikov fikr bildirgan. SHuningdek, O‘rta Osiyo miqyosida tayanch madaniy qatlamlari buzilmagan yuqori paleolit davriga oid 3 ta makonning ahamiyati juda katta. Bular Samarqand yuqori paleolit manzilgohi, SHugnov makoni, Obiraxmat, Xo‘jamazgil makoni hisoblanadi.




Download 1,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish